Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< SENTYABR 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 94 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Zamonaviy ulovlar topshirildi

×

 2018-02-27 19:03:41    743

PDF yuklash
Chop etish


Islom Karimov nomidagi viloyat Teatr-konsert saroyida Majburiy ijro byurosining tuman va shahar bo‘limlari inspektorlariga moped-skuterlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi energiya resurslari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirish, elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-tarojlikning oldini olish, sud qarorlari va boshqa hujjatlarning ijrosini so‘zsiz ta’minlash kabi muhim vazifalarni bajarishga xizmat qilyapti.

Marosimda so‘z olgan Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Murodxon Ahmedov hamda viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Ismoilovlar byuro xodimlarining sidqidildan mehnat qilayotgani, xodimlarning samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun davlatimiz tomonidan barcha qulay shart-sharoitlar yaratilayotganini ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbirda 3 nafar byuro rahbarlariga xizmat avtomashinalari, barcha tuman va shahar byuro inspektorlariga zamonaviy moped ulov – skuter kalitlari tantanali ravishda topshirildi.

– Bu rag‘bat faoliyatimizning yanada samarali bo‘lishiga xizmat qiladi, – deydi byuroning Buvayda tuman bo‘limi davlat inspektori Alisher Nazirov. – Kelgusida ham xalq farovonligi yuksaltirish yo‘lida butun kuch-g‘ayratimiz bilan astoydil mehnat qilamiz.

– Faoliyatimizning tub masqadi xalqimiz farovonligi ta’minlash. To‘lov tizimini yaxshilash orqali elektr va gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish, aholi turmush darajasini yuksaltirishga erishiladi. Bizga berilgan imtiyoz va qulayliklar ana shu vazifalarni sidqidildan ado etishga undaydi, –  deydi Majburiy ijro byurosining Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i To‘lqin Abdullaev.

 


Madaminjon SOLIJONOV.

Shamsiddin QORABOEV olgan suratlar.