Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< SENTYABR 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

"Obod qishloq" dasturi – farovonlik asosi

×

 2018-04-05 10:38:03    919

PDF yuklash
Chop etish


So‘nggi yillarda viloyat va tuman markazlarida obodonlashtirish va markaziy ko‘chalarning me’moriy qiyofasini yangilash bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirildi. Biroq, sir emaski,  mamlakatimizning salmoqli qismini tashkil etadigan qishloq va ovullarda aholini qiynab kelayotgan muammolar, o‘z echimini kutib turgan masalalar yillar davomida to‘planib qolgan edi.

Davlatimiz rahbarining “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida"gi Farmoni va “Obod qishloq” dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori oldimizda ko‘ndalang turgan ana shunday masalalarga echim bo‘ldi.

Joriy yilning 1 aprelidan boshlab tumanlarda, avvalambor, olis va tabiiy iqlim  sharoiti og‘ir  hududlarda  2018 yilda 2 tadan, kelgusi yillarda  3 tadan qishloqda  aholining  yashash  sharoitlarini tubdan  yaxshilash, turmush  tarzi va darajasini sezilarli darajada  ijobiy tomonga o‘zgartirish, qishloqlarimiz qiyofasini zamonaviy mezonlar asosida qayta qurish,  qishloqlarda istiqomat qiluvchi aholi, ayniqsa, yoshlar uchun muqim ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan “Obod qishloq” Dasturi qishloq aholisi uchun ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin namunasi bo‘ldi.

Viloyatimizda ham ushbu hujjatlar ijrosini ta’minlash, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishga kirishildi. Jumladan, dastur doirasida 2018 yilda ishlab chiqarish korxonalariga tabiiy gaz elektr energiyasini aholi uchun belgilangan narxlarda etkazib berish preferensiyalari tadbiq etiladigan asosiy turdagi qurilish materiallari ro‘yxati shakllantirildi. Qurilish va obodonlashtirish ishlarining moliyaviy parametrlarida aholini ko‘pdan beri qiynab kelayotgan muammolar echimi o‘rin oldi.

– Dasturga asosan, tumanimizdagi Shoyimbek va Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inlarida bunyodkorlik ishlarini olib borish rejalashtirilgan, – deydi Furqat tuman hokimining o‘rinbosari Raufjon Hamdamov. – Xususan, ijtimoiy soha ob’ektlarida bir qator amaliy ishlarni olib borishni maqsad qilganmiz. 19-, 20-sonli maktabgacha ta’lim muassasalari, 20-sonli umumta’lim maktabini ta’mirlash, SHoyimbek MFY hududiga 2,6 km ichimlik suvi tarmoqlarini tortish, aholiga 376 dona gaz ballon etkazib berish rejalashtirilgan. Mustaqillik mahallasi uchun ham kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Daxldor korxona va tashkilotlar biriktirildi.

Beshariq tumanidagi Rapqon hamda Toshariq mahallalarida ham ajratilgan mablag‘lar evaziga umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, qishloq oilaviy poliklinikalari va aholining ta’mirga muxtoj xonadonlarini, ichki yo‘llarni, ichimlik suvi va elektr tarmoqlarini ta’mirlash hamda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish kabi muhim vazifalarni bajarish rejalashtirilgan.

Dang‘ara tumanidagi Katta Boybo‘cha va Bog‘ish mahalla fuqarolar yig‘inlarida ham bir qator muammolar yig‘ilib, hal qilinishi kerak edi. Dasturga asosan har ikki mahallada ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish, gulzorlar tashkil etish, bundan tashqari maishiy tarmoqlarni rivojlantirish kabi yumushlar bajariladi. Qolaversa, savdo va servis shaxobchalarini ishga tushirish, avtomobil va ichki yo‘llarni rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston tumanida esa Qaqir va Yakkatut qishloqlari xududlarini obodonlashtirish va qurilish ishlarini olib borishga zarurat bor. SHundan kelib chiqqan holda mazkur hududlarda tadbirkorlarning tashabbusi ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, Yakkatut qishlog‘ida “Umid” fermer xo‘jaligi tomonidan 2 qavatli savdo majmuasi, tadbirkor B.Xo‘jamatov tomonidan savdo do‘koni, Qaqir qishlog‘ida maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi qurilishi olib borilmoqda.

– Muhtaram Prezidentimizning mazkur dasturiga asosan tumandagi Katta Kenagas va Toshkentliguzar mahalla fuqarolar yig‘inlarida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari tashkil etilmoqda, – dedi biz bilan suhbatda Uchko‘prik tumani hokimi Muhammadjon Dehqonov. – Har ikkala tuman ham markazdan uzoqligi bois aholiga qulaylik yaratish e’tiborimizda turibdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan mazkur dastur hududlarda aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirish, xalqni rozi qilish, yurtimizni yanada taraqqiy ettirishga xizmat qiladi.

Qo‘shtepa tumanidagi jarayonlar ham qizg‘in. Hududning eng obod qishloqlariga aylantirilishi ko‘zda tutilgan Sohibkor  qishlog‘ida 9 ta, Xumdon qishlog‘ida 7 ta uy-joylarni ta’mirlash, jami 7 km ichimlik suvi manbasiga ega bo‘lgan inshoot va tarmoqlarni rekonstruksiya qilish, 7,4 km elektr energiyasi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, aholi ehtiyojiga mos ravishda suyultirilgan gaz mahsulotini muntazam etkazib berishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilandi.

Bag‘dod tumanida Amirobod va Istiqlol MFYlar dasturga kiritilgan.  Ushbu huddalarda kam ta’minlangan oilalar xonadonining tom va devor qismlarini, yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish, ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha muammolar mavjud. Ularni bartaraf  qilish uchun tuman ishchi guruhi tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Oltiariq tumanida  “Obod qishloq” dasturiga Qapchug‘ay, Tinchlik va Poloson mahalla fuqarolar yig‘inlari kiritildi.  Bu hududlardagi 5900 ta xonadonda, 8502 ta oila,  29982 nafar aholi istiqomat qiladi.  Ishchi guruh tomonidan ularning orasida  31 ta kam ta’minlangan xonadonlar borligi aniqlandi.  Hozirda mazkur oilalarga ko‘mak berish ishlari  olib borilyapti. 

– “Oltiariqtrans” tomonidan Tinchlik-Qapchug‘ay qishlog‘i orasidagi 8 kilometrlik masofaga avtobus qo‘yishni ham rejamizga qo‘shdik. Transport hodisalarining oldini olish va aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida avtobus yo‘nalishlari va bekatlar tashkil etilmoqda, - deb izoh berdi mavzu yuzasidan tuman hokimi Xolmirza Niyozov. – Uchala qishloqda ham gaz muammo bo‘lib kelgan. Past tomondan gazni yuqoriga tortib kelishni rejaga qo‘yganmiz. Ko‘pqavatli uylardagi gaz bilan bog‘liq muammolarni hal etishni dasturga kiritganmiz. Bu uylarda ichimlik suvida ham qator muammolar mavjud. Mahallalarda bu borada ta’mirlash ishlariga kirishildi.

  So‘x tumanidan Rovon, Istiqlol  va Qal’a  mahalla fuqarolar yig‘inlari tanlab olinib aholi punktlarining  me’moriy  qiyofasini  tubdan yangilash, hududlarni  kompleks  rivojlantirish, yo‘l transport  infratuzilmasi, muhandislik komunikatsiya tarmoqlari  va  ijtimoiy soha  ob’ektlarini  barpo etish  hamda  shu asosda  aholining  turmush madaniyatini  yuksaltirish  bo‘yicha  chora-tadbirlar  ishlab chiqildi. Bundan tashqari tumanning dasturiga kiritilgan mahallalarga olib boruvchi yo‘lda joylashgan Chashma, Zangat, Chumoqcha, Mulgon, Obishir qishloqlarida ham qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kopleks rivojlantirish, yo‘l transport infratuzilmasi, muhandislik-komunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.

Rishton tumanida  Prezidentimiz  Farmonida ko‘zda tutilgan dasturga asosan  Bo‘ston va Xurramobod qishloqlari tanlab olindi. Qishloq aholisi asosan tomorqada dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. O‘rik mevalarini quritish va uni eksport qilishga qiziqadi.  Qishloqda guzar  loyihasi tayyorlanib, aholi uchun kichik bozorcha qurilishi belgilangan. Qolaversa, Xurramobod chekka qishloq bo‘lganligi sababli transport xizmatiga ehtiyoj katta. Bu ikki qishloqda tozalikni saqlash, obodonlashtirish ishlariga  mutaxassislar jalb qilindi. Ta’mirtalab  ahvolda bo‘lgan drenaj yangilanish uchun Dasturga kiritildi. Elektr simyog‘ochlari yog‘ochdan bo‘lganligi uchun tuzatish ishlari olib borilyapti. Ko‘chalar asfaltlanmoqda.

Farg‘ona tumanida ham 2018  yilda Mindonobod  hamda Tinchlik mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Obod qishloq” Dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirilib, ularni moliyalashtirish manbalari aniqlab olindi. Bu qishloqlar hududida amalga oshiriladigan qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari ko‘lami g‘oyatda kengligi bilan ahamiyatli. Ularning me’moriy qiyofasini bosqichma-bosqich yangilash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi va ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish yaqin kelajakda tuman aholisiga munosib yashash sharoitini yaratish, turmush madaniyatini yuksaltirish va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.

Ana shunday ezgu yumushlar joriy yilda Quva tumanidagi Akbarobod va Tolmozor mahalla fuqarolar yig‘inlarida ham amalga oshiriladi. Tuman hokimligi rahbarligida sektor rahbarlari, tumandagi tashkilot va muassasalar vakillari aholi xonadonlarini o‘rganib, belgilangan ishlarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni olib boradilar.

Yuqorida sanab o‘tilgan bir qator muammolarni hal etish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida Yozyovon tumanidagi Qatortol va Qoratepa qishloqlarida ham obodlik va bunyodkorlik harakatlariga astoydil kirishildi.

Toshloq tumanida joriy yil davomida, Zarkent qishlog‘i misolida “Obod qishloq” Dasturini amalga oshirish rejalashtirildi. Qishloqda aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida 9 ta yangi savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurish 7 tasini  me’moriy qiyofasini o‘zgartirish maqsadida rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi. “Obod qishloq” Dasturi doirasida 1 mlrd 845 so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Keng ko‘lamli bunyodkorlik, qurilish va obodonlashtirish ishlari qishloq aholisining turmush madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilish barobarida qishloq aholi punktlarini qayta yangilash va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga muhim asos bo‘ladi.

 

“Farg‘ona haqiqati”

 maxsus muxbirlari

tomonidan tayyorlandi.