Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Iyun 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg‘onaning investitsion muhiti: Iqtisodiy farovonlikning muhim omili

 2018-04-10 11:55:25    160

PDF yuklash
Chop etish


Shu bois jarayondagi yutuq va kamchiliklar sarhisob etib borilishi zarur.

Farg‘ona viloyatining iqtisodiyot sohalari va tarmoqlariga xorijiy investorlar va investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar bugungi kunda yanada kengaydi.

Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat va samarali islohotlar natijasida viloyatimizda 2018 yil davomida 18 ta yirik loyihalarga jami 211 mln. AQSH dollaridan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu loyihalar doirasida 3100 dan ortiq yangi ishchi o‘rinlar yaratilishi rejalashtirilmoqda.

Joriy yilning 21-24 may kunlari Koreya Respublikasining Puchion shahridan 30 dan ortiq yirik va o‘rta biznes vakillaridan iborat delegatsiyaning viloyatimizga tashrifi kutilyapti. Bundan ko‘zlangan maqsad viloyatimizning iqtisodiy salohiyatini oshirish, xamkorlikda qo‘shma korxonalar ochish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish bilan birga, Farg‘ona va Puchion  shaharlari o‘rtasida birodarlik va hamkorlik memorandumini imzolashdir.

Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasida gaz taqsimlash uskunalari ishlab chiqarish yo‘nalishida “DOOJIN”, sifatli va zamonaviy moylar ishlab chiqarish bo‘yicha “HYOSUNG INNOTECH” va Farg‘ona shahrida rentgen apparatlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “LISTEM FERGANA”  O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonalari ro‘yxatdan o‘tib, qurilish ishlari boshlanmoqda. SHuningdek, joriy yilda viloyatimizning Qo‘qon shahrida koreys milliy bog‘i tashkil etilishi belgilab olindi va qurilish loyihasi tayyorlanyapti.

Shu yilning 5-6 mart kunlari Koreya Respublikasi va viloyatimiz tadbirkorlari o‘rtasida o‘tkazilgan biznes-forumda  3 ta tadbirkor va xorijiy investorlar tomonidan qiymati 2,4 mln. AQSH dollarlik memorandum imzolandi. 114 nafar tadbirkor tomonidan qiymati 51,0 mln. AQSH dollarga yaqin loyixalarni amalga oshirish bo‘yicha og‘zaki kelishuvlarga erishildi. “EVERGREEN MOTORS” kompaniyasi hamda “POSCO DAEWOO” kompaniyasi tashabbusi bilan Qo‘kon erkin iktisodiy zonasi hududida “Hyundai” kompaniyasining yuk avtomobillari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ushbu loyihani amalga oshirish orqali 130 mln. AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiya jalb qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

“HYUNDAI” kompaniyasi vitse-prezidenti Sang-Xun Li va tijorat direktori Jey Chol Ri takliflariga asosan Qo‘qon EIZ hududida yuk ko‘tarish  texnikalari (karalar) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ushbu loyihani amalga oshirish orqali  50 mln. AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiya jalb qilinishi hamda loyiha amalga oshgandan so‘ng mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona faoliyatini himoya qilish maqsadida xorijdan ayni turdagi import texnikalariga bojxona boj to‘lovlarini joriy qilish taklif qilindi.

“SUWARO” korxona prezidenti Ji Sun Man taklifiga asosan Farg‘ona shahridagi sobiq mexanika zavodi hududida sensorli jo‘mraklar  ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ushbu loyihani amalga oshirish orqali 10 mln. AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiya jalb qilinadi.

“HONAM VOCATIONAL COLLEGE” bosh direktori Kim YUnsae va viloyat hokimligi o‘rtasida imzolangan memorandumga asosan Farg‘ona shahrida mahalliy va xorijiy sanoat korxonalari talablariga javob beruvchi yuqori malakali yosh mutaxassislar tayyorlaydigan o‘quv markazini tashkil etish  va ushbu loyihani amalga oshirish orqali  5 mln. AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiya jalb etilishi belgilandi.

“SOMANG GLOBAL” korxonasi direktori Na CHang Xyo tashabbusi bilan “FERGHANA CITY” istiqbolli loyihasi doirasida 200 kishiga mo‘ljallangan 10 qavatli “Hotel Seoul Ferghana” zamonaviy mehmonxona qurish orqali 2,0 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb qilinishi bo‘yicha takliflar ko‘rib o‘tildi.

 “Farg‘ona viloyatida Latviya Respublikasi bilan 2018 yilda xorijiy investitsiyalar jalb etish, eksportni ko‘paytirish va turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan yo‘l xaritasiga muvofiq viloyatimizning delegatsiya vakillari  “Balt-tur” Xalqaro yarmarkasida ishtirok etish va yo‘l xaritasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Latviya Respubliksining Riga shahriga bordilar hamda tashrifi davomida yo‘l xaritasida belgilangan bir qator topshiriqlar ijrosi bajarildi. Javob tashrif tariqasida shu yilning 28 fevral va 1 mart kunlari Latviya Respublikasidan bir qator yirik kompaniya vakillari viloyatimizga tashrif buyurishdi. Ular viloyatimizning tadbirkorlariga seminar tashkil qilishib, unda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Evropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan mamlakatlarga eksport qilish uchun talab qilinadigan Global G.A.P. sertifikatlash, issiqxona va muqobil energiya manbalari yaratish bo‘yicha o‘z tajriba va malakalarini o‘rtoqlashdilar.

Germaniyaning mashhur “Knauf” kompaniyasi vakillari O‘zbekiston tumanida joylashgan SHo‘rsuv karerini ko‘zdan kechirishdi va u erdan laboratoriyada tekshirish maqsadida gips xomashyosidan namuna oldilar. Ular Qo‘qon hududida sifatli gipsokarton ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqdalar.

Investitsiya bosh boshqarmasi faoliyati davomida va orttirilgan tajribalar asosida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, istiqbolli investitsion loyihalarni amalga oshirishda bir qator kamchilik va muammolar mavjudligi aniqlandi. Misol uchun, Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan zarur mablag‘lar ajratilmayotganligi va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun zarur bo‘lgan ishlar kechikayotganligi hududda ishlarni sust ketayotganligiga asosiy sabab bo‘lyapti.

Xorijiy investorlarni investitsion muhit va imkoniyatlar haqida kerakli ma’lumotlar va axborotlar bilan etarlicha darajada ta’minlanmasligi, ya’ni ichki va qo‘shni bozorlarning holati, marketing tadqiqotlar, xorijiy kapitalni siyosiy va tijorat xavflardan kafolatlash,  investor yoki hamkor topish, xomashyo va moliyaviy resurslar, uzoq muddatli imtiyozli kreditlar va boshqa shu kabilar bo‘yicha etarli ma’lumotlarni to‘laqonli etkazib berilmayotganligi hamda investorlarga ko‘maklashish bo‘yicha umumlashgan markaziy tizimninng mavjud emasligi ushbu sohadagi asosiy muammolardan biri sanaladi.

Xalqaro donor tashkilotlar, moliyaviy institutlar, xorijiy investorlar tomonidan ajratiladigan grantlar, imtiyozli kreditlar va investitsiyalar asosida amalga oshirish uchun viloyatda aniq hisob-kitoblarga asoslangan tayyor loyihalarning mavjud emasligi ham sohada qiyinchiliklar tug‘diryapti.

Muammo va takliflar o‘rganilib, to‘siqlarning bartaraf etilishi yurtimizda investitsion muhitni rivojlantirish, mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish borasida e’tiborli ishlar bajarilishiga zamin yaratadi.


Doniyorbek G‘ANIEV,

Farg‘ona viloyat Investitsiya

bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi.