Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Iyul 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Quvasoyda gidroponika usuli

×

 2018-04-16 15:03:06    237

PDF yuklash
Chop etish


Gidroponika sabzavot yetishtirish bo‘yicha butun dunyoda muvaffaqiyat qozongan usullardan biri sanaladi. Bunday zamonaviy va noyob issiqxonalarda etishtirilayotgan o‘simliklar turli kasalliklarga o‘ta chidamli va yuqori hosil berishi bilan ajralib turadi. Oddiy issiqxonalarga nisbatan 2-2,5 barobar ko‘p hosildorlik kuzatiladi. Tuproq va go‘ngdan foydalanilmasligi, mineral o‘g‘itlar samaradorligining yuqoriligi bilan afzalliklarga ega.

Quvasoydagi “Isayram qurilish” MCHJga qarashli namunaviy issiqxonani qurish jarayonida  eng avvalo quyoshning harakatlanishiga e’tibor qaratildi. Pomidorning “Donotino” navidan ekilib, bu erda 21 ming dona ko‘chat Koreya texnologiyalari asosida parvarishlanyapti. Ayni kunlarda pomidorlar hosili yig‘ishtirilib, kutilayotgan 150 tonnalik hosil Rossiyaga eksport qilinadi.

1 gektar maydonni egallagan mazkur issiqxona karkas tipidagi yarim aylana metal konstruksiyali bo‘lib, polietilen plyonka bilan qoplangan. U joriy yilning boshida qurib bitkazildi va 18 ta ishchi o‘rni yaratildi. Issiqxonada yozning jazirama oylarida o‘simliklarni quyoshning o‘tli harorati ta’siridan himoya qiluvchi, qishda esa issiqlikni saqlovchi pardalar, o‘ng, chap va orqa tomonlarida to‘rlar borligi, ularning ochilishi va yopilishi zamonaviy va jahon talablariga mos ekanligidan dalolatdir. 

Pokiza va yorug‘ mo‘jaz joyda havo namligini tartibga soluvchi tumanlatgich uskunasi ishga tushsa go‘yo ko‘kdan mayin yomg‘irlar yog‘ayotgandek bo‘ladi. Shamollatish tizimi, sovutishga mo‘ljallangan kopressorlar, havo harorati, namlik va issiqlikni o‘lchaydigan datchik asboblari, mo‘tadillashtiradigan radiatorlar mavjud. Qozonxonadagi maxsus tugmachalar bosilsa kifoya, suv va mineral o‘g‘itlar har soatda me’yorida berib boriladi, elektr ta’minotida esa uzilishlar kuzatilmaydi. Kapalak, pashsha, chivinlar uchun maxsus moslamalar o‘rnatilgan.

–Janubiy Koreyadan 300 ming dollarlik texnologiya keltirilgan bo‘lsa, 1 milliard so‘m gidroponika issiqxonasi qurilishiga sarf etildi, –deydi “Isayram qurilish” MCHJ korxona rahbari Alisher Fozilov. – Pomidorlarning pishib yetilish davri 20-30 kunga qisqarishi, hosil berish davri esa 50-60 kunga uzayishi bu usulning afzalliklarini ko‘rsatadi. Bir yilda to‘rt marta hosil beradi. Issiqxonada tozalik birinchi o‘rinda turadi, shundagina ko‘chatlarimizga ham gard yuqmaydi. Buning uchun xodimlar har kuni ozodalikka alohida ahamiyat qaratadilar.

Yangiliklardan biri bo‘lgan bunday usulda hosil olishni ko‘paytirish maqsadida “Isayram qurilish” MCHJ tomonidan qo‘shimcha 1 gektar yer maydoni tayyorlandi. Yaqin kunlarda Farg‘onada operator birgina tugmachani bosib, derazalarni ochishi va yopishi, haroratni oshirishi va suv quyishni boshqarishi mumkin bo‘lgan gidroponika issiqxonasi yana bittaga ko‘payadi.

 

Sohiba ABDURAHMONOVA.

Sherzod QORABOEV olgan surat.