Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Investitsiyalar Innovatsiyalar va turizm

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Aprel 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O‘zbekiston – umumiy uyimiz: Do‘stlik va birodarlik festivali

×

 2018-04-16 15:18:10    17

PDF yuklash
Chop etish


Diyorimizda istiqomat qilayotgan millat va elatlar o‘rtasidagi totuvlik ezgu umumbashariy  qadriyatga aylangan.  Davlatimizda  bu qadriyat rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarida biri bo‘lib, do‘stlik va birodarlikning bardavom bo‘lishiga xizmat qilmoqda.  

Oltiariq tumani Jonibek mahalla fuqarolar yig‘inidagi 24-umumta’lim maktabida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbir an’analarni yanada mustahkamlashga qaratilganligi bilan o‘ziga xos o‘rin tutdi.

Mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qilayotgan qirg‘iz  millatining  urf-odatlari va an’analarini o‘zida mujassam etgan   ko‘rgazma namoyishi ishtirokchilarga unutilmas taassurotlarni hadya etdi.  Qo‘llarida gul tutgan,  qirg‘iz milliy libosidagi yigit va qizlarning  tabassumi,  konsert dasturidagi chiqishlari  barchani ilhomlantirdi.

– O‘zbekiston mening yurtim, –  deydi  67 yoshli Soliyaxon Sobirova. – 5 nafar farzandimni voyaga yetkazib,  13 nevara, 4 nafar chevarali bo‘ldim. Do‘stlik rishtalarining yanada mustahkamlayotganligi quvonarli.

Tadbirda viloyatdagi 7 ta milliy madaniy markaz rahbarlari  va ansambllari o‘z chiqishlari bilan bayramga yanada fayz kiritdilar. Koreys, tatar, nemis, tojik, o‘zbek tillarida yangragan kuy-qo‘shiqlar barchani ahil-inoqlikka, shu aziz Vatanda  hamjihatlikda hayot kechirishga undadi.

Maktab o‘quvchilarining chiqishlari, raqslari gulduros qarsaklar bilan kutib olindi. Qirg‘iz milliy madaniy markazining “Suluv qiz” ansambli tomonidan  ijro etilgan  qo‘shiqlar barchani raqsga chorladi.

– 24-umumta’lim maktabida 236 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Ular o‘rtasida do‘stu birodarlikni yanada mustahkamlash maqsadida “Biz O‘zbekiston farzandlarimiz”, “O‘zbekiston kelajagimiz” mavzularida tadbirlar o‘tkazilib kelinadi. Qirg‘iz va o‘zbek an’analarining bolalar tarbiyasidagi o‘rniga oid tanlovlar, ko‘rgazmalar muntazam tashkil etilmoqda, – deydi tuman xalq ta’limi  bo‘limi mudiri o‘rinbosari Xavasxon Hakimova.

Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Qilichbek Tojiev diltortar navolari bilan  ishtirokchilarga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. 

***

Rishton tumanidagi Navbahor, Yoyilma, Oqtomir mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari ishtirokida 24-umumta’lim maktabida ham shu mazmundagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ayni vaqtda Navbahorda o‘zbek, qirg‘iz, tatar, tojik, Yoyilmada o‘zbek va tojik, Oqtomirda o‘zbek va qirg‘iz xalqlari do‘stu-birodar bo‘lib umrguzaronlik qilmoqda. Bu xususiyatlar o‘tkazilgan tadbirda ham o‘z aksini topdi. Har bir millat vakilining milliy libosda tashrif buyurib, urf-odatlarini o‘ziga xos tarzda aks ettirganini yig‘ilganlar katta qiziqish bilan kuzatdilar. Tadbirda yangragan taronalarda ham Vatan va do‘stlik, mehr-oqibat tuyg‘ulari tarannum etildi.

– Mahallamizda 4280 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularni bir-biridan ayro tasavvur etib bo‘lmaydi. Chunki to‘y-marosimlarimiz, an’analarimiz uyg‘un, – deydi Yoyilma mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Alisher Safarov. – Millatlararo totuvlikka yurtimizda alohida e’tibor qaratilayotgani, tinchligimiz yanada mustahkamlanayotgani har bir millat vakilini faxrlantiradi.

O‘tkazilgan tadbirda viloyatdagi milliy-madaniy markazlarning badiiy dasturlari namoyish etildi.

 

Kamola POLVONOVA,

Madaminjon SOLIJONOV,

“Farg‘ona haqiqati”ning maxsus muxbirlari.

Sherzod QORABOEV olgan surat.