Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Avgust 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Anklav hududlarda amalga oshirirlishi belgilangan vazifalarni yanada masuliyat bilan bajarishga kirishildi

 2018-04-16 18:42:04    195

PDF yuklash
Chop etish


      Farg‘ona viloyatining anklav hududlari hisoblanuvchi So‘x tumani, Farg‘ona tumani “Shohimardon” va “Yordon” qishloqlari hamda Rishton tumani “Cho‘ng‘ara” qishlog‘idagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi muammolar, aholining kundalik kayfiyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar avvalo, respublikamiz rahbariyati qolaversa, viloyat va tuman mutasaddilarining, shuningdek, viloyat rahbariyatining doimiy e’tiborida. Jumladan, viloyat hokimligining 2018 yil 23 yanvardagi 23/01-49 sonli yig‘ilish bayoniga ko‘ra, ushbu masala yuzasidan bir qator chora-tadbirlar, vazifalar belgilanib olingan edi.

    Joriy yil 14 aprel kuni viloyat hokimi Sh.G‘aniev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ana shu majlis bayonida belgilab berilgan muhim vazifalarning bajarilish holati tanqidiy ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Shohimardon va Yordon qishloqlarida ziyorat va dam olishga keluvchi mahalliy va xorijiy sayohatchilar uchun zarur sharoitlarni yaratish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va mavsumga munosib tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilib, tuman hokimligi, mutasaddi rahbarlar hamda ishchi guruh faoliyati yanada jonlantirildi.

     Yig‘ilish qaroriga ko‘ra, 15-16 aprel kunlari Farg‘ona tumani Shohimardon, Yordon qishloqlarida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan viloyat tegishli boshqarma va tashkilotlari vakillaridan iborat (46 nafar); So‘x tumanini o‘rganish uchun esa 52 nafardan iborat ishchi guruh joylarga borib, ushbu hududlarda qayta o‘rganish ishlari bajarildi. Unga ko‘ra, aniqlangan muammolarni bartaraf etish uchun aniq takliflar, vazifalar hamda yo‘l xaritilari ishlab chiqilib, belgilangan ishlarni yanada mas’uliyat bilan bajarishga kirishildi.