Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Iyul 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Turizmni rivojlantirish yangi bosqichda

×

 2018-04-24 12:08:14    1144

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligi , Farg’ona viloyati turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda "Al-Fergani Tur" firmasi hamkorligida “O’zbekiston bo’ylab sayohat qil!” shiori ostida sayohatlar tashkil etilmoqda.

Dastur asosida Quvasoy shahridagi 90-kar bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilarining bir guruhi dastlab “O’zbekistonning ipak poytaxti” deya xorijliklar tomonidan ta’rif berilgan ko’hna va navqiron Marg’ilon shahridagi “Yodgorlik” fabrikasi faoliyati bilan tanishdilar. Milliy hunarmandchilikning go’zal namunalari o’g’il-qizlarda katta taassurot qoldirdi.



Navbatdagi manzil Rishton tumanidagi usta hunarmand Tohir Haydarovning kulolchilik uy-muzeyi bo’ldi. Mashhur kulol kichik sayohatchilarga o’z hunari sirlari, tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi. Sopoldan tayyorlangan, inson qo’li bilan yaratilgan mo’jizaviy asarlarni tomosha qilish bolajonlar uchun juda zavqli kechdi.

Shuningdek, bolalarda qadimiy Qo’qonning tarixiy merosi bilan surdo (imo-ishora tili) tarjimasi orqali tanishish imkoniyati tug’ildi. Xudoyorxon o’rdasi, majmuadagi moziy haqida so’z ochuvchi xonalar, eksponatu ko’rgazmalarga maktab-internati o’quvchilarining e’tibori qaratildi.


– Men 5 yildan buyon imo-ishora tilida tarjimon bo’lib ishlab kelmoqdaman, – deydi surdo tarjimoni M.Rahimov. – Nogironligi bo’lgan bolalar uchun mehr va g’amxo’rlik ko’rsatish naqadar muhimligini yaxshi bilaman. Sayohat  va e’tibor  uchun viloyat, Qo’qon shahar hokimliklariga, Farg’ona viloyati turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi, shuningdek,  "Al-Fergani Tur" sayyohlik agentligiga hamda Qo’qon shahar hokimligiga qalbi kemtik o’g’il-qizlarning samimiy minnatdorchiligini yetkazaman.


Ichki turizmni rivojlantirish, obod maskanlar bilan farzandlarimizni tanishtirish yo’lidagi bu xayrli qadam yosh sayohatchilar uchun shodumonlik lahzalarini tuhfa etdi. 

Sohiba ABDURAHMONOVA.