Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Investitsiyalar Innovatsiyalar va turizm

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< May 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Xitoy kompaniyasi Farg’onada 206 million dollarga zavod quradi

×

 2018-04-26 18:46:58    135

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bugun O’zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va sarmoyaviy faoliyatni kengaytirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga keng yo’l ochib berdilar.

Investitsiyaviy muhitni yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish natijasida mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyadorlar ishonch bilan kirib kela boshladi.

Ulardan biri – “Pekin Kajshen Triumf” kompaniyasi. Dunyoning 37 mamlakatida o’zining korxonalariga ega. Sement va qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha yirik va ishonchli sarmoyadorlardan sanaladi.

Farg’ona viloyatining “JO’YDAM TA’MIR QURILISH” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Xitoyning ushbu “Pekin Kajshen Triumf” kompaniyasi hamkorligida O’zbekiston tumani Sho’rsuv shaharchasida yillik ishlab chiqarish quvvati 1.0 mln. tonna sement va 33.0 mln. kv. metr gipsokarton hamda Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida kunlik 1.0 ming tonna ohak ishlab chiqarishga mo’ljallangan qo’shma korxonalar tashkil etish bo’yicha shartnomalar imzolandi.

Andijon hamda Farg’ona viloyati hokimliklari tomonidan loyihalar qo’llab-quvvatlanib, barcha karyer va qurilish uchun yer maydonlari ajratilib, tegishli litsenziyalar olindi.

Ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan xom ashyo mahsulotlari 100 foiz mahalliy konlardan olinadi. Va bu o’z navbatida mahsulot tannarxining ko’tarilmasligini ta’minlaydi. Shuningdek, mahsulotlar mazkur korxonalarda to’liq hajmda ko’mir yonilg’isida ishlab chiqariladi va keyinchalik xorijiy davlatlarga, ayniqsa, qo’shni mamlakatlarga eskport qilinishi rejalashtirilgan.

Hozirda “UZGASHKLITI” DUK tomonidan qurilish maydonida geologiya qidiruv ishlari amalga oshirilib, sement zavodini loyihalash ishlari boshlab yuborilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 206,83 mln. dollarni tashkil etadi va 10 yil ichida barcha soliq turlaridan  davlatga 399.0 mln.dollar foyda keltirish kutilmoqda. Eng asosiysi, loyihalarni amalga oshirish orqali jami 2 000 ta yangi ishchi o’rinlari yaratiladi.

Yana bir muhim jihati, loyihalardan olinadigan daromaddan Shohimardonda ichki turizmni rivojlantirish hamda So’x tumanida ishlab chiqarish uchun yo’naltirish o’zaro shartnomada kelishilgan.

– Prezidentingizning xorijiy investorlarga o’z faoliyatlarini O’zbekistonda amalga oshirishlari uchun keng yo’l ochib berayotgani e’tirofga loyiq. Biz yaratib berilayotgan sharoitlardan juda mamnunmiz. O’zbekiston dunyoning eng tez rivojlanayotgan 10 ta mamlakat qatoriga kirgani ham amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasi, deb o’ylayman, – deydi “Pekin Kajshen Triumf” kompaniyasi direktori o’rinbosari Sao Yuy Bo.