Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Iyul 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Umidsiz dil jahonda kam yaralgan

×

 2018-05-15 12:17:56    123

PDF yuklash
Chop etish


Xotira va qadrlash kuni Farg‘ona shahrining A.Jomiy MFYda kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan shaxslar oila a’zolari uchun yangi uylarni topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shuhrat G‘aniev ishtirok etdi.

Bu tadbir viloyatimizning barcha shahar-tumanlarida bayram tantanalari davom etayotgan unutilmas bir kunda o‘tkazilyapti, - dedi viloyat rahbari. – Muhtaram Prezidentimizning sovg‘asi bo‘lgan ushbu uylar mamlakatimizda inson manfaatlari har narsadan ulug‘, degan ezgu tamoyilning amaldagi yana bir tantanasidir. Bu – orzu-umidlar bilan yashayotgan insonlarga ajoyib tuhfa. Davlat idoralarining asosiy vazifasi xalqimizni rozi qilish ekan, viloyatimizda bu boradagi ezgu sa’y-harakatlar izchil davom etadi.

Yangi uylarning kalitlari o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Ta’kidlash joizki, A. Jomiy MFY, Nafosat ko‘chasi 70, 71-uylarda joylashgan qarovsiz holatdagi mazkur ikkita ko‘p qavatli uy Alisher Mirzaev rahbarligidagi “Global vodiy biznes” MCHJ bunyodkorlari tomonidan olti oyda ana shunday muhtasham ko‘rinishga keltirildi. Eski yotoqxonaning 1,2,3 xonali xonadonlarida barcha zamonaviy shart-sharoitlar yaratilishi uchun 6 milliard 200 million so‘m mablag‘ sarflandi. Bu uylardagi 19 ta xonadon nogironli bo‘lgan shaxslar oilalarga bepul berilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugun 10 ta ana shunday oila Vatan ichra kichik Vatan – o‘z uyiga ega bo‘ldi. Uylar yonida tadbirkor Mirqodir Boboqulov “Far Mohinur tekstil” MCHJ faoliyatini tashkil etib, 35 ta yangi ish o‘rni yaratdi. Yangi korxonada mazkur uylarda yashovchi kam ta’minlangan oila a’zolari, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlari yaratildi. Zamonaviy bolalar maydonchasida ham barcha qulayliklar mujassam.

Muhayyo Tursunova 5 nafar farzandlari - I, II guruh nogironlari bo‘lgan o‘g‘il-qizi bilan 1998 yildan buyon 1 xonali uyda yashab kelishar edi. Uch xonali yangi uy kalitini qabul qilib olgan onaning quvonch ko‘z yoshlari minnatdorchilik tuyg‘ulari bilan hamohang bo‘lib ketdi. Zarifa Muhammadjonova turmushidan ajragach, ota-onasining qaramog‘ida 5 kishi 2 xonali uyda isqtiqomat qilishgan. Bugun Zarifa opaning ham ko‘p yillik orzulari ro‘yobga chiqdi.

Yangi uch xonali uy kalitini qabul qilib olgan nogironligi bo‘lgan shaxs sifatida e’tirof etilgan Mavluda O‘rmonova 3 nafar nogiron farzandlari bilan ijarama-ijara yashashga majbur edi. Turmush qiyinchiliklaridan zada bo‘lib ketgan mushtipar ona bepul yangi uy, mebel, oshxona va yotoqxona jihozlariga ega bo‘lganidan quvonch ko‘z yoshlarini yashira olmadi. Bu oila a’zolari ham o‘z uylarida endi baxtli yashash imkoniga ega bo‘lishganidan behad mamnun.

Shu kuni bir umrlik orzu-armonlari amalga oshgan Ra’no Solieva, Oksana Ilyosova kabi baxtli insonlar quvonchiga viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, bo‘lim va boshqarmalar rahbarlari hamda  keng jamoatchilik vakillari sherik bo‘ldilar.

Bayram tadbirida urush yillarining mashhur kuy-qo‘shiqlari, milliy navolar, qardosh xalqlarning qadrdon ohanglari jarang sochib, barchani shodon davraga chorladi. Bolalarning o‘yin-kulgilari esa davraga yanada fayz, ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov qatnashdi. 

 

Botir MADIYOROV.

Suratni  Sherzod QORABOEV olgan.