Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Iyun 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Dunyoni mehr ustiga quraylik

×

 2018-05-31 12:06:18    148

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizda 1-iyun –Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan respublika Yoshlar forumi ana shu ezgu shior ostida o‘tdi

 Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi Farg‘ona mintaqaviy filiali, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, ittifoq qoshidagi imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi hamda Farg‘ona davlat universiteti hamkorlikda tashkil etgan mazkur forumda xalqimizga xos bo‘lgan bolaparvarlik, mehr-muruvvat, sahovat va ezgulik singari ulug‘vor fazilatlar o‘z ifodasini topdi.

Forum doirasida Farg‘ona davlat universiteti katta majlislar zalida “Imkoniyati cheklangan yoshlarning badiiy-ijodiy vositalar orqali jamiyatga moslashuvi” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar forumining Islom Karimov nomidagi viloyat Teatr-konsert saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbiri bolalar va yoshlarning chinakam bayrami, mehr va muruvvat tantanasiga aylandi. Unga imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan respublika kasb-hunar kolleji o‘quvchilari hamda Farg‘ona shahridagi “Muruvvat uyi” tarbiyalanuvchilari taklif etildilar.

Saroy foyesida tashkil etilgan imkoniyati cheklangan yoshlarning milliy hunarmandchilik, ixtirochilik yo‘nalishidagi izlanishlari,  “Sen yolg‘iz emassan”, “Olamni mehr qutqarar”, “Yurt mehri sizga qanot” kabi g‘oyalar aks ettirilgan rasmlar ko‘rgazmasi yig‘ilganlar e’tiborini tortdi.

Tantanali kechani viloyat hokimining o‘rinbosari Ilhomjon Nosirov ochib,  elimiz dilbandlarini 1 iyun –Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan qutladi.

Viloyatimizning umidli san’atkorlari, Farg‘ona davlat universiteti badiiy jamoasi, “Muruvvat uyi”ning “Lola” ansambli, shuningdek, “Alyor”, “Solnoshko”, “Ko‘zmunchoq”, “Shodiyona” singari ashula va raqs jamoalari tomonidan teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish qilindi.

Forum ishtirokchilariga viloyat hokimligi,  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda homiy tashkilotlarning esdalik sovg‘alari ulashildi. E’tibordan shod, ishonch va umid hissi sarbaland o‘g‘il-qizlar qo‘llarni qo‘llarga berib “Dunyoni mehr ustiga quraylik” qo‘shig‘ini baralla kuylashdi.

 

Dilnavoz QO‘LDOSHEVA,

“Farg‘ona haqiqati” muxbiri.