Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Avgust 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Bolalarga bering dunyoni

 2018-05-31 12:23:57    188

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizning barcha tuman-shaharlarida “Har bir bolaga mehr, e’tibor!” shiori ostidagi maxsus haftalik doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Mazkur haftalik doirasida viloyat gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida 2006-2011 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi. Bahslarda tuman-shaharlarning 90 nafardan ziyod saralangan sportchi qizlari ishtirok etishdi. 

Haftalik doirasidagi bayram tadbirlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, diniy ekstremistik oqim ta’siriga tushib qolgan oila farzandlari ishtirokini keng ta’minlash, ularning faolligini oshirib, rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Qo‘shtepa tumani “Yoshlar markazi”da “Baxtli bolalik” loyihasi o‘tkazildi. Unga tumandagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, hududdagi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oila farzandlari, nogironligi bor bolalar taklif etildi. Qo‘g‘irchoq teatri namoyishi, turli attraksionlar xizmati tashkil qilindi, ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari ulashildi.

Marg‘ilon shahridagi 10-, 8-bolalar musiqa va san’at maktablarida hududdagi 21-, 25-, 15-,8-umumta’lim maktablari va 1-DIUM o‘quvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan ijodiy kechalar bolajonlar bayramiga bag‘ishlandi.

Quvasoy shahridagi “Do‘stlik” to‘yxonasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari va nogironligi bor bolalar o‘rtasida  o‘tkazilgan “Maftunkor ranglar jilosi” nomli rasmlar tanlovi ham qizg‘in taassurotlarga boy bo‘ldi. Tanlov g‘oliblari va 50 nafar faol ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi.

1-iyun kuni viloyat markazidagi Ahmad Farg‘oniy nomli istirohat bog‘ida bepul madaniy tadbirlar uyushtirilib, bolajonlar ishtirokida turli loyiha va aksiyalar, qiziqarli o‘yinlar, kitob yarmarkalari tashkil  etiladi.

Bog‘ majmuasi maydonchalari bayramona bezatiladi, bog‘ sahnasi ham o‘zgacha  ko‘rinishga ega bo‘ladi. Shu kuni har bir tuman-shaharlardan tashrif buyurgan faol yoshlar, shuningdek, kam ta’minlangan oilalar farzandlari, “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari uchun barcha kinoteatrlarda milliy badiiy filmlar bepul namoyish etiladi.

 

Dilnavoz QO‘LDOSHEVA.