Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Iyun 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Qo‘l jangi musobaqasi g‘oliblari

×

 2018-06-05 13:15:29    97

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona olimpiya zahiralari kollejida 28-30 may kunlari O‘zbekiston  Respublikasi Ichki ishlar vazirligining terma jamoalari o‘rtasida qo‘l jangi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar 60-90 killogrammdan yuqori bo‘lgan vaznda kuch sinashdilar.

Musobaqaning ochilish marosimida viloyat  hokimi  Sh.G‘aniev  ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

–  Yurtimiz va shaxsiy xayotimiz tinchligini ta’minlash, farzandlarimiz kelajagini yot kuchlardan asrashda ichki ishlar xodimlarining o‘rni beqiyos. Xalqimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun burch va vazifalarini sidqidildan ado etadigan mutaxassislarning yuksak jismoniy tayyorgarligi o‘ta muhim sanaladi. Ularning oila, mahalla, jamiyatda sog‘lom muhitni qaror toptirish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va ishonchini oqlashda omad tilaymiz, – deydi viloyat hokimi. 

Soha vakillarining o‘quv mashqlari, jangovor tayyorgarligini namoyon etuvchi chiqishlari   qarsaklar bilan kutib olindi.   

– 7 yildan buyon  qo‘l jangi bilan shug‘ullanaman. Mamlakatimiz va Osiyo chempionatlarida ishtirok etib, 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritdim, – deydi jizzaxlik  Botir Bozorov. –  Sport faoliyatimizning asosini tashkil etadi. Jamoamizdagi 9 nafar vakillarning har biri sohada ko‘plab yutuqlarga erishgan.  Eng katta yutug‘imiz  Vatanimiz tinchligini ta’minlash, farovonligi uchun xizmat qilayotganligimizdir.  

Musobaqa g‘oliblarini taqdirlash tadbiri Islom Karimov nomidagi  viloyat Teatr-konsert saroyida  o‘tkazildi.

Ishtirokchilar e’tiboriga ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan  videorolik namoyish etildi.

Musobaqada 1-o‘rinni IIV Qoravul qo‘shinlari  bosh boshqarmasi terma jamoasidan Musa Mametov (60 kg), Bobir Raxmatov (85 kg), Sardor SHovrikov (90 kilogrammdan yuqori) Surhondaryo viloyati  IIB terma jamoasi  vakili SHaxzod Azizov (65kg), Farg‘ona viloyati IIB terma jamoasi a’zolari  Nozimjon Eminjonov (70 kg), Bobirjon Xomidov (75 kg),  Namangan  viloyati  IIB terma jamoasi vakili  Jasur Solijonov (80 kg), Qoraqolpog‘izton  Respublikasi Ichki ishlar vazirligi terma jamoasidan  SHermuxambed Xodjaniyazov (90 kg) qo‘lga kiritdilar. 

Umumjamoa hisobida 1-o‘rinni IIV Qorovul qo‘shinlari bosh boshqarmasi terma jamoasi, 2-o‘rinni Qoraqolpog‘iston Respublikasi  IIV terma jamoasi, 3-o‘rinni Farg‘ona hamda Surhondaryo viloyati IIB terma jamoalari  egalladi.

“Eng yaxshi ishtirokchi” nominatsiyasi bo‘yicha Farg‘ona viloyati IIB vakili  Islom  Marupov,  “G‘alabaga bo‘lgan intilish uchun” nominatsiyasida  IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizligini ta’minlash qo‘shini bosh boshqarmasidan Asilbek Olimov,  “Odilona hakamlik qilgani uchun” nominatsiyasida xalqaro toifadagi hakam  Mahmud Suyarov taqdirlandilar.

G‘oliblarga  diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Tadbir davomida  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Abdulxay Karimov, Qilichbek Tojiev, xonandalar –  Bahodir Mamajonov, Otabek Muhammadzoxid, Toxir Shokirov,  Oybek Xolboev  tomonidan yangragan dilbar qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbirda viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Rahmatjon Mamatov, viloyat hokimi o‘rinbosari I. Nosirov ishtirok etdi. 

 

Kamola POLVONOVA.

 Jahongir MIRZAMATOV  olgan surat.