Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Iyun 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Profilaktika – giyohvandlikka qarshi ta’sirchan usul

 2018-06-05 13:20:47    57

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha samarali tizim shakllangan. Inson hayotiga xavf soluvchi, turli jinoyatlarga yo‘l ochuvchi giyohvandlikka qarshi kurashish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Butun mamlakatimiz bo‘ylab 1 maydan 30 iyun kuniga qadar o‘tkazilgan “Qoradori – 2018” tadbiri ham giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishda muhim jarayonga aylandi.

Viloyatda ushbu tadbir yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar tafsiloti xususida viloyat IIB matbuot xizmati mutaxassisi, serjant Shokirjon Beknazarov ma`lumot berdi.

–O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, uning joylardagi boshqarmalari tomonidan tadbir doirasida narkotrafik va narkotik moddalarning g‘ayriqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, narkotik moddalarning mamlakatimizga kontrabanda yo‘li bilan kirib kelishi va tranzitining oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Viloyatimizda ham huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida bu ofatga qarshi izchil kurash olib borilayotgani o‘z samarasini bermoqda.

Tadbir mobaynida Farg‘ona shahar, Qirguli mavzesida harakatlanib kelayotgan fuqaro boshqaruvidagi “Matiz” rusumli  40 O131JA davlat belgili avtomashina holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda,  haydovchi o‘rindig‘i ostida selofan paketga solingan 1 kilogramm  803 gramm gashish giyohvand moddasi borligi aniqlangan. Qing‘ir yo‘lni ixtiyor etgan fuqaro bu bilan cheklanmagan ekan. Gumonlanuvchining yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda shisha banka, selofan paketlar hamda karton qog‘ozlarga o‘ralgan  jami 2 kilogramm 719 gramm marixuana, 35 gramm gashish giyohvand moddalar saqlanayotgani, shuningdek, tomorqasida 3 tup nasha hamda 13 tup ko‘knor giyohvand o‘simliklari parvarishlanayotgani aniqlangan. Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shunga o‘xshash holat O‘zbekiston tumanida ham qayd etildi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi hodimlari tomonidan katta miqdordagi giyohvandlik moddalarini etishtirayotgan shaxs qo‘lga olindi. Yaypan shaharchasida istiqomat qiluvchi fuqaro G‘oziev o‘z xonadonidagi ekin maydonida 97 tup miqdorda ko‘knori giyohvandlik moddasini parvarishlab kelgan. Fuqaro daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi. Hozirda G‘ozievga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Giyohvandlikka chalingan kimsalar oilasining tinchi buzilayotgani, farzandlarining qarovsiz qolayotgani, o‘zlari esa salomatligini yo‘qotib, bevaqt o‘lim topayotgani hech kimga sir emas. Giyohvandlikka qarshi kurashish, ularning zararli oqibatlaridan keng jamoatchilikni xabardor qilish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish faoliyatimizning doimiy va muhim yo‘nalishiga aylanishi zarur.

 Madaminjon SOLIJONOV suhbatlashdi.