Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Avgust 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

“SMART KIDS” –Yangi va innovatsion bolalar bog‘chasi

×

 2018-06-05 13:28:50    316

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumanida “Smart kids” nomli yangi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi. Mazkur bolalar maskani “Obod qishloq” dasturi asosida ulkan  bunyodkorlik maydoniga aylangan Qapchug‘ay qishlog‘ining zamonaviy va go‘zal qiyofa kasb etayotganiga yana bir yorqin dalil bo‘ldi.

Viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev yangi va innovatsion bolalar bog‘chasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etib, ushbu muassasa ertangi kunimizning munosib egalari, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalab, kamolga etkazishiga ishonch bildirdi.

Zamon talablari asosida qad rostlagan muassasa qulay va bejirim jihozlar, eng ilg‘or texnologiyalar, pedagogik o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lib, bolalarning mukammal ta’lim-tarbiya olishlari uchun etarli sharoitlar muhayyo etilgan. Bolalar kutubxonasi, yozgi o‘yingoh, ayvonchalar, suzish havzasi, sport maydonchasi, 8 ta guruhga mo‘ljallangan bejirim yotoqxona va mashg‘ulot xonalari, ovqatlanish xonasi, musiqa zali, ayniqsa, tarbiyaviy o‘yinchoqlar va rang-barang o‘quv qurollari har qanday bolajonni mazkur maskan bag‘riga chorlaydi, ularga bolalik gashtini surish barobarida munosib tarbiyalanish imkonini yaratadi. Ingliz va rus tillari, mental arifmetikaning yangi innovatsion metodlar asosida o‘rgatilishi esa “Smart kids” faoliyatining jahon standarti talablariga mos mazmun kasb etishini anglatadi.

-Muassasamiz 200 nafar o‘g‘il-qizlarni qamrab olish imkoniyatiga ega, -deydi  bolalar bog‘chasi mudirasi Dildoraxon Ataqo‘zieva. – Hozirda 50 nafar bolajonlarimiz bilan ish boshladik, qabul jarayoni davom etmoqda. Hududdagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 25 nafar bolalari viloyat hokimligining moddiy ko‘magi asosida muassasamizda imtiyozli tarbiyalanadigan bo‘lishdi.

Joriy yilda hududda yana 9 ta ana shunday nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari ish boshlashi ko‘zda tutilgan.


Dilnavoz QO‘LDOSHEVA