Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Oktyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Prezident shaharlarni obod qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

×

 2018-06-13 15:08:02    148

PDF yuklash
Chop etish


Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahridagi Mustaqillik mavzesida barpo etilgan ko‘p qavatli uy joylarni ko‘zdan kechirdi.

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 11 noyabrdagi «2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p qavatli uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq o‘tgan yili bu mavzeda beshta 7 qavatli uy qurilib, foydalanishga topshirilgan edi. Ularda oilalarning yashashi uchun barcha zarur sharoit yaratilgan. Kvartiralar isitish qozoni bilan ta’minlangan, yo‘laklarga zamonaviy liftlar o‘rnatilgan. 

Bugungi kunda mavzeda joriy yilga rejalashtirilgan 10 ta uy qurilishi jadal davom etmoqda. 2019 va 2020 yillarda bu yerda yana 19 ta ko‘p qavatli uy qurilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, bu yerda umumta’lim maktabi, bog‘cha, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari, ko‘p qavatli avtoturargoh barpo etish mo‘ljallangan. 

Shu yerda dastlab Farg‘ona shahrining Bosh rejasi haqida ma’lumot berildi. Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarini rivojlantirish, viloyatda ichimlik suv va oqova tarmoqlari, shaharlardagi ko‘p qavatli uylarni isitish tizimini yaxshilash loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. 

Prezidentimiz loyiha-takliflarni ma’qullab, qurilish ishlarini sifatli bajarish, shahar mavzelarini obod qilish, yangi turar joylarni jahon arxitekturasi yutuqlari asosida bunyod etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Farg‘onaga ikki kunlik tashrifi nihoyasiga etdi.


Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati