Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Iyul 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Bugun Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashining navbatdan tashqari 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 2018-06-14 15:22:21    915

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashining navbatdan tashqari 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Umar Ismoilovlar ishtirok etdilar. Yig‘ilishni  kengash raisi, viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev olib bordi.

Sessiya kun tartibida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 12-13 iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida viloyatni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilab bergan vazifalar va viloyat faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilish davomida berilgan topshiriqlar, tashkiliy  hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya qaroriga ko‘ra, Farg‘ona viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Qo‘chqorov Sadriddin Burxonovich o‘rniga Ortiqov Akmalxon Jo‘raxonovich hamda qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Tursunov Alibek Ma`murjonovich o‘rniga Teshayev Shuhrat Jo‘raqulovich tayinlanganligi bir ovozdan ma’qullandi.  

Yig‘ilishda viloyat hokimining yangi tayinlangan o‘rinbosarlari mamlakatimiz rahbari e’tiboriga tushgan, yuqori bilim va kasbiy tajribaga ega, mehnat faoliyati davomida samarali ishlagan eng yaxshi kadrlardan ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Sessiya yakunida deputatlar hamda yangi tayinlangan o‘rinbosarlar so‘zga chiqib, o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlash va zimmalariga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarishga va’da berdilar.