Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Iyul 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Murojaatnoma

 2018-06-29 10:56:34    75

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputatlarining viloyatimizdagi barcha fermer xo‘jaliklari

rahbarlari hamda fermer xo‘jaliklari a’zolariga 

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tashabbusi va rahnamologida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi, xususan, paxtachilik tarmog‘ida keng ko‘lamli xayotbaxsh islohotlar amalga oshirilyapti. Bu borada keyingi ikki yil ichida davlatimiz rahbarining bir qator Farmon va qarorlari qabul qilingani ayni jarayondagi islohotlar ko‘lamini zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirishda muhim dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Bevosita paxtachilik tarmog‘ining rivojiga qaratilgan bunday yuksak e’tibor va rag‘bat barcha-barchamiz har qancha faxrlanishimiz, g‘ururlanishimiz uchun arziydi.

Ammo shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi davr, dunyoqarashimiz, ongu tafakkurimiz, turmush tarbiyamiz hamda ishimizga munosabatimizni o‘zgartirib yuborayotgan ezgu tashabbuslar hamisha aniq maqsadni ko‘zlagan holda oldinga intilishimiz zarurligini taqozo qilmoqda. Shu ma’noda mushtarak maqsadlar ro‘yobi yo‘lida daxldorlik, javobgarlik va mas’uliyat tuyg‘usini teran anglab etish har birimizning ona elimiz, ota yurtimiz oldidagi chin farzandlik burchimizdir.

Asrlar davomida ajdodlarimiz avaylab-asrab kelgan muqaddas erimiz, ona tuprog‘imiz, aziz va jonajon yurtimizga egalik qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrash, o‘zimizdan so‘ng farzandlarimizga ozod, obod va jannatmonand Vatan qoldirish zimmamizdagi eng mas’uliyatli va o‘ta muhim vazifamizdir.

Kelajak avlodlar farovonligi yo‘lida ulkan ishlarga, aniq rejalarga qo‘l urilayotgan yurtimizda, eng avvalo muhtaram Prezidentimizning azmu shijoati, kuchli va dono siyosati, barcha sohalarda olib borilayotgan tizimli islohotlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Bu jarayonlar yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligiga xizmat qilayotgani, farzandlarimizning ertangi kuni istiqboli uchun amalga oshirilayotgani barchamizni behad mamnun etadi.

Shunday ekan, Sizning bugungi sa’y-harakatlaringiz, fidoyi mehnatingiz, farovon hayotimiz uchun o‘z oromingizdan kechib, dalangizdagi ekinlaringiz atrofida peshona teri to‘kishingiz zamirida ham farzandlarimiz baxtu iqboli, nurafshon va tinch-osoyishta hayot mujassam ekanligi juda ham quvonarlidir.

Sizlarning beminnat mehnatlaringiz samarasi sifatida viloyatimiznining barcha hududlari, fermer xo‘jaligining har bir qarich erini obod qilish, mehnatga layoqatli hamyurtlarimiz, ayniqsa, yoshlarni ish o‘rinlari bilan tag‘minlash, bozorlarimiz to‘kinligini, oilalarimiz farovonligini ta’minlash imkonini bermoqda.

Biri-birini to‘ldirib, mustahkamlab borayotgan Farmon va qarorlar mehnat faoliyatingizni yanada erkinlashtirib, yanada mukammallashtirib borayotganingiz bois, butun dunyoga xavf solib turgan oziq-ovqat taqchilligi xalqimizni chetlab o‘tmoqda.

Hozirgi kunda viloyatimizda 84 680 gektar paxta maydonidan 54 ming gektari to‘liq shonaladi, 12 ming gektari gullash davrida turibdi. Ammo mutaxassislarning e’tirof etishicha bu yilgi g‘o‘za rivoji o‘tgan yilga nisbatan 20 kun orqada qolmoqda. Bu esa belgilangan agrotexnik vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun yalpi safarbarlikni talab etadi.

Viloyatimizda paxta maydonlari hosildorligini oshirish borasida barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Ushbu imkoniyatlardan tez va to‘la foydalanib, quyidagi tadbirlarni amalga oshirishda faollik va tashabbus ko‘rsating!

Birinchidan: o‘zingiz, barcha ishchi, suvchi va mexanizatorlaringiz bilan dalaga ko‘chib chiqib, g‘o‘za parvarishida «Zarbdor bir oylik» e’lon qilish;

Ikkinchidan: g‘o‘zaning har gektariga 200 kg.dan azotli mineral o‘g‘itlar bilan ikkinchi oziqlantirish ishlarini yakunlash, har besh gektar g‘o‘za maydonlarini suv kirish qismlarida sharbat chuqurlarini qazib, gektariga 10 tonnadan mahalliy o‘g‘it chiqarish hamda har 5 gektar maydonlarga bir nafardan suvchilarni biriktirib, oziqlantirilgandan so‘ng peshma-pesh sharbat usulida sug‘orish ishlarini tashkil etish;

Uchinchidan: bir hafta muddatda o‘rgimchakkana tarqalishiga qarshi OVX va shtangali purkagichlardan foydalangan holda ISO va suspenziya bilan ishlov o‘tkazish hamda har bir gektarga 30-40 kg. dan oltingugurt kukunini ertalab va kechki payt changitish va kamida 1 marta kimyoviy ishlov berish, ko‘sak qurti tarqalishiga qarshi har gektariga 1 tadan feromon tutqichlar qo‘yilishini tashkil etish hamda zarur holatlarda kimyoviy ishlovlarni samarali o‘tkazish;

To‘rtinchidan: Kultivator va barcha chopiq traktorlarini ishchi organlarini sozlagan holda g‘o‘za qator oralariga sifatli ishlov berish, dalaga quruq elangan kiritish, chuqur yumatish ishlaridan samarali foydalanib, ishlovlarni sifatli o‘tkazish;

“Mexanizatorlar uylari” da barcha shart-sharoitlarni yaratib, barcha mexanizatorlarni to‘liq dalaga ko‘chib o‘tishini ta’minlash;

Beshinchidan: Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 yanvardagi 25-sonli qaroriga asosan har bir fermer xo‘jaligi qo‘shimcha daromad olish uchun o‘z dala maydonlarida arzon issiqxona, engil konstruksiyali dala shiyponi, 50 bosh parranda, 5 quti asalari, sog‘in sigir boqish ishlarini tashkil etish lozim.

Bizning ma’naviyati yuksak va demokratik jamiyatning faol a’zolari bo‘lgan fermerlarimiz o‘ta muhim vazifa sanalgan sifatli, ekologik toza va vitaminlarga boy qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish, ishga halol, vijdonan yondoshib, erga doimiy ravishda ishlov berib, kelajak avlodga sog‘lom, serunum va serhosil er qoldirish kabi vazifalarimizga sidqidildan yondoshib, zimmangizdagi vazifangizni ortig‘i bilan uddalashingizga ishonamiz.

Chunki siz yaxshi bilasiz, yurtimizda boshlangan ezgu tashabbuslar zamirida, nafaqat sizlarning, balki butun mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati, kuch-qudrati va aholimizning farovon hayoti, osuda turmushi mujassam.

O‘zimizning shaxsiy mulkimiz, boyligimiz bo‘lgan erga bo‘lgan munosabatimizni yana bir bor, tubdan o‘zgartirgan holda unda unib chiqayotgan «oq oltin» manbaini ular to hosilga kirib, tuz-nasibamizga aylangunga qadar bo‘lgan davrgacha bolamizdek asrab-avaylaylik, ko‘z qorachig‘idek saqlab, bag‘rimizga olaylik!

Siz ham yuqori hosil olib erishgan millionlar evaziga yanada yuksaling, xo‘jaligingizga qo‘shimcha investitsiya kiriting va yanada boy-badavlat bo‘ling!

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari.