Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< SENTYABR 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 118 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi: Daromad – tomorqadan

×

 2018-07-03 22:39:41    369

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston tumanidagi Nursux qishlog‘ida yashovchi 73 yoshli Rustam Mamadaliev mirishkor tomorqachi sifatida mashhur.

Qariyb 35 yil maktabda ximiya-biologiya fani o‘qituvchisi sifatida ishlagan mehnat faxriysining xonadoni ajoyib gulzor va bog‘. Yuqori ko‘cha, 140-xonadonning 5 nafar a’zolari 3 sotixda issiqxona tashkil etishgan. 2017 yilning o‘zida ushbu xonadon egalari limonchilikdan 8,5 million, xona gullari etishtirib sotishdan 3,5, pista ko‘chatidan 3, chorvachilikdan 5, tomorqadan hammasi bo‘lib 25 million so‘m daromadga ega bo‘lishdi.

Bu xonadonda palmadan tortib eng noyob gullargacha, limon, apelsin, mandarin, greyfurt, lavr olchasi, kivi, goji, funduk yong‘og‘i, zaytun singari mevali va manzarali daraxtlar parvarishlanadi. Oila a’zolari keyingi 3 yilda pista ko‘chatlari yetishtirib sotishni ham yo‘lga qo‘ydi. Hozirgi kunda ushbu oila a’zolari dehqon xo‘jaligi tashkil etib, 4 gektar yerda pista ko‘chatlari parvarishlashyapti. Bu yil 4 ming tup noyob gul ko‘chatlari qo‘shni Tojikiston va Qirg‘izistonga eksport qilinishi rejalashtirilmoqda.

– Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi juda katta samara beradi, – deydi seleksioner olim Rustam Mamadaliev. – Hozirgacha ukalarim, qo‘ni-qo‘shni va mahalladagi ko‘plab oilalarga tomorqadan samarali foydalanishni o‘rgatdim. Agar xohlovchilar bo‘lsa turli gul, mevali va manzarali daraxtlar, pista ko‘chatlarini yetkazib berish, payvandlash va parvarishlash, agrotexnik tadbirlar o‘tkazish borasida ko‘maklashishim mumkin.


B.MADIYOROV.