Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Iyul 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Bir yil sarhisobi: Yoshlar – buyuk istiqbol bunyodkorlari

×

 2018-07-03 22:59:47    74

PDF yuklash
Chop etish


2017 yil 30 iyun –  O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil etildi va mazkur sana mamlakatimizda Yoshlar kuni deb e’lon qilindi.

 2017 yil, iyul

*2017 yil 5 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga  oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston  yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi.

   *Viloyat Tadbirkorlar markazida davlatimiz rahbarining “Yoshlarga  oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova ishtirok etib, barchani 10 milliondan ortiq o‘g‘il-qizlarni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtiradigan yangi tashkilot – O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tashkil etilganligi bilan qutladi.

 *Farg‘ona huquqshunoslik kollejida “Kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlarining eng yaxshi biznes loyihasi” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 19 ta yo‘nalishda 57 nafar ishtirokchining biznes g‘oyalari saralab olindi.

 *O‘zbekiston tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabida 17 sport turi bo‘yicha bo‘limlar tashkil etildi.

 *2017 yilning 1-8 iyul kunlari Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining farg‘onalik a’zolari Bilolbek Mirzarahimov va Lazizbek Mullajonovlar viloyatda tantanali kutib olindi. Chempionlarni sharaflashga bag‘ishlangan tantanada viloyat hokimi  Shuhrat G‘aniev tomonidan ularga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

 *O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi majlislar zalida barcha davlat va nodavlat-notijorat tashkilotlari rahbarlari, daxldor mutasaddilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga doir muhim vazifalar belgilab olindi.

 *Viloyat Taekvando Federatsiyasining 8 nafar sportchilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining  “Hech narsa mamlakatni sportchalik tez dunyoga tanita olmaydi” loyihasi granti hisobidan Germaniyada o‘tkazilgan xalqaro turnirda ishtirok etib, 7 ta oltin, 3 ta kumush medallarini qo‘lga kiritishdi.

*Quvasoy shahridagi “Mehnat – rohat” bolalar oromgohida Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi tomonidan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

avgust

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda viloyat hokimligi hamkorligida 2017 yilning 2-3 avgust kunlari shahar va tumanlardagi yosh tadbirkor va fermerlar bilan uchrashuvlar tashkil qilindi.

*Farg‘ona shahrida “Mahoratli ishlab chiqarish ta’limi ustasi va iqtidorli shogird” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi. Unda farg‘onalik yoshlar jamoasi g‘oliblar qatoridan joy oldi.

*Respublikamiz bo‘ylab tashkil etilgan “Yoshlar poyezdi” targ‘ibot-tadbirlari 16-17 avgust kunlari viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

 “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida “Yosh oilalar va qizlar” I respublika Forumi o‘tkazildi. Forum doirasida yoshlarning tajribali fermerlar, tadbirkorlar, san’atkorlar, olimlar hamda ijodkorlar bilan uchrashuvlari uyushtirildi.

  *5-10 avgust kunlari Beshariq tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabiga qarashli “Rapqon” sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan “Biz – buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostida an’anaviy 15-xalqaro turnir o‘tkazildi. Unda Qirg‘iziston, Qozog‘iston Respublikalari va yurtimizning barcha viloyatlaridan 250 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etishdi.

 *Farg‘ona garnizonida  joylashgan  harbiy qismlar va muassasalarning muddatli harbiy xizmatchilari, 30 yoshgacha bo‘lgan shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirokida  “Biz –Vatanga tayanchmiz!” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

*Prezidentimiz qarori bilan Qo‘qon shahrida O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali tashkil etildi.

*Farg‘ona politexika instituti tashkil topganiga 50 yil to‘lishi munosabati bilan ilm dargohida tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda oliygohning iqtidorli va izlanuvchan talabalari soni yildan yilga ko‘payayotganligi qayd etildi.

sentyabr

*Islom Karimov nomidagi viloyat Teatr-konsert saroyida o‘tkazilgan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan viloyat ko‘rik-tanlovining 37 nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida turli soha va tarmoqlarda mehnat va ijod qilayotgan bir guruh yoshlar nomlari e’tirof etildi.

*Farg‘ona shahrida qizlar o‘rtasida “Yashil maydon malikalari” respublikasi musobaqasining mintaqaviy bosqichi o‘tkazildi.

*Farg‘ona shahar 40-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘quvchisi Niyara Abdishaeva Bolgariyaning Kranevo shahrida yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan shashka bo‘yicha jahon chempionatida kumush medal sohibasi bo‘ldi.

*Ahmad Farg‘oniy nomidagi istirohat bog‘ida “Sog‘lom va ma’naviy yetuk avlod – yurt kelajagi!” shiori ostida “Bolalar kitobi”  III  respublika festivali o‘tkazildi. Unda viloyatimiz shahar va tumanlaridan minglab o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

*Farg‘ona shahar To‘qimachilar o‘yingohida “Mening armiyam – mening faxrim” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir harbiy sohaga ishtiyoqmand yoshlar, xususan, harbiy-texnika yo‘nalishidagi Farg‘ona akademik litseyi o‘quvchilari uchun mahorat maktabi bo‘ldi.

*Farg‘ona shahridagi “Yangiyo‘l” MFYda barcha qulayliklarga ega, ko‘rkam Yoshlar uyi foydalanishga topshirildi. Shinam uy-joyga imtiyozli shartlar asosida ega bo‘lgan yoshlar orasida ona tili va adabiyoti fanidan respublika fan olimpiadasi g‘olibi In’omjon Nishonov, sportning muay-tay turi bo‘yicha xalqaro musobaqalar g‘olibi Iqboljon Asqarov, “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohibasi Go‘zal Oxunovalar ham bor.

 oktyabr

*O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi viloyat Kengashi tomonidan “Navoiy vorislari” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda 34-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Xosiyatxon Sirojiddinova 1-o‘rinnni qo‘lga kiritdi.

*Prezidentimizning 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “O‘zdavdoninspeksiya” tizimida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tuzildi. Unga 22 nafar yosh mutaxassislar a’zo bo`ldi.

noyabr

*Viloyatimizdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirokida “Biz yot g‘oyalarga qarshimiz!” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Xususan, Farg‘ona davlat universiteti va Farg‘ona politexnika institutida “Ma’rifiy islom aqidaparastlikni qoralaydi” mavzusida o‘tkazilgan tadbir yosh avlod ongida yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish,  ularni istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

*Farg‘ona shahridagi Kimyogarlar saroyida “Nafosat –2017” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 24 nafar yosh dizaynerlar ishtirok etib, milliy hunarmandchilik borasidagi iqtidorlarini namoyish etishdi.

*Qo‘shtepalik yosh tadbirkor Shukrullo Saydullaev boshchiligidagi “Shukur davlat” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga Germaniya davlatidan 132 bosh Golshteyn naslli qoramollar keltirildi. Bu esa yosh tadbirkorning tumanda 2 ming bosh qoramol boqishga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksini tashkil etish maqsadi sari yana bir dadil qadam bo‘ldi.

*Respublika olimpiya zaxiralari kolleji 3-bosqich o‘quvchisi Boburjon Ahmadaliev sportning akrobatika turi bo‘yicha Bolgariyada o‘tkazilgan jahon chempionatida sinxron sakrash yo‘nalishida jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

*Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov 13 yoshida xalqaro grossmeyster darajasiga erishib, viloyatda u bilan turli uchrashuvlar o‘tkazildi.


dekabr

*O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 25 yilligi bayrami arafasida farg‘onalik bokschi yoshlar Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida 11 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. G‘oliblarni kutib olish marosimi katta tantanaga aylandi.

*Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Yilning eng yaxshi kitobxoni” forumi tashkil etildi. Unda “Kutubxonaning kitobsevari”, “Matubot nashrlari ishqibozi”, “Yangi avlod kitobxoni”, “Eng kichik kitobxon” singari nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, yosh kitobxonlar munosib taqdirlandi.


2018 yil, yanvar

*Toshkent Tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishining 53 nafar bakalavriat va klinik ordenatura bo‘limining 12 nafar bitiuvchilariga tegishli ixtisosliklar bo‘yicha sertifikatlar topshirildi. Tizimda ilk marotaba muddatidan ilgari sertifikatlarning topshirilishi yosh shifokorlarning tibbiyot muassasalarida mehnat faoliyatlarini boshlashlariga keng yo‘l ochdi.

*Yoshlarimizni ilm-ma’rifat, yaxshilik va bunyodkorlik ruhida tarbiyalash maqsadida viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida “Ma’rifat va bag‘rikenglik – tinchlik va taraqqiyot garovidir”, “Diniy ekstremizm va terorizmning mudhish qiyofasi” nomli fotoko‘rgazma va umumprofilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida hududlardagi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, bolalar musiqa va san’at maktabi, umuta’lim maktablari iqtidorli o‘quvchilari o‘rtasida rasmlar tanlovi ham bo‘lib o‘tdi.

*Rapqon boks maktabi tarbiyalanuvchisi SHohjahon Ergashev AQSHda professional boks bo‘yicha  raqibi Soni Fredriksonni nokaut bilan mag‘lub etib, Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tardi.

*Furqat va Quva tumanlarida yoshlarni sportga keng jalb qilish, Ularga sport bilan shug‘ullanishlari uchun qulay sharoit yaratish maqsadida yangi sport zal, yopiq suzish havzasi ochildi.

 *O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy Kengashi tomonidan joriy yilning 17-21 yanvar kunlari “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish va jonlantirish safarbarligi” e’lon qilindi. SHu munosabat bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat  Kengashining katta majlislar zalida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilib, unda hududlarda yoshlar bilan ishlash mexanizmini jonlantirish masalasiga e’tibor qaratildi.

*O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tashabbusi bilan yuz nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va faol yoshlar vakillaridan iborat o‘g‘il-qizlarning Samarqand shahriga sayohati tashkillandi.

*Joriy yilning 9-27 yanvar kunlari Xitoyda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Terma jamoamiz safida zafar quchgan azamat o‘g‘lonlarning 8 nafari – Doston Tursunov, Husniddin G‘ofurov, Abdujamol  Isroilov, Rustam Ashurmatov, Akram Komilov, Islom Qobilov, Oybek Rustamov, Abbos Otaxonovlarning Farg‘ona futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ekanligi g‘oyat faxrlanarlidir.          

 

fevral

   *Viloyat Tadbirkorlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi, Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboevning ta’lim muassasalari tizimidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqotda muassasalardagi kutubxona, sport zallari sharoitini yaxshilash, iqtidorli bolalar uchun maxsus gazeta va jurnallar sonini ko‘paytirish, kam ta’minlangan oila farzandlarini bepul sport mashg‘ulotlari va qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlarga jalb etish singari masalalar yuzasidan savollar o‘rtaga tashlandi.

* Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi SHarofatxon Ismoilova 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan  mamlakat kitobxonlari o‘rtasida o‘tkazilgan “YOsh kitobxon” respublika ko‘rik-tanlovida mutloq g‘olib bo‘lib, Prezident sovg‘asi – “Spark” avtomobili kalitini qo‘lga kiritdi. Joylarda iqtidorli kitobxon ishtirokida uchrashuv va kitobxonlik kechalari o‘tkazildi.

mart

*Prezidentimizning 2018 yil 2 martdagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 28 nafar iqtidorli qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.

 Ular orasida Farg‘ona viloyatidan V.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining 10-sinf o‘quvchisi Sevara Jo‘raeva va Farg‘ona politexnika institutining 2-bosqich talabasi Zulayho Ermatova ham bor.

*O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining majlislar zalida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 4 ta sektor rahbarlari o‘quv seminari o‘tkazildi.

*Viloyatimizda “Mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shishga tayyor tur!” shiori ostida Yoshlar haftaligi bo‘lib o‘tdi. Haftalik doirasida o‘tkazilgan turli loyihalarga farg‘onalik faol, tashabbuskor va iste’dodli yoshlar jalb etildi.

*Kelajagimiz vorislarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida viloyatimizda Yoshlar festivali o‘tkazildi. Festival doirasida yugurish marafoni yoshlar marafoni ham bo‘lib o‘tdi.

*Viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida Qurolli kuchlar tarkibidan zaxiraga bo‘shatilgan yoshlar uchun mehnat yarmarkalari o‘tkazildi. Unda munosib ish o‘rniga ega bo‘lgan yoshlar yaratilgan imkoniyatlardan minnatdor bo‘ldilar.

aprel

Farg‘ona shahridagi “Neftchi” madaniyat saroyida marg‘ilonlik, Oltiariq tumanidagi 14-bolalar musiqa va san’at maktabida rishtonlik va oltiariqlik harbiy yoshlar uchun ish o‘rinlari taklif etildi. Yuz nafarga yaqin mehnat yarmarkasi ishtirokchisi ishli bo‘ldi.

*O‘zbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasining Farg‘ona viloyat bo‘limi tashkil etildi. U Farg‘ona musiqa san’ati kamoloti, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida xizmat qilmoqda.

*“Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda Qo‘qon shahrining “Qalqon” jamoasi g‘olib bo‘lib, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

*Oltiariq tumanidagi maishiy xizmat kasb-hunar kollejida “Kasb mahorati” ko‘rik-tanlovining “Payvandlash ishi” bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

*O‘zbekiston karlar jamiyati viloyat bo‘limi tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining viloyat Kengashi bilan hamkorlikda “Sening intilishing –kelajagingni o‘zing qurishing!” grant loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.

*Joriy yilning 21-22 aprel kunlari Farg‘ona olimpiya zaxiralari kollejida sportning taekvando WTF yo‘nalishi bo‘yicha “Olimpiya kelajagi” jamoaviy musobaqalarining 1-hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Vodiy viloyatlari yosh sportchilari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada  farg‘onalik yoshlar shohsupaga ko‘tarildilar.

*Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeld janoblari ikki kun davomida Farg‘onaning ta’lim maskanlarida bo‘lib, universitet, akademik litsey va nemis tiliga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablari talaba va o‘quvchilarining iqtidoriga yuqori baho berdi.

*  Joriy yilning 29 aprel kuni Prezidentimiz tashabbusi bilan qurilgan  Farg‘ona tumanining Mindonobod massivida ko‘p qavatli uy-joy binolari foydalanishga topshirildi. Nogironligi bo‘lgan yoshlar va ehtiyojmand yosh oilalar yangi uylarning kalitlarini xursandchilik bilan qabul qilib oldilar.

*O’zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi O‘zbekiston tumanidagi “Turon eko sement” MCHJ da “Sen ham faol yoshlar safidasan!”  loyihasi doirasida  “Kelajak bugundan boshlanadi”  shiori ostida yoshlar forumi tashkil etildi.

may

*“Yosh qutqaruvchi”  musobaqasining respublika bosqichiga Farg‘ona viloyati mezbonlik qildi. Qizg‘in bahslarga boy o‘tgan musobaqada viloyatimiz vakillari – Quvasoy shahridagi 1-umuta’lim maktabining “Matonat” jamoasi 1-o‘rinni egalladi.

*Viloyatdagi kasb-hunar ta’limi muassasalarining “Vatanparvarlik” dekadasi bo‘lib o‘tdi. Dekada yakuniga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini jo‘r bo‘lib,  professional kuylash” yo‘nalishida faxrli 1-o‘rinni Farg‘ona san’at kolleji jamoasi qo‘lga kiritdi.

*Viloyatimizda “Mustahkam oila” haftaligi doirasida “Eng namunali yosh harbiy oila” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining oilalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda 10 nafar yosh oilalar faol qatnashdi.

*Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadioni yoshlik, barkamollik  va sport bayrami  – “Umid nihollari-2018” musobaqalarining viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi katta tantanaga aylandi.

*O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan  “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining respublika bosqichida Farg‘ona maishiy xizmat va pedagogika kasb-hunar kollejining “Yosh qutqaruvchi” jamoasi g‘olib bo‘ldi.

 *Islom Karimov nomidagi viloyat Teatr-konsert saroyida “Dunyoni mehr ustiga quraylik!” shiori ostida respublika Yoshlar forumi o‘tkazildi. Unga imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan Respublika kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, Farg‘ona shahridagi “Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchilari taklif etildilar.

 *Viloyatimiz bo‘ylab o‘tkazilgan “YOshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish haftaligi” doirasida hududlardagi faol va uyushmagan yoshlarni qamrab olgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va loyihalar tashkil etildi.

 iyun

*Respublika Oliy ta’lim vazirligining taklifiga binoan AQSHning Toshkentdagi elchixonasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi “EDUCATION USA” dasturi bo‘yicha konsalting kengash rahbari Saida Chorieva va Kaliforniya universiteti professori Kurt Shurgers Andijon mashinasozlik instituti, Namangan muhandislik-texnologiya institutidagi ilmiy-amaliy uchrashuvlardan so‘ng Farg‘ona politexnika institutiga tashrif buyurdi. Professor Kurt Shurgers oliygoh talabalarining ilmiy salohiyatini yuksak baholadi.

  *“Obod qishloq” Dasturi doirasida viloyatimizning Oltiariq tumani Qapchug‘ay qishlog‘ida “Smart kids” yangi innovatsion bolalar bog‘chasi ochildi.

 *O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari Kasaba uyushmasi respublika kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda “Eng faol yosh dasturchi” tanlovi o‘tkazildi. Unda Muhammad al- Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali dasturiy injiniring kafedrasi mudiri F.Mulaydinovning yangi innovatsion loyihasi yuqori baholandi.

 *Farg‘ona politexnika institutida davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi va O‘zbekiston Musulmonlari idorasining viloyat vakilligi bilan hamkorlikda “Biz –diniy esktremizm va terrrorizmga qarshimiz!” shiori ostida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

 *O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 noyabrdagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ittifoq tizimida samarali mehnat qilib, o‘zining yetakchilik va tashabbuskorlik fazilatlarini namoyon qilib kelayotgan 14 nafar faol yoshlarga yashash hududida joylashgan pedagogika yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlaridan biriga davlat granti asosida kirish imtiyozi berildi. Ular orasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi matbuot kotibi Mohidil Qurbonova ham bor.


Sohiba ABDURAHMONOVA,

Dilnavoz QO‘LDOSHEVA tayyorladi.