Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< SENTYABR 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Bugun viloyat hokimligida xalq deputatlari viloyat Kengashining kengaytirilgan navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 2018-07-08 15:35:47    219

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligida xalq deputatlari viloyat Kengashining kengaytirilgan navbatdan tashqari 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyaga viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, shahar hokimlari, shahar va tuman hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, Investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, tadbirkorlar, viloyat ommaviy axborot vositalari rahbarlari taklif etildi.

Shuningdek, kengaytirilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o`z ma`ruzasi bilan ishtirok etdi. Yig‘ilishni Кengash raisi, viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev olib bordi.

Sessiya ikki qismda o‘tkazildi. Birinchi qismida 2018 yil investitsiya va infratuzilma loyihalari ro‘yxatiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishda yuzaga kelgan mavjud muammolarni bartaraf etish, ob’yektlarni o‘z vaqtida ishga tushirish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi to‘g‘risida viloyat hokimining o‘rinbosari M.Abduraxmonovning hamda tegishli mas’ul rahbarlarning hisobot va axborotlari eshitildi. Jumladan, viloyat hokimi o‘rinbosari quyidagi ma’lumotlarni berib o‘tdi:

Tadbirkorlik uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, berilayotgan imtiyozlar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini amalga oshirishdagi yangicha yondashuvlar natijasida korxonalar tomonidan kiritilayotgan investitsiyalar hajmi viloyatda 2018 yil 1 yarim yillik yakunida 1102,1 mlrd.so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 97 foizga teng bo‘ldi.

Joriy yilda viloyatga jami 231,1 mln. AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida 51,6 mln. AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. Shundan, viloyat iqtisodiyotiga o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 45,8 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, undagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning ulushi 90,1 foizni tashkil etdi.

Jalb etilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning eng yuqori ko‘rsatkichi Beshariq tumaniga (80 mln. dollarlik 1 ta loyiha), Farg‘ona tumaniga (39,2 mln.dollarlik 3 ta loyiha), Farg‘ona shahriga (23,1 mln. dollarlik) to‘g‘ri keldi.

Xususan, Farg‘ona tumanida Tayland davlati bilan hamkorlikda qiymati 52,4 mln.dollarlik "Bahodir Log‘on Tekstil" QKda tekstil klasterini tashkil etishni yo‘lga qo‘yish loyihasi 4-chorakda ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Qo‘qon EIZ hududida Xitoy davlati bilan hamkorlikda 350 ming dollarlik "JIN GANG" MCHJda import o‘rnini bosuvchi payvandlash elektrodlari ishlab chiqarish loyihalari foydalanishga topshirildi.

Hozirgi kunga qadar, viloyatda 32 ta yangi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona tashkil etilib, viloyatdagi xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 234 taga yetkazildi.

Shu bilan birga quyidagi tanqidiy jihatlar ham muhokamadan o‘tkazildi:

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatni kompleks rivojlantirish Dasturi doirasida 39,9 mln. dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va qo‘shimcha loyihalar hisobiga 11,6 mln. dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, jami 51,5 mln. dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilib, yillik prognoz 22,3 foizga bajarilgan.

Keng imkoniyatlar bo‘lishiga qaramay, Quvasoy shahrida, Bag‘dod, Buvayda, Dang‘ara, Yozyovon, Oltiariq, Toshloq, Furqat, O‘zbekiston tumanlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida bironta ham loyiha ishlab chiqilmagan. Rishton tumanida esa atigi 100 ming dollarlik 1 ta loyiha ishlab chiqilgan xolos.

Shuningdek, faoliyat yuritayotgan 234 korxonalarning 20 taga yaqini o‘z hisobotlarida 2017 yil yakuni bo‘yicha “nol” hajm ko‘rsatgan.

Bundan tashqari, joriy yilning 6 oyi davomida viloyatning 7 ta tumani – Bag‘dod, Buvayda, Oltiariq, Rishton, So‘x, O‘zbekiston va Furqat tumanlariga umuman xorijiy investitsiyalar jalb etilmagan.

Viloyatning 8 ta hududida – Qo‘shtepa, Bag‘dod, Buvayda, Uchko‘prik, Rishton, Toshloq, Furqat, Yozyovon tumanlarida umuman qo‘shma korxonalar tashkil etilmagan.

Joriy yilning 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida “Investitsiya va infratuzilma loyihalari ro‘yxatiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralari natijadorligi masalalari”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Davlat rahbari tomonidan Farg‘ona viloyati 2018-2019 yillarga o‘zlashtirishi belgilangan 165,0 mln.dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar miqdori kamligi adolatli e’tirof etilganligi, shundan kelib chiqib, viloyatda ushbu ko‘rstakichlarni 2018-2019 yillar uchun 165 mln.dollar emas, balki 700 mln.dollarga yetkazish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olinib, ishlar yo‘lga qo‘yilganligi aytib o‘tildi.

Kun tartibidagi birinchi masala muhokamasi o‘tkazilgandan so‘ng Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov viloyat mutasaddalariga sohani rivojlantirish bo‘yicha bir qator ko`rsatma hamda tavsiyalar berdi. Shuningdek, viloyatda investitsiya muhitini yanada kengaytirish, investitsion jozibadorligini oshirish bo‘yicha Respublika Vazirlar Mahkamasi hamda Moliya vazirligi hamisha hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligi, bu borada zarur bo‘lgan har qanday amaliy yordam o‘z vaqtida berilishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Sessiyaning ikkinchi qismida markazlashgan mablag‘lar hisobidan ijtimoiy soha va infratuzilma ob’ektlari, uy-joylarni qurish va foydalanishga topshirishni ta’minlash uchun belgilangan muddatlarda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, pudratchilarni aniqlash va moliyalashtirishni ochish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida viloyat hokimining o‘rinbosari D.Xodjiaxmedovning hamda tegishli mas’ul rahbarlarning hisobotlari;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3182-sonli qarori ijrosi yuzasidan viloyat sektor rahbarlarining hisobotlarini eshitildi. Sessiya yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.