Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Avgust 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg‘ona delegatsiyasi 12-13 iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ldi

×

 2018-07-16 16:20:50    203

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 12-13 iyun kunlari muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatiga qilgan tashrifi davomida viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ko‘paytirish yuzasidan topshiriqlar belgilab berilgan edi. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 12-13 iyul kunlari viloyat hokimi Sh.G‘aniev boshchiligidagi Farg‘ona delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ldi. Viloyat hokimiga investitsiya, innovatsiya, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Abdurahmonov, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlari hokimlari va ularning investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, soha bo‘yicha mutaxassislar  hamda bir guruh tadbirkorlar hamrohlik qildilar.

Dastlabki kunda delegatsiya a’zolari XXRning qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish va loyihalash bo‘yicha yetakchi davlat korxonalaridan bo‘lgan “China Building Building Material Academy” ga tashrif buyurdi va kompaniyaning tarixi, qo‘lga kiritgan yutuqlari va kelajakdagi rejalari bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng, “Beijing Truimph International Engineering Co., Ltd” kompaniyasi bosh ofisida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Natijada O‘zbekiston tumanida sement va gipsokarton ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona barpo etish bo‘yicha memorandum imzolandi. Shuningdek, “Beijing Truimph International Engineering Co., Ltd” kompaniyasi bilan qurilish mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxonalar barpo etish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishildi. Ushbu kompaniya tomonidan XXR va Farg‘ona viloyati o‘rtasidagi savdo aylanmasini ko‘paytirish hamda tadbirkorlarga, shuningdek, mahalliy aholiga qulaylik yaratish maqsadida Qo‘qon shahrida mahsulotlar ombori va logistika markazi barpo etish istagi bildirildi va ushbu taklif Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan ma’qullandi.

Pekin shahrida bo‘lgan delegatsiya O‘zbekistonning XXRdagi favqulodda va muxtor elchisi B.Saidov hamrohligida Xitoyning 60 milliondan ortiq aholi istiqomat qiluvchi hududi – Xubey provinsiyasining Uxan shahriga jo‘nab ketdi. Delegatsiyaning yana bir guruhi esa Shandon provinsiyasining Zibo shahriga jo‘nab ketdi.

Uxan shahri xalqaro aeroportida delegatsiya a’zolarini Xubey provinsiyasi tashqi ishlar kotibiyati boshlig‘i janob Fen kutib oldi. Shu kunning o‘zida provinsiyadagi qurilish va avtomobil sanoati uchun po‘lat rulonlar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya “Shina Baowu Steel Iron Company”da ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

Shundan so‘ng XXRning yirik farmatsevtika kompaniyasi “China Maneco Co., Ltd” kompaniyasi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Suhbat jarayonida ushbu kompaniyaning Xubey ofisi bosh direktoriga mamlakatimizda xorijiy investorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, soliq va bojxona imtiyozlari, Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi bo‘yicha to‘liq ma’lumot berildi. Kompaniya rahbariyatiga Farg‘ona viloyatida tabletkalar, suspenziyalar, in’eksiyalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona tashkil etish bo‘yicha aniq takliflar berildi. O‘z navbatida kompaniya rahbariyati bilan yaqin oylar ichida Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurib, farmatsevtika yo‘nalishida hamkorlik qilish bo‘yicha tomonlar o‘rtasida qo‘shimcha muzokaralar olib borishga kelishib olindi.

Xitoyga safarning ikkinchi kunida “Westin” mehmonxonasining konferensiya zalida delegatsiya a’zolari hamda Uxan shahri hokimligi, savdo-sanoat palatasi va Xubey provinsiyasining 50 dan ortiq tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum tashkil etildi. Unda Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniev va O‘zbekiston Respublikasining XXRdagi favqulodda va muxtor elchisi B.Saidov nutq so‘zlab, forum qatnashchilariga O‘zbekistonda oxirgi 2 yil davomidagi amalga oshirilayotgan juda katta islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar bo‘yicha ma’lumot berdilar. Viloyat hokimi o‘rinbosari M.Abdurahmonov tomonidan Farg‘ona viloyatining iqtisodiy va investitsion salohiyatini namoyish etuvchi prezentatsiya namoyish qilindi. Shuningdek, forum davomida tadbirda ishtirok etgan xitoylik tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar, ularga hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan takliflar berildi.

Delegatsiya a’zolari avval Uxan shahri meri janob Chjou Syanvan tomonidan rasmiy qabul qilindi va Farg‘ona viloyati bilan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniyat sohalarida har tomonlama hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Uxan shahri hokimligi delegatsiyasi joriy yilning sentyabr oyida viloyatimizga tashrif buyuradigan bo‘ldi.

“Westin” mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan Xubey provinsiyasi gubernatori Van Syaodun tomonidan rasmiy qabulda viloyat hokimi SH.G‘aniev va uning o‘rinbosari M.Abdurahmonov hamda “Shanxi Zhongya Building Material Co. Ltd.” Kompaniyasi bosh direktori Huang Kaibao o‘rtasida viloyatning Beshariq tumanida ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan “Farg’ona Yasin Qurilish Mollari” qo‘shma korxonasining sement ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish borasida muzokaralar olib borildi. Muzokaralar so‘nggida tomonlar kelishuv memorandumini imzoladilar.

Delegatsiya a’zolari “Wuhan Asia-Europe Logistics Co., Ltd” kompaniyasiga ham tashrif buyurdilar. Ushbu kompaniya turli xil yuklarni Evropa va Rossiya mamlakatlariga etkazib berishga ixtisoslashgan Xubey provinsiyasidagi eng yirik davlat logistika kompaniyasi hisoblanadi. Shunisi diqqatga sazavorki, ushbu kompaniya Xubey-Xorgas-Andijon temir yo‘li qatnovini yo‘lga qo‘ygan. Ushbu kompaniya bilan Farg‘ona viloyatida logistika markazini tashkil etish hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini import qilish bo‘yicha hamkorlik qilish taklif etildi. Joriy yilning sentyabr oyida ushbu kompaniya vakillari ham Uxan shahri delegatsiyasi a’zolari tarkibida viloyatimizga tashrif buyuradilar.

Uxan shahrida Erkin Savdo Zonasini tashkil etgan “Broad Investment Holding Group” kompaniyasi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda kompaniya Farg‘ona viloyati va Xubey provinsiyasi o‘rtasida savdo aloqalarini o‘rnatish maqsadida tashqi savdoga ixtisoslashgan qo‘shma korxonani tashkil etishni taklif etdi. Kompaniya vakillari joriy yildan boshlab, yurtimizda etishtiriliyotgan mevalarni XXRga import qilishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, kompaniya tomonidan yangi tashkil etilayotgan Erkin Savdo Zonasida qishloq xo‘jaligi va suvenir mahsulotlari ko‘rgazmasini tashkillash va sotish uchun Farg‘ona viloyati tadbirkorlariga savdo maydoni ajratib berilishi bo‘yicha kelishuv memorandumi imzolandi.


Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Shandon provinsiyasining Zibo shahriga tashrifi davomida ham bir qator yangi loyihalar bo‘yicha memorandumlar imzolandi. Jumladan, Farg‘ona shahridagi “Modern Ceramiks Industries” MCHJ qo‘shma korxonasi va XXR “Zibo Herui China” korxonasi o‘rtasida oltingugurtni qayta ishlash orqali sulfar polimer ishlab chiqarish, Xitoyning “WMB Chemical Co.,Ltd” kompaniyasi Farg‘ona viloyatida oltingugurtni qayta ishlash orqali sulfar uglerod ishlab chiqarish loyihalari hamkorlikda amalga oshiriladigan bo‘ldi. Bundan tashqari, “Great Wall Ceramics Co., Ltd” va “ZRSC Technology Co. Ltd” o‘rtasida o‘tga chidamli g‘isht ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona tashkil etish, Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan “Starke Uzbekistan” qo‘shma korxonasi negizida forfor chinni (bone ceramics) idishlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. “Shaffof Omadli Sanoat” va “The Urumqi Silk Road Power Trading Co.,Ltd” korxonalari o‘rtasida olib borilgan muzokaralar natijasida tomonlar siqilgan gaz uchun ballonlar hamda ular uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha ham memorandum imzoladilar.


Xitoy respublikasiga safar chog‘ida imzolangan hujjatlar natijasida viloyatimizga katta miqdorda xorijiy investitsiya olib kirilishi kutilmoqda. Bu esa yangi korxonalar, yangi ish o‘rinlari va aholi turmush darajasining o‘sishi demakdir.