Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< SENTYABR 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 109 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Pensionerlar – Pensiya jamg’armasi e’tiborida

×

 2018-08-07 17:24:33    146

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va huquqiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 14 apreldagi PF-4715-son «Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni buning yaqqol misolidir. Mazkur Farmonga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan 100 yoshga to’lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga 2015 yilning 1 mayidan boshlab har oyda eng kam ish haqining 100 foizi miqdorida qo’shimcha to’lov  amalga oshirib kelinmoqda. Hozirgi kunda viloyatimiz bo’yicha 100 yoshdan oshgan 77 nafar pensioner istiqomad qiladi va ularga yuqorida keltirilgan qo’shimcha to’lov amalga oshirib kelinmoqda.

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Farg’ona viloyat boshqarmasi tomonidan 3-4 avgust kunlari Mustaqilligimizning 27 yilligi munosabati bilan tabriklash hamda ularning holidan habar olish maqsadida ushbu 77 nafar fuqarolarning yashash manzillariga borildi. Suhbat davomida 1 asrdan ortiq umrguzaronlik qilgan onaxonlar hozirgi kunda qariyalarga berilayotgan e’tibor, ularga ko’rsatilayotgan g’amho’rliklardan minnatdor ekanligini ta’kidlashdi. Duolarida shunday ulug’ kunlarga etib kelganidan yaratganga shukurlar aytib, yurtboshimizga o’zlaridan uzoq umr ko’rishlikni tilab qolishdi.

Suhbat davomida Pensiya jamg’armasi Farg’ona viloyat boshqarmasi boshlig’i M.Sattorov fuqarolarni Mustaqilligimizning 27 yilligi bilan tabriklab, hozirgi kunda aholi turmush darajasini yaxshilash borasida olib borilayotgan islohatlar, shu jumladan pensionerlarga yaratilayotgan qulayliklar haqida gapirib o’tdi. Pensiya hamg’armasining hududiy bo’limlariga bu fuqarolarning holidan doimiy habar olib turish, pensiya pullarini 1-navbatda fuqaroning ortiqcha ovoragarchiligisiz to’lab berilishi bo’yicha topshiriq berdi.

100 yoshga to’lganligi munosababti bilan qo’shimcha to’lov qo’shilgan avgust oyi pensiya pullari ham  Xalq banki xodimlari tomonidan to’lab berilishi fuqarolarning hursandchiligiga sabab bo’ldi.

Bu kabi tadbirlarni fuqarolarning boshqa qatlamlarini ham qamragan holda amalga oshirish rejalashtirilgan.