Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< SENTYABR 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg‘onada eng ulug‘, eng aziz bayram tantanalari

×

 2018-09-05 11:33:45    88

PDF yuklash
Chop etish


Bugun jondan aziz O‘zbekistonimiz muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan hayotbaxsh islohotlar va ezgu tashabbuslar orqali  dunyo sahnasida yangi qiyofa kasb etmoqda. Qo‘shni davlatlar hamda uzoq-yaqin xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona va o‘zaro munosabatlarda yangi sahifalar ochilmoqda. SHu ma’noda mustaqil yurtimizda islohotlarning yangi bosqichi – yuksak rivojlanish davri boshlandi.

Bu borada mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimizning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash, munosib hayot va turmush sharoiti barpo etish ustuvor vazifa sifatida belgilanayotgani naqadar quvonarlidir.

2018 yilda viloyatimizda 408 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanib, 2696 ta arzon va namunali loyihalar bo‘yicha qurilayotgan yangi uylar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu xonadonlarni ajratishda byudjet tashkilotlari xodimlari, o‘qituvchilar, imkoniyati cheklangan shaxslar hamda yosh oilalarga ham alohida e’tibor qaratilayotgani yuksak g‘amxo‘rliklardan darak beradi.

Ayni jarayonda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hayotga joriy etilgan yangi tizim – “Obod qishloq” dasturi qishloqlar, ayniqsa, olis va chekka hududlarda yashayotgan aholiga har tomonlama zarur sharoit yaratib berish, turmush tarzi sifati va darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilishiga zamin yaratmoqda.

O‘tgan qisqa vaqt ichida “Obod qishloq” dasturi asosida 15 ta tumandagi 30 ta mahalla fuqarolar yig‘inida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilishi natijasida 8 mingdan ziyod xonadonlar, 55 ta ko‘p qavatli uy-joylarda ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Belgilangan ishlar doirasida 84,5 km toza ichimlik suvi, 84 km elektr tarmoqlari tortildi va 19 dona suv minorasi rekonstruksiya qilindi. 142 km ichki va xo‘jaliklararo yo‘llar ta’mirlandi. Bunday xayrli ishlar viloyatimizning yana 30 ta qishlog‘ida olib borilishi ko‘zda tutilmoqda. Viloyatimiz ahli istiqlolning joriy yilgi shodiyonalarini har bir sohada ana shunday yutuqlar bilan kutib olmoqdalar.

29 avgust. Fayzli oqshom tarovati bayram qatnashchilari kayfiyatiga o‘zgacha xushnudlik baxsh etadi. Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomli viloyat Teatr-konsert saroyida “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida viloyatimizning barcha hududlaridan taklif etilgan nuroniylar, mehnat faxriylari, davlatimizning yuksak unvonlari, orden va medallariga sazovor bo‘lgan hamyurtlarimiz, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari va vakillari, yoshlar, ishlab chiqarish faollari, xorijlik mehmonlar  ishtirok etdilar.

San’at saroyi foyesida Farg‘ona san’at kolleji o‘quvchilari tomonidan ishlangan tasviriy san’at namunalari namoyish qilinib, o‘zbek milliy kuylari ijro etildi.

 Chorlov musiqasi yangrab, bayram shodiyonasi boshlandi.

Tabrik uchun so‘z viloyat hokimi,  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shuhrat G‘anievga berildi.

Viloyatimiz rahbari shodiyona ishtirokchilari hamda ular orqali Farg‘ona ahlini eng ulug‘, eng aziz bayram  – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.

Viloyat hokimi o‘z so‘zida yurtimizning har bir tuman va shahrida, eng avvalo, olis va tabiiy iqlim sharoiti og‘ir hududlarda aholining moddiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ezgu tashabbuslarga to‘xtalib o‘tdi.

–Bu dastur doirasida joriy yilning o‘tgan davrida tijorat banklari tomonidan 1932 ta loyihaga jami 29630,0 million so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi, – dedi viloyat hokimi o‘z tabrik so‘zida –  Dastur doirasida yangi korxonalar, tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etilib, mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmi ortishi ta’minlandi. Bevosita “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi va boshqa tadbirlar natijasida 2 mingga yaqin ishsiz yoshlarning bandligi ta’minlanishiga erishildi.

Mustaqilligimizning 27 yillik bayrami munosabati bilan ko‘plab hamyurtlarimiz qatori bir guruh viloyatimiz faollari ham muhtaram Prezidenimizning Farmoniga asosan davlatimizning yuksak mukofotlari – faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandilar. Bayram shodiyonasida ular faxr bilan tilga olinib, gulduros qarsaklar bilan olqishlandilar.


– Mamlakatimiz mustaqilligining qutlug‘ tantanalari arafasida davlatimizning yuksak mukofoti – “Shuhrat” medali bilan taqdirlanganimdan boshim ko‘kka etdi, - deydi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi Dilbarxon Mamajonova. –Bu ishonch, bu rag‘batga munosib faoliyat olib borish endi mening kundalik faoliyatimning asosiy mezoniga aylanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, bayram tadbirining badiiy dasturi karnay-surnay sadolari ostida “Shodiyona” kuyi bilan boshlandi.

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Sevara Jo‘raeva ijrosida “Sallamno” qo‘shig‘i yangraganidan so‘ng, O‘zbekiston xalq artistlari Sultonali Mannopov, Shafoat Rahmatullaeva, Muhammadsoli Yusupov, Yorqinoy Hotamovalar tomonidan sevimli shoirimiz Erkin Vohidov qalamiga mansub “O‘zbegim” qasidasi ijro etildi. She’rga monand sahnada buyuk ajdodlarimiz Ahmad Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, Navoiy, Bobur timsollari namoyon bo‘ldi.

Ertamiz egalari bo‘lgan baxtiyor bolalarning  shodon ashulalari,  chiroyli raqslari bayram ishtirokchilariga zavq ulashdi.

Bayram dasturida turli millat vakillarining ko‘ngillardagi orzu-umidlar, ezgu maqsadlar  bir-biriga uyg‘un ekanligi kuylanayotgan qo‘shiq va raqslarda aks etdi.

Fayzli oqshom tantanasida san’at ustalari va yosh estrada xonandalarining kuy-qo‘shiqlari shodon olqishlar, raqslarga ulanib ketdi. O‘zbekiston xalq hofizi Ilhom Ibrohimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulhay Karimov, taniqli san’atkorlar Ahror Usmonov, Xurshid Rasulov, Shahlo Rustamova, Abdujalil Qo‘qonov, Otabek Muhammadzohid,  Xumora Shokirova, Nuriddin Asqarov, Muharram Murodova, Qilichbek Madaliev, Ikrom Abdullaev, Bahriddin Sharopov, “Ziyo”, Fayz” guruhlari, “Alyor”, “Asr”, “Novel”, “Qirgullari”, “Elnora”, “Samira”, “Favvora” raqs jamoalari o‘z chiqishlari bilan barchaga bayram shukuhini hadya qildilar.

Teatr-konsert saroyining katta monitori orqali esa dilbar Farg‘onamizning bugungi jamoli,  charog‘on oqshomlari, olib borilayotgan bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlari, yangi qurilayotgan namunali uylar va bu kabi ezgu yumushlar fidoyilari, yurtdoshlarimizning baxtli chehralari namoyish qilib borildi.

Fursatdan foydalanib, biz bayram ishtirokchilarini suhbatga chorladik.

– Farg‘ona yoshlari nomidan viloyatimiz ahlini go‘zal yurtimizning eng sevimli bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman, –deydi Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi Mushtariybegim Qurbonova. –O‘g‘il-qizlar uchun yaratilgan beqiyos imkoniyatu sharoitlar uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi mamlakatimizda navqiron avlodning yorqin istiqboli yo‘lida yana bir ulkan qadam bo‘ldi. Viloyatimizning shahar va tumanlarida 131 ta “Yoshlar mehnat guzari” hamda yigit-qizlarning tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida 19 ta “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari tashkil etilayotgani g‘amxo‘rliklar namunasidir.

Eng ulug‘, eng aziz bayramning “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” degan ezgu shiori yurak-yuraklardan joy olib, har birimizda yurt ravnaqi hamda xalqimizning tinch-farovon hayoti yo‘lida faol va fidoyi bo‘lish tuyg‘ularini yuksaltiraversin!

 

Botir MADIYOROV,

Sohiba ABDURAHMONOVA,

Shohidbek ASLONOV,

Sherzod QORABOEV(suratlar),

“Farg‘ona haqiqati” maxsus muxbirlari.