Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< SENTYABR 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

«Oila» markazlariga «spark» avtomashinalari

×

 2018-09-05 11:37:22    112

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz mustaqilligining yigirma etti yilligi arafasida “Oila” markazlari shahar va tuman bo‘linmalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga etarli shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida “Spark” avtomashanilarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning joriy yil 2 fevraldagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilingan edi. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy bo‘linmalari O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi negizida tashkil etildi.

O‘tgan davr mobaynida “Oila” markazlari tomonidan viloyatimizda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, ajrishlarning oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Sog‘lom oila qurish, sog‘lom farzandni dunyoga keltirish, sog‘lom turmush tarzini yuritish asoslarini xotin-qizlar orasida manzilli targ‘ib etish maqsadida yakka tartibda tushuntirish ishlari, ochiq muloqot, sayyor qabul va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

– “Oila” markazi Quvasoy shahar bo‘linmasi shahar xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘nlab shunday tadbirlarni tashkil etdi, – deydi markaz rahbari Mag‘firatxon Hasanova. – Oilalar bilan alohida suhbatlar olib borilyapti, sayyor qabullar uyushtirilmoqda va tushuntirish va targ‘ibot ishlari natijasida o‘tgan 7 oyda ajrimlar soni 2017 yilga nisbatan 60 taga kamaydi, 8 oy davomida 97 ta oila yarashtirildi. Hatto sud qarori bilan ajrim masalasi hal bo‘lgan Abdurahimovlar oilasi qayta nikohdan o‘tish uchun ariza topshirishdi. Xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchilik teng yarmiga kamaydi. Oila – muqaddas ne’mat. Uning tinchligi, xotirjamligi, inoqligini tushuntirish, qadriga etish, asrab-avaylashni singdirish bizning eng muhim vazifalarimiz qatorida turibdi. Ommaviy axborot vositalari orqali o‘qib, eshitib guvohi bo‘lyapmiz – bugun oilalarda ota-o‘g‘il, qaynona-kelin, aka-uka, quda-anda, do‘st-birodarlar o‘rtasida ko‘plab voqea-hodisalar yuz bermoqda. Va inson aqlini shoshiradigan ishlar ham bo‘lyaptiki, bundan hayratda qolyapmiz. Shundan xulosa qilib, har bir bola, har bir oila bilan ishlash tizimini jadallashtiryapmiz. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan bizning oldimizga qo‘yilgan asosiy vazifalar ham aslida shu.

Haqiqatan ham bugungi kunda oilaviy tarbiyada umuminsoniy qadriyatlarning o‘rnini yuksaltirish va uning oilada uyg‘unlashuvini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozim. Shu bois ham yangidan tashkil etilgan “Oila” markazlari oldida juda mas’uliyatli va dolzarb masalalar ko‘ndalang turibdi.

– Ish boshlaganimizga hali 3 oy vaqt bo‘lgani yo‘q. Shunga qaramay yuksak darajada g‘amxo‘rliklar ko‘rsatilmoqda. Bu e’tibor va e’zozdan juda quvondik, xursand bo‘ldik, – deydi “Oila” markazi Beshariq tuman bo‘linmasi rahbari Ziyodaxon Maxsumova. – Yurtimizni, undagi har bir oilaning yutug‘u tashvishini, farovon kelajagini o‘ylab, bizga sharoit va imkoniyatlar yaratib berayotgan Prezidentimizga minnatdorlik izhor qilaman.

Tantanali marosimda viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev ishtirok etdi.


Shohidbek ASLONOV.