Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< SENTYABR 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Yuksak e’tirof ezgu maqsadlarga qanot

×

 2018-09-05 11:56:59    73

PDF yuklash
Chop etish


Xabaringiz bor, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, so‘nggi yillarda yurtimizda barcha sohalarda qo‘lga kiritilayotgan ulkan yutuqlarga qo‘shgan munosib hissasi, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, ishlab chiqarish soha va tarmoqlarini zamon talablari asosida takomillashtirish, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish borasidagi ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnati, jamiyatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun bir guruh yurtdoshlarimiz Prezidentimiz Farmoniga asosan taqdirlanganlar safida viloyatimiz vakillari ham bor.

Viloyat tadbirkorlar markazi katta majlislar zalida mukofotlangan yurtdoshlarimizni taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shuhrat G‘aniev so‘zga chiqdi va yig‘ilganlarni eng ulug‘, eng aziz bayram bilan muborakbod etdi. 

Tadbirda Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma etti yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmoniga asosan mukofotlangan hamyurtlarimiz nomi e’lon qilindi.

Taqdirlanganlarga davlatimizning yuksak unvon va mukofotlarini viloyat hokimi Sh.G‘aniev tantanali topshirdi.

– Bu yil mening hayotimda unutilmas lahzalarga boy bo‘lmoqda. Avvalo, Prezidentimizning iyun oyida korxonamizga tashrif buyurgani jamoamiz uchun juda ahamiyatli voqea bo‘lib qoladi. Bu taassurotlarni hali unutganim yo‘q, – deydi «Mehnat shuhrati» ordeni sohibasi, Marg‘ilon shahridagi «Narimteks» qo‘shma korxonasi direktori Nargizaxon Aminova. – Endilikda esa davlatimizning yuksak mukofotiga sazovor bo‘lganimdan cheksiz hayajondaman. Bu e’tiroflar kelgusi maqsadlarimizga qanot bo‘ladi. Eksport borasidagi tashabbuslarimizni yanada kengaytirish orqali faoliyatimizni rivojlantirib, bu ishonchni oqlaymiz.

– Muhtaram Yurtboshimiz kichik mehnatlarimizni jasorat deb baholadi. Shuning o‘zi ham insoni aziz yurtda yashayotganimizdan dalolatdir, – deydi «Jasorat» medali sohibasi, Yozyovon tumanidagi hunarmand-tikuvchi Nodiraxon Axmadalieva. – O‘n to‘rt yildan beri hunarmandchilik bilan shug‘ullanaman. Biz tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanib, yutuqlarga erishyapmiz. Bu nafaqat menga, balki mening yonimda turgan shogirdlarim va, yaqinlarimga berilgan mukofotdir.

   Yuksak mukofot egalari safida navqiron avlod vakillarining borligi ham diqqatga sazovordir. Ulardan biri, Quva tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika umumiy amaliyot shifokori Javohir Soliev mamlakatimizda ta’sis etilib, ilk marotaba topshirilgan “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi:

– Mustaqilligimizning 27 yillik ayyomi mening hayotimda unutilmas bo‘lib muhrlanadi. Prezidentimiz  mehnatlarimni yuksak mukofotga loyiq topganidan faxrlanib, oldimga ulkan maqsadlarni qo‘ydim. Kelajakda xalqimiz salomatligini asrash, tibbiyotimizni rivojlantirish yo‘lida bor kuch-qudratimni ishga solaman.

Taqdirlash marosimida san’at ustalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Madaminjon SOLIJONOV.

Sherzod QORABOEV olgan surat.