Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< SENTYABR 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Hamkorlik issiqlik ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladi

 2018-09-05 12:05:39    49

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanayotgani, mamlakatimizda biznes yuritish uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilganini e’tirof etish lozim.

 Janubiy Koreya issiqlik ta’minoti vazirligi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda viloyat hokimi Shuhrat  G‘aniev  O‘zbekistonda faol biznes yuritish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida gapirib, farg‘onaliklar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladi. Yuzma-yuz uchrashuvlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilmoqda.

Vazirlik vakillari kelishuvlarga asosan Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon, Quvasoy shaharlarida issiqlik ta’minotini yanada yaxshilash, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida katta hajmdagi loyihalarni amalga oshiradi.

 Uchrashuvda  hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun imkoniyatlar va salohiyat etarli ekanligi aytib o‘tildi. Zamonaviy texnologiyalarni keng qo‘llash asosida shaharlarni boshqarish, transport tizimi hamda uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha samarali tizim tashkil etish sohasida Janubiy Koreyaning ilg‘or tajribasidan keng foydalanilmoqda. 

Tomonlar hamkorlikni  izchil davom ettirish, iqtisodiyot, energetika, moliya, yuqori texnologiyalar kabi yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada faollashtirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, gumanitar aloqalarni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan  muzokaralar yakunida Farg‘ona viloyati bilan Koreya Respublikasi sheriklik munosabatlarini har tomonlama chuqurlashtirish to‘g‘risida kelishuvlar imzoladilar.

Mehmonlar samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdilar. Xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik ramzi sifatida sovg‘alar topshirildi.

 Sohiba ABDURAHMONOVA.