Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Oktyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 165 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Marg‘ilonda “Atlas bayrami”: BEBAHO AN’ANALARNING YORQIN TARANNUMI

×

 2018-09-11 20:13:43    148

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston istiqlolga erishgach milliy shoyi to‘qish san’ati tarixida yangi sahifa ochildi. Farg‘ona vodiysining usta-hunarmandlari o‘zbek abrli matolarining eng sara an’analarini tiklashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Ana shunday sa’y-harakatlar samarasi o‘laroq gazmollarning ko‘plab qadimiy turlarini ishlab chiqarish texnologiyalari, shoyi to‘qishning an’anaviy naqshlari ijodiy jihatdan yanada boyitildi va hayotga qaytarildi. Bu yil to‘rtinchi marotaba o‘tkazilayotgan “Atlas bayrami” festivali ham bu an’analarni dunyoga tarannum etishda o‘ziga xoslik kasb etmoqda.

Qadimiy va navqiron Marg‘ilonda “Atlas bayrami” festivali boshlandi. O‘zbekistonning YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy Komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi, YUNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi, viloyat hokimligi va yana bir qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilayotgan festival bu yil o‘zining keng qamrovliligi bilan ajralib turibdi.

 Bugun festival munosabati bilan viloyat hokimligida jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanni viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shuhrat G‘aniev kirish so‘z bilan ochib, “Atlas bayrami” xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, madaniy merosimizni dunyoga tarannum etish, hunarmandchilikda zamonaviy bilim va tajribaga yuksaltirishga xizmat qilayotganini e’tirof etdi.

Qayd etib o‘tilganidek, mazkur festival yildan yilga o‘z geografik chegaralarini kengaytirmoqda. Jumladan, bu yilgi festival Qozog‘iston, Xitoy, Ispaniya, Mongoliya, Tojikiston, Rossiya, Fransiya va boshqa mamlakatlarning hunar ustalarini, sayyoh va dizaynerlarini o‘z bag‘rida to‘pladi. Bu esa o‘z navbatida mintaqaning rang-barang an’ana va uslublari, texnika va g‘oyalari bilan yaqindan tanishish, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatini beradi.



Matbuot anjumanida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Dandev Badarch, ushbu tashkilotning Tinchlik yo‘lida elchisi, bangladeshlik dizayner Bibi Rassel so‘zga chiqib, milliy matolar festivalining bu yilgi o‘ziga xos jihatlari haqida to‘xtalib o‘tdilar.

– Mehmondo‘st xalqingizga mehr-muhabbatim boshqacha. Shu bois ham an’anaviy bayramning doimiy ishtirokchisiman, –  deb ta’kidladi Bibi Rassel xonim. – Festival doirasida o‘tadigan chiqishlar haqida yana bir gap: bu galgi matolarning hammasi o‘zbekona bo‘ladi. Shuningdek, model qizlar ham, tikuvchilar ham go‘zal o‘zbek qizlaridan tanlab olindi. Hatto namoyishlarimizdagi ohanglar ham o‘zbekonadir. Festival yosh tadbirkor va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlashda ham o‘ziga xos rol o‘ynaydi.

Matbuot anjumanida bosma va elektron OAV xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mehmonlardan javob oldilar. Festivalni o‘tkazish bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi.

To‘rtinchi festivalda bu yil xorijiy mutaxassislar ishtirokida “Buyuk Ipak Yo‘lida Sharq va G‘arb madaniyatining o‘zaro ta’siri: Xanchjou, Marg‘ilon, Valensiya” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 12-13 sentyabr kunlari esa “Buyuk Ipak Yo‘li bo‘ylab YUNESKOning interaktiv atlasi” loyihasi doirasida an’anaviy to‘qimachilik mavzusida ekspertlar kengashi bo‘lib o‘tadi.

Erkin Vohidov nomidagi ijodkorlar bog‘ida bo‘lib o‘tayotgan festivalning dastlabki kunidanoq yurtimizning barcha hududlaridan kelgan yosh hunarmandlarga  an’anaviy kashtado‘zlik, tabiiy bo‘yash, liboslar dizayni, kigiz to‘qimachiligi, hunarmandchilik bo‘yicha moliyaviy savodxonlik, tadbirkorlik bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

11-15 sentyabr kunlari davom etadigan festivalda osh sayli, dorbozlik va an’anaviy kurash tomoshalari, qo‘g‘irchoq teatri chiqishlari, askiya va konsert dasturlari, modalar namoyishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Madaminjon SOLIJONOV.

Sherzod QORABOEV olgan suratlar.