Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Oktyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 145 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida ijtimoiy-ma’naviy vaziyat va aholining yashash sharoitlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha axborot

 2018-09-17 19:03:56    178

PDF yuklash
Chop etish


Berilgan topshiriqqa asosan joriy yilning 6 – 13 sentyabr kunlari 8 ta ishchi guruhlar tomonidan Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida ijtimoiy-ma’naviy vaziyat va aholining yashash sharoitlari o‘rganildi.

Ishchi guruhlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi U.I.Safarov, vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, nodavlat notijorat tashkilot rahbarlari boshchilik qilgan holda Uchko‘prik tumanining 49 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib bordilar.

Uchko‘prik tumanida 43 ming 337 ta xonadonlarda 225 ming 123 nafar fuqaro istiqomat qilib, ishchi guruh a’zolari tomonidan 40 ming 169 ta (92,7%) xonadonlarga kirib chiqildi. O‘rganish jarayonida turli yo‘nalishlarda jami 6 469 ta muammolar aniqlandi.

Mazkur muammolarni 5 569 tasi yoki umumiy murojaatlarning 86,1 foizi bartaraf etildi.

Jumladan,

1. Aholini gaz, elektr energiya va ko‘mir bilan ta’minlash bo‘yicha:

Tabiiy va suyultirilgan gaz bo‘yicha 716 ta muammoli masalalar ko‘tarilgan bo‘lib, 694 tasi (96,9%) hal etilgan. Ushbu sohada murojaatlarning asosiy qismi maishiy gaz ballon hamda suyultirilgan gaz bilan ta’minlash bo‘yicha bo‘lmoqda.

6-13 sentyabr kunlari tuman aholisiga 1447 dona (532,4 mln.so‘mlik) maishiy gaz ballonlari tarqatildi, shuningdek, 4424 dona gaz ballonlari
221,22 tonna  suyultirilgan gaz bilan to‘ldirib berildi.

Uchko‘prik tumani aholisiga 2018-2019 yil kuz-qish davri uchun
8 ming 892 tonna ko‘mir va ko‘mir briket mahsulotlari etkazib berish joriy yil oktyabr oyidan boshlab berilishi rejalashtirilgan bo‘lib, o‘rganish  davrida  (6-13 sentyabr kunlari) 970 tonna (11%) ko‘mir etkazib berildi.

Tumandagi ijtimoiy soha ob’ektlari uchun 3004 tonna ko‘mir berish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda jami 2943 tonna (98%), jumladan, Maktabgacha ta’lim bo‘limi 620 tonna (100%), umumiy o‘rta ta’lim maktablari 1453 tonna (99%), Sog‘liqni saqlash muassasalariga 300,7 tonna  (103 %) ko‘mir bilan ta’minlandi.  

Elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha jami 144 ta muammoli masalalar ko‘tarilgan bo‘lib, 99 tasi (68,8%) hal etilgan.

Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tumanga 230 ta tayanch betonlar, 600 kg har xil turdagi ochiq sim, 150 metr kabel mahsulotlari  50 dona metall konstruksiyalari, 57 dona kommutatsion apparatlar, 200 metr kommutatsiya simlari, 70 dona izolyatorlar, 6  dona pasinka hamda 3 ta har xil quvvatdagi transformator punktlari olib kelinib jami 450 mln. so‘mlik qurilish-montaj ishlar olib borilmoqda.

6-13 sentyabr kunlari “Tinchlik”, “Mashat”, “Katta Kenagas”, “Qurbonqashqar” va “G‘ozi-G‘ijdon”, “Mirzaxo‘ja” “Farovon” “Qorayantoq” “Kichik Kenagas” “Begmurod” “Chang” “Sobirjon” “Yakkatut” “YAngiqishloq” “Oltin Vodiy” mahallalaridagi 25 ta ko‘chalarda 160 dona temir beton tayanch o‘rnatish ishlari bajarildi. “G‘ozi-G‘ijdon”, “Mirzaxo‘ja” mahallalarida 2 ta transformator punkti o‘rnatildi. Hozirda tarmoq tortish va ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Ishchi guruhning o‘rganishi davomida kelib tushgan murojaat va takliflar asosan  elektr tarmoqlarini ta’mirlash, nostandart yog‘och ustunlarni yangilash, qo‘shimcha transformator punktlari o‘rnatish ishlarini tashkil etdi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida tumandagi jami 22 ta mahallalardagi 9756 ta aholi xonadonlarining, 7 ta ijtimoiy soha muassasalari va 105 ta tadbirkorlik sub’ektlarining elektr ta’minoti yanada yaxshilandi.

2. Toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha:

Tumanda 24 km (14%) ichimlik suvi tarmoqlari ta’mirga muhtoj bo‘lib, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 79,5 foizni tashkil etadi.

O‘tkazilgan o‘rganishlarda 169 ta murojaat tushgan. Ushbu murojaatlarni hal etish maqsadida tumanda jami 24 km yangi tarmok tortish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan bugungi kun holatiga 15 ta ichimlik suv minorasi ta’mirlandi, 15,3 km transheya qazildi, 14,8 km polietelin tarmog‘i etkazib berildi hamda 7,3 km tarmoq tortildi, 15 ta suv nasosi o‘rnatildi,
29 ta ichimlik tarmog‘idagi nosozliklar bartaraf etildi, 7 km oqava suv tarmoqlari tozalandi.

Yuqorida amalga oshirilgan ishlar natijasida qo‘shimcha 1240 ta xonadon yoki 5015 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanib, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 89,1 foizga ko‘tariladi.

3. Ichki yo‘llarni holatini yaxshilash bo‘yicha:

Uchko‘prik tumanida 1344,8 km ichki yo‘llar mavjud bo‘lib, ularni  346,2 km (25,7 % ) qismi ta’mirtalab holatda.

   Aniqlangan muammolarni  bartaraf etish bo‘yicha jami 34 tadan ortiq yo‘l qurilish texnikalari jalb etilib 22 ta MFY hududidagi 41 ta ko‘chalarda 14,66 km ichki yo‘llar shag‘allashtirildi. Ichki yo‘llarni shag‘allash ishlari davom etmoqda.

Umumfoydalanuvdagi 4K-881”Uchko‘prik-Poloxon-Jalaer-Arab” hamda 4K-260 “Navbaxor-Buvayda-Qo‘qon” avtomobil yo‘llari kesishmasiga transport vositalarini tartibga soluvchi svetafor qurilmasi o‘rnatildi, 4K-877 “Yangiqo‘rg‘on-Ultarma-Qaqir” avtomobil yo‘lining 12-13 km qismi oralig‘ida 3 ta temir-beton quvur o‘rnatildi va ushbu yo‘llarda  paydo bo‘lgan 200 m2 chuqur-chanoqlar ta’mirlandi. 4K-881”Uchko‘prik-Poloxon-Jalaer-Arab” avtomobil yo‘lining 4 joyida va 4K-881a “Gul qishlog‘iga” avtomobil yo‘lining 2 joyida piyodalar o‘tish joylari belgilandi.

Murojaatda ko‘rsatilgan  ichki yo‘llarni (20,3 km) asfalt bilan ta’mirlash uchun jami 3216,7 mln so‘m mablag‘ (8253 tonna asfaltobeton mahsuloti, 495 tonna bitum) talab etilmoqda.

4. Melioratsiya va tomorqalarni sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha:

Tumanda suv xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlarga jami 12 dona mexanizmlar ajratildi. SHundan 2 dona avtotreyler, 2 dona MAN avtosamosval xamda 8 dona ekskavatorlar jalb etilib, 15,13 km uzunlikda kollektor-drenaj va sug‘orish tarmoqlarida ta’mirlash-tiklash tadbirlari bajarildi.

Jumladan, melioratsiya tadbirlar bo‘yicha “G‘ozig‘ijdon, Mehnatobod, Toshkentliguzar, Xasanqora, Uchko‘prik, Katta Kenagas MFYlar xududidagi ichki zovur tarmoqlarida 2,43 km tozalash ishlar bajarilib aholi tomorqalarining 285 ga maydondagi er osti sizot suvlari sathi pasaytirildi. Xozirgi kunda xam zovur tarmoklarida jami 8 dona mexanizmlar yordamida tozalash ishlari davom etmoqda.

Irrigatsiya tadbirlari bo‘yicha MFYlari hududidagi sizot suvlari sathini pasaytirish uchun zovur tarmoqlari va aholi tomorqa maydonlariga suv keltiruvchi ariqlarni tozalash uchun 1 dona ekskovator ishga qo‘yilib,
jami 1,7 km ichki ariq tozalash ishlari bajarildi. G‘ozig‘ijdon, O‘zbek, Qurbonqashqar, Tepaqo‘rg‘on, Mirzaxo‘ja, Katta Kenagas, Tojik, Sobirjon, Katta Qashqar, Istiqbol, YAngier, Olmurod, Sulton  MFY lardagi 128 ta aholi tomorqa erlarini sug‘orish uchun ichki ariqlardan suv olib kelinib, tomorqa sug‘orish suv etkazib berildi.

Shuningdek, “Obod qishloq” dasturi doirasidagi tadbirlarga 4 dona mexanizmlar ajratilib, Toshkentliguzar, Kattakenagas, Uchko‘prik, CHorbog‘ MFYlar hududidagi 11 km uzunlikda zovur tarmoqlarini ta’mirlash ishlari rejalashtirilib, amalda 11 km (100 foiz) bajarildi.

 5. Aholi sog‘lig‘ini saqlash yo‘nalishida jami 195 ta muammo aniqlandi.

Tumanda joylashgan 12 ta birlamchi tibbiy-sanitariya yordam muassasalarida jami 12,5 stavka umumiy amaliyot shifokori (UASH) va 12,5 stavka tor doiradagi mutaxassislar etishmasligi, tumanda birlamchi tizimni yanada sifatini oshirish uchun tor doiradagi mutaxassislarga bo‘lgan extiyoj sababli birlamchi malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishiga salbiy ta’sir etmoqda.

6-13 sentyabr kunlari Tuman axolisining 17799 nafari to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shu jumladan, 721 nafar nogironlar, 412 nafar pensionerlar va 215 nafar boshqa toifadagi fuqarolarning o‘z uylariga borgan holda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Jami tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganlarning 5715 nafarida (29,6%) kasalliklar aniqlandi. Kasalligi aniqlanganlarning 5438 nafari ambulator davolanishga, 264 nafari tuman markaziy shifoxonasida, 19 nafari viloyat ixtisoslashgan shifoxonalarda va 1 nafari Respublika ixtisoslashgan shifoxonaga davolanishga yo‘llanma berildi.

Shuningdek, 26 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 5 nafar fukaroga qo‘ltiq tayoq, 4 nafar fuqaroga eshitish moslamasi berildi. Nogironlik belgilash masalasida 24 nafar fuqaro xujjati o‘rganib chiqilib, 5 nafar fuqaroga nogironlik guruxi belgilandi.

 Viloyat mutaxassislari ishtirokida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi va jarrohlik bo‘limida mahorat darsligi o‘tkazilib, unda 1 nafar bemorning yangilik operatsiyasi o‘tkzildi hamda 6 nafar kam ta’minlangan bemorlar operatsiya qilindi.

 6. Maktabgacha ta’lim tizimi bo‘yicha:

Tumandagi jami 16 ming 538 nafar 3-7 yoshli bolalarning 5 ming 322 nafari (32,1%) 35 ta maktabgacha ta’lim muassasasiga qamrab olingan. Shuningdek, 15 ta bog‘chada 23 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etilgan bo‘lib, ularga 463 nafar bolalar jalb qilingan. Tumandagi 16 ta mahallada bog‘cha umuman mavjud emas.

O‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan maktabgacha ta’lim bilan bog‘liq 152 ta murojaatlar kelib tushdi.

Ishchi guruhi tomonidan aholi muammolarini o‘rganish jarayonida tumandagi 4 ta (8,15, 27 va 37-sonli) bog‘chalarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida 8 dona 52 mln. so‘mlik isitish qozonlari o‘rnatildi.

1 ta (18-sonli) bog‘chaning tom qismini ta’mirlash uchun 4,3 mln. so‘m mablag‘ ajratilib, ta’mirlash ishlari bajarildi.

35-bog‘cha filialidagi 1 ta to‘liq guruh xonasi uchun 1,2 mln. so‘mlik 5 komplekt stol-stul jamlanmasi homiylik yo‘li bilan berildi.

2 ta (8 va 33-sonli) MTMlarning atrofi (jami 320 metr) homiylik tariqasida devor bilan o‘raldi.

Toshkentliguzar MFYdagi 19-bog‘chada 1 ta qisqa muddatli gurux tashkil etildi. Tumandagi 25 nafar bolalar maktabgacha ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda joylandi.

 7. Xalq ta’limi tizimini o‘rganish davomida tumandagi 54 ta umumta’lim maktablaridan 8 tasi joriy ta’mirga, 11 tasida qo‘shimcha bino qurish va rekonstruksiya qilish zarurligi, 17 ta maktab binolari kapital ta’mirga muhtojligi, 8 ta maktabda sport zaliga ehtiyoj mavjudligi,7 ta maktabda labaratoriya jihozlari mavjud emasligi, 12 ta maktab filiallaridan 3 tasi rekonstruksiyaga va 3 tasi kapital ta’mirga muhtojligi aniqlandi.

O‘rganish davrida mazkur maktablarda, xususan, 10-sonli umumta’lim maktabida 12 p/m isitish tizimi ta’mirlanib, 6 ta eskirgan qozoni yangilandi. Amalga oshirilgan ishlar uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 60,0 mln. so‘m sarflandi.

Shuningdek, 6-sonli maktabda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 10,0 mln. so‘m sarflanib, 5 ta eshik zamonaviy yangi eshiklar bilan almashtirildi.

27-sonli maktabda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 25,0 mln. so‘m sarflanib, 2 ta xonaning jami 114 kv/m pol qismi yangisi bilan almashtirildi.

32-sonli maktabda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 30,0 mln. so‘m sarflanib, uchinchi bino tom qismidagi 290 kv/mdagi shiferlarini   yangisi bilan almashtirildi.

51-sonli maktabda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 20,0 mln. so‘m sarflanib, eskirgan 3 ta issiqlik qozoni yangisi bilan almashtirildi.

5-sonli maktab filialida homiylar jalb qilinib, 4 ta sinf xonasi shift qismi yangilandi, 30-sonli maktabda 1 ta issiqlik qozoni yangisi bilan almashtirildi hamda 30 p/m hajmdagi isitish tizimini ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari, tumandagi ta’lim muassasalarining issiqlik tizimini ta’mirlash, binolarni joriy ta’mirlash uchun 2019 yilgi mahlliy byudjetdan 2 mlrd. 610 mln. so‘m ajratilishi rejalashtirildi.

Tumandagi umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan
3763 nafar o‘qituvchilarning 2406 nafari (87,1%) malakasini oshirgan.

Maktablarda tahsil olayotgan 39 ming 3 nafar o‘quvchilarning
27 ming 612 nafari (70,8%) to‘garaklarga jalb etilgan.

8. Aholining bandligini ta’minlash bo‘yicha:

Tuman bandlik bo‘limining hisobotiga ko‘ra, tumanda mehnatga layoqatli aholining 8 ming 929 nafari (10,7 %) ishsizdir.

Tumanda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida yangi loyihalarni aniqlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmagan.

Natijada 12 ming 114 nafar fuqarolar uzoq muddatga chet mamlakatlarga chiqib ketgan.

Xorijdan qaytgan fuqarolarning bandligini ta’minlash masalasida bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar soni 5 ming 786 nafarni tashkil etib, shundan ish bilan ta’minlanmagan uyushmagan yoshlar soni 1 ming
282 nafarni
tashkil etadi.

Chetdan qaytgan 126 nafar yoshlardan 21 tasi ish bilan ta’minlangan.
O‘rganish davomida ishga joylashtirish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha 18 nafari ishga joylashtirildi, shulardan 9 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.

Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida:

Ishga joylashish uchun yo‘llanma berilib, ishga joylashganlar, soni
759 ta;

Jamoat ishiga yuborilganlar soni 609 ta;

Kasbga qayta tayyorlash uchun ro‘yxatga olinganlar soni 33 ta;

Ustoz-Shogird asosida o‘qitishga talab bo‘yicha ro‘yxatga olinib, biriktirilgan yoshlar soni 385 ta;

Jami 5091 ta fuqaroning bandligi ta’minlangan.

Shu bilan birga, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 8-11 sentyabr kunlari “Bo‘sh ish o‘rinlari Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Yarmarkaga jami 3630 nafar ish izlovchi fuqarolar qatnashib shundan,
741 nafari ish bilan ta’minlandi, jumladan:

141 nafar fuqarolarga iqtisodiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘llanma berilib ishga joylashishga ko‘maklashildi;

600 nafar fuqarolarga Jamoat ishlariga jalb qilinishi bo‘yicha yo‘llanmalar berildi;

 9. Aholining ehtiyojmand  qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha:

Tumanda o‘rganish davomida aholining kam ta’minlangan, ehtiyojmand qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash masalalarida kelib tushgan muammolarni bartaraf etish maqsadida 165 ta oilalarga 31 mln. so‘mlik bir martalik moddiy yordam tarqatildi.

Tumanda o‘rganish davomida aholining kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa masalalarida jami 64 ta muammolar kelib tushgan bo‘lib, ushbu muammolarni to‘liq bartaraf etish jarayonida me’zon asosida tayinlangan 18 nafar fuqarolarga jami 31,9 mln.so‘mlik ijtimoiy nafaqalar tayinlandi.

10. Tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari va bank krediti ajratilishi bo‘yicha 527 ta masala ko‘tarilgan bo‘lib  501 tasi (95,1 %) hal etildi.

Shuningdek, xonadonlarda uyma-uy o‘rganishlar davomida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagida “Har bir oila-tadbirkor” Dasturi davomida 222 nafar fuqarolarga 4 307,8 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

Jumladan:

38 ta fuqarolarga 980,6 mln. so‘m issiqxona tashkil etish maqsadida;

2 ta fuqarolarga 13,5 mln. so‘m parrandachilikni rivojlantirish maqsadida;

78 ta fuqarolarga 910,2 mln. so‘m qo‘y sotib olish maqsadida;

100 ta fuqarolarga 1 977,7 mln. so‘m tikuvchilikni rivojlantirish maqsadida;

4 ta tadbirkorlik sub’ektiga 425,8 mln. so‘m ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida kredit mablag‘lari ajratildi.

PF-5466 “ Yoshlar kelajagimiz” dasturi bo‘yicha 2 ta yosh tadbirkorga 30,5 mln. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.

  Shu bilan birgalikda 57 nafar fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga 801 mln. so‘m imtiyozli kreditlar ajratilishi bo‘yicha hujjatlar tayyorlandi.

         Jumladan:

10 ta fuqaroga 65 mln. so‘m  qo‘y sotib olish maqsadida;

15 ta fuqaroga 182.8 mln. so‘m issiqxona tashkil etish maqsadida;

30 ta fuqaroga 505.2 mln. so‘m tikuvchilikni rivojlantirish maqsadida;

2 ta fuqaroga 48 mln. so‘m milliy pishiriqlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida.

 

11. Ko‘p qavatli uylarda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha:

Olib borilgan ishlar natijasida ko‘p qavatli uylar oldiga qurilgan 14 ta noqonuniy qurilmalar bartaraf etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 apreldagi “2017-2021 yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2922-sonli hamda 2017 yil 8 avgustdagi “Xududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3182-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda joylashgan ko‘p qavatli uy-joylar va ularning hududlari xatlovdan o‘tkazildi.

Xatlovdan o‘tkazish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “Uchko‘prik” MFY “Shodlik” ko‘chasidagi 19 ta ko‘p qavatli uyning tom qismlarini shifer qoplamasi bilan yopib mukammal  ta’mirlash, 22 ta uylarning fasad qismlari hamda kirish yo‘lak(pod’ezd)larini ta’mirlash, “Sog‘lom avlod” ko‘chasidagi 4 ta uyning tom qismlarini shifer qoplamasi bilan yopib mukammal  ta’mirlash, 4 ta uylarning fasad qismlari hamda kirish yo‘lak(pod’ezd)larini ta’mirlash, ko‘p qavatli uylar hududiga
7 ta bolalar maydonchasi, 6 ta xojatxona va 8 ta tandir-o‘choq qurilishi rejalashtirilib, loyiha-smeta xujjatlari tayyorlandi.

Ushbu ishlar uchun 2,3 mlrd.so‘m miqdorida mablag‘ sarflanishi rejalashtirildi. Viloyat hokimining 2018 yil 7 sentyabrdagi 437-F-sonli farmoyishiga asosan mablag‘ ajratilib, pudratchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzildi.

Bugungi kunda “Uchko‘prik” MFY “SHodlik” ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar joylashgan massivning bosh rejasi tayyorlandi. SHuningdek, 23 ta ko‘p qavatli uylarning tom qismini mukammal ta’mirlab shifer bilan qoplash va 2 ta uyning tom qismini joriy ta’mirlash va 1 ta uyning fasad qismini mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlarga 132 nafardan ortiq ishchi-xodimlar jalb etildi.

Shu bilan birga, ko‘p qavatli uylar hududlarini obodonlashtirish bo‘yicha tuman “Toza hudud” DUK va Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli 1 dona yuk tashish, 4 dona maxsus chiqindi tashish va 2 dona maxsus suyuq chiqindi tashish avtotransport vositalari hamda 30 nafar ishchi xodimlar jalb qilinib, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Buning natijasida 3 ming nafardan ortiq fuqarolarning yashash sharoitlari yaxshilanadi.

 Qolgan 900 ta masalalar tegishli viloyat boshqarma va shahar tashkilotlariga o‘rnatilgan tartibda hal qilish uchun etkazilib, shuningdek, har bir mahalla uchun alohida yo‘l xaritalari ishlab chiqilib, Respublika ishchi guruhi tomonidan Uchko‘prik tumanidagi mahallalar va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish ishlari davom etmoqda.