Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Oktyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Har bir oila-tadbirkor

 2018-09-19 10:42:47    28

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning joriy yil 12-13 iyun kunlari Farg’ona viloyatiga tashrifi davomida hamda Oltiariq tumanida kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan majlis bayonida “Har bir oila - tadbirkor” dasturini Farg’ona viloyatida amalga oshirish bo’yicha aniq vazifalar belgilab berilgan. 

 “Har bir oila - tadbirkor” dasturini amalga oshirish doirasida iqtisodiy kompleks tashkilotlari xodimlarining xonadonlarga Dastur mazmun mohiyati va undagi imtiyozlarni etkazilishi hamda viloyatdagi 707,9 ming ta (97%) xonadonlar xatlovdan o’tkazilishi natijasida 81 112 ta loyihalarga 1 627,7 mlrd.so’mlik kredit mablag’larga talab mavjudligi aniqlandi.

 Jumladan:

  • · yirik shoxli qoramollar - 15117 ta (306,9 mlrd.so’m);
  • · qo’ychilik - 6096 ta (99,4 mlrd.so’m);
  • · parrandachilik - 3206 ta (49,3 mlrd.so’m);
  • · asalarichilik - 2883 ta (31,3 mlrd.so’m);
  • · issiqxona - 21366 ta (359,4 mlrd.so’m);
  • · qishloq xo’jaligining boshqa yo’nalishlarida - 7870 ta (143,9 mlrd.so’m);
  • · to’qimachilik - 4447 ta (106,9 mlrd.so’m);
  • · eshik va derazalar ishlab chiqarish - 1212 ta (29,6 mlrd.so’m);
  • · qurilish mollarini ishlab chiqarish - 1340 ta (39,4 mlrd.so’m);
  • · aholiga maishiy xizmatlar ko’rsatish - 1807 ta (54,4 mlrd.so’m);
  • · hunarmandchilik - 4980 ta (118,9 mlrd.so’m);
  • · qandolat maxsulotlari ishlab chiqarish - 1556 ta (40,0 mlrd.so’m);
  • sanoat va xizmat ko’rsatishning boshqa yo’nalishlarida - 9227 ta (247,1 mlrd.so’m) talabgorlar aniqlandi.

 Shundan:

 EKIHning 150 barobarigacha bo’lgan 78 420 ta loyihalarga
1 362,5 mlrd.so’m;


EKIHning 1 000 barobarigacha bo’lgan 2 607 ta loyihalarga
233,3 mlrd.so’m;

 EKIHning 1 000 barobaridan yuqori bo’lgan 85 ta loyihalarga
31,9 mlrd.so’mni tashkil etmoqda.

 Yuqoridagi loyihalarni amalga oshirilishi natijasida
65,9 mingta yangi ish o’rinlarini yaratilishi ko’zda tutilgan.

 Bugungi kunga qadar aholi xonadonlariga (tadbirkorlarga) imtiyozli kredit asosida mahsulot etkazib beruvchi jami 233 ta tadbirkorlar ro’yxati shakllantirildi.

 Ular tomonidan aholiga qishloq xo’jaligi yo’nalishida, naslli qoramol, qo’y va echki, parranda, quyon, asalari oilasi, mevali daraxt ko’chatlari va sabzavot ko’chatlari, ixcham issiqxona qurib berish hamda sanoat yo’nalishida tikuv mashinalari va engil sanoat dastgohlari etkazib berish ishlari olib borilmoqda.

 Hozirda dastlabki bosqichda viloyatdagi yirik tadbirkorlar bilan hamkorlikda qo’shimcha 5 ming ta (96 ta parranda sig’imli) qafas,
10 ming bosh naslli qoramol, 10 ming bosh naslli qo’y etkazib berish hamda 2 ming dona issiqxona qurib berish rejalashtirilgan.

 Bugunga kunga kelib Dastur doirasida viloyat tijorat banklariga 80,0 mlrd.so’m resurs ajratilgan bo’lib, mazkur mablag’larning
30,0 mlrd.so’mi Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa er egalarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi mablag’lari hisoblanadi.

 2018 yil 1 sentyabr holatiga tijorat banklari tomonidan 2 225 ta loyihaga jami 35 180,0 mln.so’mlik (Jamg’arma mablag’lari 6,9 mlrd.so’m) kredit mablag’lari ajratildi. Shundan:

 Ishlab chiqarish yo’nalishlarida 977 ta loyihaga 20431 mln. so’m,

 tikuvchilik yo’nalishiga - 688 ta 11459 mln. so’m,

hunarmandchilik yo’nalishiga - 49 ta 1819 mln. so’m,

qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishga - 40 ta 1071 mln. so’m,

sanoatning boshqa yo’nalishlariga - 200 ta 6082 mln. so’m,

 Qishloq xo’jaligi yo’nalishlarida 1248 ta loyihaga 14749 mln. so’m,

 issiqxona yo’nalishiga - 884 ta 9279 mln. so’m,

qoramol yo’nalishiga - 18 ta 354 mln. so’m,

qo’ychilik yo’nalishiga - 188 ta 2917 mln. so’m,

parrandachilik yo’nalishiga - 55 ta 1031 mln. so’m,

baliqchilik yo’nalishiga - 9 ta 177 mln. so’m,

asalarichilik yo’nalishiga - 72 ta 718 mln. so’m,

quyonchilik yo’nalishiga - 15 ta 167 mln. so’m,

bog’dorchilik yo’nalishiga - 7 ta 105 mln.so’m kredit mablag’lar ajratildi.


Shu bilan birga EKIHning ming barobaridan yuqori miqdorda kredit olish istagini bildirgan tadbirkor bilan ham ish tashkillangan bo’lib, Yozyovon tumanidagi “Yozyovon tomorqa xizmati” MChJga
950,0 mln.so’m, Oltiariq tumanidagi “Oltiariq tomorqa xizmati” MChJga
220,0 mln.so’m hamda  Qo’shtepa tumanidagi “Chimkent Sultonlar gilami” xususiy korxonasiga 500,0 mln.so’m imtiyozli kredit mablag’lari ajratildi.


Hozirda shahar va tuman hududiy ishchi guruhlari xulosasi asosida taqdim etilgan bir qator loyihalar Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi tomonidan o’rganilmoqda.


Shuningdek, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida kredit ajratish bo’yicha yangicha 5-bosqichdan iborat mexanizm ishlab chiqilib, ushbu mexanizm asosida kreditlar ajratilmoqda.

 Dastur doirasida amalga oshirilishi zarur bo’lgan ishlar ustidan tizimli nazorat olib borilmoqda.

43.50 KB