Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Oktyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 161 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Hamkorlik shartnomasi imzolandi

 2018-09-20 12:12:22    93

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan viloyatlar boshqa mamlakatlarning o‘lka va viloyatlari bilan iqtisodiy hamda gumanitar sohadagi alokalarni endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymoqdalar.

Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev boshchiligidagi ishlab chiqarish va tadbirkorlik vakillari yaqinda Leningrad viloyatida bo‘lganida investitsion dastur asosida va madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olingandi.

Shunga ko‘ra “Leningrad viloyati do‘stlik uyi” har ikki viloyatlar xalqlari orasida millatlararo tinchlik, totuvlik, madaniy-ma’rifiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish borasida Farg‘ona viloyati bilan uzluksiz munosabatlarni o‘rnatish istagini bildirdi.

14 sentyabr kuni Sankt-Peterburgdagi muxtasham do‘stlik koshonasi bayram tusiga kirdi. Bu erga viloyat ma’muriyati raxbarlari, O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi konsullik, ilmiy-madaniyat markazlari, keng jamoatchilik vakillari, o‘zbekistonlik talaba yoshlar, shu erda istiqomat qiladigan etnik o‘zbeklar yig‘ildilar.

Farg‘ona viloyati delegatsiyasi a’zolari an’anaviy tarzda non-tuz xamda rus kuy-qo‘shiqlari bilan kutib olindi. Tadbirda so‘zga chiqqan Leningrad viloyati o‘zini-o‘zi boshqarish, millatlararo munosabatlar qo‘mitasi raisi Lira  Burak, “Leningrad viloyati do‘stlik uyi” direktori Vladimir Mixaylenko, Farg‘ona viloyati Slavyan milliy madaniy markazi rahbari Galina Akopdjanova va boshqalar O‘zbekistonda ro‘y berayotgan iqtisodiy-ijtimoiy hamda siyosiy o‘zgarishlar davrida xalqlararo do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashning eng qulay imkoniyatlari yaratilganini ta’kidladilar. Tinch-totuvlik har qanday boylikdan ustun turishi, bu ne’matni mustahkamlashga ikki tomon vakillari astoydil harakat qilishlarini bildirdilar. Shundan so‘ng V.Mixaylenko va G.Akopdjanovalar uzoq yillarga mo‘ljallangan hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

— Bugungi ahdlashuv xalq diplomatiyasi doirasida turli ijtimoiy sohalarda aloqalarni rivojlantirish imkoniyatini beradi, — deydi O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi konsuli Ravshan Baxriddiniov.

— Biz o‘zaro milliy ansambllar gastrollarini uyushtirish, ta’lim sohasida tajriba almashuvni yo‘lga qo‘yish, rus tili muallimlarini Farg‘onaga muddatli ishga taklif etish kabi aniq-ravshan masalalarda yo‘l xaritasini tuzib oldik, — deydi Galina Akopdjanova. -Unda Leningrad viloyati aholisi orasida Farg‘ona viloyati sayyohlik imkoniyatlarini  targ‘ib qilishga qaratilgan loyihalar mavjud.

Farg‘ona viloyati jamoatchilik vakillari Priozersk shahrida bo‘lib o‘tgan “Rossiya ohanglari” V etnomadaniyat festivalida ham ishtirok etdilar.

Priozerskda do‘stlik festivali

Leningrad viloyatida 110 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qiladi. Ular ahil va totuvlikda umr kechirmoqdalar.

Har bir xalq, elat o‘z san’ati, madaniyatiga ega. Viloyatda esa har yili “Rossiya ohanglari” shiori ostida do‘stlik festivallari o‘tkazib kelinmoqda.

Bu galgisi Ladogo ko‘li bo‘yidagi Priozersk shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda 50 ga yaqin milliy madaniyat markazlari, MDH delegatsiyalari ishtirok etdi. Festivalda o‘zbeklar chodirini tikish va bezashda Sankt-Peterburgda yashaydigan yurtdoshlarimiz bilan birga Farg‘ona viloyati vakillari ishtirok etdilar. O‘zbek xalqi kiyimlari, cholg‘u asboblari, hunarmandchilik, tasviriy san’at namunalari qo‘yilgan chodir eng ko‘p tomoshabin yig‘di.

Dastlab shaharning bosh ko‘chasi bo‘ylab ishtirokchilar yurishi uyushtirildi. Bunday tamoshani ko‘rish uchun o‘n minglab Priozersk aholisi yig‘ilgan edi. Bosh minbar oldidan o‘zbeklar madaniyat markazi vakillari o‘tayotganda axoli birlashib o‘zbek raqslarini ijro etdilar.

O‘zbeklar chodiri yonginasida Namangan shahridan Sankt-Peterburgga borib ishlayotgan Nasimovlar oila a’zolari doshqozon osib osh pishirishdi va uni mehmonlarga ulashdilar.

 

Leningrad viloyatida uzoq yillardan buyon muqim yashayotgan yana bir san’atkorlar oilasi dor tikib, unutilmas tamoshalar ko‘rsatdi. Milliy madaniyat markazlari chodirlari bilan tanishayotgan Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko, Rossiya davlat Dumasi deputatlari bizning ko‘rgazma oldida uzoq qolib ketishdi.

— Biz O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan keldik, — dedim men va gubernatorga zarrin chopon, do‘ppi kiydirib, fargonalik iqtidorli rassom Otabek Shokirov qalamiga mansub tog‘ va daryolar tasviri mo‘yqalamda chizilgan manzarani viloyatimiz hokimi Shuhrat G‘aniev nomidan topshirdik.

— Biz hamkasbim bilan Sankt-Peterburgda uchrashib ikki viloyat iqtisodiy hamkorligini yo‘lga qo‘yish borasida aniq-ravshan rejalar tuzganmiz va uni amalga oshirish yo‘lida ishlamoqdamiz. Farg‘onaliklarga qizg‘in salomlarimni etkazing, — dedi Aleksandr Drozdenko. – Leningrad viloyatida xoh doimiy, xox vaqtincha bo‘lsin yashayotgan o‘zbeklar mexnatsevar, qonunga itoatkor va madaniyatli diasporadir. Biz ular bilan bir oiladek yashamoqdamiz.

Festival doirasida bo‘lib o‘tgan muloqotlar chog‘i biz O‘zbekistonda turli millat va elatlar tinch-totuv yashashi, o‘z xalqining madaniyatini saqlash, rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgani, Farg‘onada o‘tayotgan milliy bayramlar haqida gapirib berdik.