Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Oktyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 155 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Toshloq tumanini o‘rganish yakunlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

 2018-09-29 14:01:33    257

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligida Respublika ishchi guruhi tomonidan 19-28 sentyabr kunlari Toshloq tumanida ijtimoiy-ma’naviy vaziyat va aholining yashash sharoitlarini o‘rganish natijalari, shuningdek, viloyatda joriy yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev olib bordi.

 Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, ishchi guruh rahbari Ismoilov Umar Safayevich  o‘rganish yakunlari bo‘yicha ma’ruza qildi. 

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda aniqlangan muammolar keng muhokama qilindi. O‘rganishlar davomidagi xulosalardan kelib chiqib, o‘z vazifalarini bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi, aholi muammolarini hal etishda talab darajasida ish olib bormaganliklari, “o‘zibo‘larchilik”ka tashlab qo‘yilganligi uchun viloyat rahbari tomonidan tuman hokimi Sh.Abdusalomovga tuman hokimining birinchi o‘rinbosari B.Sultonovga hamda tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikastiyalar va kommunal xo’jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Boltaboyavga hayfsan berildi. Shu bilan birga tuman deputatlarining ham faoliyati qoniqarli darajada emasligi tanqid qilindi.

Bundan tashqari barcha mutasaddi rahbarlarga aniq ko‘rsatma hamda topshiriqlar berilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan topshiriqqa ko`ra, Respublika ishchi guruhi joriy yil boshidan viloyatimizning Rishton, Quva, O‘zbekiston, Qo‘shtepa, Yozyovon, Bag‘dod, Buvayda, Uchko‘prik tumanlari hamda Qo‘qon shaharlarida ijtimoiy-ma’naviy vaziyat va aholining yashash sharoitlari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazdi.