Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Investitsiyalar Innovatsiyalar va turizm

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< May 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Oliy Majlisi Senati a’zosi, Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat Madaminovich G’anievning “Universiada-2016” sport musobaqalarining ochilish marosimidagi tabrik so’zi

 2017-06-12 12:11:21    312

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum, aziz yoshlar, hurmatli mehmonlar.

Farg’ona shahriga, Universiada musobaqalariga Xush kelibsiz!

Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimovning g’amxo’rliklari bilan jismonan sog’lom, zamonaviy bilimga ega, yangicha, mustaqil fikrlaydigan, o’zini namoyish etishga qodir o’g’il-qizlarimiz ta’lim-tarbiyasiga yuksak e’tibor qaratilmoqda.

O’ziga xos kichik olimpiadalar nomini olgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” musobaqalari buning yaqqol misolidir. Bugungi kunda ushbu musobaqalar yoshlarimiz hayotining ajralmas qismiga aylandi.

Uch bosqichli bu noyob tizim million-million yoshlarimizni o’z safiga qamrab olib, ularning ham jismoniy, ham ma’naviy sog’lom bo’lib o’sishi uchun xizmat qilmoqda.

Ayniqsa, bu tizimning eng yuqori bosqichi bo’lgan Universiada musobaqalari tom ma’noda yosh sportchilarni kashf etmoqda. Yoshlarimiz uchun haqiqiy chiniqish va kamolot maktabiga aylangani e’tiborlidir.  

Bugun yurtimizning barcha hududlaridan kelib, ushbu “Istiqlol” o’yingohini to’ldirib turgan, qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, iftixor tuyg’ulari jo’sh urgan Siz yoshlarning  bor mahoratingizni ko’rsatishingiz uchun barcha imkoniyatlar muhayyo!

Aziz yoshlar, sportchilar!

Ushbu universiada sport musobaqalari davomida barchangizga ulkan zafar va omad tilaymiz!

Go’zal Farg’onaga, Universiada musobaqalariga xush kelibsiz!