Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Iyun 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Viloyat aholisini salomatligini muhofaza qilish, sog’liqni saqlash tizimining birlamchi bo’g’ini – qishloq vrachlik punktlari, tez tibbiy va ixtisoslashtirilgan yordam ko’rsatish sifatini tubdan yaxshilash, aholini sifatli, arzon dori-darmon va tibbiyot v

 2017-06-17 11:57:26    506

PDF yuklash
Chop etish


Chora-tadbirlar qisqacha mazmuni

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Birlamchi tibbiy xizmatlarning sifati, qishloq vrachlik punklariga yuklatilgan vazifasini bajarish darajasi, patronaj xamshiralarning xizmatlarining sifatini yaxshilash

1.

Viloyatda faoliyat olib borayotgan QVPlarni optimallashtirish bo’yicha aniq hisob-kitoblar asosida takliflar tayyorlash;

mazkur muassasalarda ishlayotgan xodimlarni ishga joylashtirish choralarini ko’rish, eng muhimi barcha amalga oshirilayotgan ishlarni avvalo xalq farovonligi uchun qilinayotganligini odamlarga etkazish.

1. Faoliyat ko’rsatayotgan 283 ta QVPlarini haqiqiy holatini tanqidiy o’rganib chiqish bo’yicha tuzilgan ishchi guruh tomonidan muassasalarning binosi, kommunikatsiya tizimi, moddiy-texnik bazasi, kadrlar bilan ta’minlanganligini o’rganib chiqish;

2. O’rganish natijalari va chuqur tahlillarga asosan poliklinikalarga aylantiriladigan, qisqartiriladigan QVPlarini aniqlash;

3. Moddiy-texnika bazasi, kadrlar salohiyati, kommuniktsiya tizimlari bilan to’liq ta’minlangan,   optimallashtirilgan QVPlar negizida poliklinikalar tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash;

4. Asoslangan hisob-kitoblar bo’yicha tayyorlangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

5. Optimallashtirish natijasida poliklinikaga aylantiriladigan qishloq vrachlik punktlarini manzilli ro’yxatini shakllantirish, mazkur muassasalarda ishlayotgan barcha xodimlarni ishga joylashtirish choralarini ko’rish, eng muhimi amalga oshirilayotgan ishlarni avvalo xalq farovonligi va tibbiy xizmatning sifatini oshirishga hamda aholiga o’zlari hohlagan tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatini yaratishga qaratilganligini etkazish.

Uch kun muddatda




Bir hafta muddatda




O’n kun muddatda





2017 yil fevral-mart

Viloyat ishchi guruhlari (Tojieva, Valiev, Turdimatov, Xoldorov), Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umrov, Kenjaev), shahar va tuman hokimliklari, Tibbiyot birlashmalari, Qishloq   vrachlik punktlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari

2.

Aholiga tez tibbiy yordam ko’rsatish sifatini oshirish, aholining noroziligiga yo’l qo’ymaslik maqsadida mahalliy byudjet mablag’lari va optimallashtirilgan qishloq vrachlik punktlaridan iqtisod qilingan mablag’lar hisobidan viloyat bo’yicha etishmayotgan hamda holati qoniqarsiz, ma’nan va jismonan eskirgan sanitar transport vositalarini etkazib berish.


1. Qishloq vrachlik punktlarini optimallashtirish natijasida iqtisod qilingan mablag’larni qolgan qishloq vrachlik punktlarida tibbiy xizmat turlarini kengaytirish, tez tibbiy yordam mashinalari bilan ta’minlash, faoliyatini tunu-kun tashkil etish, shifokorlarni moddiy rag’batlantirish, uy-joy bilan ta’minlash maqsadlariga yo’naltirish;

2. Viloyat, tuman tibbiyot muassasalari va qishloq vrachlik punktlari o’rtasida uzviy bog’liqlikni ta’minlash, viloyat ixtisoslashgan tibbiy markazlaridagi yuqori malakali mutaxassislarni qishloq vrachlik punktlariga biriktirish va reja asosida u erda faoliyat ko’rsatishini ta’minlash;

3. Qishloq vrachlik punktlarini tez tibbiy yordam mashinalari bilan ta’minlash maqsadida ularni lizing asosida xarid qilish;

4. Qishloq vrachlik punktlari byudjetini ikki marta oshirish bo’yicha taklif kiritish.




15 kun muddatda









Viloyat hokimining birinchi o’rinbosari S.Qo’chqorov Moliya boshqarmasi (Mirzaev), Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov),  Markaziy bank bosh boshqarmasi (Qunduzov), tuman hokimliklari, tibbiyot birlashmalari

3.

Tumanlarda birlamchi tibbiy xizmat ko’rsatayotgan muassasalardagi ma’nan eskirgan diagnostik asbob uskunalar, reaktiv va sarflov materiallari bilan etarli miqdorda ta’minlash.

1. Tumanlarda birlamchi tibbiy xizmat ko’rsatayotgan muassasalarda etishmayotgan avtoklav, dez eritma tayyorlovchi uskuna, EKG, distillyator, torozi, tsentrafuga, elektrokolorimetr, oftalmoskop, otoskop, fetal dopler kabi birinchi navbatda zarur bo’lgan tibbiy asbob-uskunalarga ehtiyojni aniqlash;

2. Bemorlarga tashxis qo’yish va davolashda zarur bo’lgan reaktiv va sarflov materiallari miqdorini aniqlash;

3. Tibbiy jihozlar, reaktiv va sarflov materiallari uchun zarur bo’lgan mablag’larni ajratilishi yuzasidan Sog’liqni saqlash vazirligi va Moliya boshqarmasiga taklif kiritish.


Ikki hafta muddatda

Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), Moliya boshqarmasi (Mirzaev), tuman hokimliklari, tibbiyot birlashmalari 

4.

Tuman markazidan olisda, cho’l va chegara hududlarida joylashagan QVPlarda kunu-tun tibbiy xizmat ko’rsatishni tashkil qilish.


1. Tuman tez tibbiy yordam bo’limlaridagi tez tibbiy yordam mashina va brigadalarini markazdan olisda, cho’l va chegara hududlarida joylashagan QVPlarga joylashtirish;

2. Markazdan olisda, cho’l va chegara hududlarda joylashagan QVPlarda bo’sh turgan xonalarni tibbiyot xodimlari yashashi uchun moslashtirish;

3. Aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko’rsatishni yanada yaxshilash uchun belgilangan talablarga javob beradigan tunu-kun qishloq joylarda aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan, maxsus tibbiyot asboblari bilan jihozlangan ikki dona avtobusni olib kelish choralarini ko’rish.


Ikki hafta muddatda




Yil davomida

Moliya boshqarmasi (Mirzaev), Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), tuman hokimliklari, tibbiyot birlashmalari 

5.

Birlamchi tibbiy xizmat ko’rsatish muassasalaridagi vakant joylarni to’ldirish, tibbiyot oliygohlarini bitirayotgan mutaxassislarni umumamaliyot shifokorlari etishmaydigan hududlarga yo’naltirish maqsadida qishloq vrachlik punktlariga tutash hududlarda arzon namunaviy uy joylarni qurish.



1. Birlamchi tibbiy xizmat ko’rsatish muassasalaridagi vakant joylarni to’ldirish, tibbiyot oliygohlarini bitirayotgan mutaxassislarni umumamaliyot shifokorlari etishmaydigan hududlarga yo’naltirish maqsadida ularni ro’yxatini shakllantirish;

2. Vakant ish o’rinlariga Toshkent tibbiyot akademiyasini joriy yilda bitirayotgan - 11 nafar, Buxoro tibbiyot institutini - 1 nafar, Andijon tibbiyot institutini -          149 nafar, Toshkent pediatriya institutini - 19 nafar, Toshkent Davlat Stomatologiya institutini - 24 nafar, Samarqand tibbiyot institutini - 2 nafar jami 206 nafar bitiruvchi talabalar bilan tibbiy muassasalar o’rtasida uch tomonlama shartnomalar tuzish, yosh mutaxassislarni taqsimot qilingan tumanlarda ikki yil davomida ishlab berish majburiyati to’g’risida me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilishi ta’minlash choralarini ko’rish;

3. Vakant joylarni to’ldirish va bitiruvchilarni jalb qilish maqsadida qishloq vrachlik punktlariga tutash hududlarda viloyatning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, arzon uy joylarni qurish va bo’sh turgan binolarni yashash uchun moslashtirish yuzasidan er tanlash va ajratish, loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, davlat ekspertizasidan o’tkazish hamda salohiyatli pudratchilarni tanlab olgan holda qurilish-ta’mirlash ishlarini boshlash choralarini ko’rsinlar.


o’n kun muddatda





2017 yil           1-yarim yillikda

Viloyat hokimining o’rinbosarlari S.Qo’chqorov, O.Axmedov, Tashkilin nazorat guruhi (Abdumalikov),  Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), Moliya boshqarmasi (Mirzaev), Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi (Xo’jamatov), Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (Ibragimov), “Qishloqqurilishinvest” IK (Tursunboev), tumanlar hokimliklari, tibbiyot birlashmalari

6.

Birlamchi tibbiy xizmat ko’rsatish muassasalaridagi vrachlarni bilim saviyalarini oshirish maqsadida viloyatning ixtisoslashgan tibbiy markaz mutaxassislari tomonidan mahorat darslarini tashkillash va konsultativ yordam ko’rsatish.

Viloyatdagi ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarning malakali mutaxassislari tomonidan tumanlar shifoxonalari hamda qishloq vrachlik punktlarida mahorat darslarini tashkillash va konsultativ yordam ko’rsatish bo’yicha grafiklarga asosan hududlarga chiqishlarini tashkillash.

Har haftada

Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), viloyatning ixtisoslashgan tibbiy markaz malakali mutaxassislari


II. Tez tibbiy yordam xizmati samaradorligini oshirish, tez tibbiy yordam bo’lim va shaxobchalarini moddiy-texnik bazasini yaxshilash

7.

Viloyat aholisiga tez tibbiy yordam ko’rsatish sifatini yanada yaxshilash.

1. Aholiga tez tibbiy yordam ko’rsatish sifatini oshirish, aholining noroziligiga yo’l qo’ymaslik maqsadida mahalliy byudjet mablag’lari va markazlashgan mablag’lar hisobidan viloyat bo’yicha etishmayotgan hamda holati qoniqarsiz, ma’nan va jismonan eskirgan sanitar transport vositalarini etkazib berish;

2. Tez tibbiyot yordam bo’lim va shahobchalarini avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmati, zamonaviy radioaloqa turlari (ASU va GPS-navigatsiya, radioaloqa vositasi va boshqa);

3. Tez tibbiyot yordam brigadalarini tibbiy jihoz va apparaturalar bilan ta’minlash (EKG, defibrilyator, monitor, sun’iy nafas berish apparati, AMBU qopchasi, elektrso’rg’ich, tibbiy sumkalar, o’ta xavfli yuqumli kasalliklar uchun maxsus kiyim bosh);

4. Tez tibbiy yordam xizmatida har bir chaqiriq uchun sarflanadigan dori-darmonlarga ajratilayotgan mablag’ni 1500 so’mdan - 3.0 ming so’mga etkazish bo’yicha takliflar tayyorlash.

Bir hafta muddatda

Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), Respublika shoshilinch tibbiyot yordam ilmiy markazi Farg’ona filiali, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari

8.

Tez tibbiy yordam bo’limlaridagi Feldsherlik brigadalar o’rniga, vrachlik brigadalarni tashkillashtirish.


Feldsherlik brigadalaridagi mavjud shtat birliklarini vrachlik lavozimlariga aylantirish, ushbu lavozimlarni vrach mutaxassislar bilan to’ldirish choralarini ko’rish.

2017 yil 1-chorakda

Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), Moliya boshqarmasi (Mirzaev), Respublika shoshilinch tibbiyot yordam ilmiy markazi Farg’ona filiali, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari

9.

Shahar va tuman tez tibbiy yordam bo’limlarida shifoxonagacha bo’lgan davrda  intensiv reanimatsion yordam o’z vaqtida ko’rsatishni tashkil etish maksadida zamonaviy reanimobillarni sotib olish va ularni maxsus tibbiy apparatlar bilan jihozlash.

1. Shifoxonagacha bo’lgan o’limlarni kamaytirish tez yordamga muhtoj bo’lgan bemorlarga shifoxonagacha bo’lgan etapda «103» maxsus mashinalari va brigadalari tomonadan tibbiy yordam ko’rsatilishini ta’minlash maqsadida barcha shahar va tuman tez tibbiy yordam bo’limlarini reanimobillar bilan ta’minlash, ularni ularni maxsus tibbiy apparatlar bilan jihozlash choralarini ko’rish.

2017 yil 1-chorakda

Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), Moliya boshqarmasi (Mirzaev), Respublika shoshilinch tibbiyot yordam ilmiy markazi Farg’ona filiali, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari


10.

Shahar va tumanlarda tez tibbiy yordam bo’limlarida faoliyat ko’rsatayotgan vrachlarni malakasini oshirish choralarini ko’rish.

Shahar va tumanlarda tez tibbiy yordam bo’limlarida faoliyat ko’rsatayotgan vrachlarni to’liq tez tibbiy yordam xizmati bo’yicha qayta tayyorgalikdan o’tishini (spetsializatsiya) va malaka oshirishlarini ta’minlash.

2017 yil davomida

Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), Respublika shoshilinch tibbiyot yordam ilmiy markazi Farg’ona filiali, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari


III. Tumanlardagi qishloq aholisiga ixtisoslashgan statsionar xizmatini tashkil qilish

11.

2017-2018 yillarda hududlar tibbiyot birlashmalarida tumanlararo ixtisoslashtirilgan bo’limlar tashkil etish va ularni jihozlash.

Hududlardagi mavjud umumiy profildagi terapevtik va jarrohlik o’rin joylaridan 19 ta shahar va tumanlarda             780 o’rin joyli 7 ta ixtisoslikdagi bo’limlar tashkil qilish.

2017 yil davomida

Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), viloyat ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari

12.

Tumanlarning uzoq qishloqlaridagi aholini tibbiy ko’rikdan o’tkazish, ularga malakali tibbiy xizmat ko’rsatishni tashkil etish.

1. Viloyatdagi ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarning malakali mutaxassislarini hududlarga chiqishi bo’yicha tasdiqlangan grafikka asosan yuborish;

2. Viloyat ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasalari tomonidan “Qandli diabet kasalligi”, “Ko’krak bezi saratoni”, “Sil kasalligi”, “O’tkir miokard infarkti”, “Bosh miyada o’tkir qon aylanishini buzilishi - Insult”, “Oshqozon ichak kasalliklari”, “Gepatit” va boshqa kasalliklarni oldini olish bo’yicha alohida har bir shahar, tuman, poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarida amalga oshirilishi kerak bo’lgan profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda aholi orasida tizimli targ’ibot ishlarini amalga oshirish.


Viloyat hokimining o’rinbosari T.Tojieva Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), viloyat ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasalari rahbarlari

13.

Viloyatdagi tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan yosh, iqtidorli chet tilini biladigan kadrlarni xorijiy mamlakatlardagi nufuzli tibbiyot markazlariga maqsadli tajriba almashish va malakasini oshirish uchun yuborish.

Viloyatdagi tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan quyidagi kadrlarni xorijiy mamlakatlardagi nufuzli tibbiyot markazlariga maqsadli tajriba almashish va malakasini oshirish uchun yuborish:

Viloyat ko’p tarmoqli markazi 3 nafar yosh kardiolog va jarrohlarni Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk shahridagi akademik E.N.Meshalkin nomidagi Qon Aylanish Ilmiy Tekshirish Institutiga;

Viloyat narkologiya dispanserining vrach narkologi A.A.Toxirovni Qozog’iston Respublikasi Olmaota shahridagi Narkologik bemorlarni reabilitatsiya qilish markaziga;

Farg’ona shahar 5-oilaviy poliklinika UASh Sh.X.Mirzasharipovni Janubiy Koreya davlatiga;

Viloyat urologiya markazining urolog mutaxassisi D.I.Yuldashevni Rossiya Federatsiyasi urologiya ilmiy tekshirish institutiga;

RShTYoIMFF shoshilinch urologiya bo’limi mutaxassisi U.M.Matkarimovni Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahridagi Djanilidze nomidagi shoshilinch ilmiy teshirish markaziga;

RShTYoIMFF neyroxirurgiya bo’limi mudiri A.M.Minojovni Sankt-Peterburg shahridagi Polenov nomidagi neyroxirurgiya ilmiy tekshirish institutiga;

RShTYoIMFF  shoshilinch travmotologiya bo’limi mudiri A.Muxamadievni Belarussiya davlati Minsk shaharidagi Respublika Travmotologiya-Ortopediya Ilmiy Amaliy Markaziga malaka oshirish uchun yuborish.

2017 yil 2-yarim yillikda

Viloyat hokimining birinchi o’rinbosari S.Qo’chqorov Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov),  Moliya boshqarmasi (Mirzaev), Markaziy bank bosh boshqarmasi (Qunduzov), tegishli viloyat ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari, shahar va tuman hokimliklari


14.

Viloyat bolalar ko’p tarmoqli markazida yurakda ochiq operatsiyalarni bajarish maqsadida mavjud bo’lgan bo’limlar negizida bolalar kardioxirurgiya xizmatini tashkil qilish.

1. Viloyat bolalar ko’p tarmoqli markaziga sun’iy qon aylanish apparatni olib kelish;

2. Rossiya Federatsiyasining Bakulev nomidagi  kardioxirurgiya markazida faoliyat ko’rsatayotgan mahalliy mutaxassis Raxmonov Komoljonni viloyatga ko’chirib kelish choralarini ko’rish.

2017 yil noyabr

Viloyat hokimining birinchi o’rinbosari S.Qo’chqorov Moliya boshqarmasi (Mirzaev), Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), Viloyat bolalar ko’p tarmoqli markazi direktori

15.

Viloyat ko’p tarmoqli tibbiy markazning innovatsion   texnologiyalar bo’limda  Kardioxirurgiya markazni tashkillash.


Rossiyaning Novosibirsk shahrida maxsus tayyorgarlikdan o’tgan A.A.G’aniev, Moskva shahrida tayyorgarlikdan o’tgan A.Xoshimovlarni viloyatga ko’chirib kelish, ularga zaruriy sharoitlarini yaratib berish choralarini ko’rish.

2017 yil 1-yarim yillikda

Viloyat hokimining birinchi o’rinbosari S.Qo’chqorov Moliya boshqarmasi (Mirzaev), Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), Viloyat ko’p tarmoqli markazi direktori

16.

Viloyat stomatologiya shifoxonasi zamonaviy implantologiya xizmatini tashkil qilish.

Viloyat stomatologiya shifoxonasi tomonidan 2017 yil aprel oyida Rossiya Federatsiyasi Boshqirtiston Respublikasining “Mejdunarodno’y Institut peresadki zubov” shifoxonasi direktori, “Boshqortiston Respublikasi vrach stomatologlar assotsiatsiyasi” raisi, professor Xasanov  Radmir Anvarovich ishtirokida “Bir martada implantalogiya” yo’nalishi bo’yicha o’quv-amaliy seminar va ushbu yo’nalishda operatsiyalar o’tkazish.

2017 yil aprel-may

Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), Viloyat stomatologiya  shifoxonasi bosh vrachi

17.

Viloyat qishloq axolisiga ixtisoslashgan ftiziatriya yordami ko’rsatish sifatini oshirish.

Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy amaliy va tibbiy markazi etakchi mutaxassislarini tumandagi poliklinikalar va QVP larda axolini qabullarini uyushtirish.

2017 yil davomida jadvalga asosan

Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonlogiya ilmiy amaliy tibbiy markazi, viloyat silga qarshi kurashish dispanseri

18.

Viloyat aholisiga ko’rsatilayotgan ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, zamonaviy texnologiya va davolash usullarini joriy qilish.

1. Qishloq vrachlik punktlari va ixtisoslashgan shoshilinch tibbiy xizmat ko’rsatish muassasalarida ishlayotgan shifokorlarni respublika ixtisoslashtirilgan markazlarida malaka oshirishlariga talab etiladigan miqdorda mablag’ ajratish, qishloq vrachlik punktlari byudjetini imkoniyat darajasida oshirish hamda talabgor va tashabbuskor homiylarni muassasalarga biriktirish choralarini ko’rish;

2. Ixtisoslashgan tibbiy xizmatni zamon talablariga to’liq moslashtirish, shu jumladan viloyatimiz aholisini xorijiy davlatlarga davolanish uchun borishlarini oldini olish uchun Koreya, Hindiston va Rossiya kabi davlatlarning ilg’or klinik shifoxonalari bilan qo’shma klinikalar tashkil qilish yuzasidan asoslangan takliflar tayyorlash.


Bir oy muddatda






2017 yil 1-chorak

Viloyat hokiminig birinchi o’rinbosari S.Qo’chqorov Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), Moliya boshqarmasi (Mirzaev)


IV. Tibbiyot sohasida, ayniqsa qishloq vrachlik punklarida umumiy amaliyot vrachlarini etishmasligini bartaraf qilish

19.

Viloyatdagi davolash-profilaktika muassasalarida vakant bo’lib turgan tor doiradagi mutaxassislar va umumiy amaliyot vrachlariga bo’lgan ehtiyojlarni bartaraf etish.

1. Tibbiyot sohasida kadrlarning etishmovchiligini inobatga olgan holda, tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilishda viloyatda kadrlarga bo’lgan ehtiyojlardan kelib chiqib, tegishli mutaxassisliklar bo’yicha kvota ajaratish yuzasidan takiflar tayyorlash;

2. Respublika Tibbiyot Oliy o’quv yurtlarida taxsil olayotgan  talabalarni mutaxassislik tanlashi va viloyat davolash-profilaktika muassasalariga jalb qilinishi bo’yicha viloyat Sog’liqni saqlash tizimi rahbarlarini talabalar bilan uchrashuvlarini tashkil qilish.

2017 yil 1-yarim yillikda

Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), shahar va tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari

20.

Tibbiyot kollejlari bitiruvchilarini bilim-saviyalarini oshirish, ularni amaliy ko’nikmalarini egallashlariga sharoit yaratish. 

Viloyatdagi barcha tibbiyot kollejlarida “Ustoz-shogird” an’anasiga asosan davolash profilaktika muassasalaridagi yuqori malakali va hayotiy tajribaga ega bo’lgan vrach, katta va bosh hamshiralar tomonidan nazariyani amaliyot bilan birgalikda olib borishlari uchun o’quv-seminarlar, malaka darslarini o’tkazish kalendar-jadvalini ishlab chiqish;

Shuningdek, barcha shifoxona, poliklinika va qishloq vrachlik punktlarida esa amaliyot o’tashlari uchun shart-sharoitlar yaratib berilishini ta’minlash.

2017 yil 1-chorak

Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi (Xoldorov)


V. Ayollar va bolalarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalar va bolalar o’limini kamaytirish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish

21.

Viloyatda istalmagan xomiladorlikni, nosog’lom ayollar o’rtasida tug’ruqlarni, shuningdek, kasalmand va nimjon chaqaloqlar tug’ilishini oldini olish.

Tug’ishga mutloq moneligi bor tug’ish yoshidagi ayollarni xomiladorlikdan 100 foiz kontratseptiv vositalarning maqbul usuli bilan, tug’ishga nisbiy moneligi bor ayollarni esa sog’lomlashtirilgunga kadar kontratseptiv vositalar bilan qamrab olish.

2017 yil davomida

Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), shahar  va tuman tibbiyot birlashmalari

22.

Bolalar o’rtasida kasalliklarni erta aniqlash, sog’lomlashtirish va shu yo’l bilan ularni sog’lom va baquvvat bo’lib ulg’ayishlariga zamin yaratish.

Viloyatdagi 1 mln 121ming nafardan ortiq 0-18 yoshgacha bo’lgan voyaga etmagan bolalarni reja asosida chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazish, aniqlangan kasalliklarni sog’lomlashtirish orqali bartaraf qilishga erishish.

2017 yilda Reja asosida

Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), shahar va tuman tibbiyot birlashmalari

23.

Viloyatda nogiron chaqaloqlar tug’ilishini oldini olish va kamaytirish choralarini ko’rish.

1. Shahar va tuman tibbiyot birlashmalarida birlamchi skrining tekshiruvidan o’tkazilib, “Xavfli guruh”ga tanlab olingan xomilador ayollarda xomilani nuqsonli rivojlanayotganligini aniqlash maqsadida viloyat “Ona va bola” skrining markaziga yuborish va ular o’rtasida aniqlangan nuqsonli xomiladorlikni bartaraf etish choralarini ko’rish.

2. Ikkilamchi skrining tekshiruvidan o’tkazish yo’li orqali nuqsonli rivojlanayotgan xomilani barvaqt aniqlab, tug’ma nuqson bilan tug’ilishini oldini olish.


Yil davomida

Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), Viloyat “Ona va bola” skrining markazi, shahar  va tuman tibbiyot birlashmalari

24.

Viloyatda onalar va bolalar o’limini oldini olish va keskin kamaytirish.

1. Xomilador ayollarni erta (8 haftagacha) muddatlarda “Dispanser” nazoratiga olib, har oyda 1 marta patronaj qilish.

2. Xomilador ayollarni uzluksiz nazorati tashkillash, ularda “xavfli belgilar” paydo bo’lganda o’z vaqtida tibbiy yordam ko’rsatish.

3. Yangi tuqqan ayollar va yangi tug’ilgan chaqaloqlarni             42 kun davomida 3 marotaba UASh va hudud hamshirasi tomonidan patronaj qilish orqali muntazam sog’lig’ini nazorat kilish.


Yil davomida

Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), shahar  va tuman tibbiyot birlashmalari


VI. Aholini sifatli va arzon, eng avvalo maxalliy farmatsevtika korxonalari  tomonidan ishlab chiqarilgan dori-darmonlar bilan ta’minlashni yanada kuchaytirish

25.

Aholini sifatli va arzon, mahalliy farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanish.

Viloyatdagi davolash-profilaktika muassasalarini dori vositalari va tibbiy buyumlari belgilangan narxlarida harid kilinishi yuzasidan viloyat davolash-profilaktika muassasalari, shahar-tuman tibbiyot birlashmalarining Doimiy faoliyatdagi hay’ati tomonidan o’tkazgan monitoringni muhokama qilib, belgilangan tartib buzilishiga yo’l qo’ygan shaxslarga nisbatan qat’iy javobgarlik choralarini ko’rish uchun tegishli ma’lumotlarni viloyat hokimligiga kiritish.


Muntazam

Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), Viloyat “Dori-darmon” AJ, shahar  va tuman tibbiyot birlashmalari

26.

Viloyatdagi barcha davolash muassalarida faoliyat ko’rsatayotgan shifokorlar tomonidan bemorlarga dorilarni tavsiya etishda poliprogmaziya holatiga yo’l qo’ymaslik choralarini ko’rish.   

Respublika Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan davolash standartlari va klinik protokollarga qat’iy amal qilinishini nazoratga olish. 

Muntazam

Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), Viloyat “Dori-darmon” AJ, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari

27.

Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash, ularning narxlarini belgilangan me’yorlardan oshib ketishiga yo’l qo’ymaslik, ayniqsa aholining dori-darmonlar savdosidan norozichiligiga barham berish choralarini ko’rish.

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil             31 oktyabrdagi PQ-2647-sonli, 2016 yil 20 dekabrdagi              PQ-2685 sonli qarorlari talablariga asosan viloyatda faoliyat ko’rsatayotgan dorixonalarda sotilayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni narxlarini o’rganish, tahlil qilish, natijalari to’g’risida viloyat hokimligiga muntazam ma’lumotlar kiritish;

2. Barcha dorixonalarda sotilishi majburiy bo’lgan             76 ta turdagi va muayyan narxlari belgilangan ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan 167 ta turdagi dori-darmon va tibbiyot vositalarining ruyxatlari va ularning cheklangan narxlari aks ettirilgan ma’lumotlarni xoridorlarga ko’rinarli joylarda joylashtirilishini hamda dori vositalari narxlarini tunu-kun bir xilda sotilishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlash;

3. Dori vositalari va tibbiy buyumlar narxlarini belgilangan me’yorlardan oshib ketishiga yo’l qo’ymaslik, dorixonalarda tartib o’rnatish, aholini ranjitadigan holatlarni zudlik bilan bartaraf etish tadbirlarini belgilash;

4. Kamchiliklarga yo’l qo’ygan dorixonalarga nisbatan qonuniy choralar ko’rish, kamchiliklarni OAV orqali keng jamoatchilikka etkazish, ularni qonun doirasida faoliyat ko’rsatishiga o’rgatish.


Har haftada

O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi SVOJJDLQK departamenti hududiy boshqarmasi, viloyat Soliq boshqarmasi, Raqobat boshqarmasi, “Dori-darmon” AJ

28.

Sog’liqni saqlash tizimining birlamchi bo’g’ini, ayniqsa qishloq vrachlik punktlari faoliyatini takomillashtirish, aholiga ko’rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini tubdan yaxshilash, aholini sifatli va arzon dori vositalari bilan ta’minlash, dorixonalarda dori vositalari va tibbiyot buyumlari chegaralangan narxlarda sotilishi bo’yicha mahalliy televidenieda chiqish qilish.


Sog’liqni saqlash tizimidagi dolzarb muammolar, onalar va bolalar sog’lig’ini mustahkamlash, ularni to’liq patronaj tizimi bilan qamrab olish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, ayniqsa Muhtaram Prezidentimizning “Tibbiyot muhiti - bu madaniyat muhitidir” degan ezgu g’oyalarini hayotga tadbiq qilish, kasalliklarning oldini olish, sog’lom turmush tarzini, shu jumladan jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishni targ’ib etish yuzasidan teleko’rsatuv va radioeshittirishlarni efirga uzatib borish.


Haftada ikki marta

Viloyat Teleradiokompaniyasi (Mamarasulov), “Farg’ona haqiqati” gazetasi tahririyati (Teshaboev), Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov)


VII. Sog’liqni saqlash muassasalarida o’tkazilayotgan qurilish, rekonstruktsiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini tartibga solish

29.

Investittsiya Davlat dasturi doirasida tibbiyot muassasalarini yangi qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal ta’mirlash rejalarini qayta ko’rib chiqish.


1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil               2 noyabrdagi PQ-2650-sonli qaroriga asosan viloyatda onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 2017-2020 yillar davomida viloyatdagi 31 ta tibbiyot muassalarda qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;

2. 2017 yilgi Investitsiya dasturi (PQ-2697)ga asosan joriy yilda 12 ta ob’ektda 35800 mln. so’mlik  yangi quriladigan, rekonstruktsiya va mukammal ta’mirlanadigan ob’ektlarni qayta ko’rib chiqish;

3. Investitsiya dasturi doirasida ob’ektlarda amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlari bo’yicha  Respublika  ishchi guruhiga taklif kiritish.

2017 yil fevral

Viloyat hokimining o’rinbosari O.Axmedov  Sog’liqni saqlash boshqarmasi (Umarov), Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi, “Yagona buyurtmachi xizmati” IK, tumanlar hokimliklari,