Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< SENTYABR 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg’ona viloyatida 2015 yil yakunida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muxim ustuvor vazifalariga muofiq amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi yuzasidan ma’lumotnoma

 2017-06-19 17:53:36    519

PDF yuklash
Chop etish


MA’LUMOTNOMA

Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish jarayonini davom ettirish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlari va vazifalarini amalga oshirilishi viloyatda joriy yilda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning barqaror sur’atini va iqtisodiy o’sishning asosiy ko’rsatkichlari muvozanatini ta’minladi.

1. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni yanada kengaytirish, sanoatning etakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va faol diversifikatsiyalash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash.

Hisobot davrida deyarli barcha sohada yuqori o’sish sur’atlariga erishildi, jumladan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish (105,8%), halq iste’moli mollari (113,1%), yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlari (107,0%), qurilish ishlari (113,0%), chakana savdo (114,6%), jami xizmat (118,3%) hajmlari sezilarli o’sdi.

Shundan kelib chiqib, viloyat yalpi hududiy mahsulot hajmi
11278,9 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati 108,0 foizni tashkil etmoqda (prognoz - 107,8%).

Uning hajmida xizmatlar sohasining ulushi 45,8 foizga
(2014 yilda 44,2 %) hamda kichik biznes va tadbirkorlik ulushi
63,2 foizga (62,1

%) teng bo’ldi. Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot 3245,7 ming so’mdan (2014 yilda 2904,1 ming so’m) to’g’ri keldi.

Viloyatda 2015 yilda 6712,1 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 105,8 foizni tashkil etdi.

2015 yilning yanvar-dekabr oylarida hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan 2075,7 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 119,0 foizni tashkil etdi.

2015 yil yanvar-dekabr oyida viloyatda barcha manbaalar hisobidan 
2072,7 mlrd. so’m, o’z kuchi bilan bajarilgan pudrat ishlari hajmi 1732,1mlrd. so’mdan iborat bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 113,0 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, chakana savdo aylanmasi hajmi 6037,5 mlrd. so’mni tashkil etib, o’sish sur’ati o’tgan yilga nisbatan 114,6 foizga teng bo’ldi. Aholi jon boshiga to’g’ri kelgan savdo hajmi esa 1710,3  ming so’mni tashkil etdi.

Qishloq xo’jaligida olib borilayotgan isloxotlar natijasida maxsulotlar xajmi 3528,3mlrd. so’mga etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 107,0 foizga o’sishi ta’minlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 
10 apreldagi PF-4434-sonli "To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini  rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash borasida 2015 yilda aniq belgilab olingan chora-tadbirlar asosida amaliy ishlar tashkil etildi.

Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat xokimiyati, Prokuratura,  Boshxona, Soliq, TIAIS boshqarmalari, shahar va tuman xokimliklari bilan xamkorlikda viloyat miqyosida muntazam ravishda seminarlar tashkil etilib, televidenie va ommaviy axborot vositalarida Farmonni tashviqot-targ’ibot ishlari olib borilmoqda. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan doimiy muloqatlar tashkil etildi.

Natijada, 2015 yilda 29 ta yangi xorijiy investitsiyali korxonalar tashkil etildi.

Jumladan, Marg’ilon shahrida (2 ta) O’zbekiston-Xitoy "All metal invest" QK (qurilish materiallari), O’zbekiston-Xitoy "Vodiy siymo invest" QK (ulgurji savdo), Farg’ona shahrida (13 ta) O’zbekiston-Qirg’iziston "Far’g’ona izlanish-ixtiro texnologiyasi” QK (rezina buyumlar), O’zbekiston-Janubiy Koreya "Husn Chiroyi" QK (tibbiy xizmat), Xitoy  "Fergana Premium Medical” xorijiy korxonasi (tibbiy xizmat), Xitoy "Fergana Sintepon Servis" XK (plastmassa), Xitoy "Fergana ignaterapiya servis" XK (tibbiy xizmat), O’zbekiston-Xitoy “Qo’qon evro qurilish materiallari” QK (qurilish materiallari), O’zbekiston-Xitoy “Great wall ceramic industries” QK (qurilish materiallari), O’zbekiston-Xitoy “Bin Li Xin” QK (tibbiy xizmat), O’zbekiston-Qozog’iston “Taraz servis effect” QK (qurilish materiallari), O’zbekiston-Xitoy “Moderna Ceramic Industries Fergana” QK (qurilish materiallari), O’zbekiston-Qirg’iziston “Fergana fabulous” QK (qurilish materiallari), O’zbekiston-Xindiston “Fergana fortis” QK (tibbiy xizmat), O’zbekiston-Xitoy “Petro chemical resource” QK (neftni qayta ishlash), Quvasoy shahrida (2 ta) O’zbekiston-Rossiya "MAGMA STROY INVEST" QK (qurilish materiallari), O’zbekiston-B. Britaniya “Maxsus plast polimer” QK (qurilish materiallari), Qo’qon shahrida (3 ta) O’zbekiston-Janubiy Koreya “Akmal new special product” QK (qog’oz), O’zbekiston-Xitoy “Brush invest” QK (Sho’tka), O’zbekiston-Xitoy “Comfort velo parts” QK (velosiped va nogironlar aravachasi), Bag’dod tumanida (1 ta) O’zbekiston-Xitoy "Farovon Bag’dod” QK (qurilish materiallari), Buvayda tumanida (1 ta) O’zbekiston-Qozog’iston "Bahrom trade group” QK (chakana savdo xizmati), Rishton tumanida (2ta) O’zbekiston-B.Britaniya “Straus” QK (parrandachilik), O’zbekiston-B.Britaniya “Straus farm” QK (parrandachilik), Toshloq tumanida (1ta) Eron-Kanada “Farg’ona gilamlari” XK (gilam), Farg’ona tumanida (1ta) O’zbekiston-Rossiya “Chemical energy” QK (kimyo sanoati), Quva tumanida (1ta) O’zbekiston-Xitoy “Universal plast product” QK (plastmassa) Uchko’prik tumanida (1ta) O’zbekiston-Xitoy "Mehrigiyo-Dilruz” QK (farmatsevtika mahsulotlari), Qo’shtepa tumanida (1ta) O’zbekiston-Qozog’iston "Legenda zolotoy dolini" QK (meva-sabzavotlarni qayta ishlash)

Iqtisodiy barqarorlikni mustaxkamlashda o’z navbatida tarkibiy o’zgarishlarni yanada kengaytirish, sanoatni etakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va faol diversifikatsiyalash muxim omil bo’lib xizmat qilmoqda.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 
17 noyabrdagi PQ-2264-sonli “O’zbekiston Respublikasining 
2015 yil Investitsiya dasturi to’g’risida”giqaroriga binoan 9 ta loyihalar  kiritilgan. Loyihalarni amalga oshirilishi hisobiga 
171 nafar yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan. 2015 yil yakuniga jami 22,4 mln.dollar miqdorida mablag’lar o’zlashtirilib, 
3 ta loyihalar foydalanishga topshirilgan ("Qo’qon to’qimachilik kombinati" bazasida "Indorama Kokand Tekstil" QKda ishlab chiqarishni kengaytirish (III-bosqich), Qo’qon spirt OAJda spirt ishlab chiqarishni modernizatsiya kilish, XK "DAEWOO TEXTILE FERGANA"  MChJda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish).

Hududiy investitsiya dasturiga asosan 2014 yil 22 noyabrdagi 283-sonli qaroriga asosan 2015 yilga belgilangan hududiy investitsiya qarori doirasida viloyat bo’yicha 123 ta loyihalarni (3 ta loyihalar 2016 yilda foydalanishga topshiriladi, Farg’ona shahridagi "Feyxanteks" MChJ, Buvayda tumanidagi "Xanifa Baraka tekstil" MChJ va Beshariq tumanidagi "Beshariq lider teks" MChJ) foydalanishga belgilangan.

2015 yil yakuniga jami 127,9 mlrd.so’m mablag’ o’zlashtirilib, 154 ta ishlab chiqarish loyihalari foydalanishga topshirildi. Buning natijasida 3438 nafar ish o’rinlari yaratildi.

Shuningdek, Farg’ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga asosan 2015 yilda 580,7 mlrd so’mlik 3881 ta loyiha amalga oshirilishi va  23 ming 300 nafardan ortiq ish o’rinlari yaratilishi belgilangan.

2015 yil yanvar-dekabr oylarida umumiy qiymati 583,6 mlrd.so’m bo’lgan 3881 ta loyihalar to’liqamalga oshirilib, ularda 23 ming 
400 nafardan
 ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi. Jumladan:

Sanoat sohasida umumiy qiymati 337,2 mlrd. so’mlik 670 ta loyihaning ishga tushirilishi hisobiga 13582 ta ish o’rinlari yaratildi.

Xizmat ko’rsatish va servis sohasida umumiy qiymati 138,4 mlrd so’mlik 2548 ta loyihaning ishga tushirilishi evaziga 6976 ta ish o’rinlari yaratilgan.

Qishloq xo’jaligi sohasida qiymati 108,0 mlrd. so’mlik 663 ta loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 2851 ta ish o’rinlari yaratilgan.

Shundan, chorvachilikda 236 ta, baliqchilikda 53 ta, qo’ychilikda 5 ta, echkichilikda 2 ta, asalarichilikda 28 ta, intensiv bog’ barpo etishda 91 ta, issiqxonalarda 85 ta, muzlatqichlar tashkiletishda 31 ta, parrandachilikda 89 ta va uzumchilikda 43 ta loyihalar amalga oshirilgan.

Viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida go’sht, sut, meva sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo’yicha mini texnologiyalar va ihcham uskunalardan  foydalaniladigan yangi korxonalar tashkil etish hamda mavjud korxonalarni rekonstruktsiya qilish bo’yicha dastur ishlab chiqilgan.

Xususan, 2015 yilda jami 31 ta meva-sabzavot, go’sht va sut mahsulotlarni tashkli etish va mavjudlarini rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan. (Shundan 11 ta sutni qayta ishlash, 13 ta meva-sabzavotlarni qayta ishlash va 1 ta go’shtni qayta ishlash korxonalarini tashkil etish xamda 3 ta meva-sabzavotlarni qayta ishlaydigan, 2 ta sutni qayta ishlaydigan, 1 ta go’shtni qayta ishlaydigan korxonalarni rekonstruktsiya qilish)

Ushbu loyihalarga jami 15,7 mlrd. so’mlik mablag’lar sarflash ko’zda tutilgan.

2015 yilda jami 31 ta loyixalar amalga oshirildi (shundan, 
2 ta go’shtni, 13 ta sutni qayta ishlash va 16 ta meva-sabzavotni qayta ishlash)
. Loyihalarni amaga oshirish uchun jami 15,7 mlrd. so’m mablag’ sarflandi va 556 ta yangi ishchi o’rinlari yaratildi.

Chorvachilikni rivojlantirish, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko’paytirish hamda chorva mollari mahsuldorligini oshirish dasturi bo’yicha barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan  138,9 ming tonna go’sht (o’tgan yilga nisbatan 106,5%), 854,5 ming tonna sut (106,5%) mahsulotlari va  305,7 mln. dona tuxum (114,2%) ishlab chiqarildi.

Qoramolchilikni rivojlantirish bo’yicha jami 236 ta loyihada (reja 236 ta) 5049 bosh qoramol tashkil etildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 48,0 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari xisobidan 22,3 mlrd. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 962 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Parrandachilikni rivojlantirish bo’yicha belgilangan dasturlarga asosan 88 ta loyihada (reja 88 ta) 704 ming. bosh parranda boqish tashkil etildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 12,8 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 2,3 mlrd. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 481 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Baliqchilikni rivojlantirish bo’yicha viloyat bo’yicha jami 53 ta loyihalar to’liq amalga oshirilib, ularda jami 286 gektar er maydonlariga ko’llar tashkil etildi. Loyihalarni amalga oshirish  uchun jami 6,8 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 930 mln. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 260 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Asalarichilikni rivojlantirish bo’yicha 29 ta loyihalar to’liq amalga oshirilib, ularda 2667 dona asalari uyalari tashkil etildi. Asalari xo’jaliklarini tashkil etishga jami 1116 mln. so’m mablag’lar (shundan bank krediti 315 mln. so’m) sarflandi. Loyihalarni amalga oshirish hisobiga 62 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

2. Xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lidagi barcha to’siqlar va cheklashlarni bartaraf etish, ularga to’liq erkinlik berish.

Viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini har tomonlama qo’llab-quvvatlanishi, ularga qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berilayotganligi iqtisodiyotimizning yuksalishiga hamda aholi turmush darajasining yanada farovonlashishiga sabab bo’lib, 2015yil  yakuniy hisobotlariga ko’ra ularning yalpi hududiy mahsulot hajmidagi ulushi 
6
3,2 foizni tashkil etdi. Yoki o’tgan yilning (62,1%) shu davriga nisbatan
1,1 bandga oshdi.

Ro’yhatdan o’tgan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari soni 
23284
tanitashkil etdi.Hisobot davrida 2260ta yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi.Kichik biznes sub’ektlari hisobiga 92,8 ming ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Hisobot davrida tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida 811,5 mlrd. so’mlik (shundan, mikrokreditlar 309,1 mlrd. so’m) kredit mablag’lari ajratildi hamda topshiriq rejasi 132,3 foizga bajarildi.

Soha vakillari tomonidan 2214,9 mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Shundan tashqi bozorga 221,9 mln. dollar miqdoridagi mahsulotlar eksport qilindi.

5. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish.

Viloyatda 2015 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2014 yil 4 fevraldagi “2014-2016 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish to’g’risida”gi PQ-2120-sonli hamda 2015 yil 11 fevraldagi “2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to’g’risida” PQ-2298-sonli qarorlariga asosan jami 26 ta korxonalarda 38 ta  loyiha, shunda hududiy tasarrufdagi 15 ta sanoat korxonalarida 22 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Korxonalarda dastur asosida “GM-Uzbekistan” korxonasida ishlab chiqarilayotgan engil avtomobillar uchun ehtiyot qismlar, qandolat mahsulotlari kir yuvish vositalari, gaz tashish va tarqatishga mo’ljallangan yarim tirkamali tsisternalar, isitish batareyalari, yumshoq bolalar o’yinchoqlari, poliefir tola, krasitel, kabel sendvich-panel, elektr choynaklari, kimyoviy dori sepish apparatlari, quruq sut, ayollar sumkalari kabi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Dasturga kiritilgan hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan 
2015 yilning yanvar-dekabr oylarida 52,5 mlrd. so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz 124,0 %ga oshig’i bilan bajarildi. Shundan 
41,1 mlrd. so’mlik mahsulot sotilib, 279 ming.AQSh dollarilik mahsulot eksport qilindi. Natijada 14,6 mln. AQSh dollari miqdorida valyuta zahirasini tejashga erishildi. Bu korxonalarda 61 nafar yangi ishchi o’rni yaratildi.

Maxalliylashtirish dasturini amalga oshirilishini ta’minlash, respublika idoralararo Maxsus komissiyasining 2015 yil 17 dekabrdagi 
4-sonli yig’ilish bayoni bilan viloyatning 2 ta jumladan, Dang’ara tumanidagi “"Dangara mega cattle" MChJ”da simsiz elektr choynak va Qo’qon shahridagi “"Global Asia Standart" MChJ”da polilen himoya plyonkasi ishlab chiqarish loyihalariga imtiyozlar berildi. Bundan tashqari yig’ilish bayoning 
3-ilovasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 
11 fevraldagi PQ-2298-sonli qarori asosan mahalliylashtirish uchun taklif qilinayotgan 162 xil turdagi mahsulotlarni hamda umuman yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o’zlashtirish bo’yicha 8 ta korxonalarda 
11 ta loyihalar
 2016-2019-yillar uchun respublika mahalliylashtirish dasturiga kiritildi.

Dasturga yangi kiritilgan korxonalarda maktab o’quvchilari uchun sumkalar, bolalar velosipedi, o’tga chidamli g’isht, temir yo’l vogonlari uchun rezina extiyot qismlar, unitaz, chashagen, rokavina, ayollar gigienik vositasi, qo’yiltirilgan sut (moloko) va quruk sut kabi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

6. Rivojlangan infratuzilmani, birinchi navbatda axborot-kommunikatsiya tizimlarini yaratish, yo’l-transport va muhandislik-kommunikatsiya qurilishini rivojlantirish.

“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining2015 yil «Manziliy dastur»ga asosan 2015 yil yakunida Investitsiya Dasturini (PQ-2264) ijrosi  doirasida 147 ta ob’ektlarda 144,6 mlrd.so’mlik (100%) qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi. Jumladan, 80 ta ijtimoiy soxa ob’ektlari, 57 ta ichimlik suvi va 9 ta boshqa ob’ektlarda qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi. 

Jumladan, 22 ta, shundan 1 ta yangi maktab qurildi va 21 ta umumta’lim maktablari kapital rekonstruktsiya va mukammal ta’mirlandi.

 14 ta kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar,  11 ta sog’liqni saqlash ob’ektlari, 23 ta Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi ob’ektlarida qurilish-montaj ishlari yakunlandi.

57 ta ichimlik suv ob’ektlarida qurilish-montaj ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

Farg’ona shaharidagi "Muruvvat" bolalar uyiga 200 o’rinli yotoqxona qurilib, oshxona va mavjud binolar rekonstruktsiya qilindi.

So’x tumanida 2 ta (Sho’rbuloq va Sebeda sel yo’llari) soy qirg’oqlarini mustahkamlash ob’ektlari va 7 ta kommunal drenaj ob’ektlari qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari yakunlandi.

Farg’ona Davlat Universitetida 3 ta va Farg’ona Politexnika institutida 5 ta ob’ektlarni kapital rekonstruktsiya va mukammal ta’mirlash ishlari yakuniga etkazildi. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 martdagi “2015-2019 yillarda yo’l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish Dasturi to’g’risida”gi PQ-2313-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2015-2019 yillarda jami 290,6 mln.dollar (2015 yilda 32,2 mln.dollar) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirish belgilangan. Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida dastlabki ma’lumotlarga ko’ra 18,6 mln.dollar mablag’lar o’zlashtirilgan.

Mazkur qarorning 2-ilovasiga asosan “O’zbekenergo” mablag’lari hisobidan 65 ta transformatorlar va 156,1 km elektr ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish  belgilangan. O’tgan yil yakunida hududlarda elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida jami 11989,0 mln.so’m (reja 11604,79 mln.so’m) mablag’lar sarflanib, 66 dona transformatorlar (shundan 46 dona yangi, 20 donasi rekonstruktsiya) o’rnatilgan va 98,1 km elektr tarmoklari (shundan 44 km yangi qurish, 54,1 km rekonstruktsiya) tortilgan.

3-ilovasiga binoan joriy yilda "O’zbektelekom" AJ qoshida "O’zMobayl" milliy mobil aloqa operatori tomonidan 17 ta baza stantsiyasi o’rnatishga 2312 mln.so’m miqdorida investitsiyalar o’zlashtirish ko’zda tutilgan. Hisobot davrida 646,0 mln. so’m mablag’lar tayanch baza stantsiyalarini o’rnatishga jalb qilingan. Shuningdek, Farg’ona shahar 
244-ATS (Farg’ona tumani Chimyon shaharchasigacha bo’lgan oraliqda) shisha tolali optik kabellarni tortish ishlariga joriy yilda 888,5 mln.so’m miqdorida investitsiyalar o’zlashtirish ko’zda tutilgan. Hozirda Farg’ona shahar 244-ATS va Farg’ona tumani Chimyon ATS oralig’iga tortilishi rejalashtirilgan 30 km shisha tolali aloqa liniyalari qurishiga 
800,0 mln.so’m mablag’ o’zlashtirilgan.

4-ilovasiga binoan 141 km “Qo’qon-Marg’ilon-Andijon” temir yo’l hududini elektrlashtirish ishlariga jami 210,0 mln.dollar mablag’lar o’zlashtirish ko’zda tutilgan bo’lib, belgilangan ishlar 2018 yildan amalga oshirish ko’zda tutilgan. (Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 
17 sentyabrdagi 269-sonli qaroriga asosan
 mazkur ob’ektda 2016 yildan boshlanishi belgilangan).

5-ilovasiga binoan xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo’llaridagi 3 ta ob’ektlarda 15,5 mlrd. so’mlik rekonstruktsiya ishlari bajarilib, 5 km qismi foydalanishga topshirildi. Jumladan:

- A-373 "Toshkent-O’sh" avtomobil yo’lining 208-274 km qismini aylanib o’tishda 0-15 km qismini rekonstruktsiya qilishga 1190,8 mln.so’mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

- 4R-144 “Farg’ona-Xamzaobod” 0-3,6 km qismini rekonstruktsiya qilishga 8 mlrd.so’m mabalag’lar o’zlashtirish belgilangan bo’lib, yil yakunida yo’l mintaqasigaga tushgan 15 dona noturar va turar joy binolari xozirgi kunga qadar buzulmaganligi natijasida 7,3 mlrd. so’m mablag’lar o’zlashtirilib, 3 km yo’l foydalanishga topshirilgan. Yo’lning 0-1 qismida 6 polasadan 4 palasaga o’zgartirish bo’yicha ruxsat  olinib, ishlar boshlangan.

- 4R-17e “Qo’qon shahar aylanma yo’li” 4-9 km qismini (5 km) rekonstruktsiya qilishga 7 mlrd.so’mlik ishlar amalga oshirilib, 2 km qismi foydalanishga topshirilgan.

5a va 5b ilovalariga binoan mahalliy byudjet mablag’i hisobidan 2015 yilda 8206,7 mln.so’mga 69,1 km umum foydalanuvdagi xo’jaliklararo avtomobil yo’llarini kapital va joriy ta’mirlash hamda 43,5 km shaxar ko’chalari, qishloq aholi punktlari, tuman markazlari va shaxar tipidagi posyolkalarni ko’chalarini kapital ta’mirlash rejalashtirilgan. Hisobot davrida belgilangan ishlar to’liq amalga oshirilgan.

6 ilovasiga binoan markazlashtirilgan mablag’lar hisobidan joriy yilda 57 ta ichimlik suvi ob’ektlarida (39 ta aholi yashash punktlari va 18 ta namunaviy massivlarni) 32 ta yangi quduq qazish, 54 ta yangi suv nasosi o’rnatish, 54,6 km. ichimlik suvi tarmoqlari tortish rejalashtirilib, hisobot davriga pudrat tashkilotlari tomonidan 10,3 mlrd. so’mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilib, barcha ob’ektlar foydalanishga topshirilgan.

7. Aholi bandligini ta’minlash, eng avvalo, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014 yil 13 oktyabrdagi “2015    yilda ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi to’g’risida”gi qarori bilan tasdiqlangan dasturga ko’ra viloyatimizda 2015 yilda jami 92823 ta ish o’rinlari tashkil etilishi belgilangan.

Dastur ijrosini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida 2015 yilda  92931 ta yangi ish o’rinlarini tashkil etildi (100,1%).

Jumladan, sanoatda 9004 ta, xizmat ko’rsatish sohasida 3482 ta, qishloq xo’jaligida 1260 ta, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash hisobiga   4178 ta, tijorat banklari tomonidan kreditlar hisobiga 28912 ta, yakka tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 8555 ta, uy mehnatini barcha shakllarini tashkil etish hisobiga 26485 ta, dehqon va fermer xo’jaliklarini rivojlantirish hisobiga 11055 ta ish o’rinlari yaratildi.

Yanvar-dekabr oylarida bandlikka ko’maklashish markazlarimizda  41042 nafar (shundan ayollar 19623 nafar) ish izlovchi fuqarolar ro’yxatga olinib, ularning 40227 nafari (19192 nafar) ishga joylashtirildi,  1498 nafariga (950 nafar) ishsizlik maqomi berildi, 702 nafar (286 nafar) fuqarolar jamoat ishlariga jalb qilindi. Ro’yxatga olingan ishsizlardan  650 nafari turli kasblarga qayta o’qishga yuborildi, 146 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.

2015 yilda 133 marotaba bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkalari o’tkazilib, ularda 7222 ta korxona va tashkilotlar 43967 ta bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etdi. Shu hisobiga 4652 nafar ish izlovchi fuqarolar ishga joylashtirildi.

Viloyatda ijtimoiy ximoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo’lmagan shaxslar uchun 
2015 yilga 2032 ta korxona va tashkilotlarda 16572 ta ish o’rinlari band qilingan bo’lib, ularning 7187 tasi nogironlar uchun, 871 nafari jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan fuqarolar uchun belgilangan. 2015 yilning yanvar-dekabr oylarida 12974 nafar fuqarolar zahira qilingan ish o’rinlariga ishga joylashtirildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 47.9 mingta yangi ish o’rinlari yaratilib, sohaning umumiy bandlikdagi ulushi  79.1 foizni tashkil qildi. Ko’rilgan choralar natijasida, viloyatda ishsizlik darajasi o’tgan yilning mos davrida 5,4 foiz, 2015 yilda 5,5 foizni tashkil etdi.

2015-2016 o’quv yilida 144 ta kasb-hunar kollejlarini 7 ta soha yo’nalishlari bo’yicha jami 57705 nafar bitiruvchilar (shundan 28252 nafari qizlar) tamomlamoqda.

Jumladan, ta’lim sohasida 4691 nafar, gumanitar fanlar va san’at sohasida 392 nafar, ijtimoiy fanlar (biznes va huquq) sohasida   10206 nafar, muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari sohasida 26971 nafar, suv va qishloq xo’jaligi sohasida 7572 nafar, sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot sohasida 5964 nafar, xizmatlar sohasida 1909 nafar bitiruvchilar hisoblanadi.