Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< SENTYABR 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 112 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg‘ona viloyatida 2016 yil yanvar-iyun oylari davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy islohotlarning borishi to‘g‘risida ma’lumot

 2017-06-19 18:05:48    505

PDF yuklash
Chop etish


 

Viloyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 15 yanvarda bo‘lib o‘tgan mamlakatimiz Hukumati majlisida belgilab berilgan 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirilishi joriy yilning yanvar-mart oylarida viloyat asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining ijobiy o‘sish sur’atlarini saqlash hamda iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini izchil rivojlantirishda mustahkam asos bo‘ldi.

I. Makroiqtisodiy o‘zgarishlar

1. Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar. Hisobot davrida deyarli barcha sohada yuqori o‘sish sur’atlariga erishildi, jumladan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish (prognoz 108,6% - amalda 110,5%), hududiy sanoat (prognoz 123,0% - amalda 125,4%), halq iste’moli mollari (prognoz 113,1% - amalda 116,2%), yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (prognoz 106,2% - amalda 106,3%), qurilish ishlari (prognoz 112,2% - amalda 119,7%), jami xizmatlar (prognoz 113,4% - amalda 114,2 %) pullik xizmatlar (prognoz 111,5 % - amalda 112,8%)  hajmlari sezilarli o‘sdi.

SHundan kelib chiqib, viloyat yalpi hududiy mahsulot hajmi
6305,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,4 foizni tashkil etmoqda.

Xisobot davrida YAHM hajmida xizmatlar sohasining ulushi 53,5 foizga (2015 yil 1-yarim yillikda 53,5 %) hamda kichik biznes va tadbirkorlik ulushi 52,6 foizga (2015 yil 1-yarim yillikda 52,3%) teng bo‘ldi.

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot 1792,6 ming so‘mdan (2015 yil 1-yarim yillikda 1567,5 ming so‘m) to‘g‘ri keldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra tashqi savdo aylanmasi
606,9 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shundan 260,1 mln. AQSH dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilishi kutilmoqda.

2. Moliyaviy holat.

Byudjet-soliq siyosati. Viloyat mahalliy byudjeti daromadlar prognoz ko‘rsatkichi 832,3  mlrd. so‘m bo‘lib, haqiqatda 838,2 mlrd. so‘mga bajarilishiga (100,7%) erishildi. 

Mahalliy byudjetning aniqlangan harajatlar rejasi esa 
1091,4 mlrd. so‘m belgilanib, amalda 1006,0 mlrd. so‘mga 
(92,2%) bajarildi.

Soliq va to‘lovlar tushumi. Viloyatda soliq va to‘lovlar tushumi 2016 yil yanvar-iyun oylari prognozi 833,5 mlrd. so‘m bo‘lib, xaqiqatda 835,7 mlrd. so‘mga (100,3 %) bajarildi hamda rejaga nisbatan 2,2 mlrd. so‘mdan ko‘proq mablag‘ byudjetga jalb etildi.

Debitor va kreditor qarzdorliklar.

2016 yil 1-yarim yilligida debitorlik qarzdorliklar yil boshiga nisbatan 110,9 foizga ortib 3578,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Bunga debitorlik qazdorliklarni yil boshiga nisbatan Bog‘dod tumanida 110,0 foizga,Toshloq tumanida 165,4 foizga,So‘x tumanida 114,4 foizga,Farg‘ona tumanida 140,5 foizga,Furqat tumanida 
121,9 foizga, YOzyovon tumanida 149,7 foizga,Beshariq tumanida 
127,0 foizgaQo‘qon shahrida 108,7 foizga,Farg‘ona shaxrida 
113,1 foizga, Rishton tumanida 232,8 foizga ortganligi sabab bo‘lmoqda.

Muddati o‘tgan debitorlik qarzdorliklar yil boshiga davriga nisbatan Quvasoy shahrida 32,1 foizni tashkil etgan.

Kreditor qarzdorliklar yil boshiga nisbatan 109,0 foizga ortib 4835,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi. 

Yil boshiga nisbatan kreditorlik qazdorliklari Beshariq tumanida 110,4 foizga, Rishton tumanida 114,5 foizga, So‘x tumanida 110,0 foizga, Farg‘ona tumanida 173,2 foizga, YOzyovon tumanida 
133,8 foizga, Toshloq tumanida 129,6 foizga, Furqat  tumanida 
116,9 foizga,  Farg‘ona shahrida 112,9 foizga ortishiga  yo‘l qo‘yilgan.

Muddati o‘tgan kreditor qarzdorliklar yil boshiga nisbatan Quvasoy shaxrida 87,2 foizni, Farg‘ona shahrida 94,7 foizni tashkil etgan.

“Indorama Kokand tekstil” QKda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.01.2014 yildagi 2114-qaroriga asosan sobiq “Qurilish tugallanmagan “Qo‘qon tekstil kombinati” DKning mulkiy majmuasi bazasida zamonaviy tekstil sanoatini yo‘lga qo‘yish” loyihasini ishga tushirish uchun investitsiya jarayoni davom etayotganligi sababli o‘z faoliyatini 1,8 mlrd so‘m zarar bilan yakunlagan.

Iqtisodiyotga yo‘naltirilgan kredit qo‘yilmalari. Viloyatda 79 ta tijorat banklari, 95 ta mini banklar, 139 ta maxsus kassalari va 5 ta mikrokredit tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

2016 yilda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra viloyat tijorat banklarining barcha moliyalashtirish manbalaridan jami 574,1 mlrd. so‘m, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 133,4 mlrd. so‘m (130,3 %) ortiq(373,4 mlrd.so‘mi uzoq muddatli) kredit mablag‘lari ajratildi.

II. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlarini rivojlanishi

1. Investitsiya siyosati. 2016 yil yanvar-iyun oyida viloyatda barcha manbaalar hisobidan 1226,5 mlrd. so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Jumladan, byudjet mablag‘lari hisobidan 
112,8 mlrd. so‘m, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari
 88,6 mlrd.so‘m, korxonalar o‘z mablag‘lari hisobidan 243,5 mlrd. so‘m, aholi mablag‘lari hisobidan (yakka tartib uy-joy qurilishi, ichimlik suv va tabiiy gaz tarmoqlarini qurilishi va boshqalar) 337,9 mlrd. so‘m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 185,6 mlrd. so‘m hamdachet el investitsiyasi va kreditlari hisobidan 82,9  mln.dollarni tashkil etdi.

Jami o‘zlashtirilgan mablag‘larning 52,7 foizi ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 
25 dekabrdagi PQ-2458-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 
2016 yil Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi qarorga asosan viloyat bo‘yicha 
11 ta yirik korxonalarga jami 148,4 mlrd. so‘m, shundan korxona o‘z mablag‘lari hisobidan 21,0 mlrd.so‘m, tijorat bank kreditlari hisobidan 8,8 mlrd.so‘m va 41,1 mln.dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri horijiy investitsiyalar o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, loyihalarning ishga tushirilishi natijasida 226 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

SHundan, joriy yilning 1 iyul kuniga qadar 
138,6 mlrd.so‘m (shundan 114,4 mlrd.so‘m jihozlarni sotib olishga, 
30 mlrd.so‘m qurilish montaj ishlariga va 24,2 mlrd.so‘m boshqa xarajatlarga
miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Hududiy investitsiya dasturiga asosan 2016 yilga hududiy investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi qarorga asosan viloyat bo‘yicha               133 ta loyihalar kiritilgan bo‘lib jami 242,5 mlrd. so‘m miqdorida (shundan 82,7 mlrd. so‘m o‘z mablag‘i,156,4 mlrd. so‘m bank krediti va 3,4 mlrd. so‘m xorijiy) investitsiyalar o‘zlashtirilishi va 4842 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

SHundan, joriy yilning 1 iyul kuniga qadar 75,6 mlrd. so‘m (shundan 29,1 mlrd.so‘m jihozlarni sotib olishga, 
25,9 mlrd.so‘m qurilish montaj ishlariga va 20,6 mlrd.so‘m boshqa xarajatlarga
miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Natijada 44 ta loyihalar foydalanishga topshirilib, 928 nafar ish o‘rinlari yaratildi.

Xususan:

  1. YOzyovon tumanidagi "Fayzli Alimardon" xususiy korxonasida oxak ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi tuman ishchi komissiyasini 29.03.2016 yil 4-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan;
  2. O‘zbekiston tumanidagi "Ilyosxon SHoxistaxon" MCHJda pishgan g‘isht ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi tuman ishchi komissiyasining 25.03.2016 yil 2-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan;
  3. Farg‘ona shahridagi "Farg‘ona ko‘prik xo‘jaligini saqlashga ixtisoslashtirilgan ta’mirlash foydalanish" korxonasida asfalt ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi shahar ishchi komissiyasining                  18.03.2016 yil 1-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan;
  4. "All Metall Gold" MCHJda qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 18.06.2016 yil 14-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan;
  5. YATT "Babaev Xayrullo" tomonidan mebel ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 23.03.2016 yil 
    4-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan.
  6. Quvasoy shaxridagi "Fergana keramiks industri" MCHJda pishgan g‘isht ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 5.02.2016 yil 7-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirildi;
  7. "Fergana Cement" MCHJ shaklidagi qo‘shma korxonada sement ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 12.02.2016 yil 10-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirildi;
  8. Dang‘ara tumanidagi "Dang‘ara mega ketl" MCHJda elektr choynaklar va plitalar ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi tuman ishchi komissiyasining 2016 yil 15 apreldagi №2-sonli dalolatnomasiga asosan foydalanishga topshirildi;
  9. "Doniyorjon taraqqiyoti" MCHJda tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi tuman  ishchi komissiyasining 2016 yil 2 fevraldagi №1-sonli dalolatnomasiga asosan foydalanishga topshirildi.
  10. "Europrint Kokand" MCHJda karopka mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi tuman  ishchi komissiyasining 2016 yil 29 iyundagi 21-sonli dalolatnomasiga asosan foydalanishga topshirildi.

Ijtimoiy soha ob’ektlari qurilishi.“YAgona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining2016 yil «Manziliy dastur»ga asosan  2016 yil bo‘yicha Investitsiya Dasturiga (PQ-2458) asosan joriy yilda 167 ta (141,3 mlrd.so‘m) ijtimoiy soha va boshqa ob’ektlarda qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.

Xisobot davriga 167 ta ob’ektlarda pudrat tashkilotlari tomonidan 108,8 mlrd.so‘mlik (83%) qurilish-montaj ishlari amalga oshirilib,  88,7 mlrd. so‘m (68%) moliyalashtirilgan.

jumladan, 24 ta umumta’lim maktablarida 
1.3 mlrd.so‘mlik (88%) 
qurilish-montaj ishlari bajarilib,
 17,7 mlrd.so‘m, (73%) moliyalashtirildi. 11 ta kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda 9,4 mlrd. so‘mlik (93%) qurilish-montaj ishlari bajarildi.(moliyalashtirish  8,2  mlrd.so‘m, 82%)

15 ta sog‘liqni saqlash ob’ektlarida 33,1 mlrd.so‘mlik (81%) qurilish-montaj ishlari bajarildi. (moliyalashtirish  26,3 mlrd.so‘m 64%).

28 ta bolalar sporti ob’ektlarida 19,3 mlrd.so‘mlik
 (77%)
 qurilish-montaj ishlari bajarildi.(moliyalashtirish 
16,0 mlrd.so‘m 64%).

68 ta (46 ta aholi yashash punktlari va 22 ta namunaviy massivlarni) ichimlik suvi ob’ektlarida 6,5 mlrd.so‘mlik
 (96%)
 qurilish-montaj ishlari bajarildi. (moliyalashtirish 2,4 mlrd.so‘m 35%).

Boshqa ob’ektlar (12 ta) bo‘yicha.

Farg‘ona shahridagi "Saxovat“ keksalar va nogironlar uchun internat uyini rekonstruksiya qilish ob’ektida 
1013,3 mln.so‘mlik (78%)qurilish-montaj ishlari bajarildi.(moliyalashtirish 790,5 mln.so‘m 78%).

So‘x tumanida 2 ta soy qirg‘oqlarini mustahkamlash va boshqa himoya qilinadigan ob’ektlari qurish bo‘yicha 778,7 mln. so‘mlik
 (63%) qurilish-montaj ishlari bajarildi.(moliyalashtirish 
691,8  mln.so‘m, 89% )

8 ta kommunal drenaj ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha 910 mln.so‘mlik (100%) qurilish-montaj ishlari bajarildi. (moliyalashtirish 752,6 mln.so‘m 83%)

Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha.

Joriy yilda Farg‘ona Davlat Universitetida 6 ta vaFarg‘ona Politexnika institutida 3 ta ob’ektlarni kapital rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan. Bugungi kunda ushbu ob’ektlarda 16,5 mlrd.so‘mlik (73%) qurilish-montaj ishlari bajarildi. Ob’ektlarga jami 15,8 mlrd.so‘m (79%) mablag‘lar moliyalashtirilgan.

Qurilish materiallari. Joriy yil manzilli dasturga  25 ta loyihalar, shundan yangi tashkil etish hisobiga 11 ta, modernizatsiya qilish hisobiga 14 tani tashkil qiladi. Ushbu loyihalarga jami 10082,1 ming dollar (5139,3 ming dollar o‘z mablag‘i, 4942,8 ming dollar tijorat bank krediti xisobidan) mablag‘ sarflanishi va 
780 nafar ishchi o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Hisobot davrida 6052,4 ming dollar (loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari hisobidan 4811,3 ming dollar hamda tijorat bank kreditlari hisobidan 1241,1 ming dollar miqdorida investitsiya) mablag‘lari o‘zlashtirilib, yilga nisbatan yilik reja 60 foizga bajarildi. Xozirgi kunda 12 ta loyixalar foydalanishga topshirilib, 378 nafar ish o‘rinlari yaratildi.

Jumladan:

  1. YOzyovon tumanidagi "Fayzli Alimardon" xususiy korxonasida oxak ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi tuman ishchi komissiyasini 29.03.2016 yil 4-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan;
  2. Bog‘dod tumanidagi "BOG'DJD BARAKA FAYZ" MCHJda pishgan g‘isht ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi tuman ishchi komissiyasini 7.05.2016 yil 16-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan;
  3. Farg‘ona shaxridagi "Friends Forever" MCHJda quruq qurilish qorishmalarini (shpaklyovka) ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 22.03.2016 yil 2-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan;
  4. Farg‘ona shaxridagi "All Metall Gold" MCHJda qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 22.03.2016 yil 14-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan;
  5. Quvasoy shaxridagi "Fergana keramiks industri" MCHJda pishgan g‘isht ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 5.02.2016 yil 7-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirildi;
  6. Quvasoy shaxridagi "Fergana Cement" MCHJ shaklidagi qo‘shma korxonada sement ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 12.02.2016 yil 10-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirildi;
  7. Qo‘qon shahridagi “Kokand gold fturi" MCHJda asfalt ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 25.04.2016 yil 11-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirildi;
  8. Toshloq tumanidagi “Vodiy sabox" MCHJda pishgan g‘isht ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish loyihasi tuman ishchi komissiyasining 2.05.2016 yil 11-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirildi;
  9.  O‘zbekiston tumanidagi “Turon eko sement group" MCHJda sement ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish loyihasi tuman ishchi komissiyasining 26.03.2016 yil 13-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirildi;
  10. Qo‘shtepa tumanidagi “Fayzli kabel ta’mir" hususiy korxonasida kabel ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish loyihasi tuman ishchi komissiyasining 26.04.2016 yil 19-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan.

Pudrat ishlari. 2016 yil yanvar-iyun yakuniga ko‘ra bajarilgan pudrat ishlari hajmi 950,2mlrd. so‘mdan iborat bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 119,7 foizni tashkil etdi.

Yo‘l transport infratuzilmasi bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabr kungi “2016 yil Investitsiya Dasturi to‘g‘risida”gi PQ – 2458 qarorga asosan Farg‘ona viloyatidagi xalqaro va davlat ahamiyatidagi 2 ta avtomobil yo‘llarida qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 21.0 mlrd.so‘m limit mablag‘lari ajratilgan bo‘lib, 2016 yil uchun 24.352 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar-iyun oylarida (reja – 5450.0 mln.so‘m) amalda 
5642,9 mln.so‘mlik (104%) ishlar amalga oshirildi, jumladan:

       1. 4R-144 "Farg‘ona sh- Xamzaobod q." avtomobil yo‘lining 
0-3,6 km qismini  qayta qurish ob’ekti.

Dasturga asosan 2016 yil uchun 6.0 mlrd.so‘m limit mablag‘lari ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 9.372 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar – iyun oylarida (reja – 1800 mln.so‘m) 1963.1 mln.so‘mlik (109%) qurilish – montaj ishlari bajarildi (pudratchi – Farg‘ona TYXPTFK);

       2. 4R-17e “A-373 a/yo‘lidan Ko‘qon shaxar aylanma yo‘liga” avtomobil yo‘lining 4-9 km qismini rekonstruksiya qilish ob’ekti.

Dasturga asosan 2016 yil uchun 15.0 mlrd.so‘m limit mablag‘lari ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, 15.04 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar – iyun oylarida (reja – 3650 mln.so‘m) 3679,8 mln.so‘mlik (101%) ishlar bajarildi  (pudratchi SHarqiy XDAAYSITFK).

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 
27 aprel kungi “2016 yilda xalqaro va davlat axamiyatidagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini to‘la ta’mirlash dasturi to‘g‘risida”gi VM-126 sonli qaroriga asosan umumfoydalanuvdagi xalqaro va davlat axamiyatidagi avtomobil yo‘llarini to‘la ta’mirlash bo‘yicha Farg‘ona viloyatida 10 ta 
2015 yildan o‘tuvchi ob’ektlar bo‘lib, bugungi kunda 9 ta ob’ektda 2016 yil uchun qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar-iyun oylari rejasi 5078,3 mln.so‘m bo‘lib, amalda 6743,1 mln.so‘mlik (133%) ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

1. 4R-112 “Farg‘ona xalqa yo‘li”ning 223-227 km qismini to‘la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 2.0 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar – iyun oylarida (reja – 2010 mln.so‘m) 2837.1 mln.so‘mlik (141%) ishlar bajarildi (pudratchi- Farg‘ona KXSITFK);

          2.      4R-145 “Farg‘ona aylanma yo‘li”

2.1. 4R-145 “Farg‘ona aylanma yo‘li”ning 0-9.4 km qismini to‘la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 1.0 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar – iyun oylarida (reja – 300 mln.so‘m) 442.0 mln.so‘mlik (147%) ishlar bajarildi (pudratchi Farg‘ona KXSITFK);

2.2. 4R-145 “Farg‘ona aylanma yo‘li”ning 12.6-15 km qismini to‘la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 1.19 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar – iyun oylarida (reja – 100.0 mln.so‘m) 105.2 mln.so‘mlik (105%) ishlar bajarildi (pudratchi - Farg‘ona TYXPTFK);

3. A-373b “Qo‘qon shaxriga kirish yo‘li”ning 28-32 km qismlarini to‘la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 1.0 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar – iyun oylarida (reja – 470 mln.so‘m) 805,7 mln.so‘mlik (171%) ishlar bajarildi (pudratchi SHarqiy XDAAYSITFK);

4. Farg‘ona TYXPTFK ABZ sini to‘la ta’mirlash ob’ekti. 
2016 yil uchun 1.511 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar – iyun oylarida (reja – 370 mln.so‘m) 393.5 mln.so‘mlik (106%) ishlar bajarildi (pudratchi – Farg‘ona TYXPTFK);

5. 4R-153 “Qo‘qon shaxri Mingtut-Aeroport-Sariqo‘rg‘on” yo‘lini
 0-3 km qismini to‘la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 
1.0 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar – iyun oylarida (reja – 470 mln.so‘m) 482,5 mln.so‘mlik (103%) ishlar bajarildi (pudratchi - SHarqiy XDAAYSITFK);

6. 4R-148a "Furkat temir yul stansiyasiga shaxobcha" avtomobil yo‘lining 21-23.6 km qismini to‘la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 
3.0 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar – iyun oylarida (reja – 1000 mln.so‘m) 1316,5 mln.so‘mlik (132%) ishlar bajarildi (pudratchi – Bog‘dod TYXPTFK);

7. 4R-112 “Farg‘ona xalqa yo‘li”ning  281 km dagi yo‘l o‘tkazgichni to‘la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 502.0 mln.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar – iyun oylarida (reja – 108.3 mln.so‘m) 108,3 mln.so‘mlik (100%) ishlar bajarilgan. Ob’ektda ishlar yakunlangan. Rejadan qolgan mablag‘ iqtisod qilingan. (pudratchi - Farg‘ona KXSITFK).

8. Bog‘dod tumani yo‘l korxonasi asfalt-beton zavodini to‘la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 1.922 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha kelishuvlar tuzildi. YAnvar – iyun oylarida (reja – 485,0 mln.so‘m) 486,0 mln.so‘mlik (100%) ishlar bajarildi (pudratchi – Bog‘dod TYXPTFK).

9. A-373 “Toshkent sh- Ko‘qon sh-Andijon sh” yo‘nalishining Qo‘qon shaxri Navoiy ko‘chasini 241-242-km qismini to‘la ta’mirlash ob’ekti (pudratchi-O‘zbekiston TYXPTFK) Qoldiq ish xajmlari inventarizatsiya qilingan, lekin RYJ tomonidan qayta xisoblashga ruxsat berilmaganligi uchun qo‘shimcha kelishuv tuzilmagan.

Kommunikatsiya infratuzilmasi bo‘yicha:

Muxtaram Prezidentimizning 2014 yil 18 iyuldagi PQ-2214-sonli «Osiyo Taraqqiyot Banki ishtirokida Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari okava suv tizimlarini rekonstruksiya qilish loyixasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasidaloyiha bo‘yicha xukumat tomonidan kafolatlangan xorijiy kredit hisobidan qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

(Loyiha muddati 2015-2018 yillar).

Bajarilayotgan ishlar: “Farg‘ona va Marg‘ilon shahri oqava suv tarmoqlari va nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish” Loyihasi bo‘yicha.

 Farg‘ona sh. "Suvoqava” ICH DUK bosh binosida qurilish montaj ishlari olib borilmoqda. Xozirda binoning tom qismi va
 1, 2, 3, 4, 5-qavatlarida rekonstruksiya ishlari nixoyasiga etib bormoqda. Isitish va ventilyasiya tizimlarini urnatish buyicha ishlar nixoyasiga etdi.

Marg‘ilon sh. "Suvoqava" ICH DUK bosh binosida qurilish montaj ishlari olib borilmoqda. Xozirda binoning tom qismi rekonstruksiya ishlari yakunlandi. Eshik va oyna romlari o‘rnatildi. Ichki pardozlash  va elektromontaj, isitish va ventilyasiya tizimi ishlari olib borilmoqda.

KNS "Toshloq" binosidaqurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Xozirda binoning tom qismi rekonstruksiya qilish ishlari tugatildi. Ichki va tashqi pardozlash ishlari olib borilmoqda. Nasos agregatlarini urnatish buyicha ishlar olib borilmoqda.

KNS "Atlas" binosida qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Xozirda binoning tom qismi rekonstruksiya ishlari, pardozlash ishlari va boshqa qurilish ishlari nixoyasiga etgan. Nasos agregatlarini urnatish buyicha ishlar olib borilmoqda.

KNS "Vodstroy" binosida qurilish-montaj ishlari nixoyasiga etib bormoqda. Xozirda binoning tom qismi rekonstruksiya ishlari, pardozlash ishlari va boshqa qurilish ishlari nixoyasiga etgan. Nasos agregatlarini urnatish buyicha ishlar olib borilmoqda.

Farg‘ona shahri oqava suv tarmoqlari bo‘yicha Nurmatov 
(D-315mm PE truba, 853 metr, 17 quduq) va Z.Ergashev (D-500mm, 
837 metr,12 quduq) ko‘chalarining oqava suv tarmog‘lari to‘liq yangilandi va foydalanishga tayyor xolatiga keltirildi. "Quvasoy" kuchasida (D-315 mm PE truba,1324 metr, 28 quduq) 1017 metr masofaga  PE truba etqizildi va 20ta temir-beton quduqlari o‘rnatildi. "Kasirskiy" kuchasida (D-315 mm PE truba, 1253 metr, 29ta quduq) 1253 metr masofaga PE truba etqizildi va 29 quduq urnatildi. "M.Qosimov" kuchasida (D-400-500 mm PE truba, 
3303 metr, 67 quduq) D-500mm PE truba 843 metr masofaga etqizildi, D-400mm PE truba 1402 metr masofaga etqizildi va 40 dona temir-beton quduqlar urnatildi. "Tadbirkorlar" kuchasida (D-315mm, 
1474 metr, 30 quduq)915 metrmasofagaPE truba etqizildiva 18 ta quduq urnatildi. "Bozorboshi" kuchasida (D-315mm PE truba, 
531 metr, 12ta quduq) 531 metr masofaga PE truba etqizildi va 
12 dona temir-beton quduqlar urnatildi.  SHakar kishlok MFY (D-315mm PE truba 2650 metr, 57 quduq) buyicha 2650 metr masofaga PE truba etqizildi va 57ta temir-beton quduqlari o‘rnatildi. S.Temur (VAI) va YOshlik kuchalarida (D-315mm PE truba 903 metr, 12 quduq) buyicha 903 metr masofaga PE truba etqizildi va 12ta temir-beton quduqlari o‘rnatildi.

Marg‘ilon shahri oqava suv tarmoqlari bo‘yicha Arabguzar kuchasida (D-315mm, 846 metr, 17 quduq) oqava suv tarmog‘lari to‘liq yangilandi va foydalanishga tayyor xolatiga keltirildi. Xozirda B.Marg‘iloniy kuchasida (D-315mm, 1097 metr, 24 quduq) oqava suv tarmog‘i uchun PE truba etqizish boyicha qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Aloqa tizimini yaxshilash maqsadida "O‘zbektelekom" AJ qoshida"O‘zMobayl" milliy mobil aloqa operatori tomonidan 181 ta baza  o‘rnatish ko‘zda tutilgan. SHuningdek, 132,36 km shisha tolali aloqa liniyalarni (4 ta shahar va 14 ta tumanlarda) qurishilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunga qadar viloyat bo‘yicha 52.03 km masofada optik tolali aloqa kabeli yotqizish ishlari yakunlandi. Jumladan, tuman hokimiyatlari binolariga jami 7.35 km (Buvayda tuman hokimiyati – 0.4 km, Dang‘ara tuman hokimiyati – 0.15 km, YOzyovon tuman hokimiyati – 1.2 km, Oltiariq tuman hokimiyati – 0.7 km, Qo‘shtepa tuman hokimiyati – 1.4 km, Furqat tuman xokimiyati – 2.5 km va Farg‘ona tuman hokimiyatiga – 1 km). Viloyat Statistika boshqarmasi va bo‘limlariga jami 0.9 km (viloyat boshqarmasiga – 0.5 km, Farg‘ona shahar – 0.1 km, YOzyovon – 0.1 km, Qo‘shtepa – 0.1 km va Farg‘ona tumani – 0.1 km) shahar va tuman paxta tozalash zavodlariga jami 26.38 km (Qo‘qon – 1.8 km, Beshariq – 0.48 km, Bog‘dod – 10.5 km, Rishton – 8 km, Quva – 4.5 km va O‘zbekiston tumani – 1.1 km). “Hamkorbank” shahar bo‘limlariga jami 7.7 km (Farg‘ona sh – 4.5 km, Qo‘qon sh – 0.4 km, Marg‘ilon sh – 1.5 km va Quvasoy sh – 1.3 km).  “Qishloqho‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatiga jami 0.3 km. FarDU qoshidagi 3-sonli akademik litseyga 0.5 km masofada optik tolali aloqa kabellari yotqizildi.

Viloyatda 4 ta shahar va 14 ta tumanlarda jami 43 ta baza stansiyalar o‘rnatildi va ishga tushirildi. Jumladan, Farg‘ona shahar – 9 ta, Marg‘ilon shahar – 3 ta, Quvasoy shahar – 2 ta, Qo‘qon shahar – 2 ta, Farg‘ona tumani – 2 ta, Oltiariq tumani – 1 ta, YOzyovon tumani – 2 ta, Quva tumani – 1 ta, Rishton tumani – 1 ta, Toshloq tumani – 2 ta, Qo‘shtepa tumani – 1 ta, Dang‘ara tumani – 2 ta, Uchko‘prik tumani – 1 ta, O‘zbekiston tumani – 2 ta, Bog‘dod tumani – 2 ta, Furqat tumani – 1 ta, Buvayda tumani – 1 ta, Beshariq tumani – 2 ta, So‘x tumani – 2 ta.

181 dona qurilishi ko‘zda tutilgan baza stansiyalardan
 95 donasi birinchi navbatda loyihalashtirilish ustida ish olib borilmoqda va bular quyidagicha shahar va tumanlar doirasida amalga oshirilmoqda. Farg‘ona (8 ta), Oltiariq (1 ta), Quva (5 ta), YOzyovon (1 ta), Rishton (3 ta), Toshloq (2 ta), Qushtepa (5 ta), Dang‘ara (3 ta), Uchko‘prik (4 ta), O‘zbekiston (6 ta), Bog‘dod (6 ta), Furqat (6 ta), Buvayda (4 ta), Beshariq (7 ta) tumanlarida hamda Farg‘ona (16 ta), Marg‘ilon (8 ta), Quvasoy (2 ta), Quqon (8 ta).

Qolgan  43 ta o‘rnatish bo‘yicha Respublika “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

95 ta baza stansiyalarini ishlashi uchun hamda kommutatsion markaz bilan bog‘lanishini ta’minlash uchun “Farg‘onatelekom” AJ tomonidan 340,47 km optik tolali aloqa liniyalarni (4 ta shahar va 13 ta tumanlarda) yotqizib berish rejalari ishlab chiqildi. Jumladan, Farg‘ona (17,2 km), Qo‘qon (5,6 km), Marg‘ilon (19,9 km), Quvasoy (18,82 km) shaharlarida hamda Farg‘ona (37,2 km), Quva 
(13,5 km), Toshloq (17,6 km), Qo‘shtepa (11,1 km), YOzyovon (3,25 km), Beshariq (69,8 km), O‘zbekiston(17,3 km) Dang‘ara (15,3 km), Furqat 
(25,9 km), Rishton (12,3 km), Bog‘dod (18,9 km), Buvayda (16,7 km) va Uchko‘prik (20,1 km). Hozirigi kunda loyiha-oldi smeta xujjatlari tayyorlanmoqda.

Qishloq massivlarida  namunaviy uy, muxandislik  tarmoqlari va  infratuzilma ob’ektlari qurilishini borishi to‘g‘risida (PQ-2483).

Viloyatda 2016 yil Dasturi (PQ-2483) doirasida namunaviy 
uy-joy qurish ishlariga pudrat tashkilotlariga (reja 184 mlrd.so‘m) 114,7 mlrd.so‘m (62%) mablag‘lar moliyalashtirilib, 108,9 mlrd. so‘mlik (59%) qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Natijada, 1095 ta uylarda er ishlari va poydevor qurish, g‘isht terish ishlari, 1088 ta uylarda  plita yopish ishlari, 968 ta uylarda tom yopish ishlari, 639 ta uylarda eshik va deraza o‘rnatish ishlari, 906 ta uyda elektr ishlari, 586 ta uylarda pol ishlari, 842 ta uylarda santexnika ishlari, 491 ta uylarda ichki pardozlash ishlari, 1031 ta uyda ichki suvoq ishlari, 1021 ta uyda tashqi suvoq ishlari, 985 ta uylarda tashqi devor qurish ishlari yakuniga etkazildi. Bugungi kunda massivlarda 10228 ta  ishchi xodimlar va 342 ta texnikalar jalb etilgan.

Bugungi kunda 419 ta (1 iyul holatiga) uy-joylarda qurilish montaj ishlari yakuniga etkazilib, tuman hokimliklarining foydalanishga qabul qilish bo‘yicha tegishli qarorlari qabul qilindi.

Ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha (PQ-2483):

Ushbu qarorga asosan viloyatda 2016-2018 yillar davomida jami 1,9 mln. Dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, 14 ta loyihalar foydalanishga topshirilishi hisobiga 283 nafar ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan. SHundan 2016 yilda 6 ta ishlab chiqarish loyihasiga jami 1264,5 ming dollar mablag‘lar o‘zlashtirilib,
 165 nafar ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Hisobot davrida barcha loyihalar hisobiga 502,1 ming dollar (loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari hisobidan 375,7 ming dollar, tijorat bank kreditlari hisobidan 71,4 ming dollar xamda xorijiy investitsiya xisobidan 55,0 ming dollar miqdorida investitsiya) mablag‘lari o‘zlashtirildi. Quvasoy shaxridagi "Fergana keramiks industri" MCHJda pishgan g‘isht ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 5.02.2016 yil 
7-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilib. 90 ta ish o‘rinlari yaratildi.

Qolgan 8 ta qurilish materiallar ishlab chiqarish loyihalari 
2017-2018 yillar davomida foydalanishga belgilangan.

SHundan, 2017 yilda 7 ta ishlab loyihasiga 601,7 ming dollar                        93 nafar ish o‘rni yaratiladi.

2018 yilda 1 ta ishlab chiqarish loyihasiga 35,7 ming dollar mablag‘ o‘zlashtirilib, 25 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Barcha manbaalar hisobidan o‘zlashtirilgan mablag‘larning 
47,3 foizi noishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri keladi.

2. Sanoat.

Viloyatda 2016 yilning 1-yarim yilligida 3 828,7 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,5 foizni tashkil etdi.

2016 yilning yanvar-iyun oylarida hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan 1 251,8 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 125,4 foizni tashkil etdi. Belgilangan prognoz ko‘rsatkich 2,4 foiz oshig‘i bilan bajarilishi ta’minlandi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida hududiy sanoat korxonalarining ulushi 32,7 foizni tashkil etdi.

Viloyat bo‘yicha 4 ta yirik sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarish xajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 157,8 mlrd.so‘mga pasaytirilgan. Jumladan,

Farg‘ona shahridagi "Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi" UKda 2016 yilning yanvar-iyun oylarida 605,4 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, pasayish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan       86,8 foizga teng bo‘ldi. Bunga korxonaga neft etkazib beruvchilar tomonidan uglevodorod xom-ashyosini o‘tgan yilga va joriy yil uchun tasdiqlangan grafikka nisbatan kam miqdorda etkazib berilganligi sabab bo‘ldi.

"Uzsangvu" qo‘shma korxonasida 2016 yilning yanvar-iyun oylarida               4, mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, pasayish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 
7,7 foizga teng bo‘ldi. SHuningdek, "Uzxanvu" qo‘shma korxonasida 2016 yilning yanvar-iyun oylarida 1,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, pasayish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 87,4 foizga teng bo‘ldi. SHu bilan birga, "Avtooyna" qo‘shma korxonasida 2016 yilning yanvar-iyun oylarida 16,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, pasayish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40,5 foizga teng bo‘ldi. YUqoridagi holatlarga sanab o‘tilgan korxonalar mahsulotlari faqat “GM Uzbekistan” kompaniyasiga sotilishi va jahon iqtisodiyotida yuzaga kelayotgan iqtisodiy vaziyatlar sababli “GM Uzbekistan” kompaniyasi tomonidan buyurtmalarni kam berilganligi sabab bo‘ldi. 

Farg‘ona shahridagi " AO Tapo Disk”" AJda 2016 yilning                yanvar-iyun oylarida 7,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, pasayish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan                      58,1 foizga teng bo‘ldi. Bunga korxonada joriy yilning yanvar-may oylarida yuzaga kelgan iqtisodiy nochor ahvol, va “GM Uzbekistan” tomonidan buyurtmaning kamayib ketganligi sabab bo‘ldi.

Ushbu korxonalardagi kamayish bir necha dasturlardagi yangi amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish loyihalari hamda mavjud Ushbu korxonalardagi kamayish bir necha dasturlardagi yangi amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish loyihalari hamda mavjud quvvatlardan samarali foydalanish hisobiga qoplanmoqda. Xususan, 2016 yilning yanvar-iyun oylarida “Farg‘onaazot” ICHBda 
302,6 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati 119 foizni, Qo‘qon shahridagi “Indorama Kokand tekstil” qo‘shma korxonasida 104,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati 126 foizni, Quvasoy shahridagi “Kvars” AJda 72,0 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati 105,1 foizni  tashkil etdi.

Viloyatda 2016 yilning yanvar-iyun oylarida 39 ta yirik sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatdi.

Viloyatda 15 dan ortiq tarmoqlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Jumladan, hisobot davrida engil sanoatda o‘sish 
121,6 foizga yoki 814,1 mlrd.so‘mlik, kimyo va neft kimyo sanoatida 
117,3 foizga yoki 408,0 mlrd.so‘mlik, oziq-ovqat sanoatida 
119,5 foizga yoki 923,9 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Bundan tashqari, bir qancha muhim turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sishga erishildi.

2016 yil yanvar-iyun oylarida 1 395,3 mlrd. so‘mlik halq iste’mol mollari ishlab chiqarildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 
116,2 foizni tashkil etdi.

 Jami halq iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmida nooziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish 707,7 mlrd.so‘mni, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 601,5 mlrd. so‘mni, vino-aroq va pivo ichimliklari ishlab chiqarish esa  116,1 mlrd.so‘mni tashkil qildi.

Mahalliylashtirish dasturi. Viloyatda 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining                2014 yil 4 fevraldagi “2014-2016 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2120-sonli qaroriga asosan 12 ta korxonada 15 ta loyiha, 2015 yil 
11 fevraldagi                  “2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida” PQ-2298-sonli qaroriga asosan 13 ta korxonada 20 ta, jami 28 ta sanoat korxonalarida 31 ta loyihalar amalga oshirilmoqda.

Korxonalarda dastur asosida “GM-Uzbekistan” korxonasida ishlab chiqarilayotgan engil avtomobillar uchun ehtiyot qismlar, kir yuvish vositalari,  gaz tashish va tarqatishga mo‘ljallangan yarim tirkamali sisternalar, isitish batareyalari, yumshoq bolalar o‘yinchoqlari, poliefir tola, elektr choynaklari kabi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Viloyatda 2016 yilning 1-yarim yilligida hududiy tasarrufdagi 20 ta loyihalarda 18,5 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. SHundan 
14,6 mlrd. so‘mlik mahsulotlar sotilib, 78 ming dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Natijada 4,9 mln.dollar miqdorida valyuta zahirasini tejashga erishildi.                          

3. Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish.

Viloyatda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish borasida bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Xususan, yuridik, konsalting, mexmonxona, internet xizmatlari, sug‘urta, moliya va bank sohasidagi yangi va zamonaviy xizmat turlarining hamda bugungi kunda soha vakillarining ko‘payayotganligi bunga yorqin misol bo‘la oladi. Natijalar esa o‘z navbatida sohadagi raqobat muhitining shakllanishiga, aholi arzon hamda sifatli xarid va xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Hisobot davrida jami xizmatlar hajmi 2530,7 mlrd.so‘mdan iborat bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114,2 foizga o‘sishga erishildi.

SHuningdek, 1374,3 mlrd. so‘mlik pullik xizmatlar ko‘rsatilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 112,8 foiz o‘sish sur’atini tashkil etdi.

Ko‘rsatilgan maishiy xizmatlar hajmi 150,8 mlrd. so‘m (o‘sish 120,6%) dan iborat bo‘ldi.

2016 yil 2 choragida jami 394 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalari tashkil etilishi belgilangan bo‘lib, amalda 413 ta maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari foydalanishga topshirildi va 2086 nafarga yaqin mehnat yoshidagi aholi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

SHuningdek, hisobot davrida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obe’ktlarni ishga tushirilishi va mavjudlarini kengaytirish xisobiga 3,5 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.

2016 yil 2-choragida davomida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan jami 18431 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish rejalashtirilgan bo‘lib,  hisobot davrida xizmat ko‘rsatish sohasi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga tijoratbank mablag‘lari hisobidan 21739 mln.so‘m miqdorda imtiyozli kreditlar ajratildi.

CHakana savdo aylanmasi. Viloyatdahisobot davrida chakana savdo aylanmasi hajmi 3534,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan 112,6 foizga teng bo‘ldi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan savdo hajmi esa 1004,9 ming so‘mni tashkil etdi.

Transport va aloqa. 2016 yilning yanvar-iyun oylarida viloyat bo‘yicha barcha transport turlarida 45,8 mln.tonna yuklar tashildi va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,2 foizni tashkil etdi.

Jumladan, avtomobil transportida yuk tashish 42,0 mln. tonnani va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 106,8 foizni tashkil etdi.

Viloyatda 2016 yilning yanvar-iyun oylarida barcha transportlarda yuk aylanmasi 1471,7  mln.t/kmni, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,5 foizni tashkil qildi. Bu o‘sish avtomobil transportida yuk aylanmasining 1229,7 mln.t/kmni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,3 foizni tashkil etganligi hisobiga bo‘lmoqda.

Yo‘lovchilar tashish miqdori barcha transport turlari bo‘yicha 340,2 mln. kishini va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 
106,1 foizni tashkil etmoqda. Bu o‘sish asosan avtomobil transportida yo‘lovchi tashish hajmini 339,6 mln. kishini va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,4 foizni tashkil etganligi hisobiga kuzatilmoqda.

Hisobot davrida transportlarda yo‘lovchi aylanmasi 
4508,1 mln. yo‘l/kmni va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 
106,6 foizni tashkil etgan. SHu jumladan, avtomobil transportida yo‘lovchi aylanmasi 4473,2 mln. yo‘l/kmga yoki 106,5 foizga o‘sishga erishildi.

Transport xizmatlarining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sishni ta’minlanishi o‘z navbatida olingan daromadlar hajmini ortishiga olib keldi. Jumladan, yo‘lovchi tashishdan daromad 
276,6 mlrd. so‘mni va o‘sish 114,0 foizni tashkil etdi. Bu asosan avtotransport xizmatidan olingan daromadlar hisobiga bo‘lib, joriy davrda bu ko‘rsatkich avtomobil transportida 205,6 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114,9 foizni tashkil etdi.

SHuningdek, hisobot davrida yuk tashishdan olingan daromad 
232,7 mlrd.so‘mni va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 
119,3 foizni tashkil qilmoqda. Jumladan, avtomobil transportida yuk tashishdan olingan daromad 225,4 mlrd.so‘mni va o‘sish 
120,2 foizni tashkil etmoqda.

Viloyatda hisobot davrida 224,8 mlrd. so‘mlik aloqa xizmatlari ko‘rsatilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,8 foizni tashkil qilmoqda. SHundan, aholiga ko‘rsatilgan aloqa xizmatlari 224,4 mlrd. so‘mdan iborat bo‘lib,  o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,6 foizga teng bo‘lmoqda.

III. Qishloq xo‘jaligida islohotlarni qo‘llab-quvvatlash

va rivojlantirish

Viloyatda 2016 yil 1 choragida viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida barcha sohalarda belgilangan Dasturlar doirasida muhim vazifalarni bajarilishini ta’minlash, raqobatbordosh va bozor talablariga mos bo‘lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada keng yo‘lga qo‘yish, eksport salohiyatini oshirish, ichki iste’mol bozorini arzon va sifatli bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirish, narh-navoning barqarorligini ta’minlash hamda pirovardida aholining real daromadlarini oshirish borasida belgilangan chora-tadbirlar asosida keng ko‘lamli ishlar olib borildi. Jumladan;

YAlpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi amaldagi baholarda 2513,4 mlrd. so‘mga yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 
366,8 mlrd. so‘m (106,3%)ga ko‘p bajarildi. 

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 71,4 foizi yoki 1795,7 mlrd. so‘mligini chorvachilik mahsulotlarini hamda 26,8 foizi yoki
674,7 mlrd.so‘mligini dexkonchilik mahsulotlarini tashkil etdi.

YAlpi mahsulot ishlab chiqarishda fermer xo‘jaliklari ulushi                  28,9 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi esa 69,6 foizni tashkil etdi.

Paxtachilik sohasi bo‘yicha.

Viloyatda 2016 yilda jami 97,8 ming gektar er maydoniga paxta ekish belgilanib, jami 274,0 ming tonna yalpi xosil olish ko‘zda tutilgan.

Joriy yilda 2016 yil paxta hosilini avanslash maqsadida  tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklariga paxta etishtirish uchun 151,7 mlrd. so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi hamda paxta etishtirish uchun  sof xolda 30605 tonna azotli, 3889 tonna fosforli va 1818 tonna kaliyli o‘g‘itlar etkazib berildi.

       G‘allachilik sohasi bo‘yicha.

G‘allachilik sohasida viloyatda erishilayotgan yutuqlar zamirida sohada alohida tizim yaratilganligi, ko‘p yillik to‘plangan boy tajriba, urug‘chilikka berilayotgan e’tibor va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri tashkil etilayotganligi turibdi.

Viloyatda fermer xo‘jaliklariga 2016 yilda jami 111,7 ming gektar er maydoniga galla ekish belgilanib, jami 284,3 ming tonna yalpi xosil olish ko‘zda tutilgan.

G‘alla hosilini avanslash maqsadida  tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklariga boshoqli don etishtirish uchun 
57 mlrd. so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi hamda  sof xolda 23396 tonna azotli, 2798 tonna fosforli, 121 tonna kaliyli o‘g‘itlar etkazib berildi.

Oziq-ovqat Dasturlari ijrosi bo‘yicha.

Viloyatda Hukumatimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar asosida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini  barqaror  ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari hajmlarini ko‘paytirish va ichki iste’mol bozorini to‘ldirish maqsadida meva-sabzavot, kartoshka, go‘sht, sut, tuxum, asal, baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ularni saqlash, qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha manzilli Dasturlar asosida ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 
4 yanvardagi 1-sonli  “2016 yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish va undan foydalanishning istiqbol ko‘rsatkichlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash, viloyatda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish va o‘z vaqtida qayta ishlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish  hamda joriy yilda meva-sabzavot, poliz va uzum mahsulotlarini eksport qilish hajmlarini oshirish maqsadida 
2016 yil 8 yanvarda viloyat hokimining 10-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan, 2016 yilda viloyat bo‘yicha 859,2 ming tonna sabzavot (urug‘likka 19,0 ming tonna, qayta ishlashga 
117,4 ming tonna, eksportga  51,3 ming tonna, aholi iste’moliga 671,5 ming tonna), 336,7 ming tonna kartoshka (urug‘likka 48,0 ming tonna, aholi iste’moliga 288,7 ming tonna), 108,7 ming tonna poliz (urug‘likka 2 ming tonna, eksportga 3,9 ming tonna,
aholi iste’moliga 102,8 ming tonna), 416,5 ming tonna meva
(qayta ishlashga 54,4 ming tonna, eksportga 23,4 ming tonna, aholi iste’moliga 338,7 ming tonna), 106,5 ming tonna uzum (qayta ishlashga 16,1 ming tonna, eksportga 13,2 ming tonna, aholi iste’moliga 77,2 ming tonna) mahsulotlari etishtirish hajmlari belgilangan.

Viloyatda hisobot davridagi barcha toifadagi xo‘jaliklarida jami 352,2 ming tonna sabzavot (o‘tgan yilga nisbatan 108%), 
169,2 ming tonna kartoshka (108,2%), 6,0 ming tonna poliz (108,1%), 196,1 ming tonna (107,6%), 1140 tonna uzum (110,8 %) mahsulotlari etishtirildi.

Aholi tomorqalaridan foydalanish.

Hukumatimiz tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari etishtirishni ko‘paytirish yuzasidan yaratilgan tizim asosida birinchi navbatda, viloyatimizda aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari erlaridan samarali va unumli foydalanishni keng yo‘lga qo‘yilganligi o‘zining katta samarasini bermoqda.

Viloyatining 724 ming ta xonadonlariga tegishli bo‘lgan axolining shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarining 41,0 ming gektar tomorqalarida g‘alla, sabzavot, kartoshka, poliz va ozuqa ekinlarini ekish hisobiga 15,8 ming tonna g‘alla, 502,6 ming tonna sabzavot, 153,7 ming tonna kartoshka, 33,9 ming tonna poliz, 8,2 ming tonna dukkali donlar, 82,8 ming tonna meva, 79,4 ming tonna uzum, 
134,1 ming tonna ozuqa ekinlari etishtirish ko‘zda tutilgan.

Hozirgi kunda aholi tomorqalarining asosiy maydonlarda 
18,3 ming gektar sabzavot, 2,0 ming gektar poliz, 5,7 ming gektar kartoshka, 1,5 ming gekar dukkali don, 9,9 ming gektar maydonlarda ozuqa ekinlarini ekish ishlari olib borilmoqda.

       Viloyat bo‘yicha shaxsiy tomorqalariga jami 41 ming 520 gektar                  (101,2 foiz) er maydonlarga ekinlar ekildi.

      SHundan: 18,7 gektar sabzavot (102%), 5,8 gektar kartoshka (101%), 
2,02 gektar  poliz (101%), 11,7 gektar boshqa ekinlar (101%) ekildi.

     SHuningdek 1954 gektar maydonlarga 791 ming dona meva ko‘chatlari hamda  1290 gektar maydonlariga 1677 ming dona uzum ko‘chatlari ekildi.

Axolining shaxsiy tomorqalariga jami 17,4 ming tonna urug‘lik kartoshka, 99,5 tonna piyoz, 11.4 tonna sabzi, 277 kg karam, 3.2 tonna pamidor, 6.2 tonna bodiring, 20.1 tonna ko‘k piyoz, 7.6 tonna poliz,                    286 tonna boshqa urug‘lari ekildi.

SHuningdek jami 792 ming dona meva, 1677 ming dona uzum ko‘chatlari  ekildi.

SHundan 1290 gektar uzum, 684 gektarga olma, 352 gektarga o‘rik, 
98 gektarga anor, 586 gektarga gilos, 234 gektarga nok ko‘chatlari ekildi.

Tijorat banklari tomonidan shu kungacha aholi xonadonlariga jami 5,9 mlrd so‘mlik (urug‘lik va ko‘chatlarga 975 mln so‘m, qoramol sotib olishga 4272 mln so‘m, parranda sotib olishga 449 mln so‘m, qo‘y sotib olishga 449 mln so‘m) kredit mablag‘lari ajratildi.

Muzlatkichli kameralar qurish bo‘yicha

Viloyatda 2016 yilda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash hisobiga ichki iste’mol bozorlarini arzon va sifatli    meva-sabzavot mahsulotlari etkazib berish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 29 fevraldagi 
34-sonli “2016 yilda respublika xududlarida yangi sovutkichli sig‘imlarni qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  yig‘ilish bayoniga asosan Manzilli Dustur ishlab chiqildi.

Dasturga asosan joriy da jami 27 ta loyiha tashabbuskorlari tomonidan  16800 tonna sig‘imdagi yangi muzlatkichli kameralar tashkil etilishi belgilandi. SHundan "O‘zulgurjisavdoinvest" uyushmasi tizimi bo‘yicha 500 tonnani, viloyatdagi loyixa tashabbuskorlari bo‘yicha 16300 tonnani tashkil etadi.

Ushbu maqsadlar uchun jami 20,6 mlrd. so‘m shundan o‘z mablag‘idan   11,0 mlrd. so‘m, tijorat banklari hisobidan 9,5 mlrd. so‘m sarflanishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 1- yarim yilligida jami 16 ta loyixada umumiy sig‘imi 11450 tonnali omborxonalar ishga tushirilib, jami 
13,9 mlrd. so‘m sarflandi.

Xozirgi kunda qolgan 11 ta loyixalar bo‘yicha tarmoq jadvallari bo‘yicha qurilish ishlari olib borilmoqda.

Mahsulotlarni qayta ishlash. Viloyatimiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash borasida katta imkoniyatlarga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 martdagi “2016-2020 yillarda meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarining xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, ularni qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2505-sonli qaroriga asosan viloyatda 2016 yilda 859,2 ming tonna sabzavot, 336,6 ming tonna kartoshka, 108,7 ming tonna poliz, 416,5 ming tonna meva, 106,5 ming tonna uzum, 147,2 ming tonna go‘sht, 924,6 ming tonna sut, 348,8 mln. dona tuxum, 5 ming tonna baliq va 1 ming tonna asal mahsulotlari ishlab chiqarish belgilangan.

SHuningdek, etishtiriladigan jami 1 mln. 828 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarining 91,8 ming tonnasini (149,9 mln. doll.) eksport qilish belgilangan.

Viloyatda 2016-2020 yillarda qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha jami 14 ta yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ushbu loyixalarni amalga oshirish uchun jami 50,3 mln. doll (shundan  o‘z mablag‘idan 11,7 mln. doll, bank krediti 23,6 mln. doll., chet el investitsiya xisobidan 15,1 mln. doll) mablag‘lar sarflanishi belgilandi. Hozirgacha ushbu loyixalarning tarmoq javdallari ishlab chiqildi.

CHorvachilik bo‘yicha.

So‘nggi yillarda chorvachilikda naslchilk ishlarini rivojlantirish, sun’iy urug‘lantirishni keng joriy etish, ozuqa bazasini yaxshilash, moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash va ushbu sohada faoliyat yuritayotgan sub’ektlarga etarli shart-sharoitlarni yaratib berilayotganligi sohada chorva bosh sonlarini oshirishga hamda mahsulotlar hajmini ko‘paytirishga katta zamin yaratmoqda. Masalan,

2016 yil 1 choragida:qoramollar bosh soni 989,1 ming bosh
(105,4%), 
jumladan, sigirlar bosh soni 359,4 ming bosh (103,6%), qo‘y-echkilar 828,5 ming boshga (102,8%), parrandalar bosh soni 4 mln 
606 ming boshga (113,0%) boshga 
etkazildi.

SHuningdek go‘sht ishlab chikarish 67,9 ming tonnani (106,6%), sut ishlab chikarish 379,3 ming tonnani (106,7%), tuxum ishlab chiqarish 213,9 mln donani (114,6%), baliq etishtirish 1171 tonnani (133,2%) tashkil etadi.

Qoramolchilikni rivojlantirish bo‘yicha jami 75 ta loyihada 1550 bosh qoramol tashkil etildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 7 mlrd. so‘m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 8,6 mlrd. so‘m mablag‘lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 416 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan dasturlarga asosan 18 ta loyihada 331,2 ming bosh parranda boqish tashkil etildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 2,4 mlrd. so‘m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 3,9 mlrd. so‘m mablag‘lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 123 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha viloyat bo‘yicha jami 
29 ta loyihalar to‘liq amalga oshirilib, ularda jami 107 gektar er maydonlariga ko‘llar tashkil etildi. Loyihalarni amalga oshirish  uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 2500 mln. so‘m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 1900 mln. so‘m mablag‘lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 178 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha28 ta loyihalar to‘liq amalga oshirilib, ularda 5238 dona asalari uyalari tashkil etildi. Asalari xo‘jaliklarini tashkil etishga jami 1892 mln. so‘m mablag‘lar (shundan bank krediti 371 mln. so‘m) sarflandi. Loyihalarni amalga oshirish hisobiga 55 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

IV. Uy-joy va kommunal xo‘jaligidagi islohotlar

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra 2016 yil yanvar-iyunt oylarida viloyatda kommunal to‘lovlardan bo‘lgan jami debitor qarzdorlik 919,3 mlrd. so‘mni (shundan aholi qarzdorligi 710,5 mlrd. so‘m) tashkil etdi. Yil boshiga nisbatan umumiy qarzdorlik 19,9 mlrd. so‘mga, shundan aholi qarzdorligi65,4 mlrd. so‘mga kamaygan. Jumladan:

- tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha jami qarzdorlik 385,5 mlrd. so‘mni (shundan aholi 369,5 mlrd. so‘m) tashkil etib, yil boshiga nisbatan qarzdorlik 19,6 mln. so‘mni tashkil etdi;

- elektr energiyasi bo‘yicha umumiy qarzdorlik 517,6 mlrd. so‘mni (shundan aholi 325,4 mlrd. so‘m) tashkil etib, yil boshiga nisbatan qarzdorlik 20,6 mlrd. so‘mga (shundan aholi 65,2 mlrd. so‘m) kamaygan;

- ichimlik va oqava suv bo‘yicha qarzdorlik 12,9 mlrd. so‘mni (shundan aholi 12,4 mlrd. so‘m) tashkil etib, yil boshiga nisbatan qarzdorlik 0,22 mln. so‘mga kamaygan;

- issiqlik ta’minoti bo‘yicha qarzdorlik 3,2 mlrd. so‘m (shundan aholi 3,02 mlrd. so‘m) tashkil etib, yil boshiga nisbatan qarzdorlik 376,6 mln. so‘mga ortgan.

Surunkali kommunal to‘lovlardan bo‘lgan qarzlarini to‘lamayotgan, kommunal xo‘jalikdan foydalanish qoidalarini buzgan va noqonuniy ravishda foydalanayotgan iste’molchilarga nisbatan qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilib, tarmoqdan uzib qo‘yilmoqda.

Aholi va korxona mablag‘lari hisobidan xisobot davrida 
93,8 km. ichimlik suv tarmoqlari va 22,7 km tabiiy gaz tarmoqlari tortilgan.

Aholi yashash punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida Respublika byudjet mablag‘lari xisobidan 68 ta (11,3 mlrd.so‘m)qishloqlarda 21 ta ichimlik suvi qudug‘i qaziladi, 24 ta quduqlar ta’mirlanadi hamda 72 km suv tarmoqlari tortilib, 60 mingdan ziyod aholini ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanishiga erishish ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda ichimlik suvi ob’ektlarida 5,09 mlrd.so‘mlik (45%) qurilish-montaj ishlari bajarildi

V. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlanishi

2016 yilning 1-yarim yilligida dastlabki tahlilar asosida viloyat tashqi savdo aylanmasi 606,9 mln. AQSH dollarini, shundan mahsulot eksporti 260,1 mln. AQSH dollarini, importi esa 346,8 mln. AQSH dollarini tashkil etib, tashqi savdo aylanmasi saldosi - 86,7 mln. AQSH dollari xajmida  yakunlanmoqda.

O‘tgan yilning 6 oyiga nisbatan tashqi savdo aylanmasi 
97,1 foizni, mahsulot  eksporti 101,2 foizni,  importi 
94,2 foizni tashkil etmoqda.

Tashqi savdo aylanmasi prognozi 97,2 foizga, eksport prognozi 100,1 foizga, import prognozi 95 foizga bajarilmoqda.

Eksport tuzilmasida paxtadan tayyorlangan mahsulotlar eksporti 109 foizga, kimyo mahsulotlari 100,4 foizga, oziq-ovqat mahsulotlari 103,7 foizga, qora va rangli metallar 106,4 foizga, mashina va uskunalar 108,5 foizga o‘smoqda.

SHu bilan birga paxta tolasi eksporti (67%), neft mahsulotlari (91,5%), shuningdek, xizmatlar eksporti (67,2%) kamaydi.

Bunga asosiy sabab engil sanoat korxonalarida kalava ip ishlab chiqarish quvvatlarini ortganligi (“Farg‘ona Asiana” MCHJ, “Quva tekstil” MCHJ, “Xumo to‘qimachi” MCHJ, “Rus O‘zbek tekstil” QK va boshqalar), importdan keltirilayotgan neft xom ashyosini kamayganligi sabab bo‘ldi.

Import tuzilmasida esa korxonalarni qayta jihozlash xisobiga qora va rangli metallar 132,8 foizga, mashina va jihozlar 2,2 martaga, kimyo mahsulotlari 124,7 foizga, oziq-ovqat mahsulotlari 154,9 foizga, shuningdek xizmat ko‘rsatish esa 
105 foizga o‘smoqda.

Neft xom-ashyosi importi (93,1%) va boshqa mahsulotlar (71,1%) kamaydi.

Viloyat tasarrufidagi korxonalarga 2016 yil 1-yarim yilligi uchun 116,6 mln.dollarlik eksport prognozi belgilangan bo‘lib, xaqiqatdan 99,9 mln.dollarga yoki 85,7 foizga bajarilmoqda. Bunga asosiy sabab xizmatlar eksport prognozini 73 foizga, meva-sabzavotlar eksport prognozini 90,4 foizga bajarilgani sabab bo‘ldi. Sanoat mahsulotlari eksport prognozi 105,2 foizga bajarildi.

Iyun oyining o‘zida 3,4 mln.dollarlik sanoat mahsulotlari, 
14 mln.dollarlik meva-sabzavotlar va 13,4 mln.dollarlik xizmatlar eksportini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi.

O‘tgan oylarda eksportga shartnomalar tuzish bo‘yicha  ishlarni olib borgan 11 ta korxonada 1,3 mln.dollarlik  ("Pop paxta momigi" MCHJ, "New way kokand" MCHJ,  "Generous valley trading" MCHJ, "Eko-plastex" MCHJ, "Fergana qicheng" MCHJ, "Aramatы bagdada" XF, YATT “Komilov Javohirbek Ravshanbek”, "Rishton tukimachi", "Fergana spetsodejda" MCHJ, "Kaz shursuv kon", "Zafar Eldor  kelajagi" MCHJ );

Topshiriqni to‘liq bajarmagan 8 ta korxona tomonidan 
523 ming dollarlik 
("Prof tekst plyus" MCHJ, "Yuksalish gipso invest" MCHJ, "Milord-n" XF,  "Qoqon ozod servis" MCHJ, "Kukon eksport" AF, "Oltiarik agro fayz" MCHJ, "Grand kapital invest savdo" MCHJ,  "Yaypan trans servis" MCHJ.) mahsulotlarni eksportga chiqarish ishlari olib borildi.

Eksport prognoziga kirmagan 20 ta yangi korxonalarda (trikotaj, tayyor kiyimlar, toy paxta, qurilish materiallari, quritilgan meva-sabzavotlar va boshqalar1,1 mln.dollarlik sanoat mahsulotini eksportga chiqarish ishlari tashkil etildi. (Farg‘ona shahridagi “Eltex komort trans” MCHJ –trikotaj, “Bastion trayding” MCHJ –oxak, “Farg‘ona Mashxura baraka”MCHJ –shisha idishlar, “Vodiy star trans” MCHJ –meva-sabzavot, “Mastona Osiyo xamkor” –meva-sabzavot, Marg‘ilon shahridagi “Kotton inter tex” MCHJ –kalava ip, “Orshax tekstil prodaksion” MCHJ paypoqlar, “Smak lint grupp” MCHJ –kalava ip,  "Kumtepa eksport servis" –meva-sabzavot, Toshloq tumanidagi “Merfenko” QK-poyabzal, Qo‘qon shahridagi “Kichik import torgovli” MCH –quruq gips,  Oltiariq tumanidagi “Vest Dekor” MCHJ, “Xasanjon” XF,  “Frukto YAgod era” MCHJ –meva-sabzavot, Beshariq tumanidagi "Besharik svits fruits" MCHJ –meva-sabzavot, Dang‘ara tumanidagi  "YUjniy metall plyus" MCHJ trikotaj, Rishton tumanidagi YATT “Ismoilov YUS” keramik idishlar, Quva tumanidagi "Kuva Grand Frukt invest" MCHJ, Farg‘ona tumanidagi "SHukurillo Savdo Fayz" MCHJ-oxak, YOzyovon tumanidagi “Edel veys” MCHJ-toy paxta )

2016 yilning 1-yarim yilligida 28 ta eksportbob mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar ishga tushirildi. (Farg‘ona shahrida 6 ta, Qo‘qon shahrida 3 ta, Marg‘ilon shahrida 2 ta, Quva, Beshariq, Dang‘ara, Farg‘ona, Bag‘dod, Oltiariq, O‘zbekiston tumanlarida 2 tadan).

Jumladan, 2016 yilning 1-yarim yilligida kalava ip ishlab chiqaruvchi Marg‘ilon shahridagi “Ekspo Kolor print teks” QK, Rishton tumanidagi “Rishton to‘qimachi” MCHJ, “Rus O‘zbek teks” QK, Beshariq tumanidagi “Beshariq to‘qimachi” MCHJ ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi ortdi. Bular tomonidan qo‘shimcha 1,1 ming tonna paxta tolasi o‘zlashtirildi.

Kalava ip ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxonalardan Farg‘ona tumanidagi “Fergana Asiana” MCHJ faoliyatini boshladi. (quvvati 4 ming tn. paxta tolasi).

Joriy yil o‘tgan 6 oyida xududiy korxonalar tomonidan 38 ta davlatga eksport amalga oshirilib, iyun oyining o‘zida davlatlar soni 7 taga ortdi. 

Eksport Azarbayjon (“Raxmatjon Kelajagi XF  -12 ming doll. baxmal), Afg‘oniston ("Qo‘qon eksport" 110 ming doll. "GENEROUS VALLEY TRADING" MCHJ-240 ming doll meva-sabzavot), Bangladesh ("COTTON INTER TEX" MCHJ -87 ming doll engil sanoat mahsuloti), Bolgariya  ("Adan tekstil” MCHJ -15,2 ming doll. engil sanoat mahsuloti), Eron ("EXIMAGRO ECO PRODUCTS" MCHJ 
180 ming doll. meva-sabzavot), Ukraina ("PALLET PRODUCTION" MCHJ 12,6 ming doll. quritilgan meva, YATT tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari), SHiri Lanka ("SMART LINK GROUP" MCHJ -47 ming doll engil sanoat mahsuloti), davlatlari va Rossiya, Qazog‘iston, Qirg‘iziston ("Qo‘qon eksport" MCHJ, "NEW WAY KOKAND" MCHJ, "GENEROUS VALLEY TRADING" MCHJ, "EXIMAGRO ECO PRODUCTS" MCHJlar meva-sabzavotlar va YATTlar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari), Polsha va Belorus (“Fergana Asiana” –kalava ip)  davlatlari va kompaniyalari xisobiga kengaydi.

Viloyatdagi xududiy eksporter korxonalarda quyidagi muammolar yuzaga kelgan:

Marg‘ilon shahridagi “Turon vodiy tekstil” MCHJ kalava ipdan trikotaj matolar to‘qish, trikotaj mahsulotlar, sochiq ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxona yillik eksport imkoniyati 
420 ming dollar.

Korxona ekport xajmini oshirish uchun eksportdan tushgan valyutasiga "O‘zbekengilsanoat" AJ tarkibidagi korxonalardan kalava ip sotib olishga ruhsat berilmayapdi. Xuddi shunday xolat shahardagi “Ziyo boqiy baraka” MCHJda xam mavjud bo‘lib turibdi. "(O‘zRes. VMsining 2004 yildagi 141 sonli qarori)

Taklif: Vazirlar Maxkamasining 2004 yildagi 141 sonli qarori bilan “O‘zbekengilsanoat” AJ tarkibidagi korxonalarga berilgan valyutaga xom ichki bozordan xom ashyo (kalava ip va yarim tayyor to‘qimachilik mahsulotlari) sotib olish) va boshqa imtiyozlarni xududiy to‘qimachilik korxonalariga xam berish masalasini ko‘rib chiqish.

Marg‘ilon shahridagi “Natsional Silk kotton” MCHJ (Oldingi “Marg‘ilon Osiyo teks” MCHJ)ga 1-yarim yillik uchun 600 tonna paxta tolasi zarur bo‘lgan, lekin korxonada kredit va konvertatsiya masalasi xal bo‘lmagani uchun faoliyatini boshlamagan

Taklif: “O‘zbekengilsanoat” AJ tomonidan korxonadagi mavjud muammoni xal etilishiga amaliy yordam berish lozim.

Rishton tumanidagi “Rus O‘zbek teks” QKsi kalava ip ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida bajarilishini xamda ishlab kelayotgan 400 nafar ishchi-xizmatchilarni bir maromda ish bilan ta’minlash uchun oylik 
200-250 tonna paxta tolasi kamlik qilmoqda.

Taklif: Korxonaga har oyda “O‘zpaxta eksport” XK shartnomasi asosida 350-375 tonnadan paxta tolasi ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatish lozim.

  Viloyatda 2016 yil 1 iyul holatiga ro‘yhatdan o‘tgan xorijiy investitsiyali korxonalar soni 157 tani tashkil etib, o‘tgan yilning 
6 oyiga nisbatan 15 taga ortdi. Korxonalarning 151 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ular tomonidan ishlab chiqarilgan va xizmatlar xajmi joriy yilning 1-yarim yilligida 616,7 mlrd.so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,6 foizni tashkil etmoqda. Viloyat yalpi sanoat mahsulotidagi ulushi 20,2 foizdan 21,3 foizgacha ortdi.

Qo‘shma korxonalarning eksportida o‘sish 104 foizni, importida esa 100,7 foizni tashkil etmoqda.

O‘tgan oylarda 7 ta yangi xorijiy investitsiyali korxona tashkil etildi. (Farg‘ona shahrida qurilish montaj ishlariga ixtisoslashgan Tailand "ROYAL THAY BRANCH" XK, , engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "GREAT SILK INVESTMENT ULUG” XK, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi “ISKANDAR INVEST " XK va kolsalting xizmati ko‘rsatuvchi “IMPEKS KONSALTING FERGHANA” QK, Qo‘qon shahrida metan gaz balonlari ishlab chiqaruvchi O‘zbekiston-Xitoy “Shaffof metan sanoat” QK, Beshariq tumanida tikuv maxsulotlari ishlab chiqaruvchi O‘zbekiston-Turkiya “Nargiz tong” QK, Quva tumanidagi kalava ip ishlab chiqaruvchi “Quva tekstil” QK) 

2016 yilning 1 iyul xolatiga 6 ta xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyat ko‘rsatmayapdi.

Jumladan,

Farg‘ona shahridagi O‘zbekiston-Eron “Uz-Sozon” qo‘shma korxonasi «GM» avtomobillariga ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, nizom jamg‘armasini to‘liq shakllantirilmaganligi sababli, viloyat Xo‘jalik sudining 2010 yil 15 apreldagi 15-11-05/7634-sonli hal qiluv qaroriga asosan tugatilgan. Korxonaning mol-mulklari qayta xisoblanib, baholashga qo‘yilgan. SHu bilan birga korxona ta’sischisi “O‘zavtosanoat AKsi tomonidan korxona mol-mulkini o‘z tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha amaliy ishlar qilinmagan.

Qo‘qon shahridagi  "VODIY YAGONA METEN" O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi moliyaviy xolati va xom-ashyo masalasini xal etolmagan.

Toshloq tumanidagi "STA SAM YANG PLASTICS CO  LTD" O‘zbekiston J.Koreya qo‘shma korxonasida xam moliyaviy takchillik yuzaga kelgan. Natijada xom-ashyo olish masalasi xal etilmagan.

Beshariq tumanidagi O‘zbekiston-Lixtenshteyn "BESH KRAFT-EX OTAJ" qo‘shma korxonasini qarzdorligi ortib ketgani va moliyaviy takchillik yuzaga kelgani sababli korxonani tugatish bo‘yicha viloyat xo‘jalik sudining 2015 yil 8 oktyabr kungi 15-1509/21043-sonli xal qiluv qarori qabul qilingan. Korxon mol-mulkini aniqlashtirish va sotuvga qo‘yish ishlari olib borilmoqda.

Farg‘ona tumanidagi Xitoy “V&B Chemical” xorijiy korxonasi aylanma mablag‘i etishmaganligi sababli vaqtincha faoliyatini to‘xtatgan.

SHuningdek, Qo‘shtepa tumanidagi "LEGENDA ZOLOTOY DOLINI" qo‘shma korxonasi meva-sabzavot sotib olish uchun fermer xo‘jaliklariga oldindan 30 foizli bo‘naq mablag‘ini berish ishlari kechikkanligi sababli vaqtinchalik faoliyat ko‘rsatmayapdi.

VI. Kichik biznesni rivojlantirish

Viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi, ularga qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berilayotganligi iqtisodiyotimizning yuksalishiga hamda aholi turmush darajasining yanada farovonlashishiga sabab bo‘lib, 2016 yil 1-yarim yilligi yakuni hisobotlariga ko‘ra ularning yalpi hududiy mahsulot hajmidagi ulushi 52,6foizni tashkil etdi. YOki o‘tgan yilning (52,3 %) shu davriga nisbatan 0,3foizga oshdi.

Ro‘yxatdan o‘tgan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari soni 194

65 tanitashkil etdi.SHundan, 18880 nafari (jamiga nisbatan 97,0 %) faoliyat ko‘rsatmoqda.

Hisobot davrida 1340 ta yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi.Kichik biznes sub’ektlari hisobiga 32855mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Hisobot davrida tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida
574,1 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi hamda topshiriq rejasi130,3foizga bajarildi.

VII.Ijtimoiy sohani rivojlanishi

Mehnat va daromadlar. Viloyatda davr oxiriga doimiy aholi soni 3530,0ming nafarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan
60,6 ming nafarga yoki 101,7 foizga ortgan.

Iqtisodiy isloxotlarni jadallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyotda band bo‘lganlar soni o‘sib bormoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 1,3 foizga o‘sib, 1499,3 ming kishini tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015 yil 
3 dekabr SQ-63-III-sonli qarori bo‘yicha “2016 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Dasturi”ga asosan, hisobot davrida 48176 ta (qishlok joylarda 36078 ta) yangi ish o‘rinlari yaratildi. Bu ko‘rsatkich rejaga nisbatan 102,5 foizni tashkil qilmoqda.

Yilning davomida ish axtaruvchi sifatida jami 19777 nafar fuqarolar ro‘yhatga olindi, shundan 18931 nafari ishga joylashtirildi, 691 nafar fuqarolarga esa ishsizlik maqomi berildi.

Hisobot davrida o‘rtacha ish haqi viloyat bo‘yicha 1058,8 ming so‘m bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8.0 foizga o‘sganligi qayd etildi.

Sog‘liqni saqlash. Viloyatda sog‘liqni saqlash tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Dasturni amalga oshirish jarayonida birinchi e’tibor aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga qaratildi.

Hozirgi kunda viloyatda 11493 o‘rinli 130 ta shifoxona va bir paytning o‘zida bir smenada 57,0 ming quvvatga ega bo‘lgan 593 ta oilaviy va boshqa ambulatoriya-poliklinika muassasalari samarali faoliyat olib bormoqda.

Tibbiy muassasalarda jami 41,8 ming nafar o‘rta tibbiyot xodimlari va 6,5 ming nafardan ziyod vrachlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari nodavlat tibbiy muassasalar faoliyatining takomillashtirilishiga jiddiy e’tibor berilmoqda. Natijada nodavlat shifoxonalar soni 70 tani tashkil etdi. Nodavlat tibbiy muassasalar soni esa 283 tani va yakka tartibda tibbiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi vrachlar soni 374 nafardan iborat.SHuningdek, pullik tibbiy xizmat olgan shaxslar soni 2016 yilning 1-yarim yillik yakunida 274,1 ming nafarni tashkil etib, pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish hajmi 21,7 mlrd.so‘mni tashkil etdi yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 153,1 foizga oshgan.

Ta’limni rivojlantirish. Viloyatda 89,1 ming o‘ringa ega bo‘lgan jami 678 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatib, ularda 75,8 ming nafardan ziyod bolalar tarbiyalanmoqda.

Viloyatda 2015/2016 o‘quv yilida 920 ta umumta’lim maktablari faoliyat ko‘rsatib, 37,4 ming nafar pedagog xodimlar 494,7 ming nafardan ziyod  o‘quvchilarga ta’lim bermoqda.

Bugungi kunda viloyatda 12 ta akademik litseylar va 145 ta kasb-hunar kollejlari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida  ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni 173,3 ming nafarni tashkil etdi. (Jumladan,akademik litseylarda 8806 nafar, kasb-hunar kollejlarda– 164490 nafar)

Sport. O‘sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy-ma’naviy jihatdan salomatligini mustahkamlash, ularni sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga etkazish maqsadida, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan rejaga asosan 2016 yil davomida, shahar va tuman hokimliklari, turli davlat xamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda 612 ta turli sport musobaqalari o‘tkazildi. O‘tkazilgan sport musobaqalarida 322951 nafar (shundan 146753 nafari qizlar) yosh sportchilar ishtirok etishdi. Mazkur tadbirlarni o‘tkazishga va g‘olib bo‘lgan sovrindorlarni taqdirlashga jamg‘arma va homiy tashkilotlar tomonidan 23,7 mln.so‘m mablag‘lar (shundan, jamg‘arma hisobidan 
18,6 mln.so‘m) sarflandi.

O‘tgan oylar davomida viloyatimizning 32 nafar (shundan 
12 nafar qizlar) yosh sportchilari jami 1 ta Respublika musobaqalariga yuborilib, faxrli 2,3-o‘rinlarni egallab qaytdilar.

Madaniyat. Viloyatda 4 ta teatr va 14 ta muzeylar, 8041,5 ming nusxa kitob fondiga ega bo‘lgan 1130 ta kutubxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. SHuningdek, viloyatda 91 ta madaniyat va aholi dam olish markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur markazlarda 775 ta to‘garaklar mavjud bo‘lib, to‘garaklarda  20,0 ming nafardan ziyod bolalar va o‘smirlar  bo‘sh  vaqtlarini mazmunli o‘tkazmoqda.