Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Iyun 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg’ona viloyatida 2016 yil yanvar-sentyabr oylari davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy islohotlarning borishi to’g’risida ma’lumot

 2017-06-19 18:08:28    453

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyatida 2016 yil yanvar-sentyabr oylari davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy islohotlarning borishi to’g’risida ma’lumot

Yig’ma bo’limi

Viloyatda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 15 yanvarda bo’lib o’tgan mamlakatimiz Hukumati majlisida belgilab berilgan 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirilishi joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyat asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarining ijobiy o’sish sur’atlarini saqlash hamda iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini izchil rivojlantirishda mustahkam asos bo’ldi.

Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar. Hisobot davrida deyarli barcha sohada yuqori o’sish sur’atlariga erishildi, jumladan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish (prognoz 107,6% - amalda 110,1%), hududiy sanoat (prognoz 123,0% - amalda 124,0%), halq iste’moli mollari (prognoz 113,1% - amalda 114,9%) yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlari (prognoz 106,5% - amalda 106,5%), qurilish ishlari (prognoz 118,2% - amalda 118,2%), jami xizmatlar (prognoz 113,5% - amalda 115,6 %) pullik xizmatlar (prognoz 111,9 % - amalda 112,4%) hajmlari sezilarli o’sdi.

Shundan kelib chiqib, viloyat yalpi hududiy mahsulot hajmi
9684,9 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati 108,5 foizni tashkil etmoqda.

Xisobot davrida YaHM hajmida xizmatlar sohasining ulushi 
51,5 foizga (2015 yil 9 oylikda 51,2 %) hamda kichik biznes va tadbirkorlik ulushi 64,0 foizga (2015 yil 9 oylikda 63,8%) teng bo’ldi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlanishi

2016 yilning 9 oyida dastlabki tahlilar asosida viloyat tashqi savdo aylanmasi 781,5 mln. AQSh dollarini, shundan mahsulot eksporti 394,2 mln. AQSh dollarini, importi esa 387,3 mln. AQSh dollarini tashkil etib, tashqi savdo aylanmasi saldosi Q6,8 mln. AQSh dollari xajmida yakunlanmoqda.

O’tgan yilning 9 oyiga nisbatan tashqi savdo aylanmasi 100,1 foizni, mahsulot eksporti 100,5 foizni, importi 99,6 foizni tashkil etmoqda.

Eksport tuzilmasida paxtadan tayyorlangan mahsulotlar eksporti 107,4 foizga, kimyo mahsulotlari 101 foizga, oziq-ovqat mahsulotlari 123,5 foizga, qora va rangli metallar 102,6 foizga, mashina va uskunalar 137,2 foizga o’sdi.

Viloyat tasarrufidagi korxonalarga 2016 yil 9 oyi uchun 190,6 mln.dollarlik eksport prognozi belgilangan bo’lib, xaqiqatdan 193,2 mln.dollarga yoki 101,4 foizga bajarilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 25 avgustdagi 02-08-60-sonli yig’ilish bayonining chora-tadbirlari topshirig’iga asosan viloyat xududiy korxonalari tomonidan eksportni amalga oshirishda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilanib, o’tgan sentyabr oyida amaliy ishlar qilindi.

Jumladan, joriy yilning birinchi yarim yillik eksportni amalga oshirmagan 38 ta (12,8 mln. AQSh dollar) va rejani bajarmagan 21 ta (8,6 mln. AQSh dollar) korxonalardagi xolat to’liq o’rganib chiqildi va respublika Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda 62 ta korxona va yakka tartibdagi tadbirkorlar ob’ektiv sabablarga ko’ra (faoliyati tugatilgani, bankrot bo’lgani, boshqa viloyatga ko’chgani, mahsulotga sifat sertifikati bo’lmagani, modernizatsiya ishlari olib borilayotgani va boshqalar) 2016 yil eksport prognozidan chiqarish taklifi ishlab chiqildi.

Eksport prognozini bajarmagan 26 ta korxona tomonidan joriy yil avgust-sentyabr oylarida qo’shimcha 6,1 mln. eksport amalga oshirish bilan birga 2-yarim yillik uchun qo’shimcha belgilangan eksport prognozi asosida   10 ta korxonada 1,2 mln. dollarlik yangi turdagi mahsulotlar va 22 ta yangi eksporter korxonalar tomonidan 8,7 mln.dollarlik eksport tashkil etildi.

2016 yilning o’tgan 9 oyi davomida eksport faoliyatiga jami 94 ta yangi korxonalar jalb etilib, ular tomonidan 38,8 mln.dollarlik (engil sanoat, charm-poyabzali, kimyo, qurilish materiallari, qishloq xo’jaligi) mahsulotlari eksport qilindi. 17 ta korxona tomonidan 23 turdagi ((plastmassa uy ro’zg’or buyumlari, ayollar paltosining 5 ta yangi modeli, trikotaj futbolkalar, ichki kiyimlar, qurilish mahsulotlaridan gipsokarton, oxak tosh, gips, ipak matolar va gilamlar, santexnika vositalari va boshqalar) yangi mahsulotlardan 2,7 mln.dollari eksportga chiqarildi.

Eksporter xorijiy davlatlar soni 8 taga (Yaponiya, Portugaliya, Belgiya, Slavakiya, Xindiston, Shiri-Lanka, Singapur, indoneziya) ortib 69 tani tashkil etdi. Eksportga chiqarilayotgan mahsulot turlari 160 taga etdi.

Viloyatda 2016 yil 1 oktyabr holatiga ro’yhatdan o’tgan xorijiy investitsiyali korxonalar soni 162 tani tashkil etib, o’tgan yilning 9 oyiga nisbatan 13 taga ortdi.

Ular tomonidan ishlab chiqarilgan va xizmatlar xajmi joriy yilning 9 oyida 869 mlrd.so’mni yoki o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish 114,3 foizni tashkil etmoqda. Viloyat yalpi sanoat mahsulotidagi ulushi 20,3 foizdan 21,2 foizga ortdi.

Qo’shma korxonalarning eksportida o’sish 115,4 foizni, importida esa 91,2 foizni tashkil etmoqda.

O’tgan oylarda 10 ta yangi xorijiy investitsiyali korxona tashkil etildi. (Farg’ona shahrida qurilish montaj ishlariga ixtisoslashgan Tailand "ROYAL THAY BRANCH" XK, , engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "GREAT SILK INVESTMENT ULUG” XK, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi “Ulug’ ISKANDAR INVEST " XK va kolsalting xizmati ko’rsatuvchi “IMPEKS KONSALTING FERGHANA” QK, tabiiy va sun’iy charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchi O’zbekiston-Kirg’iston “Favorit Fergana” qo’shma korxonasi, Qo’qon shahrida metan gaz balonlari ishlab chiqaruvchi O’zbekiston-Xitoy “Shaffof metan sanoat” QK, ip gazlama ishlab chiqaruvchi O’zbekiston-Turkiya “Eyrkotis tekistil grupp” qo’shma korxonasi,   Beshariq tumanida tikuv maxsulotlari ishlab chiqaruvchi O’zbekiston-Turkiya “Nargiz tong” QK, Farg’ona tumanida tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchi O’zbekiston-Tayland “Baxodir Logon tekstil” qo’shma korxonasi, Quva tumanidagi kalava ip ishlab chiqaruvchi “Quva tekstil” QK)

Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish.

Viloyatda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish borasida bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Xususan, yuridik, konsalting, mexmonxona, internet xizmatlari, sug’urta, moliya va bank sohasidagi yangi va zamonaviy xizmat turlarining hamda bugungi kunda soha vakillarining ko’payayotganligi bunga yorqin misol bo’la oladi. Natijalar esa o’z navbatida sohadagi raqobat muhitining shakllanishiga, aholi arzon hamda sifatli xarid va xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lmoqda.

Hisobot davrida jami xizmatlar hajmi 4119,2 mlrd.so’mdan iborat bo’lib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 115,6 foizga o’sishga erishildi.

Shuningdek, 2175,2 mlrd. so’mlik pullik xizmatlar ko’rsatilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 112,4 foiz o’sish sur’atini tashkil etdi.

Ko’rsatilgan maishiy xizmatlar hajmi 262,4 mlrd. so’m (o’sish 122,9%) dan iborat bo’ldi.

2016 yil 3 choragida jami 534 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shahobchalari tashkil etilishi belgilangan bo’lib, amalda 562 ta maishiy xizmat ko’rsatish ob’ektlari foydalanishga topshirildi va 1833 nafarga yaqin mehnat yoshidagi aholi doimiy ish o’rniga ega bo’ldi.

Shuningdek, hisobot davrida savdo va maishiy xizmat ko’rsatish obe’ktlarni ishga tushirilishi va mavjudlarini kengaytirish xisobiga 4,4 mingga yaqin yangi ish o’rinlari yaratildi.

2016 yil 3-choragida davomida xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan jami 33867 mln. so’m miqdorida imtiyozli kredit mablag’lari ajratish rejalashtirilgan bo’lib, hisobot davrida xizmat ko’rsatish sohasi bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlarga tijoratbank mablag’lari hisobidan 35460 mln.so’m miqdorda imtiyozli kreditlar ajratildi.

Chakana savdo aylanmasi. Viloyatdahisobot davrida chakana savdo aylanmasi hajmi 5570,7 mlrd. so’mni tashkil etib, o’sish sur’ati o’tgan yilga nisbatan 113,7 foizga teng bo’ldi. Aholi jon boshiga to’g’ri kelgan savdo hajmi esa 1579,3 ming so’mni tashkil etdi.

Transport va aloqa. 2016 yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyat bo’yicha barcha transport turlarida 79,5 mln.tonna yuklar tashildi va o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 104,2 foizni tashkil etdi.

Jumladan, avtomobil transportida yuk tashish 74,1 mln. tonnani va o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish 105,8 foizni tashkil etdi.

Viloyatda 2016 yilning yanvar-sentyabr oylarida barcha transportlarda yuk aylanmasi 2646,6 mln.tG’kmni, o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 103,5 foizni tashkil qildi. Bu o’sish avtomobil transportida yuk aylanmasining 2184,0 mln.tG’kmni yoki o’tgan yilning mos davriga nisbatan 101,8 foizni tashkil etganligi hisobiga bo’lmoqda.

Yo’lovchilar tashish miqdori barcha transport turlari bo’yicha 529,0 mln. kishini va o’tgan yilning mos davriga nisbatan 104,9 foizni tashkil etmoqda. Bu o’sish asosan avtomobil transportida yo’lovchi tashish hajmini 528,1 mln. kishini va o’tgan yilning mos davriga nisbatan 104,9 foizni tashkil etganligi hisobiga kuzatilmoqda.

Hisobot davrida transportlarda yo’lovchi aylanmasi 7159,4 mln. yo’lG’kmni va o’tgan yilning mos davriga nisbatan 107,7 foizni tashkil etgan. Shu jumladan, avtomobil transportida yo’lovchi aylanmasi 7103,7 mln. yo’lG’kmga yoki 104,7 foizga o’sishga erishildi.

Transport xizmatlarining o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sishni ta’minlanishi o’z navbatida olingan daromadlar hajmini ortishiga olib keldi. Jumladan, yo’lovchi tashishdan daromad 385,5 mlrd. so’mni va o’sish 126,8 foizni tashkil etdi. Bu asosan avtotransport xizmatidan olingan daromadlar hisobiga bo’lib, joriy davrda bu ko’rsatkich avtomobil transportida 375,4 mlrd. so’mni yoki o’tgan yilning mos davriga nisbatan 128,2 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, hisobot davrida yuk tashishdan olingan daromad 
435,1 mlrd.so’mni va o’tgan yilning mos davriga nisbatan 117,8 foizni tashkil qilmoqda. Jumladan, avtomobil transportida yuk tashishdan olingan daromad 298,1 mlrd.so’mni va o’sish 110,3 foizni tashkil etmoqda.

Viloyatda hisobot davrida 355,0 mlrd. so’mlik aloqa xizmatlari ko’rsatilib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 120,2 foizni tashkil qilmoqda. Shundan, aholiga ko’rsatilgan aloqa xizmatlari 349,0 mlrd. so’mdan iborat bo’lib, o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 119,5 foizga teng bo’lmoqda.

Kichik biznesni rivojlantirish

Viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini har tomonlama qo’llab-quvvatlanishi, ularga qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berilayotganligi iqtisodiyotimizning yuksalishiga hamda aholi turmush darajasining yanada farovonlashishiga sabab bo’lib, 2016 yil 9 oyligi yakuni hisobotlariga ko’ra ularning yalpi hududiy mahsulot hajmidagi ulushi 64,0foizni tashkil etdi. Yoki o’tgan yilning (63,8 %) shu davriga nisbatan 0,2foizga oshdi.

Ro’yxatdan o’tgan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari soni 19070 tanitashkil etdi.Shundan, 18593 nafari (jamiga nisbatan 97,5 %) faoliyat ko’rsatmoqda.

Hisobot davrida 1932 ta yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi.Kichik biznes sub’ektlari hisobiga 32855mingta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Hisobot davrida tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida
882,6 mlrd. so’mlik kredit mablag’lari ajratildi hamda topshiriq rejasi107,0foizga bajarildi.

Sanoatni rivojlantirish va kapital qurilish bo’limi

Sanoat yo’nalishida

Viloyatda 2016 yilning 9 oyligida 5 739,3 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 110,1 foizni tashkil etdi.

2016 yilning yanvar-sentyabr oylarida hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan 1 859,8 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 124,0 foizni tashkil etdi. Belgilangan prognoz ko’rsatkich 1,0 foiz oshig’i bilan bajarilishi ta’minlandi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida hududiy sanoat korxonalarining ulushi 32,4 foizni tashkil etdi.

Viloyatda 2016 yilning yanvar-sentyabr oylarida 36 ta yirik sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatdi.

Viloyatda 15 dan ortiq tarmoqlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Jumladan, hisobot davrida engil sanoatda o’sish 
126,4 foizga yoki 1443,1 mlrd.so’mlik, kimyo va neft kimyo sanoatida 
129,2 foizga yoki 727,0 mlrd.so’mlik, oziq-ovqat sanoatida 
118,3 foizga yoki 981,4 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Bundan tashqari, bir qancha muhim turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sishga erishildi.

2016 yil yanvar-sentyabr oylarida 2 005,0 mlrd. so’mlik halq iste’mol mollari ishlab chiqarildi va o’tgan yilning mos davriga nisbatan 
114,9 foizni tashkil etdi.

Jami halq iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmida nooziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish 1100,4 mlrd.so’mni, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 914,6 mlrd. so’mni, vino-aroq va pivo ichimliklari ishlab chiqarish esa 122,4 mlrd.so’mni tashkil qildi.

Mahalliylashtirish dasturi. Viloyatda 2015 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 fevraldagi “2014-2016 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish to’g’risida”gi PQ-2120-sonli qaroriga asosan   12 ta korxonada 15 ta loyiha, 2015 yil 11 fevraldagi “2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to’g’risida” PQ-2298-sonli qaroriga asosan 
14 ta korxonada 22 ta, jami 29 ta sanoat korxonalarida 33 ta loyihalar amalga oshirilmoqda.

Korxonalarda dastur asosida “GM-Uzbekistan” korxonasida ishlab chiqarilayotgan engil avtomobillar uchun ehtiyot qismlar, kir yuvish vositalari, gaz tashish va tarqatishga mo’ljallangan yarim tirkamali tsisternalar, isitish batareyalari, tseient zavodlari uchun butlovchi qismlar, yumshoq bolalar o’yinchoqlari, poliefir tola, elektr choynaklari kabi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Viloyatda 2016 yilning 3-choragida hududiy tasarrufdagi 22 ta loyihalarda 26,5 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Shundan 22,9 mlrd. so’mlik mahsulotlar sotilib, 147,5 ming dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Natijada 8,5 mln.dollar miqdorida valyuta zahirasini tejashga erishildi.

Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlarini rivojlanishi

1. Investitsiya siyosati. 2016 yil yanvar-sentyabr oylarida viloyatda barcha manbaalar hisobidan 1858,5 mlrd.so’m mablag’lar o’zlashtirilgan. Jumladan, byudjet mablag’lari hisobidan 177,8 mlrd. so’m, byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan 195,6 mlrd. so’m, korxonalar o’z mablag’lari hisobidan 384,3 mlrd. so’m, aholi mablag’lari hisobidan (yakka tartib uy-joy qurilishi, ichimlik suv va tabiiy gaz tarmoqlarini qurilishi va boshqalar) 616,6 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 302,4 mlrd. so’m hamda chet el investitsiyasi va kreditlari hisobidan 181,7 mlrd.so’mni tashkil etdi.

Jami o’zlashtirilgan mablag’larning 48,1 foizi ishlab chiqarish sohasiga to’g’ri keladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 
25 dekabrdagi PQ-2458-sonli “O’zbekiston Respublikasining 
2016 yil Investitsiya dasturi to’g’risida”gi qarorga asosan viloyat bo’yicha 
11 ta yirik korxonalarga jami 148,4 mlrd. so’m, shundan korxona o’z mablag’lari hisobidan 21,0 mlrd.so’m, tijorat bank kreditlari hisobidan 8,8 mlrd.so’m va 41,1 mln.dollar to’g’ridan to’g’ri horijiy investitsiyalar o’zlashtirish ko’zda tutilgan bo’lib, loyihalarning ishga tushirilishi natijasida 226 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan.

Shundan, joriy yilning 1 avgust kuniga qadar 154,2 mlrd.so’m (shundan 119,4 mlrd.so’m jihozlarni sotib olishga, 8,8 mlrd.so’m qurilish montaj ishlariga va 25,9 mlrd.so’m boshqa xarajatlargamiqdorida investitsiyalar o’zlashtirilgan.

Hududiy investitsiya dasturiga asosan 2016 yilga hududiy investitsiya dasturi to’g’risida”gi qarorga asosan viloyat bo’yicha               133 ta loyihalar kiritilgan bo’lib jami 242,5 mlrd. so’m miqdorida (shundan 82,7 mlrd. so’m o’z mablag’i,156,4 mlrd. so’m bank krediti va 3,4 mlrd. so’m xorijiy) investitsiyalar o’zlashtirilishi va 4842 nafar yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan.

Shundan, joriy yilning 1 oktyabr kuniga qadar 122,9 mlrd. so’m (shundan 45,4 mlrd.so’m jihozlarni sotib olishga, 44,4 mlrd.so’m qurilish montaj ishlariga va 33,08 mlrd.so’m boshqa xarajatlargamiqdorida investitsiyalar o’zlashtirilgan. Natijada 105 ta loyihalar foydalanishga topshirilib, 2402 nafar ish o’rinlari yaratildi.

Xususan:

  1. Yozyovon tumanidagi "Fayzli Alimardon" xususiy korxonasida oxak ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi tuman ishchi komissiyasini 29.03.2016 yil 4-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan;
  2. O’zbekiston tumanidagi "Ilyosxon Shoxistaxon" MChJda pishgan g’isht ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi tuman ishchi komissiyasining 25.03.2016 yil 2-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan;
  3. Farg’ona shahridagi "Farg’ona ko’prik xo’jaligini saqlashga ixtisoslashtirilgan ta’mirlash foydalanish" korxonasida asfalt ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi shahar ishchi komissiyasining                 18.03.2016 yil 1-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan;
  4. "All Metall Gold" MChJda qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 18.06.2016 yil 14-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan;
  5. YaTT "Babaev Xayrullo" tomonidan mebel ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 23.03.2016 yil 
    4-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilgan.
  6. Quvasoy shaxridagi "Fergana keramiks industri" MChJda pishgan g’isht ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 5.02.2016 yil 7-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirildi;
  7. "Fergana Cement" MChJ shaklidagi qo’shma korxonada tsement ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 12.02.2016 yil 10-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirildi;
  8. Dang’ara tumanidagi "Dang’ara mega ketl" MChJda elektr choynaklar va plitalar ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi tuman ishchi komissiyasining 2016 yil 15 apreldagi №2-sonli dalolatnomasiga asosan foydalanishga topshirildi;
  9. "Doniyorjon taraqqiyoti" MChJda tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi tuman ishchi komissiyasining 2016 yil 2 fevraldagi №1-sonli dalolatnomasiga asosan foydalanishga topshirildi.
  10. "Europrint Kokand" MChJda karopka mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi tuman ishchi komissiyasining 2016 yil 29 iyundagi 21-sonli dalolatnomasiga asosan foydalanishga topshirildi.
  11. "Notsional silk cotton" MChJda kalava ip ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi tuman ishchi komissiyasining 2016 yil 6 sentyabrdagi 48-sonli dalolatnomasiga asosan foydalanishga topshirildi.
  12. "Quvasoyta’mirqurilish" MChJda pishgan g’isht ishlab chiqarishni tashkil etish (2-bosqich) loyihasi tuman ishchi komissiyasining 2016 yil 8 iyuldagi 26-sonli dalolatnomasiga asosan foydalanishga topshirildi.
  13. "IRON PLUS GOLD" MChJda truba profil va otvod ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi tuman ishchi komissiyasining 2016 yil 8 sentyabrdagi 33-sonli dalolatnomasiga asosan foydalanishga topshirildi.

Ijtimoiy soha ob’ektlari qurilishi. 2016 yil Investitsiya dasturidagi 167 ta (reja 138,0 mlrd.so’m) shundan 78 ta ijtimoiy va 89 ta boshqa soha ob’ektlarida 137,0 mlrd.so’mlik (99%) qurilish-montaj ishlari bajarildi va 164 ta ob’ektlar foydalanishga topshirildi. Jumladan, 24 ta maktab, 11 ta kollej, 15 ta sog’liqni saqlash, 28 ta bolalar sporti ob’ektlari, 68 ta ichimlik suvi, 8 ta drenaj, 2 ta sel yo’li ob’ektlari, 1 ta saxovat uyi, 6 ta Oliy ta’lim ob’ektlari to’liq foydalanishga topshirildi.

Qurilish materiallari. Joriy yil manzilli dasturga 25 ta loyihalar, shundan yangi tashkil etish hisobiga 11 ta, modernizatsiya qilish hisobiga 14 tani tashkil qiladi. Ushbu loyihalarga jami 10082,1 ming dollar (shundan 5139,3 ming dollar o’z mablag’i, 4942,8 ming dollar tijorat bank krediti xisobidan) mablag’ sarflanishi va 780 nafar ishchi o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Hisobot davrida jami 8123,8 ming dollar (shundan 2869,6 ming dollar jihozlarni sotib olishga, 2080,4 ming dollar qurilish montaj ishlariga va 3173,8 ming dollar boshqa xarajatlarga) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilgan. Natijada 21 ta loyihalar foydalanishga topshirilib,                   695 nafar ish o’rinlari yaratildi. (Quvasoy shaxridagi "Sherbek ideal servis" MChJda qum, tosh maydalash va saralash tsexlarini tashkil etish, "Quvasoyshifer" AJda qurilish (oxak) mahsulotini ishlab chiqarishni tashkil etish, "Quvasoyta’mirqurilish" MChJda pishgan g’isht ishlab chiqarishni tashkil etish (2-bosqich), Bog’dod tumanidagi "BOG'DJD BARAKA FAYZ" MChJda pishgan g’isht ishlab chiqarishni tashkil etish, Yozyovon tumanidagi "Fayzli Alimardon" xususiy korxonasida oxak ishlab chiqarishni tashkil etish, Oltiariq tumanidagi "Oltiariq Bunyodkor qurilish" MChJda blok g’isht ishlab chiqarishni tashkil etish, Farg’ona shaxridagi "All Metall Gold" MChJda qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish, "Friends Forever" MChJda quruq qurilish qorishmalarini (shpaklyovka) ishlab chiqarishni kengaytirish, Quvasoy shaxridagi "Fergana keramiks industri" MChJda pishgan g’isht ishlab chiqarishni kengaytirish, "Fergana Cement" MChJ shaklidagi qo’shma korxonada tsement ishlab chiqarishni kengaytirish, Qo’qon shaxridagi "Kokand gold fturi" MChJda asfalt ishlab chiqarishni kengaytirish, Buvayda tumanidagi “Everest mega grand” MChJda asfalt ishlab chiqarishni kengaytirish, Dang’ara tumanidagi “SOF GISHT FAYZI” MChJda pishgan g’isht ishlab chiqarishni kengaytirish, Toshloq tumanidagi "Vodiy sabox" fermer xujaligida pishgan g’isht ishlab chiqarishni kengaytirish, O’zbekiston tumanidagi "Turon eko tsement group" MChJda tsement ishlab chiqarishni kengaytirish, Qo’shtepa tumanidagi "Fayzli kabel ta’mir" hususiy korxonasida kabel mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish).

Pudrat ishlari. 2016 yil yanvar-sentyabr yakuniga ko’ra bajarilgan pudrat ishlari hajmi 1505,9mlrd. so’mdan iborat bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 118,2 foizni tashkil etdi.

 

 

 

 

 

 

 

Transport, muhandislik kommunikatsiyalar va kommunal sohani rivojlantirish bo’limi

Yo’l transport infratuzilmasi bo’yicha:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabr               “2016 yil Investitsiya Dasturi to’g’risida”gi PQ–2458-qaroriga asosan viloyatidagi xalqaro va davlat ahamiyatidagi 2 ta avtomobil yo’llarida 
21.0 mlrd.so’mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish belgilanib, 2016 yil uchun 24.352 mlrd.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida reja 8,500 mln.so’m bo’lib, amalda esa   8503,9 mln. so’mlik (100%) ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan:

1. 4R-144 "Farg’ona sh- Xamzaobod q." avtomobil yo’lining 0-3,6 km qismini qayta qurish ob’ekti.

Dasturga asosan 2016 yil uchun 6.0 mlrd.so’m limit mablag’lari ajratilishi rejalashtirilgan bo’lib, 9,372 mlrd.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Yanvar-sentyabr oylarida (reja-3200,0 mln.so’m) 3227,8 mln.so’mlik (101,0%) qurilish – montaj ishlari bajarilgan (pudratchi – Farg’ona TYXPTFK);

2. 4R-17e “A-373 aG’yo’lidan Ko’qon shaxar aylanma yo’liga” avtomobil yo’lining   4-9 km qismini rekonstruktsiya qilish ob’ekti.

Dasturga asosan 2016 yil uchun 15.0 mlrd.so’m limit mablag’lari ajratilishi ko’zda tutilgan bo’lib, 15.04 mlrd.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzilgan. Yanvar-avgust oylarida (reja – 5300,0 mln.so’m) 5276,2 mln.so’mlik (100,0%) ishlar bajarilgan. (pudratchi Sharqiy XDAAYSITFK).

To’la ta’mirlash 2015 yildan 2016 yilga o’tuvchi ob’ektlar to’g’risida.

Umumfoydalanuvdagi xalqaro va davlat axamiyatidagi avtomobil yo’llarini to’la ta’mirlash bo’yicha viloyatida 10 ta 2015 yildan o’tuvchi ob’ektlardan 9 tasida 2016 yil uchun qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylari rejasi 7698,3 mln.so’m bo’lib, amalda 8219,5 mln.so’mlik (107%) ishlar amalga oshirilishi kutilmoqda. Jumladan:

1. 4R-112 “Farg’ona xalqa yo’li”ning 223-227 km qismini to’la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 2.0 mlrd.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Yanvar – sentyabr oylarida (reja – 2850 mln.so’m) 2837.1 mln.so’mlik (100%) ishlar bajarilishi kutilmoqda (pudratchi- Farg’ona KXSITFK);

2. 4R-145 “Farg’ona aylanma yo’li”

2.1. 4R-145 “Farg’ona aylanma yo’li”ning 0-9.4 km qismini to’la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 1.0 mlrd.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Yanvar – sentyabr oylarida (reja – 750 mln.so’m) 748,4 mln.so’mlik (100%) ishlar bajarilishi kutilmoqda (pudratchi Farg’ona KXSITFK);

2.2. 4R-145 “Farg’ona aylanma yo’li”ning 12.6-15 km qismini to’la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 1.19 mlrd.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Yanvar – sentyabr oylarida (reja – 370.0 mln.so’m) 354.2 mln. so’mlik (96%) ishlar bajarilishi kutilmoqda (pudratchi - Farg’ona TYXPTFK);

3. A-373b “Qo’qon shaxriga kirish yo’li”ning 28-32 km qismlarini to’la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 1.0 mlrd.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Yanvar – sentyabr oylarida (reja – 670 mln.so’m) 805,7 mln.so’mlik (121%) ishlar bajarilishi kutilmoqda (pudratchi Sharqiy XDAAYSITFK);

4. Farg’ona TYXPTFK ABZ sini to’la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 1.511 mlrd.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Yanvar – sentyabr oylarida (reja – 490 mln.so’m) 488,8 mln.so’mlik (100%) ishlar bajarilishi kutilmoqda (pudratchi – Farg’ona TYXPTFK);

5. 4R-153 “Qo’qon shaxri Mingtut-Aeroport-Sariqo’rg’on” yo’lini 0-3 km qismini to’la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 1.0 mlrd.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Yanvar – sentyabr oylarida (reja – 490 mln.so’m) 494,8 mln.so’mlik (101%) ishlar bajarilishi kutilmoqda (pudratchi - Sharqiy XDAAYSITFK);

6. 4R-148a "Furkat temir yul stantsiyasiga shaxobcha" avtomobil yo’lining 21-23.6 km qismini to’la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 3.0 mlrd. so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Yanvar – sentyabr oylarida (reja – 1320 mln.so’m) 1316,8 mln.so’mlik (100%) ishlar bajarilishi kutilmoqda (pudratchi – Bog’dod TYXPTFK);

7. 4R-112 “Farg’ona xalqa yo’li”ning 281 km dagi yo’l o’tkazgichni to’la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 502.0 mln.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Yanvar – sentyabr oylarida (reja – 108.3 mln.so’m) 108,3 mln. so’mlik (100%) ishlar bajarilgan. Ob’ektda ishlar yakunlangan. Qolgan mablag’ iqtisod qilingan. (pudratchi - Farg’ona KXSITFK).

Kommunikatsiya infratuzilmasi bo’yicha:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 18iyuldagi
PQ-2214-
sonli «Osiyo Taraqqiyot Banki ishtirokida Farg’ona va Marg’ilon shaharlari okava suv tizimlarini rekonstruktsiya qilish loyixasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori ijrosi doirasidaloyiha bo’yicha xukumat tomonidan kafolatlangan xorijiy kredit hisobidan qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

(Loyiha muddati 2015-2018 yillar).

Bajarilayotgan ishlar:“Farg’ona va Marg’ilon shahri oqava suv tarmoqlari va nasos stantsiyalarini rekonstruktsiya qilish” Loyihasi bo’yicha.

Farg’ona sh. "Suvoqava” ICh DUK bosh binosidaqurilish montaj ishlari olib borilmoqda. Xozirda binoning tom qismi va 1, 2, 3, 4, 5-qavatlarida rekonstruktsiya ishlari nixoyasiga etib bormoqda. Isitish va ventilyatsiya tizimlarini urnatish buyicha ishlar va binoning tashqi qismini alikofon bilan obshivka qilish ishlari olib borilmoqda.

Marg’ilonsh. "Suvoqava" ICh DUK bosh binosida qurilish montaj ishlari yakuniga etib bormoqda. Xozirda binoning tashqi tomonida tsokol qismiga marmar plitkalarini o’rnatish ishlari olib borilmoqda.

KNS "Toshloq" binosidaqurilish-montaj ishlari yakuniga etib bormoqda.Xozirda nasos agregatlarini o’rnatish xamda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

KNS "Atlas" binosidaqurilish-montaj ishlari yakuniga etib bormoqda. Xozirda nasos agregatlarini o’rnatish xamda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

KNS "Vodstroy" binosidaqurilish-montaj ishlari yakuniga etib bormoqda. Xozirda nasos agregatlarini o’rnatish xamda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Farg’ona shahri oqava suv tarmoqlari bo’yicha Nurmatov (D-315mm PE truba, 853 metr, 17 quduq) va Z.Ergashev (D-500mm, 837 metr,12 quduq) ko’chalariningoqava suv tarmog’lari to’liq yangilandi va foydalanishga tayyor xolatiga keltirildi. "Quvasoy" kuchasida (D-315 mm PE truba,1324 metr, 28 quduq) 1017 metr masofaga PE truba etqizildi va 20ta temir-beton quduqlari o’rnatildi. "Kasirskiy" kuchasida (D-315 mm PE truba, 1253 metr, 29ta quduq) 1253 metr masofaga PE truba etqizildi va 29 quduq urnatildi. "M.Qosimov" kuchasida (D-400-500 mm PE truba, 3303 metr,67 quduq) D-500mm PE truba 843 metr masofaga etqizildi, D-400mm PE truba 1402 metr masofaga etqizildi va 40 dona temir-beton quduqlar urnatildi. "Tadbirkorlar"kuchasida (D-315mm, 1474 metr, 30 quduq) 915 metrmasofaga PE truba etqizildiva 18 ta quduq urnatildi. "Bozorboshi" kuchasida (D-315mm PE truba, 531 metr, 12ta quduq) 531 metr masofaga PE truba etqizildi va 12 dona temir-beton quduqlar urnatildi. Shakar kishlok MFY (D-315mm PE truba 2650 metr, 57 quduq) buyicha 2650 metr masofaga PE truba etqizildi va 57ta temir-beton quduqlari o’rnatildi.S.Temur (VAI) va Yoshlik kuchalarida (D-315mm PE truba 903 metr, 12 quduq) buyicha 903 metr masofaga PE truba etqizildi va 12ta temir-beton quduqlari o’rnatildi.

Marg’ilon shahri oqava suv tarmoqlari bo’yicha Arabguzar kuchasida (D-315mm, 846 metr, 17 quduq)oqava suv tarmog’lari to’liq yangilandi va foydalanishga tayyor xolatiga keltirildi. B.Marg’iloniy kuchasida (D-315mm, 1097 metr, 24 quduq) oqava suv tarmog’i uchun PE truba etqizildi. Kunchilik ko’chasida 970 metr D-315mm, Orolbo’yi ko’chasida 380 metr D-315mm, Galatoy ko’chasida 250 metr D-225mm bo’lgan oqava suv tarmoqlari tortildi. Xozirda Yoshlik ko’chasida 300 metr D-225mm oqava suv tarmog’ini tortish buyicha ishlar olib borilmoqda.

Aloqa tizimini yaxshilash maqsadida "O’zbektelekom" AJ qoshida "O’zMobayl" milliy mobil aloqa operatori tomonidan 181 ta baza o’rnatish ko’zda tutilgan. Shuningdek, 132,36 km shisha tolali aloqa liniyalarni (4 ta shahar va 14 ta tumanlarda) qurishilishi rejalashtirilgan.

Hozirgi kunga qadar viloyat bo’yicha 101,18 km masofada optik tolali aloqa kabellarini yotqizish ishlari yakunlandi. Jumladan:

- tuman hokimiyatlari binolariga jami 7,35 km (Buvayda tuman hokimiyatiga - 0,4 km, Dang’ara tuman hokimiyatiga - 0,15 km, Yozyovon tuman hokimiyatiga - 1,2 km, Oltiariq tuman hokimiyatiga - 0,7 km, Qo’shtepa tuman hokimiyatiga - 1,4 km, Furqat tuman hokimiyatiga - 2,5 km va Farg’ona tuman hokimiyatiga - 1 km);

- viloyat Statistika boshqarmasi va bo’limlariga jami 0,9 km (viloyat boshqarmasiga - 0,5 km, Farg’ona shahar - 0,1 km, Yozyovon tumani - 0,1 km, Qo’shtepa tumani - 0,1 km va Farg’ona tumani - 0,1 km);

- shahar va tuman paxta tozalash zavodlariga jami 26,38 km (Qo’qon shahar - 1,8 km, Beshariq tumani - 0,48 km, Bog’dod tumani - 10,5 km, Rishton tumani - 8 km, Quva tumani - 4,5 km va O’zbekiston tumani - 1,1 km);

- Hamkorbankning shahar bo’limlariga jami 7,7 km (Farg’ona shahar - 4,5 km, Qo’qon shahar - 0,4 km, Marg’ilon shahar - 1,5 km va Quvasoy shahar - 1,3 km);

- Boshqa ob’ektlarga jami 48,15 km, jumladan “Qishloqxo’jalikkimyo” hududiy aktsiyadorlik jamiyatiga 0,3 km, FarDU qoshidagi 3-sonli akademik litseyga 0,5 km, Milliy bankning Marg’ilon shahar filialiga 2,1 km, “Universiada-2016” ob’ektlariga 12,9 km, Uchko’prik tumani Katta Kenagas qishlog’iga 1,35 km, Farg’ona tumani Mexanizatorlar daxasiga 2,4 km, Uchko’prik TB Otajonov, Dexqonov ATSlariga 7,2 km, O’zbekiston tumani Qushqo’noq, Yakkatut, Oqmachit qishloqlariga 4 km, Farg’ona tumani Novkent QATS ga 1,5 km, Dang’ara tumani Naymancha QATS ga 3 km, Furqat tumani Shoyimbek ATSga 7,2 km, Qo’shtepa tumani Solijonobod qishlog’iga 5,7 km;

- FTTx texnologiyasi asosida Farg’ona shahar Farg’ona ko’chasi 124, A.Navoiy ko’chasi 2, 3, 4, 6, Ergasheva ko’chasi 43, 45, Tarona ko’chasi A-21, A-14, B-15, V-16 uylarga 1,7 km, Quvasoy shahar A.Azizov ko’chasi 203, 211a, 217-uylarga 2 km;

- Videokuzatuv kameralari uchun Farg’ona shahrida 7 km optik tolali aloqa kabellari yotqizildi.

Internet xizmatlari va keng polosali tarmoqlarni rivojlantirish maqsadida 856 portga teng keng polosali telekommunikatsiya qurilmalarini o’rnatilgan. Shu jumladan, Farg’ona tumani Yangiobod QATSga 48 port, Chimyon QATSga 128 port, Dang’ara tumani Naymancha QATSga 48 port, Quva tumani “Quva don mahsulotlari” AJ hududida ajratilgan xonaga 48 port, Beshariq tumani Rapqon QATSga 48 port, O’zbekiston tumani Nursux QATSga 48 port, Oqmasjid qishlog’iga 64 portga teng DSLAM qurilmalari o’rnatilib, qishloq aholisiga keng polosali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Viloyatda 4 ta shahar va 14 ta tumanlarda jami 43 ta baza stantsiyalar o’rnatildi va ishga tushirildi. Jumladan, Farg’ona shahar – 9 ta, Marg’ilon shahar – 3 ta, Quvasoy shahar – 2 ta, Qo’qon shahar – 2 ta, Farg’ona tumani –     2 ta, Oltiariq tumani – 1 ta, Yozyovon tumani – 2 ta, Quva tumani – 1 ta, Rishton tumani – 1 ta, Toshloq tumani – 2 ta, Qo’shtepa tumani – 1 ta, Dang’ara tumani – 2 ta, Uchko’prik tumani – 1 ta, O’zbekiston tumani – 2 ta, Bog’dod tumani – 2 ta, Furqat tumani – 1 ta, Buvayda tumani – 1 ta, Beshariq tumani – 2 ta, So’x tumani – 2 ta.

181 dona qurilishi ko’zda tutilgan baza stantsiyalardan 95 donasi bo’yicha loyihalashtirish ishlari yakuniga etgan va bular quyidagicha shahar va tumanlar doirasida amalga oshirilmoqda. Farg’ona (8 ta), Oltiariq         (1 ta), Quva (5 ta), Yozyovon (1 ta), Rishton (3 ta), Toshloq (2 ta), Qushtepa (5 ta), Dang’ara (3 ta), Uchko’prik (4 ta), O’zbekiston (6 ta), Bog’dod (6 ta), Furqat (6 ta), Buvayda (4 ta), Beshariq (7 ta) tumanlarida hamda Farg’ona (16 ta), Marg’ilon (8 ta), Quvasoy (2 ta), Quqon (8 ta).

Qolgan 43 ta o’rnatish bo’yicha Respublika “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” vazirligi tomonidan ko’rib chiqilmoqda.

95 ta baza stantsiyalarini ishlashi uchun hamda kommutatsion markaz bilan bog’lanishini ta’minlash uchun “Farg’onatelekom” AJ tomonidan 340,47 km optik tolali aloqa liniyalarni (4 ta shahar va 13 ta tumanlarda) yotqizib berish rejalari ishlab chiqildi. Jumladan, Farg’ona (17,2 km), Qo’qon (5,6 km), Marg’ilon (19,9 km), Quvasoy (18,82 km) shaharlarida hamda Farg’ona (37,2 km), Quva (13,5 km), Toshloq (17,6 km), Qo’shtepa (11,1 km), Yozyovon (3,25 km), Beshariq (69,8 km), O’zbekiston(17,3 km) Dang’ara (15,3 km), Furqat (25,9 km), Rishton (12,3 km), Bog’dod (18,9 km), Buvayda (16,7 km) va Uchko’prik (20,1 km). Hozirgi kunda loyiha-oldi smeta xujjatlari tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari, joriy yilda ATS-242 da O’zmobayl kommutatsion markazi qurilishi va ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Qishloq massivlarida namunaviy uy, muxandislik tarmoqlari va infratuzilma ob’ektlari qurilishini borishi to’g’risida (PQ-2483).

Tuman massivlarida 37,6 km. ichimlik suvi tarmoqlari 11 ta ichimlik suv qudug’i, 5 ta suv minorasini qurish hamda 1 ta suv minorasini ta’mirlash uchun jami 2336,2 mln.so’m mablag’lar sarflanishi belgilangan. Joriy yilning 1 oktyabr holatiga qurilish-montaj ishlari nihoyasiga etkazilib foydalanishga topshirilgan.

Massivlarga 21,02 km. ichki yo’llar qurilishi belgilangan, bugungi kunda ushbu ob’ektlar 100 % bitkazildi.

Massivlarda 26,1 km elektr tarmoqlari tortilishi rejalashtirilib, amalda 25,7 yoki 98% va tabiiy 37,27 km gaz tarmoqlarini tortish ko’zda tutilib 24.45 km yoki 66 % ga ijrosi taminlandi. Qolgan tabiiy gaz tarmoqlarini tortish ishlari olib borilmoqda joriy yilning 20 oktyabr kuniga qadar nihoyasiga etkaziladi.

Qishloq massivlarida namunaviy uy-joylar, tashqi muhandislik tarmoqlari va infratuzilma ob’ektlari qurilishi to’g’risida alohida qayd etish zarur.

2016 yil dasturiga binoan 15 ta tuman 22 ta massivlarda 1095 ta uy-joylarni qurilishi rejalashtirilgan. Pudrat tashkilotlariga (reja 184 mlrd.so’m) 174,8 mlrd.so’mlik mablag’lar moliyalashtirilib, 184,0 mlrd.so’m (100%) qurilish montaj ishlari bajarildi. Xisobot davrida 1095 ta uy-joylarda qurilish montaj ishlari yakuniga etkazilib, tuman hokimliklarining foydalanishga qabul qilish bo’yicha tegishli qarorlari qabul qilinib, 874 nafar fuqarolar ko’chib kirdi. Qishloq massivlarida 
15 ta infratuzilma ob’ektlari to’liq foydalanishga topshirildi.

Uy-joy va kommunal xo’jaligidagi islohotlar

Aholi va korxona mablag’lari hisobidan xisobot davrida 156.7 km. ichimlik suv tarmoqlari va 36,7 km tabiiy gaz tarmoqlari tortilgan.

Aholi yashash punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida Respublika byudjet mablag’lari xisobidan 68 ta (11,3 mlrd.so’m)qishloqlarda 21 ta ichimlik suvi qudug’i qazilishi, 24 ta quduqlar ta’mirlanishi hamda 72 km suv tarmoqlari tortilishi belgilanib, 
60 mingdan ziyod aholini ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanishiga erishish ko’zda tutilgan. Bugungi kunda ichimlik suvi 68 ta (11,3 mlrd.so’m)ob’ektlarda (22 ta qishloq massivlarda va 46 ta qishloq axoli yashash punktlarida) qurilish-montaj ishlari yakunlandi, jumladan 20 ta ichimlik suvi qudug’i qazildi, 59.9 km tarmoq tortildi, 47 ta nasos o’rnatildi xamda 43,0 mingdan ziyod axolining ichimlik suv ta’minotini yaxshilandi.

Qishloq xo’jaligi bo’limi

Viloyatda 2016 yil 3 choragida viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida barcha sohalarda belgilangan Dasturlar doirasida muhim vazifalarni bajarilishini ta’minlash, raqobatbordosh va bozor talablariga mos bo’lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada keng yo’lga qo’yish, eksport salohiyatini oshirish, ichki iste’mol bozorini arzon va sifatli bo’lgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan to’ldirish, narh-navoning barqarorligini ta’minlash hamda pirovardida aholining real daromadlarini oshirish borasida belgilangan chora-tadbirlar asosida keng ko’lamli ishlar olib borildi. Jumladan;

Yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi amaldagi baholarda 3172,9 mlrd. so’mga yoki o’tgan yilning mos davriga nisbatan 
366,8 mlrd. so’m (106,5%)ga ko’p bajarildi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 35,2 foizi yoki 1116,7 mlrd. so’mligini chorvachilik mahsulotlarini hamda 63,0 foizi yoki
1999,5 mlrd.so’mligini dexkonchilik mahsulotlarini tashkil etdi.

Yalpi mahsulot ishlab chiqarishda fermer xo’jaliklari ulushi                 29,7 foizni, dehqon xo’jaliklarining ulushi esa 66,9 foizni tashkil etdi.

Oziq-ovqat Dasturlari ijrosi bo’yicha.

Viloyatda Hukumatimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar asosida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini barqaror ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari hajmlarini ko’paytirish va ichki iste’mol bozorini to’ldirish maqsadida meva-sabzavot, kartoshka, go’sht, sut, tuxum, asal, baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ularni saqlash, qayta ishlashni yo’lga qo’yish bo’yicha manzilli Dasturlar asosida ishlar olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 
4 yanvardagi 1-sonli “2016 yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish va undan foydalanishning istiqbol ko’rsatkichlari to’g’risida” gi qarori ijrosini ta’minlash, viloyatda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish va o’z vaqtida qayta ishlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda joriy yilda meva-sabzavot, poliz va uzum mahsulotlarini eksport qilish hajmlarini oshirish maqsadida 2016 yil 8 yanvarda viloyat hokimining 10-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan, 2016 yilda viloyat bo’yicha 859,2 ming tonna sabzavot (urug’likka 19,0 ming tonna, qayta ishlashga 117,4 ming tonna, eksportga 51,3 ming tonna, aholi iste’moliga 671,5 ming tonna), 336,7 ming tonna kartoshka (urug’likka 48,0 ming tonna, aholi iste’moliga 288,7 ming tonna), 108,7 ming tonna poliz (urug’likka 2 ming tonna, eksportga 3,9 ming tonna, aholi iste’moliga 102,8 ming tonna), 416,5 ming tonna meva (qayta ishlashga 54,4 ming tonna, eksportga 23,4 ming tonna, aholi iste’moliga 338,7 ming tonna), 106,5 ming tonna uzum (qayta ishlashga 
16,1 ming tonna, eksportga 13,2 ming tonna, aholi iste’moliga 77,2 ming tonna) mahsulotlari etishtirish hajmlari belgilangan.

Viloyatda hisobot davridagi barcha toifadagi xo’jaliklarida jami 718,7 ming tonna sabzavot (o’tgan yilga nisbatan 108%), 
252,9 ming tonna kartoshka (107,8%), 72,1 ming tonna poliz (109,2%), 330,3 ming tonna meva (110,4%), 91,1 ming tonna uzum (111,1 %) mahsulotlari etishtirildi.

Aholi tomorqalaridan foydalanish.

Hukumatimiz tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari etishtirishni ko’paytirish yuzasidan yaratilgan tizim asosida birinchi navbatda, viloyatimizda aholi tomorqalari va dehqon xo’jaliklari erlaridan samarali va unumli foydalanishni keng yo’lga qo’yilganligi o’zining katta samarasini bermoqda.

Viloyatining 724 ming ta xonadonlariga tegishli bo’lgan axolining shaxsiy tomorqa xo’jaliklarining 41,0 ming gektar tomorqalarida g’alla, sabzavot, kartoshka, poliz va ozuqa ekinlarini ekish hisobiga 15,8 ming tonna g’alla, 502,6 ming tonna sabzavot, 153,7 ming tonna kartoshka, 33,9 ming tonna poliz, 8,2 ming tonna dukkali donlar, 82,8 ming tonna meva, 79,4 ming tonna uzum, 134,1 ming tonna ozuqa ekinlari etishtirish ko’zda tutilgan.

Hozirgi kunda aholi tomorqalarining asosiy maydonlarda 
18,3 ming gektar sabzavot, 2,0 ming gektar poliz, 5,7 ming gektar kartoshka, 1,5 ming gekar dukkali don, 9,9 ming gektar maydonlarda ozuqa ekinlarini ekish ishlari olib borilmoqda. Viloyat bo’yicha shaxsiy tomorqalariga jami 41 ming 520 gektar (101,2 foiz) er maydonlarga ekinlar ekildi. Shundan: 18,7 gektar sabzavot (102%), 5,8 gektar kartoshka (101%), 2,02 gektar poliz (101%), 11,7 gektar boshqa ekinlar (101%) ekildi. Shuningdek 1954 gektar maydonlarga 791 ming dona meva ko’chatlari hamda 1290 gektar maydonlariga 1677 ming dona uzum ko’chatlari ekildi.

Axolining shaxsiy tomorqalariga jami 17,4 ming tonna urug’lik kartoshka, 99,5 tonna piyoz, 11.4 tonna sabzi, 277 kg karam, 3.2 tonna pamidor, 6,2 tonna bodiring, 20,1 tonna ko’k piyoz, 7,6 tonna poliz,                  286 tonna boshqa urug’lari ekildi.

Shuningdek jami 792 ming dona meva, 1677 ming dona uzum ko’chatlari ekildi.Shundan 1290 gektar uzum, 684 gektarga olma, 352 gektarga o’rik, 98 gektarga anor, 586 gektarga gilos, 234 gektarga nok ko’chatlari ekildi.

Tijorat banklari tomonidan shu kungacha aholi xonadonlariga jami 5,9 mlrd so’mlik (urug’lik va ko’chatlarga 975 mln so’m, qoramol sotib olishga 4272 mln so’m, parranda sotib olishga 449 mln so’m, qo’y sotib olishga 449 mln so’m) kredit mablag’lari ajratildi.

Muzlatkichli kameralar qurish bo’yicha

Viloyatda 2016 yilda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash hisobiga ichki iste’mol bozorlarini arzon va sifatli   meva-sabzavot mahsulotlari etkazib berish hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 29 fevraldagi 34-sonli “2016 yilda respublika xududlarida yangi sovutkichli sig’imlarni qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo’yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to’g’risida”gi yig’ilish bayoniga asosan Manzilli Dustur ishlab chiqildi.

Dasturga asosan joriy da jami 27 ta loyiha tashabbuskorlari tomonidan 16800 tonna sig’imdagi yangi muzlatkichli kameralar tashkil etilishi belgilandi. Shundan "O’zulgurjisavdoinvest" uyushmasi tizimi bo’yicha 500 tonnani, viloyatdagi loyixa tashabbuskorlari bo’yicha 16300 tonnani tashkil etadi.

Ushbu maqsadlar uchun jami 20,6 mlrd. so’m shundan o’z mablag’idan  11,0 mlrd. so’m, tijorat banklari hisobidan 9,5 mlrd. so’m sarflanishi rejalashtirilgan.

Joriy yil uchun belgilangan loyihalarning 27 tasi amalga oshirilib, 16200 tonna quvvatga ega bo’lgan yangi zamonaviy muzlatkichli kameralar barpo etildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 27,2 mlrd.so’m sarflandi.

Mahsulotlarni qayta ishlash. Viloyatimiz qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash borasida katta imkoniyatlarga ega.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 martdagi “2016-2020 yillarda meva-sabzavot va go’sht-sut mahsulotlarining xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, ularni qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va eksport qilishni ko’paytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2505-sonli qaroriga asosan viloyatda 2016 yilda 859,2 ming tonna sabzavot, 336,6 ming tonna kartoshka, 108,7 ming tonna poliz, 416,5 ming tonna meva, 106,5 ming tonna uzum, 147,2 ming tonna go’sht, 924,6 ming tonna sut, 348,8 mln. dona tuxum, 5 ming tonna baliq va 1 ming tonna asal mahsulotlari ishlab chiqarish belgilangan.

Shuningdek, etishtiriladigan jami 1 mln. 828 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarining 91,8 ming tonnasini (149,9 mln. doll.) eksport qilish belgilangan.

Viloyatda 2016-2020 yillarda qishloq ho’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarni rekonstruktsiya qilish bo’yicha jami 14 ta yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ushbu loyixalarni amalga oshirish uchun jami 50,3 mln. doll (shundan o’z mablag’idan 11,7 mln. doll, bank krediti 23,6 mln. doll., chet el investittsiya xisobidan 15,1 mln. doll) mablag’lar sarflanishi belgilandi. Hozirgacha ushbu loyixalarning tarmoq javdallari ishlab chiqildi.

Chorvachilik bo’yicha.

So’nggi yillarda chorvachilikda naslchilk ishlarini rivojlantirish, sun’iy urug’lantirishni keng joriy etish, ozuqa bazasini yaxshilash, moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash va ushbu sohada faoliyat yuritayotgan sub’ektlarga etarli shart-sharoitlarni yaratib berilayotganligi sohada chorva bosh sonlarini oshirishga hamda mahsulotlar hajmini ko’paytirishga katta zamin yaratmoqda.

Masalan,

2016 yil 9 oyida:qoramollar bosh soni 948,4 ming bosh
(101,0%), 
jumladan, sigirlar bosh soni 352,9 ming bosh (101,1%), qo’y-echkilar 832,9 ming boshga (103,3%), parrandalar bosh soni 4 mln. 625,8 ming boshga (113,3%) boshga etkazildi.

Shuningdek go’sht ishlab chikarish 101,2 ming tonnani (106,3%), sut ishlab chikarish 608,8 ming tonnani (106,1%), tuxum ishlab chiqarish 293,7 mln. donani (114,8%), baliq etishtirish 2443tonnani (110,8%) tashkil etadi.

Qoramolchilikni rivojlantirish bo’yicha jami 205 ta loyihada 3708 bosh qoramol tashkil etildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 23,0 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 18,8 mlrd. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 1176 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Parrandachilikni rivojlantirish bo’yicha belgilangan dasturlarga asosan 39 ta loyihada 451,3 ming bosh parranda boqish tashkil etildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 5,3 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 5,4 mlrd. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 274 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Baliqchilikni rivojlantirish bo’yicha viloyat bo’yicha jami 
41 ta loyihalar to’liq amalga oshirilib, ularda jami 131 gektar er maydonlariga ko’llar tashkil etildi. Loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 4,1 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 2,8 mlrd. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 247 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Asalarichilikni rivojlantirish bo’yicha28 ta loyihalar to’liq amalga oshirilib, ularda 5238 dona asalari uyalari tashkil etildi. Asalari xo’jaliklarini tashkil etishga jami 2621 mln. so’m mablag’lar (shundan bank krediti 495 mln. so’m) sarflandi. Loyihalarni amalga oshirish hisobiga 131 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Ijtimoiy rivojlantirish, demografiya va aholi bandligi bo’limi

Mehnat va daromadlar. Viloyatda davr oxiriga doimiy aholi soni 3549,3ming nafarni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan
60,1 ming nafarga yoki 101,7 foizga ortgan.

Iqtisodiy isloxotlarni jadallashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyotda band bo’lganlar soni o’sib bormoqda. Bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 1,4 foizga o’sib, 1502,8 ming kishini tashkil qildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015 yil 
3 dekabr SQ-63-III-sonli qarori bo’yicha “2016 yilda ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Dasturi”ga asosan, hisobot davrida 77753 ta (qishlok joylarda 56867 ta) yangi ish o’rinlari yaratildi. Bu ko’rsatkich rejaga nisbatan 100,8 foizni tashkil qilmoqda.

Yilning davomida ish axtaruvchi sifatida jami 28591 nafar fuqarolar ro’yhatga olindi, shundan 27870 nafari ishga joylashtirildi.

Hisobot davrida o’rtacha ish haqi viloyat bo’yicha 1224,2 ming so’m bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 7,8 foizga o’sganligi qayd etildi.

Sog’liqni saqlash. Viloyatda sog’liqni saqlash tizimida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi. Dasturni amalga oshirish jarayonida birinchi e’tibor aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilashga qaratildi.

Hozirgi kunda viloyatda 12974 o’rinli 129 ta shifoxona va bir paytning o’zida bir smenada 50,0 ming quvvatga ega bo’lgan 582 ta oilaviy va boshqa ambulatoriya-poliklinika muassasalari samarali faoliyat olib bormoqda.

Tibbiy muassasalarda jami 42,4 ming nafar o’rta tibbiyot xodimlari va 6,7 ming nafardan ziyod vrachlar faoliyat ko’rsatmoqda.

Bundan tashqari nodavlat tibbiy muassasalar faoliyatining takomillashtirilishiga jiddiy e’tibor berilmoqda. Natijada nodavlat shifoxonalar soni 71 tani tashkil etdi. Nodavlat tibbiy muassasalar soni esa 285 tani va yakka tartibda tibbiy mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi vrachlar soni 674 nafardan iborat. Shuningdek, pullik tibbiy xizmat olgan shaxslar soni 2016 yilning 9 oylik yakunida 164,3 ming nafarni tashkil etib, pullik tibbiy xizmat ko’rsatish hajmi 106,0 mlrd.so’mni tashkil etdi yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan 119,1 foizga oshgan.

Ta’limni rivojlantirish. Viloyatda 89,1 ming o’ringa ega bo’lgan jami 678 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko’rsatib, ularda 
75,8 ming nafardan ziyod bolalar tarbiyalanmoqda.

Viloyatda 2016G’2017 o’quv yilida 920 ta umumta’lim maktablari faoliyat ko’rsatib, 37,4 ming nafar pedagog xodimlar508,9 ming nafardan ziyod o’quvchilarga ta’lim bermoqda.

Bugungi kunda viloyatda 12 ta akademik litseylar va 145 ta kasb-hunar kollejlari faoliyat ko’rsatmoqda. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan o’quvchilar soni 161,0 ming nafarni tashkil etdi. (Jumladan,akademik litseylarda 8400 nafar, kasb-hunar kollejlarda– 152590 nafar)

Sport. O’sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy-ma’naviy jihatdan salomatligini mustahkamlash, ularni sog’lom va barkamol bo’lib voyaga etkazish maqsadida, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Ommaviy sport tadbirlarini o’tkazish bo’yicha tasdiqlangan rejaga asosan 2016 yil 9 oy davomida, shahar va tuman hokimliklari, turli davlat xamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda 1032 ta turli sport musobaqalari o’tkazildi. O’tkazilgan sport musobaqalarida 557411 nafar (shundan 252794 nafari qizlar) yosh sportchilar ishtirok etishdi. Mazkur tadbirlarni o’tkazishga va g’olib bo’lgan sovrindorlarni taqdirlashga jamg’arma va homiy tashkilotlar tomonidan 26,2 mln.so’m mablag’lar (shundan, jamg’arma hisobidan 19,8 mln.so’m) sarflandi.

O’tgan oylar davomida viloyatimizning 48 nafar (shundan 16 nafar qizlar) yosh sportchilari jami 4 ta Respublika musobaqalariga yuborilib, faxrli 2, 3-o’rinlarni egallab qaytdilar.

Madaniyat. Viloyatda 4 ta teatr va 14 ta muzeylar, 8041,5 ming nusxa kitob fondiga ega bo’lgan 1130 ta kutubxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Shuningdek, viloyatda 91 ta madaniyat va aholi dam olish markazi faoliyat ko’rsatmoqda. Mazkur markazlarda 775 ta to’garaklar mavjud bo’lib, to’garaklarda 20,0 ming nafardan ziyod bolalar va o’smirlar bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazmoqda.