Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Investitsiyalar Innovatsiyalar va turizm

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< May 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Davlatimiz mustaqilligining 26 yillik bayrami tabrik so'zi

 2017-09-19 17:51:34    275

PDF yuklash
Chop etish


tabrik so’zi

 

Assalomu alaykum, hurmatli bayram ishtirokchilari!

Aziz mehmonlar!

Bugun mustaqil O’zbekistonimizni ko’pmillatli xalqi shahar va qishloqlarda mamlakat istiqlolining 26 yilligini shodu xurramlik bilan tantana qilmoqdalar. Zero Mustaqillikkina xalqimizga xaqiqat va istiqbol, davlatimizga jahon hamjamiyatidan tenglik asosidagi mavqeni berdi. O’zbekiston degan nom uning eng go’zal bayrog’i jahon uzra tilga olinib yuksakliklarga ko’tarilmoqda

Bu yilgi eng ulug’, eng aziz bayramimizga “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston” shiori ostida farg’onaliklar ham katta tayyorgarlik, munosib mehnat yutuqlari bilan kelganligidan faxrlansak arziydi.

Fursatdan foydalanib, siz, aziz bayram ishtirokchilarini va sizlar orqali Farg’onamizning mehnatkash va mehmondo’st, bir so’zli, labzi halol aholisini davlatimiz mustaqilligining 26 yillik bayrami bilan nomidan qizg’in va samimiy muborakbod etaman.

Qadrli do’stlar!

Bu kunlar qadrini hech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi. Shunday ulug’ damlarda viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida, qishloq va mahallalarida, har bir xonadonda va har bir yurakda istiqlol ne’matidan bahramandlik, faxr-iftixor va shukronalik tuyg’usi jo’sh urib turibdi.

Istiqlolimizning tarixan qisqa, lekin mazmunan asrlarga teng davrida erishgan yutuqlarini har birimiz o’z farovon hayotimiz, turmush tarzimiz misolida, farzandlarimiz timsolida ko’radigan bo’lsak, yanada teranroq, yanada yorqinroq tasavvurga ega bo’lamiz.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizda barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotning barqarorligini, aholi turmush darajasini yuksaltirishning muhim omili bo’lib xizmat qilmoqda.

Ayniqsa, aholining turmush sifatini oshirish, uy-joy kommunal va yo’l xo’jaligi, arxitektura, arzon uy-joylar qurish, ijtimoiy muhofazaning manzilliligini ta’minlash, respublikaning har bir hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, dehqon xo’jaliklari, tomorqa uchun ajratilgan erlardan maqsadli foydalanish, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o’zaro hamkorlikda huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mutlaqo yangicha tizimni yaratib berganligi buning yorqin misolidir.

Hurmatli bayram qatnashchilari!

2017 yilning muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilinishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko’tardi. Eng avvalo, xalqimiz dardu tashvishini o’ylab yashash, ularning munosib hayot kechirishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berish barchamizning oldimizdagi muhim vazifa qilib belgilandi.

Qadrli do’stlar!

Muhtaram Prezidentimizning 2017 yil
7 fevraldagi Farmonlari bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatidan yangi yondashuvlarni boshlab berdi.

Xususan, davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimlari, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy va millatlaro totuvlikni ta’minlash sohalarida muayyan ishlar bajarildi. Bir so’z bilan aytganda barcha sohalar isloh etilib, ularning asosiy faoliyati fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga – “Xalq manfaatlariga xizmat qilish”ga - yo’naltirildi.

Hurmatli bayram qatnashchilari!

O’zbekiston bozor iqtisodiyoti uyg’unlashgan demokratik tamoyillarga asoslangan davlat. Kim qanday mehnat qilsa, albatta mevasini ko’radi. O’tgan bir yil davomida va kuni kecha davlatimiz rahbarining farmonlari bilan bir qancha farg’onaliklar ham munosib taqdirlandilar.             

Ularning har birini nomini sharaf bilan tilga olish mumkin.

Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz baxt-saodati yo’lidagi samarali xizmatlari uchun ana shunday yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan barcha  hamyurtlarimizni chin dildan tabriklaymiz.

Aziz do’stlar!

Mana shunday fayzli damlarda Sizlarni va Sizlar orqali butun viloyatimiz ahlini eng mo’’tabar ayyom – mustaqilligimizning 26 yillik bayrami munosabati bilan samimiy tabriklayman. Istiqlolimiz tufayli erishgan barcha yuksak g’alaba va marralarimiz bardavom bo’lsin. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod, dasturxonimiz to’kin bo’lsin.

Bayram barchangizga muborak bo’lsin, aziz do’stlar!

19.97 KB