Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Iyun 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturining asosiy muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalarini bajarilishi to’g’risida MA’LUMOT

 2017-12-19 09:22:50    636

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2017 yil 14 yanvar kuni o’tkazilgan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisining 2017 yil 14 yanvardagi 1-sonli bayoni 16-bandida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda joriy yil 1-chorakdan boshlab hisobot berish tizimini joriy etish borasida Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonlaridan belgilab berilgan 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturining asosiy muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalari asosida tizimli ishlar tashkil etilmoqda.

Joriy yil 9 oyida deyarli barcha sohada yuqori o’sish sur’atlariga erishildi, jumladan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish (prognoz 102,9% - amalda 103,0%), halq iste’moli mollari (prognoz 100,2% - amalda 100,4), yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlari (prognoz 103,5% - amalda 103,8%), qurilish ishlari (prognoz 111,3% - amalda 112,2%), chakana savdo (prognoz 105,6 - amalda 105,6%), jami xizmat (prognoz 105,0 - amalda 105,0%) hajmlari sezilarli o’sishi ta’minlanmoqda.

Viloyatda Mahalliylashtirish Dasturi doirasida 28 ta loyihalarda 23,80 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarish belgilangan bo’lib, amalda 24,01 mlrd. so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, rejaga nisbatan 100,8 foizga bajarildi. Mazkur loyihalarni amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan elektr choynaklar, bolalar yumshoq o’yinchoqlari, “GM Uzbekistan” uchun  avtomobillar havo filtrlari, bolalar uchun maktab sumkalari ishlab chiqarilmoqda.

Shuningdek, “Farg’ona viloyatini 2017 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi” doirasida yanvar-sentyabroylari yakunida umumiy qiymati 595,1mlrd.so’mga teng bo’lgan 1520 ta loyihalar amalga oshirilishi belgilangan bo’lib, amalda 1530 ta loyihalar ishga tushirilishi xisobiga 12794 nafar yangi ish o’rinlari tashkil etildi. Bu maqsadlar uchun 785,9 mlrd.so’m mablag’lar sarflandi.

Jumladan, sanoat yo’nalishida 436 ta loyihalar amalga oshirish belgilangan bo’lib, jami 323,6 mlrd. so’m (179,3 mlrd. so’m o’z mablag’i,
144,3 mlrd. so’m bank krediti, 4,5 mln. AQSh dollari xorijiy investitsiya
) hisobiga 6823 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo’lib, amalda 444 ta (101,8%) loyiha amalga oshirilib, 506,2 mlrd. so’m mablag’lar o’zlashtirildi. Natijada 6952 ta yangi ish o’rinlari tashkil etildi.

Engil sanoatni rivojlantirish bo’yicha–95 ta, qurilish materiallari ishlab chiqarish bo’yicha–114 ta, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bo’yicha–110 ta, kimyo va neft-kimyo sanoati yo’nalishida-38 ta, mebel va qog’oz sanoati yo’nalishida – 38 ta, sanoatning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha–49 ta loyihalar amalga oshirildi.

Bundan tashqari, viloyatda qishloq xo’jaligining 9 ta sohasini meva-sabzavotchilik, asalarichilik, baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, chorvachilik, echkichilik, terini qayta ishlash hamda uzumchilik sohalarini rivojlantirish bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, qishloq xo’jaligining 9 ta sohasini rivojlantirish bo’yicha 2017 yilda jami 455 ta loyihalarni ishga tushirish belgilab olingan.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun talab etiladigan jami
232,5 mlrd. so’m shundan, 124,4 mlrd. so’m kredit mablag’larni hisob-kitoblari ishlab chiqilib, loyihalarni amalga oshirish hisobiga
3474 ta yangi ish o’rinlarini yaratish ko’zda tutilgan.

Ushbu loyihalardan shu kunga qadar jami 262 ta loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 1800 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. Mazkur loyihalarga 48,5 mlrd.so’m o’z mablag’lari sarflanib,
51,6 mlrd.so’m va 866 ming dollarlik bank kreditlari ajratildi.

Viloyatda 2017 yilda meva-sabzavot mahsulotlari etishtirishni keskin ko’paytirish va eksport salohiyatini oshirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar Dasturi ishlab chiqildi. Xususan:

Joriy yilda jami 132,2 ming gektar maydonlarning 47158 gektarga sabzavot, 20133 gektariga kartoshka, 8165 gektariga poliz ekinlari ekilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari bugungi kunda viloyatimizda 49,9 ming gektar bog’ va 6,7 ming gektar uzumzorlardan jami 2 mln. 10 ming tonna hosil olish rejalashtirilgan, shundan 497,2 ming tonna meva, 921,3 ming tonna sabzavot, 336 mingtonna kartoshka, 89,5 ming tonna poliz, 135,6 ming tonna uzum maxsulotlari etishtirish hajmlari belgilangan.

Hozirgi kunda fermer, dehqon xo’jaliklari va aholi tomonidan asosiy maydonlarida paxta hosilini terish, takroriy maydonlarda takroriy ekinlarniparvarishlash hamda 2018 yil hosili uchun to’qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, viloyatda meva-sabzavot mahsulotlarini yig’ish, qayta ishlash, tara qadoqlash, saqlash imkoniyatlariga ega bo’lgan 3 ta logistik markazlar barpo etilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil
26 oktyabrdagi PF-4853-sonli hamda 2017 yil 12 yanvardagi
PF-4931-sonli Farmonlariga asosan “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish bo’yicha viloyat ishchi guruhi va viloyat shtabi faoliyati yo’lga qo’yilib, ishlar izchil olib borilmoqda. Iqtisodiy zonada tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish istagini bildirgan 61 ga yaqin tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchi korxonalar ro’yxati shakillantirilib, investitsiya loyihalari ishlab chiqildi.

Viloyat hokimi rahbarligida joylarga chiqqan holda sanoat salohiyatini oshirish, xizmat ko’rsatish sohasini, ayniqsa qishloq joylarda rivojlantirish hamda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko’paytirish, soliq bazasini kengaytirish asosida tuman mahalliy byudjetlarini daromadini ko’paytirish va yangi ish o’rinlarini yaratish yuzasidan ishlab chiqilgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini 2017 yilda bajarilishi yuzasidan Marg’ilon shahar, Qo’qon shahar, Quvasoy shahri, Bag’dod, Buvayda, Qo’shtepa tumani, Quva, Uchko’prik, O’zbekiston tumanlaridagi tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvlarda shahar va tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanitirish dasturiga kiritilgan loyihalardagi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan duch kelayotgan er ajratishda, litsenziya olish, elektr, gaz tarmog’iga ulanishi, kredit foiz stavkalarini pasaytirish va boshqa muammoli masalalarni hal etish bo’yicha mas’ullariga ko’rsatmalar berildi.

Viloyatda xar xaftaning seshanba kunlari tadbirkorlar kuni o’tkazib kelinmoqda. 2017 yilning 18 mart kuni Farg’ona politexnika institutida X-hududiy innovatsiya yarmarkasi o’tkazilib, unda viloyatning 1000 nafardan ortiq tadbirkorlari, fermerlari va ishlab chiqarish korxonalari vakillari ishtirok etdi. Yarmarkada ilmiy muassasalar bilan tadbirkorlar o’rtasida qiymati 1,5 mlrd.so’mdan ortiq  bo’lgan shartnomalar imzolandi.

Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2016 yil 5 oktyabrdagi PF-4848-sonli Farmoni va O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 29 dekabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi
O’RQ 418-sonli  Qonuni bilan tadbirkorlar uchun bir qator engilliklar, imtiyozlar joriy etildi.

Farmon bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va profilaktika ishlarining samaradorligini oshirish davlat siyosatining muhim ustuvor yo’nalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.

Shu maqsadda tadbirkorlik faoliyatiga qonunga hilof ravishda aralashganlik va to’sqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz to’xtatib qo’yganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi to’g’risidagi qonun hujjatlari normalari talablari qat’iy bajarilishini, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlariga etkazilgan zararning bevosita aybdorlardan undirilishini ta’minlash belgilandi.

Mazkur Farmoni mazmun mohiyatini tadbirkorlarga etkazish maqsadida viloyat prokuraturasi, Adliya boshqarmasi va boshqa mutasaddi idoralar vakillari va mahalliy televideniyalar bilan xamkorlikda tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida ochiq muloqotlar tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni va O’zbekiston Respublikasining O’RQ-418-sonli qonuniga muvofiq,                   2017 yilning 1 yanvaridan boshlab tadbirkorlik sub’ektlarida o’tkaziladigan rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilindi hamda bu bilan soliq idoralari tomonidan kameral nazorat va prafilaktika tadbirlarini samarali tashkil etgan holda turli ko’rinishdagi qonunbuzilish holatlarini hamda korxona mansabdor shaxslariga nisbatan turli ta’sir choralari ko’rilishini oldini olishga erishish ko’zda tutildi.

Iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashda o’z navbatida tarkibiy o’zgarishlarni yanada kengaytirish, sanoatning etakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va faol diversifikatsiyalash muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.

2017 yilning yanvar-sentyabr oylari yakunida 5706,1 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 103,0 foizni, xalq ist’emol mollari ishlab chiqarish
2530,0 mlrd.so’mga etib, o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 108,4 foizni tashkil etmoqda.

Farg’ona viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, mahalliy xom-ashyolar negizida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish, korxonalarda modernizatsiya va diversifikatsiya ishlarini amalga oshirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunda asosiy e’tibor, hududda sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish, xalqaro standartlar va sifatni boshqarish tizimlari talabi asosidagi, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish, ularning eksport hajmlarini oshirish, sanoat mahsulotlarini yangi turlarini ishlab chiqarishni o’zlashtirish hamda mahalliylashtirish, viloyatning sanoat salohiyatini oshirish bo’yicha istiqbolli investitsion loyihalarni amalga oshirish va shu asosda yangi ish o’rinlarini yaratishga qaratilmoqda.

Viloyatda sanoatning engil sanoat, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoati jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda.

Viloyatda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil
11 fevraldagi “2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to’g’risida”gi PQ-2298-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 dekabrdagi “2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va  materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2698-sonli qarorlariga asosan mahalliylashtirish dasturiga jami hududiy tassarufdagi 21 ta sanoat korxonalarida 28 ta loyihalar amalga oshirilmoqda. Farg’ona shahridan “Gaz Buyum Servis” MChJda suyultirilgan gaz saqlash sig’imlari ishlab chiqarish va Dang’ara tumanidan “Dang’ara mega kettl” MChJda elektr plitalar ishlab chiqarish loyihalari mahalliylashtirish dasturiga kiritildi. Hozirda hududiy tassrrufdagi loyihalar soni 30 taga etkazildi.

Korxonalarda dastur asosida yumshoq bolalar o’yinchoqlari, elektr choynaklar, isitish batareyalari, izolyatsiya plyonkasi, kimyoviy dori sepish apparatlari, shokolad, kandolat mahsulotlari, bolalar maktab sumkalari, quyultirilgan sut, quruq sut, bolalar velosipedlari, “Dji-Em O’zbekiston” avtomobillari uchun xavo filtrlari, rezina granulalari kabi yana boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Viloyatda 2017 yilning 9 oyligida hududiy tasarrufdagi 28 ta loyihalarda 24,01 mlrd. so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Natijada 3,0 mln. dollar miqdorida valyuta zahirasini tejashga erishildi.

2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturining asosiy muhim yo’nalishlarida belgilab berilgan ustuvor vazifalari asosan viloyatda o’tgan davr mobaynida qishloq ho’jaligi yo’nalishlarda meva-sabzavot mahsulotlari etishtirish va eksport qilish hajmlarini ko’paytirish, er va suv resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Bunda asosiy e’tibor, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirish hajmlarini ko’paytirish hisobiga ichki iste’mol bozorini arzon va sifatli bo’lgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan to’ldirish, narx-navoning barqarorligini ta’minlash, shuningdek iste’moldan ortiqcha qismini tartibli eksportini amalga oshirishga qaratildi.

Jumladan, 2017 yildaer va suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash, oziq-ovqat ekinlari maydonlarini kengaytirish va ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rivojlantirishni qo’llab–quvvatlash bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Birinchidan, Yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi amaldagi baholarda 3293,5 mlrd. so’mga yoki o’tgan yilning mos davriga nisbatan 120,6 mlrd. so’m(103,8%)ga ko’p bajarilishi kutilmoqda. 

Ikkinchidan: viloyatda 2017 yilda meva-sabzavot mahsulotlari etishtirishni keskin ko’paytirish va eksport salohiyatini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar Dasturi ishlab chiqildi. Xususan:

Viloyatda 2017 yilda jami 132,2 ming gektar maydonlarning
47158 gektarga sabzavot, 20133 gektariga kartoshka,
8165 gektariga poliz ekinlari ekilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari bugungi kunda viloyatimizda 49,9 ming gektar bog’ va 6,7 ming gektar uzumzorlardan jami 2 mln. 10 ming tonna hosil olish rejalashtirilgan, shundan 497,2 ming tonna meva,
921,3 ming tonna sabzavot, 336 ming tonna kartoshka,
89,5 ming tonna poliz, 135,6 ming tonna uzum maxsulotlari etishtirish hajmlari belgilangan.

Etishtirilgan jami 2 mln. 10 ming tonna mahsulotlarning
201,3 ming tonnasi qayta ishlashga, 125,5 ming tonnasi eksportga, 48,4 ming tonnasi zaxiraga, 80,1 ming tonnasi urug’likka va qolgan 1554,7 ming tonnasi ichki iste’mol va zaxiraga yo’naltirilishi rejalashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi
PQ-3027-sonli qarorlariga asosan viloyat hokimining 2017 yil
3 iyundagi 314-sonli qarori qabul qilingan.

Qarorga asosan joriy yilda g’alla hosilidan bo’shagan 110,7 ming gektar maydonlarning 101,5 ming gektariga takroriy ekinlarni (shundan 36 ming 500 gektariga sabzavot, 5 ming 400 gektariga kartoshka, 5 ming 500 gektariga poliz, 1000 gektariga soya, 10 ming 200 gektariga ozuqa ekinlar, 8 ming 400 gektariga sholi, 7 ming gektariga supurgi,
27 ming 500 gektariga dukkakli ekinlar) ekish rejalashtirilgan bo’lib, amalda 36,8 ming gektarga sabzavot, 2,9 ming gektarga kartoshka,
5,6 ming gektarga poliz, 27,5 ming gektarga dukkakli, 1,2 ming gektarga, 8,6 ming gektarga sholi, 7,4 ming gektarga supurga va 11,6 ming gektarga ozuqa va boshqa ekinlarning ekilishi ta’minlandi.

G’alladan bo’shagan maydonlarga o’z vaqtida takroriy ekin ekish ishlarini tashkil etish maqsadida 105 ta otryadlari tashkil etilib, otryadlarga g’alla maydonlarini somondan tozalash bo’yicha 425 dona somon to’plagich, 385 dona haydov, 1850 dona ekish va boshqa texnikalar biriktirildi.

2017 yil g’alla hosilidan bo’shagan maydonlarga ekilgan ekinlardan jami  886,5 ming tonna hosil (shundan 674,3 ming tonna sabzavot, 43 ming tonna kartoshka, 100 ming tonna poliz, 2,1 ming tonna soya, 41,3 ming tonna dukkakli don, 25,8 ming tonna sholi mahsulotlarining) olinishi rejalashtirilmoqda.

Etishtirilgan yalpi hosilning 30,1 ming tonnasi qayta ishlashga,
63 ming tonnasi eksportga, 48,8 ming tonnasi 2017-2018 yil qish-bahor mavsumi uchun zaxiraga, 8,9 ming tonnasi keyingi yil hosili uchun urug’likka hamda qolgan 754,1 ming tonnasi ichki bozor va aholi iste’moliga va yo’naltiriladi.

Uchinchidan, aholi turmush darajasi va daromadlari bazasini yaxshilash maqsadida 100 boshdan parrandachilik hamda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish maqsadida tashqi bozorda xaridorgir bo’lgan malina, limon, yong’oq, unabi va uzumchilikni tashkil etish evaziga mahsulotlar etishtirish hajmlarini ko’paytirish uchun viloyatdagi aholi xonadonlari hamda dehqon ho’jaliklarida 279 gektar maydonda limon, 535 gektar maydonda yong’oq, 89 gektar maydonda unabi, 49 gektar maydonda malina, 55 gektar maydonda uzum ko’chatlari ekilib, jami 6,5 ming ta xonadonga 522,3 ming bosh parrandalar tarqatildi.

Mazkur maqsadlar uchun tijorat banklari tomonidan
45,9 mlrd.so’m kredit mablag’lari ajratildi.

To’rtinchidan, Viloyatda 2017 yilda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash hisobiga ichki iste’mol bozorlarini arzon va sifatli meva-sabzavot mahsulotlari etkazib berish uchun yangi sovutkichli sig’imlarni qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo’yicha Manzilli Dastur ishlab chiqildi.

Dasturga asosan joriy yilda jami 27 ta loyiha tashabbuskorlari tomonidan 19,1 ming tonna sig’imdagi yangi muzlatkichli kameralar tashkil etilishi belgilandi.

Ushbu maqsadlar uchun jami 35 mlrd.so’m shundan o’z mablag’idan
14 mlrd.so’m, tijorat banklari hisobidan 21 mlrd.so’m sarflanishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunga kelib, 2017 yilda amalga oshirilishi belgilangan loyihalarning 21 tasining ishga tuirilishi evaziga umumiy sig’imi
14500 tonnali omborxonalar tashkil etilib, mazkur maqsadlar uchun jami 3240 ming dollar hamda 12,1 mlrd. so’m miqdoridagi mablag’larlar sarflandi.

Xozirgi kunda qolgan 6 ta loyixalar bo’yicha tarmoq jadvallari bo’yicha qurilish ishlari olib borilmoqda.

Beshinchidan, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturida qishloq xo’jaligi yo’nalishi bo’yicha 2017 yilda jami
455 ta loyihalarning amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shundan, 2017 yilning 9 oyi yakuni bo’yicha Dasturdagi
262 ta loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 1800 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. Mazkur loyihalarga 48,5 mlrd.so’m o’z mablag’lari sarflanib, 51,6 mlrd.so’m va 866 ming dollarlik bank kreditlari ajratildi.

Oltinchidan,viloyatda hukumatimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar asosida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini  barqaror  ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari hajmlarini ko’paytirish va ichki iste’mol bozorini to’ldirish maqsadida meva-sabzavot, kartoshka, go’sht, sut, tuxum, asal, baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ularni saqlash, qayta ishlashni yo’lga qo’yish bo’yicha manzilli Dasturlar asosida ishlar olib borilmoqda.

So’nggi yillarda chorvachilikda naslchilk ishlarini rivojlantirish, sun’iy urug’lantirishni keng joriy etish, ozuqa bazasini yaxshilash, moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash va ushbu sohada faoliyat yuritayotgan sub’ektlarga etarli shart-sharoitlarni yaratib berilayotganligi sohada chorva bosh sonlarini oshirishga hamda mahsulotlar hajmini ko’paytirishga katta zamin yaratmoqda. Masalan, 2017 yil 9 oyi yakuni bo’yicha: qoramollar bosh soni 1008 ming bosh, jumladan, sigirlar bosh soni 361 ming bosh, qo’y-echkilar 835 ming boshga, parrandalar bosh soni   5 mln 735 ming boshga boshga etkazilishi kutilmoqda.

Shuningdek, go’sht ishlab chikarish 107,5 ming tonnani, sut ishlab chikarish 648,2 ming tonnani, tuxum ishlab chiqarish 318 mln. donani tashkil etishi rejalashtirilgan.

2017 yilning 9 oyida viloyat korxona(firma)larini modernizatsiyalash, texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni diversifikatsiyalash, shuningdek, sohani tarkibiy o’zgartish bilan tashqi bozorga raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish va eksport geografiyasini kengaytirish bo’yicha amaliy ishlar qilindi.

Viloyatning jami eksporti 394,6 mln.dollarni tashkil etib,
392,1 mln. dollarlik eksport prognoz ko’rsatkichi 100,6 foizga bajarilmoqda, 2016 yilning yanvar-sentyabr oyiga nisbatan o’sish
110,1 foizni tashkil etmoqda.

2017 yil 9 oyi yakuni bo’yicha eksport tarkibida oziq-ovqat, kimyo va plastmassa mahsulotlari, engil va charm poyabzali, qurilish materiallari eksporti o’sdi. 

Viloyat tasarrufidagi korxonalarga 2017 yil 9 oyi uchun
139,5 mln.dollarlik eksport prognozi belgilangan bo’lib, xaqiqatdan
130,3 mln.dollarga yoki 93,4 foizga bajarilmoqda. Shundan, sanoat mahsulotlari eksport prognozi 126,3 foizga, meva-sabzavotlar eksporti 88,1 foizga bajarilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig’iga asosan joriy yil o’tgan oylarida eksport prognozini bajarmagan va eksportni boshlamagan 36 ta korxonaga 3-4 choraklar uchun qo’shimcha
11,7 mln.dollarlik eksport prognozi belgilanib, ijroga qaratildi.

O’tgan yilning 9 oyiga nisbatan xududiy korxonalar eksporti
174 foizga, shundan sanoat mahsulotlari eksporti 1,5 martaga,
meva-sabzavotlar eksporti 1,8 martaga o’sdi.

O’tgan oylarda chetga mahsulot chiqargan korxonalar va xususiy tadbirkorlar soni 280 taga etdi va o’tgan 1 yil davomida eksporter korxonalar soni  72 taga ortdi.

2017 yil uchun eksport prognozi belgilanmagan 75 ta sanoat korxonalari va xususiy tadbirkorlar eksport faoliyatiga jalb etildi va ular tomonidan 2,5 mln.dollarlik sanoat mahsulotlari (engil sanoat, charm-poyabzali, kimyo, qurilish materiallari), 47 mln.dollarlik
meva-sabzavot mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Shulardan 31 tasi modernizatsiya va texnik qayta jihozlash bilan eksportbob sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishi yo’lga qo’yilgan korxonalardir. Ular tomonidan yangi turdagi plastmassa uy ro’zg’or buyumlari, ayollar paltosining 5 ta yangi modeli, trikotaj mahsulotlarini 8 ta yangi turi, qurilish mahsulotlaridan gipsokarton, oxak tosh, ipak matolar, milliy kiyimlar, keramik idishlar, santexnika plastmassa mahsulotlari va boshqalar) 2,9 mln.dollarlik mahsulot eksport qilindi.

Joriy yilning 4 choragida jami 66,5 mln.dollarlik, shundan sanoat mahsulotlari 10,0 mln.dollarlik va meva-sabzavotlar 56,5 mln.dollarlik eksportni amalga oshirilishi belgilangan.

Ushbu ko’rsatkichni bajarish maqsadida korxonalar tomonidan tuzilgan eksport shartnomalari, mahsulotlar sifati va xorijiy davlatlar bozoridagi narxlar qayta tahlil etib chiqilmoqda.

Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltiriladigan korxonalarga investitsiyalar kiritish, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etish, mablag’ konvertatsiyasi bo’yicha yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni hal etish ishlari tashkil etilmoqda.

Shuningdek, viloyatda 9 oy davomida xalqaro va davlat ahamiyatidagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’llarida
13,8 mlrd.so’mlik qayta qurish va to’la ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, 345,2 km ichki yo’llarni ta’mirlash bo’yicha
26,9 mlrd.so’mlik ishlar bajarildi.

Bundan tashqari, aholiga kommunal xizmatlar sifati va ta’minotini yaxshilash maqsadida viloyatda elektr energiya ta’minotini yaxshilash dasturi bo’yicha joriy yil 9 oy davomida 52,64 km elektr tarmoklari 20 ta transformator punktlari yangitdan qurildi,
131,27 km elektr tarmoklari 40 ta transformator punktlari rekonstruktsiya qilindi, 1233,0 km elektr tarmoqlari kapital hamda
484 ta transformator punktlari joriy ta’mirlandi.

Viloyatda tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash dasturi bo’yicha Joriy yilning 9 oyi davomida viloyatda tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash dasturi bo’yicha joriy yilda 7,0 km gaz quvurlarini kapital ta’mirlandi, 14,4 kmni rekonstruktsiya qilindi hamda 32 ta tabiiy gaz ta’minoti tizimi moddiy texnika bazasi yaxshilandi.

Shu bilan birga, qishloq vrachlik punktlarida shifokorlarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, ularga ishlash uchun qulay sharoitlarni yaratib berish maqsadida hududlarda yosh shifokorlarimiz uchun 6 ta 2 sotix 3-xonali xizmat uylarini qurish hamda 81 ta qishloq vrachlik punklari binolarini yashash uchun xizmat uyiga moslashtirish rejalashtirilgan, mazkur uylardan 79 tasida qurilish montaj ishlari yakunlanib, 2,1 mlrd.so’m miqdoridagi mablag’lar o’zlashtirildi.

Bundan tashqari, Farg’ona viloyatida 2017 yilda aholi bandligini ta’minlash Dasturiga muvofiq, jami 25677 ta loyihalarni amalga oshirilishi hisobiga 74 888 ta ish o’rinlari yaratilishi belgilangan. Joriy yil yanvar-sentyabr oylarida 60128 ta ish joylari tashkil etilishi belgilanib, shahar va tuman xokimligi qoshidagi ishchi komissiyalari tomonidan taqdim etilgan hisobotlarga ko’ra viloyat rejasi 60534 ta yoki 100,7  foizga bajarildi va ushbu yaratilgan ish o’rinlarining 68,2 foizi qishloq joylar hissasiga  to’g’ri keladi.

Yaratilgan ish o’rinlaridan 17359 tasi ayollar, 10388 tasi mehnat migrantlari, 19701 tasi yoshlar, shundan 9272 tasi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun tashkil etildi.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish doirasida ishlab chiqilgan dasturlarni bandlik dasturi bilan uzviy bog’liq holda amalga oshirilishi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida yaratilgan ish o’rinlarining salmog’ini sezilarli ortishida asosiy omil bo’lib hizmat qilmoqda.

Shuningdek, 2017 yilning 9 oyi davomida Bandlikka ko’maklashish markazlari prokuratura organlari va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 110 marotaba “Bo’sh ish o’rinlari yarmarkalari” tashkil etildi. Ushbu yarmarkalarda 4375 ta korxona va tashkilotlar o’zlaridagi 24157 ta bo’sh ish o’rinlari bilan qatnashdilar.

Yarmarkalarda jami 16875 nafar ishsiz fuqarolar (shundan ayollar                  6977 nafar, yoshlar 11842 nafar) ishtiroki ta’minlandi. Qatnashganlarning              2091 nafariga (shundan ayollar 953 nafar, yoshlar 1262 nafar) doimiy ishga joylashish uchun yo’llanmalar berildi. Berilgan yo’llanmalar asosida 1837 nafar fuqarolar (shundan ayollar 843 nafar, yoshlar 1148 nafar) ishga joylashtirildi. Shuningdek,
10 nafari kasbga o’qitishga, 6 nafari haq to’lanadigan jamoat ishlariga yuborildi. 14768 nafariga “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi Qonun talablari to’g’risida maslahat va tushuntirishlar berildi.

Viloyatda 5 ta oliy o’quv yurtlari faoliyat olib bormoqda. Ushbu oliy ta’lim muassasalarida bakalavr yo’nalishida jami 80 ta hamda magistratura yo’nalishi bo’yicha jami 34 ta mutaxassisliklar bo’yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanmoqda.

2017-2018 o’quv yilida viloyatdagi umumta’lim maktablarining                           9-sinflarini 46069 nafar (23761 nafar qizlar) o’quvchilar tamomladilar.

Viloyatdagi kasb-hunar kollejlarida 2017 yil qabul rejasida                      (2016 yilga nisbatan) Sog’liqni saqlash sohasi 32,2%ga, Transport sohasi 36,6%ga, Ta’lim sohasi 7,8%ga, Biznes-iqtisod sohasi 12,0%ga, Huquq sohasi 4,0%ga kamaytirildi.

Shuningdek, qabul rejasi Oziq-ovqat sanoati sohasida 3 martaga, Energetika sohasida 31,7%ga, Qurilish va kommunal xo’jaligi sohasida 7,1%ga, Engil sanoat sohasida 12,8%ga, Sanoatning boshqa sohalarida 13,6%ga ko’paytirildi.

Shulardan 37 tasi viloyatda 2017-2018 o’quv yilidan boshlab tayyorlash boshlanadi.

Axborot texnologiyalari va aloqa sohasida-1 ta, Transport sohasida-1 ta, San’ati sohasida-11 ta, Ijtimoiy-ta’minot sohasida-
1 ta, Qishloq xo’jaligi sohasida-2 ta, Oziq-ovqat sanoati sohasida-6 ta, Sanoatning boshqa sohalarida-8 ta, Energetika sohasida-1 ta, Qurilish va kommunal xo’jaligi sohasida-3 ta mutaxassislar tayyorlash yo’lga qo’yildi.

Bundan tashqari, bugungi kunda dolzarb bo’lgan qishloq ho’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo’yicha jami 1530 ta kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Viloyatdagi 3 ta akademik litseylari kasb-hunar kollejiga aylantirildi va 2 ta kasb-hunar kollejlarni ixtisosligini o’zgartirildi.

Yangi o’quv yilida viloyatdagi o’rta-maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga jami 17840 nafar, shundan akademik litseylarga 1578 nafar,  kasb-kasb-hunar kollejlariga 16262 nafar o’quvchilar  qabul qilindi.

Viloyatda 2016G’2017 o’quv yilida kasb-hunar kollejlarini tamomlayotgan 53620 nafar (25871 nafari qizlar) bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish yuzasidan aniq chora-tadbirlari belgilab olingan. Xususan:

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Muhtaram Sh.M.Mirzieyov tashabbuslari bilan Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumani misolida ishlab chiqilgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish va tadbirkorlikka jalb etish bo’yicha yangi tizim asosida joriy o’quv yilida kasb-hunar kollejlarini tamomlayotgan
53620 nafar bitiruvchilarning har biriga ularning bandligini ta’minlashga ko’maklashish maqsadida iqtisodiyot majmuasiga kiruvchi viloyat boshqarma, tashkilotlari hamda ularning hududiy bo’linmalarida faoliyat olib borayotgan 5 ming nafardan ziyod mas’ul rahbar va xodimlar noma-nom biriktirib chiqildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2017 yil 26 apreldagi 02-02-08-2-sonli yig’ilish bayonining ilovasida keltirilgan namunaviy shakldagi respublika, viloyat va tuman darajasidagi kasb-hunar kollejlariga biriktirilgan mas’ul rahbarlar va bitiruvchilarga biriktirilgan iqtisodiy kompleks rahbar-xodimlari to’g’risidagi ma’lumotlar barcha muassasalarning kirish qismiga joylashtirildi hamda kasb-hunar kollejlari ma’muriyati va bitiruvchilarga etkazildi.

2016G’2017 o’quv yilida kasb-hunar kollejlarini tamomlayotgan                 53283 nafar (99,4%) bitiruvchilar bilan to’rt tomonlama shartnomalar imzolandi. Ish bilan ta’minlashga muhtoj bo’lmagan bitiruvchilarning               320 nafari bilan turmushga chiqqanligi, mehnatga layoqatsiz, nogironligi, vafot etganligi sababli va boshqa sabablarga ko’ra to’rt tomonlama sharnoma tuzish imkoniyat mavjud emasligi aniqlandi.

Bitiruvchilarning 9630 nafari (18%) byudjet tashkilotlariga,             31999 nafari (60%) hududlarda faoliyat yuritayotgan sanoat, hizmat ko’rsatish, qurilish, qishloq xo’jaligi sohasidagi korxona va tashkilotlarga, 2726 nafari (5%) dasturlar doirasidagi loyihalarda yaratiladigan yangi ish o’rinlariga ishga joylashishi rejalashtirildi.

Shuningdek, 4256 nafar (8%) bitiruvchilar yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlariga ishchi sifatida yollanishi hamda
8937 nafar (17%) bitiruvchilarga o’z biznesini yo’lga qo’yishlari uchun 68,9 mlrd.so’m mikrokreditlar berish orqali bandligini ta’minlash belgilandi.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish va o’z bizneslari ochishga ko’maklashish maqsadida tizimli ravishda turli tadbirlar o’tkazilmoqda. Jumladan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish va o’z bizneslari ochishga ko’maklashish uchun maxsus yarmarkalarni tizimli tashkil etish, shu orqali ularning bandligini ta’minlash maqsadida joriy yilning
5-17 aprel kunlari hududlardagi 34 ta tayanch kollejlarida 
3G’4 kunlik yarmarkalari tashkil etildi.

Maxsus mehnat yarmarkalarda jami 1580 ta korxonalar va tashkilotlar  o’zlarining 6980 ta bo’sh ish o’rinlarini bilan qatnashdilar, ushbu yarmarkaga 50557 nafari (94,2%) kollej bitiruvchilarning ishtiroki ta’minlanib, 1657 nafar bitiruvchilar qaytadan aniq korxona va tashkilotlar bilan 4 tomonlama shartnomalar imzolandi.

Mazkur tadbirlar o’tkazilishi natijada dastlab 5433 nafar kasb-hunar kollejlari bitiruvchilar tomonidan o’z bizneslarini ochishlari uchun 38,5 mlrd.so’m imtiyozli kredit olishini istagini bildirgan bo’lsa, tijorat banklari tomonidan yarmarka davomida hamda bitiruvchilarni tadbirkorlikka jalb etish, o’z bizneslarini boshlashlariga ko’maklashi maqsadida tashkil etilgan o’quv seminarlari natijasida 8937 nafar bitiruvchilar 68,9 mlrd.so’mga kredit olish istagini bildirishgan.

Joriy yilning 5 oktyabr holatiga viloyatdagi kasb-hunar kollejlarini tamomlagan 53620 nafar bitiruvchilarning
41876 nafarining (78,1%) bandligi ta’minlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 martdagi                PQ-2812-sonli qaroriga asosan 2017-2021 yillarda viloyatda
6140 ta namunaviy uy-joylar qurilishi dasturi tasdiqlandi.

Dasturga asosan ushbu yillarda davomida uy-joylar qurilishi uchun 866,5 mlrd.so’m mablag’lar, jumladan 171,2 mlrd.so’m uy-joy quruvchilarining mablag’lari, 277,1 mlrd.so’m markazlashtirilgan kapital qo’yilmalari, tijorat banklarining kreditlari,
287,2 mlrd.so’m tijorat banklari tomonidan ochiladigan kredit liniyalari va 131 mlrd.so’m ishtirok etuvchi tijorat banklari mablag’lar hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.

Dasturga asosan 2017-2021 yillarda 2240 ta 2,3-qavatli
3 pod’ezli ko’p xonadonli (2,3-x xonali) uy-joylar, 2400 ta bir qavatli 2,3 xonali uy-joylar (0,02 ga) va 1500 ta 2-qavatli 4-xonali uy-joylar (0,04 ga) quriladi. Bugungi kunda tuman hokimliklari tomonidan uy-joylar qurilishiga er maydonlarini tanlash ishlari olib borilmoqda.

Qishloq massivlariga muhandislik tarmoqlari qurilishini amalga oshirish maqsadida 159,6 km. (24,1 mlrd.so’m) ichimlik suvi,
124 km. (14,4 mlrd.so’m) elektr energiyasi, 145,4 km. (10,5 mlrd.so’m) tabiiy gaz va 112,6 km. (39,8 mlrd.so’m) avtomobil yo’llari qurilishi dasturi ishlab chiqildi.

2017 yilda viloyatning 15 ta tumanlaridagi 30 ta massivlarida jami 1228 ta (158,5 mlrd.so’mlik) uy-joylar qurilishi belgilangan. Jumladan, 130 ta 2-qavatli 4-xonali 2 xonadonli uylar (4 sotixli), 254 ta 1 qavatli 3,4 xona 6 sotixli uylar, 604 ta 1-qavatli 3 xonali (2 sotixli) uylar hamda 14 ta 2 va 3 qavatli 4-podezli 16 xonadonli uylar jami 240 ta(120 tasi 3 xonali, 120 tasi 2 xonali) xonadonli
uy-joylar qurilishi belgilanib, 107 ta pudrat tashkilotlari aniqlangan.

Pudrat tashkilotlariga (reja 152,0 mlrd.so’m) 120,8 mlrd.so’m (79%) mablag’lar moliyalashtirilib, 125,2 mlrd.so’mlik (82%) qurilish montaj ishlari bajarildi.

Bugungi kunda 1228 ta uy-joylarda er va poydevor ishlari, g’isht terish, plita yopish ishlari, tom yopish ishlari, 1224 ta uylarda elektr va santexnika ishlari, 1226 ta uylarda ichki suvoq ishlari, 1189 ta uylarda ichki pardozlash ishlari, 1204 ta uylarda tashqi suvoq ishlari, 1212 ta uylarda tashqi devor va xovli qurilmalari qurish ishlari olib borilmoqda. Ob’ektlarga 9091 ta ishchi xodimlar jalb etilgan.

Bugungi kunda 1180 ta uy-joylarda qurilish montaj ishlari yakuniga etkazildi. Qolgan 48 ta uy-joylarni 10 oktyabrga qadar foydalanishga topshiriladi.

2017 yil dasturi doirasida 26,2 km. (4594,9 mln.so’m) ichimlik suvi tarmoqlari qurilishi bo’yicha pudrat tanlanib, pudratchilar tomonidan 24,4 km. ichimlik suvi tarmoqlari tortildi.

       15,6 km. (5412,2 mln.so’m) avtomobil yo’llari qurilishi bo’yicha pudrat tanlanib, pudrat tashkilotlari tomonidan 15,6 km. yo’llarga shag’al yotqizish, 8,4 km. asfalt bosish ishlari bajarildi.

25,3 km. (2369 mln.so’mlik) elektr tarmoqlari qurilishi bo’yicha bugungi kunda 17,3 km. elektr tarmoqlari tortildi.

25,9 km. (2486 mln.so’mlik) tabiiy gaz tarmog’idan 23,9 km. gaz tarmoqlari tortildi.

Massivlarda muhandislik tarmoqlari qurish ishlari 10 oktyabrga qadar yakunlanadi.

6 ta tumandagi qishloq massivlariga 11 ta bozor infratuzilmasi ob’ektlari  qurish ishlari yakuniga etkazilmoqda.

45.80 KB