Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Iyun 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

 2017-12-27 16:42:16    402

PDF yuklash
Chop etish


Harbiy  vatanparvarlik oyligi munosabati bilan joylarda turli tadbirlar, uchrashuv, davra suhbatlari o’tkazilmoqda.

Farg`ona shahrida joylashgan  harbiy qismda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o’g`lonlarimiz qalbida jasorat, mardlik va shijoat kabi fazilatlarni shakllantirish,  harbiy xizmatga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni T.Irgashevning yoshlar bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Qo’mondon yoshlarga Qurolli  Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan shart-sharoit va imtiyozlar to’g`risida ma’lumot berdi. So’ngra  ularni  harbiy qismdagi  maxsus mashg`ulot xonalaridagi sharoit bilan tanishtirdi.

Okrug qo’mondoni bilan uchrashuv  yigitlarga  juda  manzur bo’ldi. Samimiy va jonli  muloqot  ularning sharafli kasbga bo’lgan hurmatini yanada oshirib, kelajakda ular ham harbiy  akalari  qatoriga  qo’shilib, ona yurtimizni himoya qilishni  ko’ngillariga  tugib qo’yishdi.

Yoshlarning qo’mondon bilan  uchrashuvi taassurotlarga boy tarzda kechdi. Uchrashuv ularning hayotida o’chmas iz qoldirgani shubhasiz. Bu kabi tadbirlar kelajakda o’zining ijobiy samarasini berishiga ishonamiz.


Dilfuza JAKBAROVA,

Farg`ona garnizoni

Ofisterlar uyi kutubxona mudirasi.