Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Avgust 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Xalq deputatlari Rishton tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi

 2018-02-08 16:53:37    375

PDF yuklash
Chop etish


   Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 Unda viloyat hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi SHuhrat G‘aniev ishtirok etib, tumanda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularning echimi haqida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada ta’kidlab o‘tilganidek, tumanda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda bir qator yutuqlarga erishilgan bo‘lsada, ayrim rahbarlarning beparvolik kayfiyatiga berilishi bunga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Tumanda keyingi vaqtlarda ko‘plab ustuvor vazifalarning bajarilmasligi tufayli salbiy ko‘rsatkichlar ortib ketgan. Masalan, hududdagi hal qilinishi zarur bo‘lgan masalalardan biri – toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoj aksariyat mahallalarda hamon muammoligicha qolmoqda. Gaz ta’minotida ham bartaraf etilishi zarur bo‘lgan muammolar bor. Respublika ishchi guruhi tomonidan tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida olib borilgan o‘rganishlarda ham asosiy muammolar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikdagi sustkashliklar, sog‘liqni saqlash va ta’lim, uy-joy hamda ijtimoiy muhofaza tizimidagi kamchiliklar sifatida qayd etilgan.

Tadbirkorlik sub’ektlarining mavjud imkoniyatlardan to‘la foydalanilmayotgani, eksportni rivojlantirishda tumandagi o‘sish ortda qolayotgani tanqid qilindi. Soha va tarmoqlarda shu kabi qator holatlar atroflicha tahlil etildi.

Viloyat rahbari sessiya ishida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi chora-tadbirlar ham etarlicha tashkil etilmaganini ta’kidlab o‘tdi. Birgina 2017 yilning o‘zida 43 ta mahalla fuqarolar yig‘inida turli jinoyatlar sodir etilgani, ularning aksariyatida xotin-qizlarning ishtirok etgani achinarlidir.

YUqoridagi kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan G‘ayrat Mamadalievni tuman hokimi vazifasidan ozod etish, shu kunga qadar So‘x tumani hokimi bo‘lib ishlagan Tavakkaljon Rahimovni Rishton tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risida viloyat hokimining qarorlari xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Muzokaralarda kelgusidagi vazifalar haqida so‘z bordi va tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

Madaminjon SOLIJONOV.