Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg‘ona viloyatida haftaning har chorshanba kuni – tadbirkorlar kuni etib belgilandi

 2018-04-04 22:17:18    347

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev tomonidan bugun 2018 yil 4 aprel kuni soat 13:00 da viloyat hokimligining kichik majlislar zalida viloyat tadbirkorlari bilan selektor orqali muloqot o‘tkazildi.

Yig‘ilish mavzusi viloyatda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22-23 iyun kunlari Farg‘ona viloyatida tashrifi yakuni bilan tasdiqlangan yig‘ilish bayoni ilovasidagi va bundan tashqari tadbirkorlarga taalluqli bir qator loyihalar, shuningdek, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni oldini olish, tadbirkorlik sub’ektlariga kredit, bino, yer ajratish, kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, xom-ashyo bilan ta’minlash va boshqa tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi muammoli masalalarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirishni yanada jadallashtirishga qaratildi.

Viloyat studiyasida hamda shahar-tuman studiyalarida masalaga aloqador bo‘lgan barcha tizim rahbarlari, hokimlarning iqtisodiyot va investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek, 852 nafar tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirok etdi.

Uchrashuvda ishtirok etgan tadbirkorlarga Davlat xizmatlari ko‘rsatish agentligi viloyat va shahar-tuman bo‘limlari orqali yuzaga kelayotgan muammolar va ko`plab boshqa masalalar bo`yicha asosiy xizmatlar ko‘rsatilishi; mutasaddi rahbarlarga esa bu bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, mobil telefonlari orqali sms xabarlar yuborilishi, OAV orqali e’lonlar berilishini yo‘lga qo‘yish hamda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. 

Muloqot davomida tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan viloyat hokimiga bo‘lgan 20 ga yaqin bevosita murojaat muhokama qilinib, muammolarni hal etish bo`yicha aniq ko`rsatmalar berildi. Qolgan tadbirkorlarning viloyat miqyosidagi muammo-masalalari shu kunni o‘zida viloyat hokimligiga yozma ravishda taqdim etilib, eng qisqa fursatlarda hal etilishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, haftaning har chorshanba kuni – tadbirkorlar kuni sifatida belgilanib, viloyat hokimi hamda shahar tuman hokimlari tomonidan chorshanba va shanba kunlari tadbirkorlar bilan  doimiy uchrashuvlar o‘tkazib borilishi rejalshtirldi. Viloyatdagi faol tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashni yanada jadallashtirishga kirishildi.