Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Janubiy koreyalik jarrohlar tomonidan 35 nafar bola plastik operatsiya qilindi

×

 2018-06-05 17:36:11    364

PDF yuklash
Chop etish


“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi tomonidan viloyatimizda bolalar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan ezgu tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda

 Jamg‘armaning sog‘lomlashtirish dasturlari doirasida joriy yilning 26-31 may kunlari viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga Koreya Respublikasining  “Severance” Yonsey universiteti professorlari hamda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining malakali jarrohlari tashrif buyurishdi.

Ular ishtirokida viloyatimizdagi bemor bolalarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va operatsiya yo‘li bilan davolashni ko‘zda tutgan  xayriya aksiyasi amalga oshirildi.

Xayriya tadbirining dastlabki kunlari 300 nafarga yaqin tug‘ma nuqsonlar, kuyish va turli operatsiyalar asoratlari bilan og‘riyotgan bemor bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Kam ta’minlangan oilalar farzandlari, “Muruvvat uylari” tarbiyalanuvchilari, shuningdek, kuchli tibbiy zarurat tufayli tanlab olingan 35 nafardan ziyod bolajonlar jarrohlik yo‘li bilan sog‘lomlashtirildi. Koreyalik professorlar Park Byong Yung, Kim Yong Uk, Chong Yong Unlar operatsiya jarayonlariga bosh-qosh bo‘lishdi.

-Respublikamizda qariyb yigirma yil muqaddam boshlangan bunday xayriya tadbirlari  natijasida minglab bolalarimiz sog‘lom hayotga qaytarildi, -deydi Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh bolalar plastik jarrohi Murodjon Ja’farov. –Mazkur yo‘nalishda xalqaro tajribalar o‘zlashtirilib, poytaxtimizda “Bolalar plastik xirurgiya markazi” ochildi. Bugungi kunda plastik jarrohlik bo‘yicha malakali tibbiy kadrlarni tayyorlash masalasiga e’tibor qaratildi. Viloyatda o‘tkazilayotgan jarrohlik amaliyotlarida farg‘onalik yosh plastik jarrohlar ham ishtirok etib, tajriba orttirishayotani respublikamizda mazkur soha istiqboliga bo‘lgan umidimizni oshirmoqda.

Farzandi jismiga sog‘liq, yuziga tabassum qaytgan ota-onalarning shodumonligi,  minnatdorligining cheki yo‘q.

-2015 yili qizim tanglay nuqsoni bilan tug‘ilganda juda tushkun ahvolga tushib qolganmiz, -deydi Dang‘ara tumanilik Asalxon Muhammadibrohimovaning onasi Dilnozaxon Hamroeva. –Uning malakali professorlar  tomonidan  operatsiya yo‘li bilan davolanishi butun oilamiz, farzandimning kelajagi uchun ham katta xursandchilik bo‘ldi.

-Ona uchun dunyoda bolasining sog‘ligidan-da ortiq baxt yo‘q, -deydi Farg‘ona tumani Kaptarxona qishlog‘ida yashovchi Fotimaxon Aminjonova. –Ushbu xayriya tadbiri menga ana shu baxtni tuhfa qildi. O‘g‘lim Davlatyor Mo‘minjonovning o‘ng qo‘l panjalari kuyish oqibatida nuqsonli bo‘lib qolgan edi. Endilikda u ham tengqurlari singari barmoqlarini bemalol ishlata oladi. Buning uchun bolaparvar davlatimizdan, fidoyi va olijanob shifokorlardan minnatdorman.

Tug‘ma va kuyish, turli operatsiyalar asorati sifatida saqlanib qolgan nuqsonlaridan xalos bo‘lib, sog‘lom hayotga qaytgan bolajonlar orasida SHukronaxon O‘rinboeva, Saidkamol Turobjonov,   Imronbek Asqarov, Zilolaxon Musaeva, Biloliddin Mo‘minov singari o‘g‘il-qizlar ham bor. 

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi tomonidan viloyatimizda bolalarni sog‘lomlashtirishga qaratilgan bunday ezgu tadbirlar dilbandlarimizga baxtli bolalik va porloq kelajak asosini tuhfa etayotgani bilan g‘oyat qimmatlidir.

 

Dilnavoz QO‘LDOSHEVA.

Jahongir MIRZAMATOV olgan surat.