Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 196 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg‘ona viloyatida "Har bir oila - tadbirkor" dasturi uchun 100 million dollar ajratish rejalashtirilmoqda

×

 2018-06-12 23:55:53    306

PDF yuklash
Chop etish


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Oltiariq tumanida Farg‘ona viloyati faollari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Farg‘ona viloyati sanoat tovarlari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish, xizmat ko‘rsatish, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan tovarlar va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha respublikadagi o‘rtacha darajadan bir necha barobar orqada ekani tanqid ostiga olindi.

Biz o‘zimizga juda katta yuk olganmiz. Xalqimizni rozi qilishimiz kerak. Farg‘ona viloyati hamma soha bo‘yicha hali o‘zining yo‘lini topgani yo‘q. Iqtisodiyotda, maishiy hayotda ko‘p muammolar to‘planib qolgan. Lekin rahbar shuning uchun rahbar - masalaga yechim topishi kerak. Buning uchun vatanni sevishi, o‘zini qiynashi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Odamlarni rozi qilish uchun ularni ish bilan ta’minlash, buning uchun investitsiyalar jalb etish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Xususan, viloyatda 101 mingta ish o‘rni yaratish imkoniyati borligi ko‘rsatib o‘tildi.

“Har bir oila – tadbirkor” dasturini Farg‘ona viloyatida amalga oshirish uchun oilalarning tadbirkorlik imkoniyatlarini o‘rganish, zarur bo‘ladigan moliyaviy resurslarni hisob-kitob qilib, kamida 100 million dollar ajratish bo‘yicha topshiriq berildi.

Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar bo‘yicha mutasaddilarning hisobotlari eshitildi. Aholi talablaridan kelib chiqib zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati