Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Yozyovon tumanida ijtimoiy-ma’naviy vaziyat va aholining yashash sharoitlarini o‘rganish natijalari bo`yicha ma`lumotnoma

 2018-08-03 17:26:09    349

PDF yuklash
Chop etish


Berilgan topshiriqqa asosan joriy yilning 23 – 29 iyul kunlari 12 ta ishchi guruhlar tomonidan Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida ijtimoiy-ma’naviy vaziyat va aholining yashash sharoitlari o‘rganildi.

Ishchi guruhlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari, vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, nodavlat notijorat tashkilot rahbarlari boshchilik qilgan holda Yozyovon tumanining 33 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib bordilar.

Yozyovon tumanida 20 ming 50 ta xonadonlarda 105 ming 601 nafar fuqaro istiqomat qilib, ishchi guruh a’zolari tomonidan 16 ming 962 ta (84,6 %) xonadonlarga kirib chiqildi. O‘rganish jarayonida turli yo‘nalishlarda 4 ming 822 ta muammolar aniqlandi.

Mazkur muammolarni 4 315 tasi yoki umumiy murojaatlarning
89,5 foizi bugungi kunda bartaraf etildi.

Jumladan:

Aholini gaz, elektr energiya va ko‘mir bilan ta’minlash bo‘yicha:

Tabiiy va suyultirilgan gaz bo‘yicha 662 ta muammoli masalalar ko‘tarilgan bo‘lib, ularning barchasi hal etildi.

Farg‘ona viloyati gaz bo‘yicha ta’minoti hududiy filiali tomonidan 23-29 iyul kunlari tuman aholisiga 358 dona (131,7 mln.so‘mlik) maishiy gaz ballonlari tarqatildi, shuningdek, 4300 dona gaz ballonlari  85,98 tonna (60,2 mln.so‘mlik) suyultirilgan gaz bilan to‘ldirib berildi.

Tumanda kuzgi-qishgi mavsumga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish maqsadida 28 ta gaz taqsimlash qurilmalari (GTQ) joriy ta’mirlandi, 300 p/m gaz quvuri er ostiga olindi, 34 ta tayanch ustunlar (stoyak) o‘rnatildi va 2,8 km gaz quvurlari bo‘yoqlandi. Aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini bir maromda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida 71 ta GTQlarda rejim-sozlash ishlari amalga oshirildi. Shu jumladan tuman Markaziy shifoxonasining gaz xo‘jaligidagi 320 p/m gaz quvurlari va 2 dona GTQlari bo‘yoqlanib, joriy ta’mirlandi, 2 ta gaz uskunasi taftish qilindi.

Shuningdek, tuman aholisiga uzluksiz suyultirilgan gaz etkazib berishni ta’minlash maqsadida 1 ta ISUZI avtomashinasini sotib olish uchug 279 mln so‘m mablag‘ o‘tkazilib, joriy yil 10 avgustiga qadar olib kelinishi belgilandi.

Yozyovon tumani aholisiga 2018-2019 yil kuz-qish davri uchun 6 ming 227 tonna ko‘mir va ko‘mir briket mahsulotlari etkazib berish joriy yil sentyabr oyidan boshlab berilishi rejalashtirilgan.

O‘rganish  davrida  (23-29 iyul kunlari)  jami 478,4 tonna, jumladan ijtimoiy soha muassasalariga 417,4 tonna (17 %) - Xalq ta’limi bo‘limiga 204,6 tonna, Maktabgacha ta’lim bo‘limiga  86,8 tonna va Sog‘liqni saqlash bo‘limiga 42 tonna hamda 61 tonna aholiga ko‘mir mahsulotlari keltirib berildi.

Ishchi guruhi tomonidan elektr ta’minotida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “O‘zbekenergo” AJ, “Farg‘ona XETK” AJ tomonidan tezkorlik bilan ishlar tashkil etildi.

Elektr energiya bo‘yicha jami 358 ta muammoli masalalar ko‘tarilgan bo‘lib 166 ta (46,4%) hal etilgan.

Uyma-uy yurish orqali xonadonlarda o‘tkazilgan o‘rganishlardan kelib chiqib, “O‘zelektroapparat” AJdan 8 dona har xil quvvatli yangi transformator punktlari hamda “Elektrqishloqqurilish” AJ ga qarashli “Quvasoy temir beton ishlab chiqarish” korxonasidan 458 dona temir beton tayanchlar, 80 dona kommutatsion apparatlari, 2 000 kg ochiq sim AS-35 hamda 590 dona SHF izolyatorlari hamda metall konstruksiyalar, jami 2,1 mlrd. so‘mlik ehtiyot qismlar olib kelinib, qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Qorasoqol mahalla fuqarolar yig‘inida 3 ta, Yoshlik, Qo‘rg‘oncha, Guliston, Xonobod, Markaziy Farg‘ona MFY hududlariga 1 tadan jami 8 ta har xil quvvatdagi transformator punktlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. SHuningdek, 3,9 km uzunlikdagi 0,4-10 kVli havo elektr tarmoqlari rekonstruksiya ishlari yakunlanmoqda. Bundan tashqari, 6 ta transformator punktlari va 16,5 km uzunlikdagi havo tarmoqlari  mukammal  ta’mirlandi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida tumandagi jami 33 ta mahallalardagi 8732 ta aholi xonadonlarining, 38 ta ijtimoiy soha muassasalari va 565 ta tadbirkorlik sub’ektlarining elektr ta’minoti yanada yaxshilandi.

Toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha:

Tumanda 21 km (16,0%) ichimlik suvi tarmoqlari ta’mirga muhtoj bo‘lib, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 63 foizni tashkil etadi.

O‘tkazilgan o‘rganishlarda 332 ta murojaatlarning ijrosini ta’minlash va aholini ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida  26 ta MFY ning suvlashmagan ko‘chalariga jami 1 mlrd. 50 mln so‘mlik 37,4 km ichimlik tarmog‘ini tortish, 5 dona suv minorasini ta’mirlash, 12 dona suv nasoslari o‘rnatish, 2 dona toza ichimlik tik suv qudug‘ini qazish ishlari belgilangan.

Suv tarqatish inshootlaridagi tik suv quduqlariga 7 dona suv nasosi o‘rnatish ishlari bajarildi. Ishtirxon va CHo‘liguliston mahallla fuqarolar yig‘inlarida 2 ta ichimlik tik suv qudug‘ida burg‘ulash ishlari amalga oshirilmoqda. Aholining suvlashmagan ko‘chalariga 34,2 km tarmoq tortish ishlari amalga oshirildi.

Yuqorida amalga oshirilgan ishlar natijasida qo‘shimcha 2152 ta xonadon yoki 17216 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanib, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 79 foizga ko‘tariladi.

Ichki yo‘llarni holatini yaxshilash bo‘yicha:

Tumanda 908,0 km ichki yo‘llar mavjud bo‘lib, ularning 504,1 km (55 %) dan ortig‘i ta’mirtalab holatda.

Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ko‘chalardagi ichki yo‘llarni holatidan norozi bo‘lib va ta’mirlashni so‘rab aholidan 335 ta murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlarni hal etish maqsadida 34 ta ko‘chalardagi 9,1 km yo‘llarda shag‘allash, 5,1 km asfaltlash, 5 ta joyda piyodalar yo‘laklarini chizish hamda 12 dona yo‘l belgilarini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.

Ko‘p qavatli uylar hududidagi 1,6 km metr uzunlikdagi asfalt qoplamaga o‘tkazildi, 470 metr maydondagi shag‘al qoplamasi yotqizildi hamda 3,5 m3 yo‘l bardyurlari o‘rnatildi.

O‘tkazilgan xasharlar bo‘yicha:

Tuman 33 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida joriy yilning 23-28 iyul kunlari hasharlar tashkil etildi.

 Hasharlarda jami 8 731 nafar aholi, jumladan 5 394 nafar yoshlar ishtirok etdi hamda 140 ta yuk mashinalari va texnika vositalari jalb etildi.

O‘tkazilgan hasharlarda:

- 79,4 gektar er maydonlari obodonlashtirilib, 34,5 km ariq va lotoklar tozalandi.

- 27 716 dona daraxtlarga shakl berilib oqlandi, 3000 tup har xil turdagi gul ko‘chatlari ekildi.

- aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida hashar yo‘li bilan 7,3 km masofada qazish ishlari amalga oshirildi;

- 20 ta ehtiyojmand oilalar uy-joylari ta’mirlandi;

- 16 ta ta’lim muassasalari xashar yo‘li bilan obodonlashtirildi;

- 25 ta ziyoratgoh va qabristonlar tozalanib, obodonlashtirildi:

- 137,7 tonna maishiy va qurilish chiqindilar chiqarib tashlandi.

Melioratsiya va tomorqalarni sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha:

Tuman fuqarolaidan tushgan 171 ta murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni hal etish maqsadida qo‘shimcha ravishda jami 23 ta mexanizmlar, shundan 5 ta ekskavatorlar jalb etilib, “Yangiobod”, “Guliston”, “Soybo‘yi”, “Suvliariq”, “Toshxovuz” MFYlarida 7,6 km.dan ortiq uzunlikda kollektor-drenaj tarmoqlarida ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilishi natijasida 1074 dan ortiq aholi tomorqalarida er osti sizot suvlari sathini pasayishiga hamda “Soybo‘yi”, “Do‘stlik”. “Yangiobod”, “Yuqori soybo‘yi”, “Guliston” va “Qoratepa” MFYlari hududida 3,5 km uzunlikda ichki sug‘orish tarmoqlarini tozalash va ta’mirlash tadbirlari natijasida 280 ta aholi tomorqalariga sug‘orish suvi etkazilish ta’minoti yaxshilanishiga erishildi.

Shuningdek, tumanning Toshloq tumaniga chegara hududi hisoblangan “Gaston”, “Ishtirxon” MFY hududidagi 1280 ta aholi tomorqalariga, ayniqsa yoz oylarida o‘tgan 15 yil davomida sug‘orish suvi ta’minotida muammolar bo‘lib kelganligi aniqlanib, 300 l/sek suv chiqarib berish quvvatiga ega bo‘lgan nasos agregati aholi punktiga yaqin bo‘lgan hududga ko‘chirib o‘tkazildi. Viloyat Elektrtarmoqlari hududiy boshqarmasi tomonidan 250 metr elektr tarmog‘i tortildi,        160 Kvt yangi transformator o‘rnatildi. Ushbu ishlar amalga oshishi natijasida 1280 ta aholi tomorqalari sug‘orish suvi ta’minoti yaxshilandi.

Aholi sog‘lig‘ini saqlash yo‘nalishida jami 400 ta muammo aniqlandi.

Tumanda 8 ta birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari mavjud bo‘lib, ularda 11 nafar umumiy amaliyot shifokorlari etishmasligi, aholiga patronaj xizmatining etarli darajada tashkil etilmayotganligi o‘z vaqtida birlamchi malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishiga salbiy ta’sir etmoqda.

O‘rganishlar davrida 9066 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning 277 nafari uyida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘ridan o‘tganlarning 2602  nafarida kasalliklar aniqlanib, 2432 nafar fuqaroga ambulator tarzda, 139 nafar fuqaroga tuman markaziy shifoxonasida, 31 nafar fuqaroga viloyat shifoxonalarida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek, 6 nafar fuqarolarga nogironlik guruhi belgilandi. Shu bilan birga, 40 nafar nogironlar maxsus aravachalar bilan ta’minlanib, 8 nafariga qo‘ltiqtayoq va 8 nafar nogironga eshitish moslamasi berildi.

Maktabgacha ta’lim tizimi bo‘yicha:

Tumandagi jami 8 ming 499 nafar 3-7 yoshli bolalarning 3 ming
3
73 nafari (40%) 21 ta davlat va 1 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qamrab olingan.

O‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan maktabgacha ta’lim bilan bog‘liq 98 ta murojaatlar kelib tushdi.

Ishchi guruhi tomonidan aholi muammolarini o‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish masalalarida aniqlangan barcha murojaatlar o‘rganib chiqilib, tegishli tartibda 32 nafar bolalar maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirildi.

Shu bilan birga, aholi bilan uchrashuvlarda tushgan takliflardan kelib chiqib, tuman tadbirkorlari tomonidan 13 ta yangi zamonaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish manzilli dasturiga kiritildi.

O‘rganish davomida 15 ta muassasaning isitish tizimini ta’mirlash va qozonlarni yangilash, 6 ta muassasani rekonstruksiya qilish va 8 ta muassasasani  kapital ta’mirlash zarurligi aniqlandi. Mazkur muassasalarda ishlarni tashkil etish uchun 2,68 mlrd so‘m mahalliy byudjet mablag‘lari ajratildi.

Bugungi kunda 2 ta maktabgacha ta’lim muassasasida rekonstruksiya, 4 ta muassasada kapital ta’mirlash hamda 5 tasida issiqlik tizimi va yozgi ayvonlar qurish qurish ishlari yakunlanmoqda. Jami mahalliy byudjet hisobidan 554 mln so‘m o‘zlashtirildi.  

Xalq ta’limi tizimini o‘rganish davomida tumandagi 36 ta umumta’lim maktablaridan 6 tasi ta’mirtalab, 6 tasida isitish tizimidagi qozonlar ta’mirga muhtoj hamda 8 tasini atrofi qo‘rg‘on devor bilan qisman o‘ralmaganligi aniqlandi. Mazkur maktablarda, xususan 3-son umumta’lim maktabida isitish qozoni ta’mirlandi, 8, 9, 31, 34, 14, 20, 23, 24-son umumta’lim maktablarda devor qurish ishlari boshlandi. 6 ta maktablarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirish 2019 yil Davlat dasturiga takliflar kiritildi.

Shuningdek, 15 ta umumta’lim maktablarni joriy ta’mirlash va jihozlash uchun 2 mlrd 300 mln. so‘m mablag‘lar 2018 yilgi mahalliy byudjetdan ajratildi.

Tumandagi umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan1228 nafar o‘qituvchilarning 1092 nafari (89%) malakasini oshirgan.

Maktablarda tahsil olayotgan 16 ming 742 nafar o‘quvchilarning 15 ming 76 nafari (90,0%) to‘garaklarga jalb etilgan.

2018 yil 24 iyul kuni hududda aholi, ayniqsa uyushmagan yoshlarning ma’naviy ongini yanada yuksaltirish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bilimlarini shakllantirish maqsadida “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarimizga erishishning kafolatidir” shiori ostida kitob targ‘iboti tadbiri tashkil etildi.

Aholining bandligini ta’minlash bo‘yicha:

Tuman bandlik bo‘limining hisobotiga ko‘ra, tumanda mehnatga layoqatli aholining 6 ming 118 nafari (10,5 %) ishsizdir.

Tumanda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida yangi loyihalarni aniqlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmagan.

Natijada 7 ming 113 nafar fuqarolar uzoq muddatga chet mamlakatlarga chiqib ketgan.

Xorijdan qaytgan fuqarolarning bandligini ta’minlash masalasida bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

30 yoshgacha bo‘lganlar soni 26 ming 250 nafarni (26 %) tashkil etib, shundan ish bilan ta’minlanmagan uyushmagan yoshlar soni 2 ming 652 nafarni (10,0 %) tashkil etadi.

Chetdan qaytgan 141 nafar yoshlardan 25 tasi ish bilan ta’minlangan. O‘rganish davomida ishga joylashtirish bo‘yicha kelib tushgan 541 ta murojaatlardan, 307 nafari ishga joylashtirildi, shulardan 28 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida:

Ishga joylashish uchun yo‘llanma berilib, ishga joylashganlar soni 186 ta;

Jamoat ishiga yuborilganlar soni 133 ta;

Kasbga qayta tayyorlash uchun ro‘yxatga olinganlar soni 23 ta;

O‘z tadbirkorligini boshlash xoxishida bo‘lgan 17 ta fuqaroga kredit ajratilgan;

ro‘yxatga olingan xunarmandlar soni 100 ta, va ularga Ustoz-Shogird asosida o‘qitishga talab bo‘yicha ro‘yxatga olinib, biriktirilgan yoshlar soni 720 ta;

ro‘yxatga olingan tadbirkorlar soni 5 ta.

Jami 1184 ta fuqaroning bandligi ta’minlangan

Shu bilan birga, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 24-25-26-27 iyul kunlari sayyor “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Yarmarkaga jami 1380 nafar ish izlovchi fuqarolar qatnashib shundan, 1111 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi, shundan:

197 nafar ish izlovchi ishga joylashgan, shundan:

170 nafar fuqarolarga iqtisodiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘llanma berilib ishga joylashishga ko‘maklashildi;

27 nafar fuqarolarga Jamoat ishlariga jalb qilinishi bo‘yicha yo‘llanmalar berildi;

20 nafar fuqaro Toshkent shahridagi KOIKA o‘quv markaziga kasbga qayta tayyorlashga ro‘yxatga olindi;

6 nafar fuqaro chel elda faoliyat yuritish uchun ro‘yxatga olinib, dastlabki xujjatlarni tayyorlash uchun ko‘rsatmalar berildi.

Hunarmandlar uyushmasi tomonidan 820 nafar hotin-qizlar tanlab olinib, Ustoz-Shogird asosida o‘qitishga talab bo‘yicha ro‘yxatga olindi;

O‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolardan kredit olish va bankning qolgan imtiyozlaridan samarali foydalanish bo‘yicha 61 ta murojaat tuman banklariga kelib tushib ulardan 17 ta murojaat ijobiy hal etilgan, qolgan 44 ta murojaatning xujjat tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

7 nafar fuqaroga tikuv dastgox etkazib berish bo‘yicha “Maqsad ko‘rkam orzu” OK bilan shartnoma imzolandi.

Qolgan 269 nafar maslahat so‘rab murojaat qilgan fuqarolarga turli yo‘nalishlarda maslahatlar berildi.

Aholining ehtiyojmand qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha:

Tumanda o‘rganish davomida aholining kam ta’minlangan, ehtiyojmand qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash masalalarida kelib tushgan muammolarni bartaraf etish maqsadida 140 ta oilalarga 20 mln.so‘mlik bir martalik moddiy yordam tarqatildi.

Tumanda o‘rganish davomida aholining kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaka masalalarida jami 113 ta muammolar kelib tushgan bo‘lib, ushbu muammolarni to‘liq bartaraf etish jarayonida me’zon asosida tayinlangan 30 nafar fuqarolarga jami 72,8 mln.so‘mlik ijtimoiy nafaqalar tayinlandi.

Shuningdek, tumandagi kam ta’minlangan extiyojmand bo‘lgan 2 ta oila bepul uy-joy bilan ta’minlandi, 37 ta oilaning uy-joylari ta’mirlandi, 70 ta oilalarga maishiy texnikalar tarqatildi, 25 ta oilalarga 1250 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Ta’mirlash ishlariga 1600 dona shifer, 15 tonna fasad uchun kraska, poydevor qurishga 100 kub metrdan ortiq shag‘al, 15 kub metr qurilish qum,             4 tonna sement, 25 ming dona g‘isht, 15 kub metr taxta mahalliy byudjet va xomiylar hisobidan beg‘araz berildi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari va bank krediti ajratilishi bo‘yicha:

415 ta muammoli masala ko‘tarilgan bo‘lib, bugungi kunda ularning barchasi hal etildi.

Shuningdek, xonadonlarda uyma-uy o‘rganishlar davomida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagida “Har bir oila-tadbirkor” Dasturi doirasida 81 nafar fuqarolar hamda tadbirkorlik sub’ektlariga 1 174,1 mln.so‘m  tijorat banklarining imtiyozli kreditlari ajratildi.

Jumladan:

48 ta fuqaroga 510,4 mln.so‘m issiqxona tashkil etish uchun;

9 ta fuqaroga 136,5 mln.so‘m qo‘y sotib olish uchun;

17 ta fuqaroga 183,2 mln.so‘m tikuvchilik va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun;

2 ta fuqaroga 50 mln.so‘m mebel ishlab chiqarishni tashkil qilish hamda taxta maxsulotlarini qayta ishlashga;

5 ta tadbirkorlik sub’ektlariga qurilish materiallari ishlab chiqarishga, hunarmandchilik va tikuvchilikni tashkil qilishga hamda sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarishga jami 294 mln.so‘m tijorat banklarining imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

SHu bilan birga, 267 nafar fuqarolarga 605 mln.so‘m tijorat banklari imtiyozli kreditlar ajratilishi bo‘yicha xujjatlar tayyorlandi.

Jumladan:

35 ta fuqaroga 522 mln.so‘m issiqxona tashkil etish uchun;

62 ta fuqaroga 1 263 mln.so‘m chorva mollari va qo‘y sotib olish uchun;

23 ta fuqaroga 305 mln.so‘m parrandachilikni rivojlantirish uchun;

145 ta fuqaroga 440 mln.so‘m tikuvchilik hamda hunarmandchilikni rivojlantirish uchun;

2 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash  hamda muzlatkich tashkil qilish uchun 975 mln.so‘m tijorat banklarining kredit mablag‘lari ajratilishi belgilandi.

Bundan tashqari, sanoat, xizmat ko‘rsatish, qayta ishlash sohalarida umumiy qiymati 104 mlrd. 975 mln so‘mlik 93 ta loyiha ishlab chiqildi, ushbu loyihalar amalga oshirilishi bilan 538 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Ko‘p qavatli uylarda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha:

Olib borilgan ishlar natijasida ko‘p qavatli uylar oldiga qurilgan  85 dan ziyod noqonuniy qurilmalar bartaraf etildi.

Hududdagi 29 ta ko‘p qavatli uylarning tom qismini shifer bilan qoplash, kirish yo‘laklari, fasad qismlarini mukammal ta’mirlash ishlari boshlandi. 8 ta ko‘p qavatli uylarning fasad qismi to‘liq ta’mirlandi hamda 1 ta bolalar maydonchalari tashkil etildi.

Shuningdek, mazkur mahallada joylashgan ”Obod Yurt Saxovati” XUJMSHga qarashli 17-ta uylar, “Mulk Begim Xonim” XUJMSHga qarashli 4 ta uy, “Eskimo Servis” XUJMSHga qarashli 3 ta uylar hamda “Yozyovon Obod Guzar” XUJMSHga qarashli 5 ta uylarning tom qismini shifer qoplamasi bilan yopish, fasad qismini ta’mirlash, uy atrofidagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlari boshlandi.

Obodonlashtirish dasturiga asosan, “Bahor” MFY hududida joylashgan “Mustaqillik” ko‘chasidagi 102, 104, 18, 16, 14, 91, 93, 95, 97  uylar, “Pillachilar” ko‘chasidagi 14, 15-uylar hamda “Vodstroy” massivida joylashgan 17 ta uylarning old qismida beton qoplamasi yotqizish, irrigatsiya tarmoqlarini tiklash, zamonaviy tashqi yoritish tizimini o‘rnatish, ichki yo‘llarni tekislash va shag‘allash ishlari davom ettirilmoqda.

Tuman hududidagi ko‘p qavatli uy-joylar oldiga 10 ta bolalar maydonchasi, 12 ta tandirxona, 3 ta xojatxona hamda 348 ta omborxona (kladovka) qurish rejalashtirilib, hozirda qurilish ishlari boshlandi,   670 dan ziyod hasharchilar obodonlashtirish ishlariga jalb qilindi.

Buning natijasida 1 650 nafar fuqarolarning yashash sharoitlari yaxshilanadi.

Tumandagi qayd etilgan muammolarning qolgan 507 tasi (10,5%) tegishli viloyat boshqarma va shahar tashkilotlariga o‘rnatilgan tartibda hal qilish uchun yetkazilib, ularni bartaraf etishga ko‘maklashish ishlari davom etmoqda.