Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Janubiy Koreya Respublikasiga joriy yilning 24-26 iyul kunlari tashrifi yakunlari to‘g‘risida

×

 2018-08-04 22:30:24    1055

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 12-13 iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha bergan topshiriqlarini o‘z muddatida bajarilishini ta’minlash, shuningdek, Farg‘ona viloyatini Investitsion Markazga (Hab) aylantirish, Janubiy Koreya Respublikasining Incheon va Gvandju shaharlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida joriy yil 24 iyul kuni viloyat hokimi rahbarligidagi Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Janubiy Koreya Respublikasida bo`ldi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Janubiy Koreya davlat idoralari va ishbilarmon doira vakillari, salohiyatli investorlar bilan muzokaralar o‘tkazilishida O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi V.V.Fen katta yordam ko‘rsatdi hamda barcha uchrashuvlar davomida viloyat delegatsiyasiga hamrohlik qildi.

Farg‘ona viloyati hokimi rahbarligidagi delegatsiya tomonidan 24-26 iyul kunlari, ya’ni uch kun davomida Janubiy Koreya Respublikasining Seul, Incheon, Gvandju, Xvason va Pocheon shaharlari rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil qilindi.


Uchrashuvlar davomida Incheon shahrida tashkil etilgan eng katta sanoat zonasi hisoblangan “Incheon” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar bilan tanishish bilan birga Farg‘ona viloyati hamda “Incheon” EIZ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Incheon shahrida “Evergreen Motors Group” kompaniyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston-Koreya biznes markaziga tashrif davomida markazda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun tashkil etilgan doimiy ko‘rgazma zali bilan tanishildi hamda mazkur biznes markaz bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish va buning natijasida Farg‘ona viloyatining Janubiy Koreya Respublikasiga mahsulotlar eksportini oshirish va viloyatga Janubiy Koreya Respublikasidan investorlarni jalb etish bo‘yicha muzokoralar olib borildi.




Viloyat delegatsiyasining Gvanju shahri meriyasi va Gvandju Savdo-Sanoat Palatasi rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida tomonlar iqtisodiy, ijtimoiy, madaniyat, tadbirkorlik sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish, shuningdek, Farg‘ona viloyatini Investitsion Habga aylantirish bo‘yicha juda ko‘plab yirik tadbirkorlarni birlashtirgan Gvandju Savdo-Sanoat Palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Pocheon shahri meriyasi bilan o‘tkazilgan uchrashuv yakunlariga ko‘ra Farg‘ona viloyati va Pocheon-Si shahar hokimyati o‘rtasida imzolangan memorandumga asosan Qo‘qon shahri va Pocheon-Si shahri o‘rtasida o‘zaro qardoshlik aloqalari o‘rnatildi. Bunda, ikki shahar o‘rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, investitsion va turizm aloqalarini rivojlantirish va yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutildi. Xvason shahriga tashrif davomida Xvason shahri Savdo-sanoat palatasi rahbariyati hamda bir guruh tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, Farg‘ona viloyatiga Xvason shahri tadbirkorlari tomonidan investitsiya kiritish masalalari kelishib olindi.


Tadbir davomida “POSCO Daewoo” kompaniyasining Farg‘ona viloyatidagi faoliyati va kelgusida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Janubiy Koreyaning yirik kompaniyalaridan biri bo‘lgan “Korea Heating Corporation” prezidenti janob Pak YOng Xyun bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Farg‘ona viloyatining ayrim shaharlarida isitish tizimlarini rekonstuksiya qilish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish orqali Janubiy Koreyaning “KOICA” grantini qo‘lga kiritish yuzasidan hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.

Shuningdek, Farg‘ona shahrida to‘rt yulduzli mehmonxona va zamonaviy ko‘p qavatli turar joy komplekslarini loyihalash va qurish bo‘yicha Janubiy Koreyaning “Chung Construction Design Group” kompaniyasi bilan olib borilgan muzokoralar yakunlarida memorandum imzolandi.

“Sang Myong” kompaniyasi bilan tuzilgan kelishuvga asosan Uchko‘prik tumanida Sog‘lomlashtirish (sanatoriya) turizm markazi va tibbiyot klinikasi majmuasini (jami 12 gektar) tashkil etish hisobiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritilishi rejalashtirildi.

“Doori Enginering” kompaniyasi bilan Farg‘ona tumanidagi “Bohodir Agrosanoat” MCHJ korxonalari o‘rtasida imzolangan kelishuvga ko‘ra, 50 gektar er maydonida zamonaviy gidroponika usulida issiqxona tashkil etish va kelajakda issiqxonada etishtirilgan mahsulotlarini Janubiy Koreyaga eksport qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

“Crechiko” kompaniyasi tomonidan Farg‘ona viloyatida yirik parrandachilik kompleksini tashkil etish hisobiga yiliga 10 ming tonna tovuq go‘shti ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

“Taeho Machinery” kompaniyasi bilan Farg‘ona tumanidagi “Bohodir Log‘on Tekstil” QQ korxonasi o‘rtasida imzolangan kelishuvga asosan, trikotaj ishlab chiqarish liniyasini tashkil etish va tayyor mahsulotlarni Janubiy Koreyaga eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

“UKO Global Light” kompaniyasi bilan imzolangan memorandumga ko‘ra, Farg‘ona shahrida chiqindini qayta ishlash va undan energiya ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshiriladi va qo‘shma korxona tashkil etiladi.

“Sang Myong” kompaniyasi va Uchko‘prik tumanidagi “Mehrigiyo” korxonasi o‘rtasida erishilgan kelishuvga ko‘ra, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, qadoqlash logistika va savdo markazi tashkil etiladi.

“Century” kompaniyasi tomonidan imzolangan memorandumga asosan viloyatda katta hajmdagi sanoat sovutgichlari (chiller) va konditsionerlar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi.

“Easy Industries Co” kompaniyasi bilan tuzilgan kelishuvga ko‘ra, Farg‘ona shahrida skotch va skotch mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

“Shammidang Co., Ltd kompaniyasi tomonidan Farg‘ona shahrida bir martalik xo‘jalik qo‘lqoplari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshiriladi.

Shuningdek, quyosh batareyalari o‘rnatish va undan muqobil elektr energiyasi ishlab chiqarish, keyinchalik quyosh batareyalari ishlab chiqarish zavodini qurish borasida “UKO Global Light” kompaniyasi bilan Farg‘ona shahar hokimligi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi