Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 100 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Festivalning yopilishi marosimi. “Atlas bayrami” endi Xanchjou – Marg‘ilon – Valensiya bo‘ylab yo‘l oladi

 2018-09-16 19:13:01    287

PDF yuklash
Chop etish


Kecha 15 sentyabr kuni Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi Ijodkorlar bog‘ida joylashgan amfiteatrda “Atlas bayrami” festivalining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Tantana teatrlashtirilgan tomosha bilan boshlandi. Sahnada ulug‘ ajdodlarimiz siymosi paydo bo‘lib, qalblarda ularning avlod ekanligimizdan faxrlanish, buyuk bobokalonlarimizga munosib bo‘lish tuyg‘usi uyg‘ondi.

Marosimda so‘z olgan YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Dandev Badarch o‘tkazilgan katta festival chin ma’noda atlasning, Marg‘ilon va Farg‘onaning bayrami bo‘lganligini ta’kidladi.

Ajoyib festivalni yuqori darajada tashkil etganliklari uchun tashkilotchilar, homiylarga va viloyatimiz rahbari Shuhrat G‘anievga minnatdorchilik bildirildi va YUNESKOning esdalik nishoni unga tantanali ravishda topshirildi.

SHuningdek, tadbirda viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev “Atlas bayrami”ni tashkillashdagi YUNESKOning alohida o‘rni borligini qayd etib, tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Dandev Badarchga, bangladeshlik  Bibi Rassel xonimga, Ispaniyadan kelgan, valensiyalik senator Barber janoblariga farg‘onaliklar nomidan tashakkur aytdi. “Atlas bayrami” endilikda Xanchjou – Marg‘ilon – Valensiya bo‘ylab davom etadi, deyildi tantanada.

Tadbirda xorijlik e’tiborli mehmonlarning ta’kidlashicha, Turkiya, Indoneziya, Xitoy, Ispaniya, Fransiya, Rossiya, Tojikiston, Janubiy Koreya, Yaponiya, Qozog‘iston, Polsha kabi o‘nlab davlat vakillari qalbida bu festival shukuhi, “Atlas bayrami” bir umrga qoladigan bo‘ldi.

–Bu yilgi festival chinakam ma’noda xalqaro maqomga ega bo‘ldi, –deydi Jakarta to‘qimachilik muzeyi rahbari Mariya Vavarunti. – Ipakchilik sohasining bilimdonlari ma’ruzalari, seminarlar, mahorat saboqlari, modalar namoyishlari, ko‘rgazmalarning barchasi ishtirokchilarga yorqin onlarni hadya etdi. O‘ylaymanki, kelgusi yillarda tantananing nufuzi yanada yuksaladi. Marg‘ilonni, ushbu bayramni bir umrga yodimda saqlab qolish, festivalni o‘zim bilan birga olib ketish uchun yarmarkadan 12 metr adras matosidan sotib oldim. Vatanimda, Indoneziyada kiygan adras ko‘ylagim orqali hamisha “Atlas bayrami”ni eslab yuraman.

Tantanali yopilish marosimida eng sara milliy qo‘shiqchiligimiz namunalari jonli ijroda aytildi. O‘zbek maqomi, Farg‘onaning katta ashulalari tadbir ishtirokchilari va xorijliklarga san’atimiz ham o‘ziga xosligini namoyon etdi.

Tadbir davomida mo‘g‘ilistonlik, rossiyalik, tojikistonlik, qirg‘izistonlik va o‘zbekistonlik yosh hunarmandlar, dizaynerlar ijodiy ishlarining sara namunalari namoyishi o‘tkazildi.

–Men o‘tkazilgan ko‘rgazmalarda va festivalning yopilish marosimida o‘zim yaratgan ipak matolarga qadamiy qo‘l mehnati –kashtachilik bilan uyg‘unlashgan liboslar kolleksiyasini taqdim etdim, –deydi poytaxtlik Madina Qosimboeva. –Ular milliyligi, kishi organizmiga foydaligi va o‘ziga xos nafaisligi bilan ajralib turadi. O‘z kasbining ustalari, jahonning etakchi modelerlari tomonidan ishlarim yaxshi baholaganligidan judayam xursandman.

 Madina Qosimboeva singari izlanuvchan, o‘ziga xos uslub va ipak mahsulotlaridan turli liboslar yaratgan, betakror hunari bilan festivalda etuk mutaxassislarning e’tirofiga sazovor bo‘lgan bir guruh eng yaxshi, eng faol ishtirokchilar tashkilotchilarning esdalik va qimmatbaho sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.

–Bizning agentlik “Atlas bayrami” festivalining matbuot va OAV bilan ishlash mas’uliyatini o‘z bo‘yniga olgandi, –deydi “YAngi fazo asri” agentligi mutaxassisi Kamola Ikromova. –Har yilgidan farqli tomoni, bu yil bayram butun dunyo OAVlarida keng yoritildi. Festivalning yakuniy gala-konsertida ta’kidlanganidek, endi “Atlas bayrami” faqat Marg‘ilonda emas, Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab, SHarqdan G‘arbga qarab yo‘l oladi.

 Ha, besh kun davomida butun dunyoning nigohi Farg‘onaga, Marg‘ilonga, “Atlas bayrami”ga qaratildi. Festival yakunlandi, ammo uning zavqi, taassurotlari yuraklardan ketmaydi.

Ishtirokchilar “Atlas bayrami”dan farg‘onacha iliq mehr, atlasu adras va bir olam yorqin taassurotlarni olib ketdilar.


Sohiba ABDURAHMONOVA,

Madaminjon SOLIJONOV.