Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Qirg‘izistonlik deputatlar Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrif buyurdi

×

 2018-09-20 11:01:00    247

PDF yuklash
Chop etish


Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi deputatlaridan iborat delegatsiya Farg‘ona va Namangan viloyatlarida bo‘ldi. 

Mehmonlar Marg‘ilon shahridagi “Atlas bayrami” to‘qimachilik festivali tadbirlarida ishtirok etib, hunarmandlar tomonidan tayyorlangan ipak mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi. Shaharda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ziyoratgohlar katta taassurot qoldirganini ta’kidladi.

Qirg‘iziston delegatsiyasi vakillari Namangan shahridagi “Ideal” savdo majmuasi, kichik sanoat zonasida ham bo‘lib, tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar, investitsion loyihalar bilan tanishdi. Mehmonlarga viloyatda amalga oshirilayotgan manzilli dasturlar haqida batafsil ma’lumot berildi.


5554949c-8d93-4baf-8cd9-d6d91b53f371.jpg

– Bugungi kunda hududlararo munosabatlar yo‘lga qo‘yilayotganidan juda mamnunmiz, – deydi Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshining xalqaro aloqalar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi I.Pirmatov. – Farg‘ona va Namangan viloyatlarida mehmondorchilik an’analariga sodiq holda bayramona kutib olishganidan dillarimiz shodlikka to‘ldi. Har bir muloqotimiz rasmiyatchilikdan xoli, samimiy o‘tdi. Ayniqsa, investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar bizda katta qiziqish uyg‘otdi. 

Muloqotlar so‘ngida ijtimoiy-madaniy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 


Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA