Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 103 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanishi – iqtisodiyot rivojini ta’minlaydi

×

 2018-09-20 12:27:57    331

PDF yuklash
Chop etish


Joylardagi tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini ko‘rib chiqish, amalga oshirish, zarur ishlab chiqarish ob’ektlari, er uchastkalari va kredit mablag‘larini ajratish,  yalpi hududiy mahsulot hajmini oshirish, sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish va xizmatlar sohasini rivojlantirishni ta’minlash maqsadida Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 11 sentyabrida “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

Farg‘ona viloyatida mazkur qaror ijrosini ta’minlash, tadbirkorlik sohasidagi loyihalar va tashabbuslarlarni ko‘rib chiqish, ularni amalga oshirishdagi turli to‘siqlarni bartaraf etish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun shu yilning 12 sentyabridan boshlab Ishchi guruh faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

–Ishchi guruh O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi U. Husainov rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Geologiya qo‘mitasi,  Markaziy bank va viloyat idoralari rahbarlaridan iborat tarkibda faoliyat olib bormoqda, – deydi ishchi guruh a’zosi, viloyat prokuraturasi iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi prokurori Elyor Omonboev. – Shuningdek, viloyat hokimligida Ishchi guruhning doimiy faoliyat olib boruvchi Shtabi tuzildi. Ishchi guruh tarkibiga viloyat hokimligi, prokuratura, DXX, arxitektura, ergeodezkadastr, bojxona, adliya, soliq, DSENM, elektr tarmoqlari, gaz ta’minoti, savdo-sanoat palatasi, uy-joy kommunal ko‘rsatish xizmati, boshqa idora va tashkilotlar vakillari jalb qilindi. Shu bilan birga, joylardagi muammolarni o‘rganish va joyida barataraf etish, tadbirkorlik sub’ektlarini o‘ylantirayotgan muammolarini aniqlash maqsadida  viloyatdagi tuman va shaharlarga chiqish jadvali ishlab chiqildi.

Ishchi guruh tomonidan bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlarini qiynab kelayotgan masalalarini hal etishdagi sansalorlik, byurokratizm va boshqa turli to‘siqlar bilan bog‘liq holatlar o‘rganib chiqilib, joyida hal etilyapti. Respublika darajasidagi muammolarni esa hudud.gov.uz elektron bazasiga kiritish orqali tegishli raxbarlarga etib borishini ta’minlash ishlari olib borilmoqda.

Qisqa vaqt mobaynida ishchi guruhga kelib tushgan 47 ta murojaatdan 22 tasining ijobiy hal etilishi ta’minlandi, – deydi ishchi guruh a’zosi, viloyat bojxona boshqarmasi tashqi savdo operatsiyalari monitoringi va bojxona statistikasi bo‘limi inspektori Azizbek Abduxoliqov. – Qolgan murojaatlar esa respublika miqyosida ko‘rib chiqilishi va hal etilishi uchun tegishli vazirlik va idoralarga kiritildi.

Prezidentimizning “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risidagi Farmoniga asosan kredit mablag‘i berilishi kechiktirilayotgan 6 ta yosh tadbirkorga 1 milliard 258 million so‘m kredit mablag‘lari ajratilishi ta’minlandi.

–“Davr Tursin” fermer xo‘jaligi chet eldan qoramol sotib olish uchun 164 ming AQSH. dollari miqdorida kredit mablag‘i ajratishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati ijobiy echim topdi, –deydi ishchi guruh a’zosi, Markaziy bank xodimi Jahongir To‘xtaev. – AT “Xalq banki” Farg‘ona viloyat filialidan tadbirkorga 164 ming AQSH. dollari miqdorida kredit mablag‘i ajratilishi ta’minlandi. Shuningdek, 12 nafar tadbirkorlarning tabiiy gaz, elektr tarmog‘i va suv oqava tizimlariga ulanishga amaliy yordam so‘rab qilingan murojaatlari o‘rganib chiqilib, o‘rnida hal etib berildi.

Viloyatimizda qurilishi rejalashtirilgan, biroq amalga oshmayotgan 226 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining muammolarini hal etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Markaziy bankka xat yuborilmoqda.

Sport yo‘nalishidagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini ochish harakatidaman, – deydi tadbirkor SHahnoza Madalieva. –Ammo kredit ajratilishida resurs yo‘qligi uchun loyihamni amalga oshira olmayotgan edim. Viloyat hokimligida tashkil etilgan shtabga keldim, ishchi guruh a’zolari muammoimni ijobiy echish uchun ishga kirishdilar. SHu kunlarda kredit olishim mumkinligini eshitib, xursand bo‘lib ketdim. Biz tadbirkorlarning tashabbuslarini ana shunday qarorlar bilan qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun Prezidentimizga rahmat.

“Yulduzli bolalar dunyosi” MCHJning maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish uchun talab etilgan 5 milliard 182 million so‘mlik va “Fardo Ekspo” MCHJning 3 milliard 913 million so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish, Davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi”ga tavsiya berildi.

–“Eko eksport treyd” MCHJning “Evropa tiklanish va taraqiyot banki” kredit mablag‘lari doirasida Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelingan “xolodilnogo oborudovaniya” tovarlariga bojxona to‘lovlaridan imtiyoz berish yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi, – deydi ishchi guruh a’zosi, respublika Markaziy banki departamenti mudirining o‘rinbosari SHerzod Mirfayziev. – O‘rganish natijasida mazkur tovarlarga bojxona to‘lovlaridan imtiyoz qo‘llash mumkinligi aniqlanib, viloyat xokimligi nomidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Loyiha va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasiga xat bilan murojaat qilindi.

Ishchi guruh tomonidan Belarus Respublikasining “Konsern Brestmyasomolprom” kompaniyasi bosh direktori Mixail Serkov bilan  viloyatda etishtirilayotgan qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini Belarus Respublikasiga eksport qilish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Shu bilan bir qatorda, viloyatda jami 6 250 ta foydalanilmayotgan bo‘sh bino-inshootlar va bo‘sh er maydonlari aniqlanib, 223 ta bo‘sh er maydonlari elektron savdoga chiqarish uchun “YERELEKTRON” AAT dasturiga kiritildi. Hozirda ushbu 223 ta bo‘sh er maydonlarini  “E-IJRO AUKSION” ning yagona elektron savdo maydonchasiga kiritish uchun Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 30 iyundagi 493-sonli karori talablariga ko‘ra tegishli tashkilotlardan xulosalar olinmoqda.

Ishchi guruh a’zolari shahar va tumanlarda ham bo‘lib, tadbirkorlar bilan samimiy muloqotlar o‘tkazmoqdalar. Ishbilarmonlarning g‘oya va tashabbuslari, loyihalarini amalga oshirishdagi muammolar hal qilinishiga erishilyapti.

Marg‘ilonlik tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan yuzma-yuz suhbatlarda ularning dardiga quloq tutildi.

–Marg‘ilonga Germaniya davlatidan 65 bosh zotdor, naslli qoramollar keltirish uchun kredit so‘rab, bankka murojaat qilgan edim, –deydi tadbirkor Rustambek Rustamov. – Mana shu kunlarda mollarni tezroq olib kelmasam bo‘lmaydi,  sovuq tushib qoladi. Ammo kredit olishim kechikayotgan edi. Ishchi guruhi tomonidan masalam tezroq hal bo‘lyapti, judayam minnnatdorman.

Endi tadbirkorning muammosi ijobiy echim topishiga hududlarda imkoniyat yaratildi. Ishbilarmonlar safining ko‘payishi esa, albatta, yurt obodligini ta’minlaydi.

Sohiba Abduraxmonova