Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 113 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Qishloq, o’rmon va baliq xo’jalig

 2018-09-20 16:56:28    521

PDF yuklash
Chop etish


2018 yilning yanvar-sentyabrida ishlab chiqarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 3 577,0 mlrd. so’mni yoki 2017 yilning shu davriga nisbatan
100,5 foizni, shu jumladan, yalpi dehqonchilik mahsulotlari 2 464,5 mlrd. so’mni  (98,5 foiz), yalpi chorvachilik mahsulotlari 1 056,5 mlrd. so’mni (106,5 foiz), qishloq xo’jaligida ko’rsatilgan hizmatlar hajmi 44,6 mlrd. so’mni (100,6 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 6,7 mlrd. so’mni (98,7 foiz), ovchilik xo’jaligida 0,1 mlrd. so’mni (125,0 foiz), o’rmonchilik xo’jaliklarida 4,6 mlrd. so’mni (103,0 foiz) tashkil qildi.

2018 yilning yanvar-sentyabrida qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi
mahsulotlari (xizmatlar)ning hajmi

Ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining tarkibiy tuzilishida eng yuqori ulush dehqon (shaxsiy yordamchi) xo’jaliklariga to’g’ri keladi (umumiy hajmga nisbatan 84,3 foiz).

2018 yilning yanvar-sentyabrda ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining xo’jalik toifalari bo’yicha taqsimlanishi

(foiz hisobida)

Dehqonchilik.2018 yilning yanvar-sentyabrda ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 2 464,5 mlrd. so’mni yoki 2017 yilning shu davriga nisbatan 98,5 foizni tashkil qildi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining umumiy xajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi
70,0 fozni tashkil qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, joriy yilda barcha toifadagi xo’jaliklar 254 097 gektar maydonda dehqonchilik bilan shug’ullanib, shundan jami don 118 537 gektarni, shu jumladan boshoqli don 113 695 gektarni, shundan bug’doy 113 003 gektarni, makkajo’xori don uchun 3 326 gektarni, sholi 600 gektarni, dukkakli don ekinlari 916 gektarni, texnik ekinlar jami 86 888 gektarni, shu jumladan g’o’za maydoni 85 890 gektar, moyli ekinlar 468 gektar, kartoshka 10 366 gektarni, sabzavotlar jami 22 653 gektarni, poliz 2 322 gektarni, sabzavot ekini urug’zorlari 47 gektarni, ozuqa ekinlari 13331 gektarni, bundan tashqari mevalar va rezavorlar maydoni 46 706 gektarni hamda tokzorlar 6 448 gektarni tashkil etdi.

Hosilni yig’ib olish.  Barcha toifadagi xo’jaliklarda 2018 yilning 1 iyul holatiga don jami 396 866 tonna (79,5 foiz), shu jumladan boshoqli don
384 382 tonna (79,1 foiz), shundan bug’doy 383 052 tonna (78,9 foiz), kartoshka 172 832 tonna (111,9 foiz), sabzavot 395 630 tonna (104,0 foiz), poliz 6 407 tonna (99,8 foiz), meva 132 659 tonna (78,0 foiz), uzum 1 459 tonna (115,2 foiz) etishtirildi.


2018 yilning yanvar-sentyabrda xo’jalik toifalari bo’yicha
asosiy turdagi dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish

2018 yilning yanvar-sentyabrda hududlar kesimida asosiy
 turdagi dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish

 

Chorvachilik. Kelgusida chorvachilik sohasining imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilishi hamda davlat tomonidan ko’rsatilayotgan tizimli qo’llab-quvvatlashlar natijasida qoramollar bosh sonining o’sishiga, ichki iste’mol bozorlarining chorvachilik mahsulotlari bilan to’yinishiga imkon yaratdi.

2018 yilning yanvar-sentyabrda chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 1 056,5 mlrd. so’mni yoki 2017 yilning shu davriga nisbatan 106,5 foizni (2017 yilning yanvar-sentyabrda 105,7 foizni) tashkil qildi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining umumiy xajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 30,0 foizni tashkil etdi.

2018 yilning 1 iyul holatiga yirik shoxli qoramollar bosh soni  997,1 ming bosh (1,2 foizga kam), shu jumladan sigirlar 353,1 ming bosh  (2,2 foizga kam), qo’y va echkilar 830,9 ming bosh (0,4 foizga kam), otlar 8 914 boshga  (0,6 foizga), parrandalar 6 488,4 ming boshga (13,3 foizga) ko’paydi.

2018 yil 1 iyul holatiga xo’jalik toifalari bo’yicha
chorva mollari va parrandalar 

Umumiy bosh songa nisbatan dehqon (shaxsiy yordamchi) xo’jaliklarida yirik shoxli qoramollarning ulushi 93,9 foizni, fermer xo’jaliklarida – 4,9 foizni tashkil etdi, sigirlar mos ravishda – 94,9 va 4,3 foizni, qo’ylar va echkilar – 94,6 va 4,9 foizni, otlar – 85,8 va 12,6 foizni, parrandalar – 65,2 va 9,1 foizni tashkil qildi.


2018 yil 1 iyul xolatiga hududlar kesimida
chorva mollari va parrandalar

2018 yilning yanvar-sentyabrda barcha toifadagi xo’jaliklarda tirik vaznda 75,9 ming tonna go’sht (2017 yilning yanvar-sentyabrga nisbatan 5,7 foizga ko’p), 431,8 ming tonna sut (6,9 foiz), 266,6 mln. dona tuxum (10,7 foiz),
863 tonna jun (4,7 foiz)ishlab chiqarildi.

 


Bundan tashqari pillachilikni rivojlantirish, klaster usuliga o’tish sababli ijobiy ishlar amalga oshirilishi natijasida viloyatda 1108 tonna miqdorida (2017 yilning shu davriga nisbatan 131,5 foizni)  14,9 mlrd. so’mlik pilla xom-ashyosi etishtirildi.


2018 yilning yanvar-sentyabrda ho’jalik toifalari bo’yicha
asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish

2018 yilning yanvar-sentyabrda hududlar kesimida asosiy turdagi
chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish


  


§   

Деҳқон (аҳолининг шахсий ёрдамчи) хўжаликлари

§   

Фермер хўжаликлари

§   

Қишлоқ хўжалиги фаолиятини амалга оширувчи ташкилотлар