Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Demografik holat va o'rtacha ish haqi

 2018-12-18 15:04:42    815

PDF yuklash
Chop etish


Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2018 yilning 1 oktyabr holatiga viloyat doimiy  aholisining  soni  3 665,6  ming  kishini  tashkil  etib,  yil  boshidan  45,4 ming kishiga yoki 1,3 foizga ko’paydi. Shundan, 2 073,0 ming kishi – shahar joylarida (jami aholi sonining 56,6 foizi) va 1 592,6 ming kishi – qishloq joylarida (43,4 foizi) istiqomat qiladi.

Farg’ona viloyati hududlari

bo’yicha doimiy aholi soni to’g’risida ma’lumot

(2018 yilning 1 oktyabr holatiga)

 


Yanvar–sentyabrda viloyat bo’yicha aholining tabiiy harakati koeffitsientlari

Tug’ilish  darajasi.  2018  yilning  yanvar–sentbrida  tug’ilganlar   soni 58,7 ming kishini tashkil etdi va 2017 yilning shu davriga (55,8 ming kishi) nisbatan 2,9 ming kishiga ko’paydi, shunga mos ravishda  tug’ilish  koeffitsienti 21,5 promilleni tashkil qildi.

Tug’ilish  darajasining  kamayishi  viloyatning  So’x  tumanida  20,1   dan   19,1 promille, Toshloq tumanida 23,2 dan 23,0 promillega kuzatilgan. Qo’qon shahrida 18,1 dan 19,8 promille, Uchko’prik tumanida 22,3 dan 24,0 promillega ko’payish kuzatildi.

 

Aholining tabiiy harakati koeffitsienti

2018 yilning yanvar–sentyabr holatiga (1 000 aholiga nisbatan, promille)


O’lim    darajasi.    2018    yilning    yanvar-sentyabrida     o’lganlar     soni 12 143 kishini tashkil qildi va 2017 yilning shu davriga (13039 kishi) nisbatan 896 kishiga kamaydi. Mos ravishda o’lim koeffitsienti 4,5 promilleni tashkil qildi (2017 yil yanvar-sentyabrida 4,9 promille).

O’lganlar sonining kamayishi viloyatimizning har bir shahar va tumanida yuz bergan bo’lib, eng ko’p kamayish Farg’ona shahrida 6,1 dan 5,5 promille, Qo’qon shahrida 5,8 dan 5,1 promille, Dang’ara tumanida 5,5 dan 4,9 promille, Toshloq

tumanida 4,9 dan 4,3 promillega kuzatildi.

O’lganlar umumiy sonining 63,2 foizi  qon  aylanish  tizimi kasalliklaridan, 8,5 foizi o’sma kasalliklaridan, 6,4 foizi ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan, 6,2 foizi baxtsiz hodisa, zaxarlanish va shikastlanish kasalliklaridan, 3,9 foizi nafas olish organlari kasalliklaridan vafot etgan.

 

 

O’lganlar umumiy sonining tarkibiy tuzilishi

(2018 yilning yanvar-sentyabr holatiga, foizda)

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2018 yilning yanvar-sentyabrida bir yoshga to’lmagan  334  ta  bolalar  o’limi  kuzatildi.   Go’daklar   o’limi   koeffitsienti   5,9 promilleni tashkil qildi (2017 yilning yanvar-sentyabrida 7,2 promille).

Bir yoshgacha o’lgan bolalar umumiy sonining 42,5 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 25,4 foizi tug’ma anomaliyalardan, 22,8 foizi nafas olish organlari kasalliklaridan, 3,6 foizi infektsiya va parazit kasalliklaridan va 3 foizi baxtsiz hodisa, zaxarlanish va shikastlanish oqibatida vafot etgan.


Nikohlar va ajralishlar. 2018 yilning yanvar-sentyabrida shahar, tuman hokimliklarining FHDYo bo’limlarida 17 077 ta nikohlar va 2 157 ta ajralishlar ro’yxatga olindi. Ming aholiga nisbatan 6,3 ta nikoh (2017 yilning tegishli davrida 7,4 ta) va 0,8 ta ajralishlar (2017 yilning tegishli davrida – 1,0 ) to’g’ri keladi.

 

Yanvar–sentyabrda tuzilgan nikohlar va nikohdan ajralishlar soni (birlikda)


Migratsiya.  Dastlabki  ma’lumotlarga  ko’ra,   2018   yilning   yanvar-sentyabr oylarida viloyatga ko’chib kelganlar soni 9 609 kishini, shu davr mobaynida ko’chib ketganlar soni esa 10 798 kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig’i minus 1 189 kishiga (2017 yilning shu davrida – minus 1 704 kishi) teng bo’ldi. Eng katta minus qoldiqlar Marg’ilon shahri (minus 660), Farg’ona tumani (minus 383) va Qo’qon shahrida (minus 362) kuzatildi.

 

Yanvar–sentyabrda aholining migratsiya ko’rsatkichlari

(kishi)

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2018 yilning yanvar–sentyabr oylarida o’rtacha oylik nominal hisoblangan  ish  haqi  1 368,7  ming  so’mni  tashkil  qildi  va 2017 yilning shu davriga nisbatan 17,7 foizga oshdi. Eng yuqori o’sish sur’ati Toshloq (34,2 foiz), O’zbekiston (27,9 foiz) va Beshariq (24,6 foiz) tumanlariga to’g’ri keldi.

O’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori miqdori moliya va sug’urta faoliyatiga to’g’ri kelib, 2 484,8 ming so’mni tashkil etdi. Bu ko’rsatkich sanoatda 1 912,3, axborot va aloqada 1 786,1 va ta’lim sohasida 1 170,2 ming so’mdan iborat bo’ldi.

 

Yanvar-sentyabr oylari davomida o’rtacha nominal hisoblangan ish haqi

(ming so’mda)